СИРДОШ
Журналист Манзура Отақўзиеванинг ижодий каналига хуш келибсиз! Биз билан бирга бўлиб, ҳаёт сабоқларидан баҳраманд бўлинг. Мулоҳазалар, муносабатлар, маслаҳатлар фақат Сиз учун!
Ko'proq ko'rsatish- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Ma'lumot yuklanmoqda...
оламнитута бошлаганди.Торингиз иплари авжида узилдику. Яхшиям сизларни эслатгувчи қора кўзларингиз бор.Қаранг,ўғлингиз кўзлари,қошлари,борлигича отажонини эслатяпти бизларга. Асрорбек,отанг ўлмаган.Яхшилар қалбида яшаяпти .Сени рухингда у акс этиб турибди.Сен отанг орзуларини рўёби бўл. Манзура.
Maktub Uzun edi, bepoyon edi Chortoqning yo‘llari. Butun olam, bor jahon edi Otamning qo‘llari... Ularni tutgancha ketardim Yomg‘irmi qor demay. She’rdan boshqa yo‘q edi dardim Tirik edim o‘shanda demak. Zamondan oldinda, ko’kdan balandda ergashib yurardim baxtga izma-iz. Ming yillik qadrdon edi qishloqqa, jonsarak inson va mushtdekkina qiz. Ha, o‘sha biz edik — loy ko‘chalardan Top-toza ko‘ngilni omon obchiqqan. Kimlardir g‘udranar edi hasadmand: “Mehriga kun chiqqan, unga oy chiqqan”. Juda maaayda edi odamlar, dunyo, Katta yuragimda yo‘q edi hadik. Dadamga aylanib olgandi Xudo— Birga uzoq-uzoq suhbat qurardik. Toshkentga yo‘l tushdi, chorladi shuhrat, Turfa qiyofada yuzlandi iblis. Bu gunohzor aro turardim karaxt, Qoraygan ruhimga nur kirdi ilkis. Hayriyat, u keldi - chekindi vahiym, Yaxshiki, vaqtida bosildi isyon. Udir ulug‘ Rahmon yuborgan rahiym, Udir Mehribonim bergan mehribon. Oq qog‘ozga so‘zmas yuragim tomar, Xudo, otam va u - eng buyuk dalda. Negadir uyqashib ketdi harflar, Maktub ham bitmadi..qolgani dilda. Elanib-elanib el bo‘lsa do‘stlar, Tuproqqa belanib, bo‘laman g‘oyib. Xudo, otam va u haqda she’r bitar, Maysaga aylanib qolgan bir shoir...
Шахло Турдикулова invites you to join this group on Telegram.