cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Humaira حميرا

Бўшашманглар! Хафа бўлманглар! Сизлар, агар мўмин бўлсаларингиз, устунсизлар. (Эй мусулмонлар! Сизлар дунёда ҳаммани ҳидоятга даъват қилувчиларсиз.) Oli Imron-139. Talab va takliflar uchun @incredible_one_bot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
216
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from FATVO.UZ
НАМОЗИМ БУЗИЛГАН БЎЛАДИМИ? #қисқа_савол_жавоблар ❓CАВОЛ: Тўрт ракатли намознинг 2-ракатида Аттаҳиятдан кейин саловатни ҳам чалғиб ўқиб юбораман. Намозим бузилган бўладими? 💬 ЖАВОБ: Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳим. Тўрт ракатли намозларда аввалги қаъдада Аттаҳиятдан кейин, учинчи ракатга туриш ўрнига адашиб "Аллоҳумма солли ала Муҳаммадин" гача ўқиб қўйган бўлса, энг тўғри қавлга кўра намозни охирида саждаи саҳв қилади. Шу билан намоз тўғри бўлади. Агар "Аллоҳумма солли ала Муҳаммадин"дан кам ўқиган бўлса, саждаи саҳв қилмайди ("Ал-Баҳр ар-роиқ" китоби). Валлоҳу аълам. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво ҳайъати. 🔗 Улашинг: @diniysavollar
Hammasini ko'rsatish...
Repost from FATVO.UZ
02:13
Video unavailableShow in Telegram
#Диний_савол_жавоб Саждаи саҳв ҳақида маълумот берсангиз?
Муҳаммад Айюб домла ҲОМИДОВ

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram 🔗 Улашинг: @diniysavollar
Hammasini ko'rsatish...
Hech narsani istamay qoladigan vaqtlar bo‘ladi. Atrofingdagilar tushunish uyoqda tursin-u, o‘zingni o‘zing tushunmay qolasan. To‘lib to‘lib ichingni sochging keladi. Qayerga sochishni bilmaysan. O‘ylayman, ba'zan qalb shu yo‘l bilan o‘zini o‘zi tarbiyalaydimi? Yoki... Bilmadim, bu qalb deganlari juda ajiib ne'matda... O‘zimni o‘zim tushunmaganimda, Robbimning kalomidan oyatlarni eslab, tinchlanaman. قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى "Ey Robbim, O‘zing qalbimni keng qilgin. وَيَسِّرْ لِىٓ أَمْرِى Mening ishimni oson qil. وَٱحْلُلْ عُقْدَةًۭ مِّن لِّسَانِى Tilimdagi tugunni yechib yuborgin. يَفْقَهُواْ قَوْلِى So‘zimni anglasinlar"... (Toha surasi, 25-28 oyatlar)
Hammasini ko'rsatish...
Insonni amali yomon bo’lsa gumonlari xam yomonlasharlan Oiz Qarniy
Hammasini ko'rsatish...
AYTING, MADINAGA QACHON BORAMIZ? Necha ming chaqirim bugun oramiz, Xatlarning qatida koʻngil olamiz. Ey meni duosi yoʻqlayotgan doʻst, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Ishqida yigʻladik, ishqida yondik, Ishqi deb dunyoning ishidan tondik, Umidga suyandik, unga ishondik, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Koʻngillar qoraydi, tosh qotdi, doʻstim, Kipriklar uchida yosh qotdi, doʻstim, Yana umidvorlik asqotdi, doʻstim, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Sharofat yoʻlini sogʻindi yurak, Shafoat yoʻlini sogʻindi yurak, Alloh Rasulini sogʻindi yurak, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Bori gʻussalardan qochsak barobar, Salom eshigini ochsak barobar, Yigʻlasak barobar, toshsak barobar, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Qarogʻim ichiga toʻlmoqchiman men, Vujudi muhabbat boʻlmoqchiman men, Ummati Muhammad boʻlmoqchiman men, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Ey Nabiy, yuragim toʻldi degani, Dardimni bir Xudo bildi degani, Mana, gʻaribingiz keldi, degani, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Qalbimiz ajib bir sogʻinchga toʻlmish, Yoʻllarni gʻovlagan alamlar kulmish, Ikkimizda armon ming bitta boʻlmish, Ayting, Madinaga qachon boramiz? Yoʻl boʻyi salavot aytib ketgani Dilni may, koʻzlarni soqiy etgani, Meni Baqiy ichra boqiy etgani, Ayting, Madinaga qachon boramiz? #Oʻtkirbek Muhammadsobir @alamiy_uz
Hammasini ko'rsatish...
Yolg‘ondan saqlaninglar. Chunki yolg‘on buzuqlik bilan birga va bu ikkisi ham do‘zaxdadir. (Sunani Ibn Moja). Abu Umoma Rasuli akramning shunday deganlarini aytadi: Shak yo‘qki, yolg‘on munofiqlik eshiklaridan biridir (Ibn Adiy rivoyati). Hasan Basriy deydi: Munofiqlik til bilan dilning, so‘z bilan amalning, ichkari bilan tashqarining xilof kelishidir. Shak yo‘qki, munofiqlik yolg‘on ustida barpo bo‘ladi. Payg‘ambar alayhissalom dedilar: Eng katta xiyonat shuki, sen aytgan gapni birodaring rost deb bila-di, sen esa bu gaping bilan uni aldayapsan. (Sahihi Buxoriy). Til ofatlari 📚 Alloh òzi barchaga kifoya qilsin, Yolğonchilarga insof berib munofiqlik maqomidan Alloh asrasin! @jannatulAdn99
Hammasini ko'rsatish...
9237. Нажот келишини кўзинг билан кўришинг шарт эмас. Балки нажот сенга махфий ҳолда келиб, сен ҳатто буни сезмай қолишинг мумкин. Шу сабаб, сен дуода давом этавергин. Аллоҳ таоло айтганидек: “Бас, Биз уларнинг устига шамолни ва сиз кўрмаган лашкарларни юбордик”. (Аҳзоб сураси, 9-оят). Доктор Аҳмад Исо Маъсоравий. @arabicuz Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Иёс ибн Муовия айтади: "Рижоллик сифатларини синаб кўрдим ва уларнинг энг шарафлисини сўзида содиқ туришлик деб топдим. Қайси эркакда мана шу сифат бўлмаса батаҳқиқ энг шарафли ҳулқдан қуруқ қолибди". [Таҳзибул камал 3/413].
Hammasini ko'rsatish...
🤍
Hammasini ko'rsatish...
Allohumma solli a’la sayyidina Muhammad
Hammasini ko'rsatish...