cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Botiniy gaplar

@menga_nomalar_bot'ga nimalardir yozishingiz mumkin. Qanaqadir javoblar beraman. Anonim tarzda xabar jo'natish uchun: f3.cool/pandaali F3 dagi savollarga javoblar: @f3_bg

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston54 849Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
199
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Oxirgi post. Yarim yil davomida kanalning bir bo'lagiga, "tashrif qog'ozi"ga aylanib qolgan, kimlargadir shirin tuyg'ularni eslatgan, bu tuyg'ularni his qilmaganlar uchun shirin orzular qilishga yordam bergan o'sha "Kel"lar endi yozilmaydi. Kanalni ko'pchilik aynan shu postlar uchun kuzatgandir balki. Shunday ekan, bu kanalda yana post yozishdan ma'no ko'rmayapman. Yozolmayapman ham. Yozganlarim o'zimga g'alati tuyulyapti. O'zim ham u postlarga o'rganib qolgan ekanman. Shu daqiqalarda bu qaror aytilganiga 1 oy to'ldi. Hayotim qanday o'tganini eslolmayman, lekin ko'p kulganim aniq. Negaligini bilmayman. Kulsam, baxtliroq bo'laman deb o'ylagandirman balki. Hali ham shunday. Yana qancha davom etishini bilmayman. Bu hasrat qilib yozgan bilan tuzalmaydigan, yozib ifodalab berolmaydigan narsa. Sizlarga esa kattakon rahmat. Tartibsiz so'zlarimdan tashkil topgan postlarimni qadrlaganingiz uchun. Sizlar yaxshi odamsizlar. Barchangiz. Hammangizni yaxshi ko'raman. Ba'zilarni ko'proq yaxshi ko'raman. Hali ham. Oldingidek. Ular Allohga omonat. Boshqaga ishonmayman. Hech qachon. Telegramda kanallarga a'zo bo'lishlar soni cheklangan, shuning uchun bitta joyni bekorga band qilgandan ko'ra, bu kanalni kanallaringiz ro'yxatidan o'chirib tashlang. Men esa bu kanalni o'chirmayman. Xuddi @yoqadi_mi'da qilganimdek, buni ham esdalik va xotira uchun saqlab qo'yaman. Lekin boshqa post yozilmaydi. "Ma'nosiz" da esa tuturiqsiz gaplarimni yozishda davom etaman. U yerda manfaat yo'q, hammasi mening xayolim va hayotim haqida, ichib olib baqirib yuraman.
Hammasini ko'rsatish...
24-fevral. Soat 23:41 da
Hammasini ko'rsatish...
tipsy-drunk.mp40.92 KB
Otabekovna bo'sh vaqtlarida eski kanalini o'chirish va yangi kanal ochish bilan shug'ullanadi. Xullas, bu uning yangi kanali. Ulanib olinglar.
Hammasini ko'rsatish...
Oftobda ko‘zlaring qizarar bexos, Yomg‘irda nam bo‘lar gul yonoqlaring. Barmog‘ing qimtinib saqlaydi sirdan Hammasi tabiiy, yo‘q sening siring. Go‘yoki, xo‘rsinish go‘zallikka yon, Go‘yoki, mayuslik – samimiy, sodda. Azizam, azizam, bari bir tomon, Sen nega xomushsan men bor dunyoda?!
Hammasini ko'rsatish...
#нимадир. Ҳалиям психолог мавзуси гапириляптийкан-ей... Бугун ютубга кирсам, "эркак керакми" деган аёлни биров уриб кетишди деб монтаж видео тарқатибди, биров кечирим сўради деб... Ўзим учун хулоса олдим: Демак, Ўзбекистонда жуда кўпчилик видеони охиригача кўрмайди. Расмни ҳам ярмини кўради. Китобни ярмидан ўқийди. Шеърни фақат бошинигина ёдлайди. Исмни ярмини айтиб чақиради. Ҳулосани ярмига кўра ясаб қўя қолади. Нисо сураси 3 оятнинг ҳам ярми керак баъзи бирларга. Яъни тўрттагача никоҳлаб олаверинг деган жойи. "Адолат қилолсангиз" деган жойини ўқиб, тушуниш учун яна бир одамнинг умри керак. Охир замон умматларининг демакки кўпи шундай. Охиригача эшитмайди, охиригача кўрмайди, никоҳни ҳам охиригача олиб бораётгани йўқ кўпи. Етимлар, яна эрга тегиб-эрдан чиқаётганлар кўп. Кўп ишларни охиригача етказмаймиз-у аммо бировни тушуниб тушунмай айблашга келганда ғоят тоқатлимиз! Етмиш жойимиздан белбоғ боғлаймиз ва билмаймиз-ки, буларнинг охири не? Менам постни атай ярим қилиб ёздим. Қолган гапим пастдаги суратда. Рост: ҳозирги вақтда аёллар ҳамма ишни қила олади. Чунки ўтмишда эркак ва аёлнинг ўрни алмашиб қолиши учун турли сабаб-воситалар бўлди. "Эрим-бош эгам" деган сўзни том маънода тушуниб, шунчаки бошида хўшшайиб туриш-эркаклик эмас! Аёлнинг суянчи, жон-жигари бўлиб ёнига келинг, ўзи билиб бошига кўтаради. Расмнинг номи: "бу ерда учта эркак бор" ©️Ummu Zaynab Ummu
Hammasini ko'rsatish...

Bu romantik emas, ibratli rasm. Bir-biriga to'g'ri kelmaslik muammo bo'lmasligi kerak.
Hammasini ko'rsatish...
Qovoqkalla shunaqa bo'ladi
Hammasini ko'rsatish...
Shunday katta-katta odamlar savolga javob yozdi, sizlar yozmadinglar-ey))
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.