uz
Feedback
𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

𝐴𝑙𝑡𝑒𝑟 𝐸𝑔𝑜

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ko’lanka…

Ko'proq ko'rsatish
408
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
-1030 kunlar
Postlar arxiv
- Yaxshi o’qisang, katta odam bo’lasan! - Yaxshi o’qigin, zo’r pul topasan! - Yaxshi o’qisang… Yana qandaydir vadalar… Bu eng katta yolg’on! Bolalaru-kattalar ishonadigan yolg’on. Buni eslab qoling. Yaxshi o’qisangiz faqat yaxshi baho olishingiz mumkin, undan boshqa narsa emas. Yodingizda bo’lsin, yaxshi o’qisa emas, O’QIGANINI ISHLATA OLSA, O’QIGANIGA AMAL QILA OLSAGINA FOYDA BO’LADI. Aytib o’tilgan yolg’onga ishonib katta bo’lganimiz uchun ham yoshimiz nechiga kirsa ham odamlarni bahosi uchun yashaymiz. Bir o’ylab ko’radigan fikr lekin… M.H. @alterego_uz

Xonaga chiroyli qiz kirib kelganida, unga qarashdan ko‘ra undan ko‘zini uzmayotgan boshqalarni kuzatishga ishtiyoqmand odam h
Xonaga chiroyli qiz kirib kelganida, unga qarashdan ko‘ra undan ko‘zini uzmayotgan boshqalarni kuzatishga ishtiyoqmand odam haqiqiy psixologdir.

Munajjimlar bashoratini (goroskopni) o’qishni juda yaxshi ko’raman. Chunki faqat va faqat shu joyda meni pulim ko’payadi, o’zim uchun ideal odamni uchrataman va faqat shu joyda sayohatga chiqaman. Yana har kuni… @alterego_uz

📢ISH, HAYOT VA OILA O‘RTASIDAGI BALANSNI TOPISH MUMKINMI? 😵‍💫 "Ko‘p ishlayman, lekin hayotdan zavqlanmayman!" 😫 "Oila va
📢ISH, HAYOT VA OILA O‘RTASIDAGI BALANSNI TOPISH MUMKINMI? 😵‍💫 "Ko‘p ishlayman, lekin hayotdan zavqlanmayman!" 😫 "Oila va do‘stlar bilan vaqt o‘tkazishga vaqt yo‘q!" ⚖️ Balans topish qiyin, lekin imkonsiz emas! 👉 Mana, hayotingizni muvozanatga keltirish uchun 5 ta oltin qoida! ✅ 1. Vaqtni to‘g‘ri boshqaring! 📆 Kunlik reja tuzing! Ish va dam olish o‘rtasida aniq chegara belgilang. 💡 80/20 qoidasi: Eng muhim 20% ishni bajarsangiz, natijaning 80% ga erishasiz! ✅ 2. Ish va shaxsiy hayot orasida chegaralar qo‘ying! 📵 Ishdan tashqari vaqtda email va xabarlarni tekshirmang. 🚀 Ish vaqtingiz tugagach, dam olishni ham rejalashtiring! ✅ 3. Taqsimlash! ❌ Hamma narsani o‘zingiz qilishga harakat qilmang! 🤝 Ishda – vazifalarni taqsimlang, uyda – yaqinlaringiz bilan majburiyatlarni bo‘lishing! ✅ 4. O‘zingizga vaqt ajrating! 🧘‍♂️ Sport, kitob, tabiat – energiya va ijodiy fikrlashni kuchaytiradi. 😴 Yetarli uyqu va sifatli ovqatlanish – produktivlikning kaliti! ✅ 5. Muhim narsalarni unutmang! 👨‍👩‍👧‍👦 Oila va do‘stlar – hayotingizning eng katta boyligi! ⏳ Ish ketadi, lekin yaqinlaringiz har doim yoningizda bo‘lmaydi. 📱 @alterego_uz

Odamlarni senga xavas qilishini xohlashing, ichingda boshqalarga nisbatan yashirin xasad borligini belgisi bo’ladi.

Odamlarni senga xavas qilishini xohlashing, ichingda boshqalarga nisbatan yashirin xasad borligini belgisi bo’ladi.

Insonni intellekti qanday darajada ekanligini, uni nimadan xursand bo'layotganiga qarab bilish mumkin. Darajalarning eng pasti esa, boshqalarni unga beradigan e'tiboriga qarab kayfiyatini o'zgartiradigan odamlardir. Devona Musofir

Odamga o’zini ichidagi ovozidan ko’ra eshitish qo’rqinchli bo’lgan boshqa ovoz yo’q. Shu ovozni eshitmaslik uchun har qanday narsaga tayyormiz. - Keraksiz suhbatga - Foydasiz ishlarga - Chalg’ituvchi odamlar davrasiga - Shovqin-suronlarga - Har qanday narsani chekish va har qandaynarsani ichishga ham tayyormiz. Bizni qilayotgan ishlarimiz qandayligini va aslida kim ekanligimizni aytib turgan ovozni eshitmasak bo’ldi. Chunki hech kim bilmasa ham, kim ekanligimizni o’zimiz judayam yaxshi bilamiz.

Ismingizni, otangizni ismini, bobolaringiz kim ekanligini ham olib tashlang. Millatingiz, qayerda yashashingiz, mutaxassisligingiz, diningiz, erkak yoki ayol va yoshingizni ham unutib turaylik. Endi savol berib ko’raylik. Aslida kimsiz? @alterego_uz

Ba’zi odamlar muammoni bevosita hal qilish o‘rniga uni storis yoki status orqali ifodalashadi, chunki bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri muammolardan qochish, rad etilishdan qo‘rquv, emosional xavfsizlikka ehtiyoj va passiv-agressiv muloqot bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday holatda shaxs o‘z dardini ochiq aytishga ichki resurs topa olmaydi, lekin ichki bosimni kamaytirish uchun katarsis yo‘lini tanlaydi. Storis yoki status unga vaqtinchalik yengillik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash illyuziyasi, e’tibor va tasdiqlanish hissini beradi. Bu ko‘pincha jasorat emas, balki himoya mexanizmi bo‘lib, muammoni hal qilmaydi, faqat kechiktiradi. Boshqa tarafdan qarasak yig'lab muammo qilib o'tirgandan shu storis, hikoya, post, status va boshqalar bilan yengillikni his qilsa qilgani ma'qul har bir inson shaxs u o'zini eng qulay his qilgan holatda yashashga huquqi bor. Kechiksa kechiksin, ichki bosim turli psixik buzilishlarga sabab bo'lmasin @alterego_uz 's sis

Nima sababdan ba’zi odamlar muammolarini hal qilish o’rniga, gaplashib olishi kerak bo’lgan odamlar bilan masalalarini aniq gaplashib olish o’rniga, bor dardlarini yo storisga yoki statusga yozib qo’yishadi? Bu qo’rquvmi, qochishmi yoki soxta jasorat? Bundan qanday foyda ko’rishadi?

Sabab o’zgarmaguncha, natija o’zgarmaydi @alterego_uz

Siz to’g’ri yo’lda turibsiz, lekin faqat turibsiz. Hech oldinga yurganingiz yo’q. Agar yurmaydigan bo’lsangiz, turganingizdan nima foyda? @alterego_uz

Farzandlarimizni boshqa bolalarga solishtirayotgan vaqtimiz, ular bizni boshqa ota-onalar bilan solishtirib qo’ysa… Nima qilar edik a? @alterego_uz

Birinchi taassurot qoldirishning ikkinchi imkoniyati yo’q. Odamlar sizni birinchi tanigandek eslab qoladi. Uni o’zgartirish esa, eng qiyin ishlardan biri. Birinchi taassurot uchun 10 soniya yetarli. Uni o’zgartirish uchun esa, ba’zida 10 yil ham yetmaydi.

Ayollar qulog’i bilan yaxshi ko’radi, erkaklar esa ko’zi bilan. Shu sababdan ayollar pardoz qilishni yaxshi ko’radi, erkaklar esa aldaydi. Ayollarni ortiqcha pardoz qilganini ko’rsang, bilginki uni pardozidan boshqa hech narsasi yo’q, ko’p gapiradigan (ko’p yolg’on gapiradigan) erkakni ko’rsang, bilginki uni quruq gapidan boshqa hech narsasi yo’q.

Muvaffaqiyat siri aslida juda oddiy, lekin u sir…

- Qachon boshlamoqchisan? - Hammasi o’z o’rniga tushsa boshlayman. - Hm… Lekin boshlasang hammasi o’z o’rniga tushadiku. - Hali tayyor emasman. - Balki aynan boshlashing seni tayyor bo’lishingga sababchi bo’lar? - Agar o’xshamasachi? - Hatto o’xshamasa ham hali hech narsa qilmasdan o’tirganlardan bir qadam oldinda bo’lasan.

Yoki yana bir tomoni bor, 10 000 so’m sadaqa berib, $10 000 lik ishimizni bitirishni kutamiz. Yana Xudo “1 ga 10 beradi” deb o’zimizni aldab ham qo’yamiz. Agar 1 ga 10 bo’lsa, $1 000 sadaqa qilishimiz kerak emasmidi? Kimni Lox qilmoqchimiz😄? Bunisi esa undan ham zo’rda! :) rovitalk