cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

G'iyosiddin Yusuf | blog

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz Savollar uchun: @Yechimhubbunabot Yordamchimga murojaat: @Kaatib https://mssg.me/giyosiddinyusuf

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
8 461
Obunachilar
-324 soatlar
-267 kunlar
+1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
"To‘ydan keyin kech" kitobimdan so‘ng butunlay boshqa mavzuga — bolalar uchun bo‘lgan "Go‘zal xulqlar" kitobimni tugatishga kirishib ketdim. Doimgidek kitob menga yoqyapti. 😊 Unda xulqqa doir mavzular, hikoyalar, savol-javoblar berilmoqda. Kitob rangli, rasmli shaklda bo‘ladi. 7+ Kitob haqida sizni qiziqtirgan savollarni izohda yozib qoldiring. #Ijod @GiyosiddinYusuf
Hammasini ko'rsatish...
18👍 7🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Azizlar, biz yana savollarni qabul qila boshladik! Oila, farzand tarbiyasi, kitoblar bo'yicha savollaringizni @Yechimhubbunabot ga yuborishingiz mumkin. Javobni @Yechimhubbuna telegram kanalidan olasiz. Eslatma! • savolingiz qisqa matn shaklida bo'lsin; • uzun savollarga, ovozli xabarlarga, diniy mavzudagi hamda jinsiy aloqaga doir savollarga javob berilmaydi; • javob faqat kanal orqali beriladi, o'zingizga emas; • shoshinch savolingiz yoki jiddiy muammo bo'lsa, batafsil maslahat kerak bo'lsa, konsultatsiya olishingiz kerak.
Hammasini ko'rsatish...
9👍 3
Bir psixolog opa "Pulim ko‘p bo‘lsa, yetimlarga yaxshilik qilaman, kasallarni davolataman deb niyat qilmang. Bu niyatingiz bilan siz yetimlarning, kasallarning ko‘payishiga sabab bo‘lasiz" degan ma’noda gap aytibdi. Bu haddan oshish deb bilaman. Chunki ta’limotlarimizda yetimning boshini silash, unga yaxshilik qilishga targ‘ib qilingan. Shuning uchun har bir eshitgan gapingizga ishonib ketavermang, uni asl manbalarga solishtirib ko‘ring. #antipsixologiya @GiyosiddinYusuf
Hammasini ko'rsatish...
👍 66🔥 13 8🤔 1
#Savol: Men hozirgi zamonamizda mos ravishda muslima ayolning hayoti borasida biron kitobni tavsiya qilaolasizmi, menga bundan tashqari kundalik hayoti, ishda o'qishda, odamlar bilan muomala qilganda, telefonda muslima qizlar nimalar qilishlari kerak, qanday tarzda yashashlari va qanday muomala qilishlari kerak. Shu masala bo'yicha yechim topish  uchun menga qaysidir  kitobni tavsiya qilaolasizmi iltimos? Javob: Barcha talablaringizga javob bo'ladigan kitobni men o'qimaganman. Imkon bo'lsa, shunday kitob yozishga harakat qilaman. @GiyosiddinYusuf
Hammasini ko'rsatish...
35👍 10💯 5 3🎉 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ilm o'rganish haqida o'zbek tilida "Hadis va hayot" kitoblarining 3-juzi, "Ilm olish sirlari", "Ta'lim va tarbiya" kitoblari bor. Siz yana qaysi kitoblarni bilasiz? #Kitob
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 20👍 6 5🔥 5🎉 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Yangi kitob harakati #Ijod
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5846.MOV8.92 KB
👍 19🔥 5
Photo unavailableShow in Telegram
Odatda umraga birinchi marta borayotgan ziyoratchilar o‘zlari bilan umra qo‘llanmasi olib borishadi. «To‘ydan keyin kech» kitobi ham oila qurish arafasidagi yoshlar uchun ana shunday qo‘llanma bo‘ldi. Uni mehr, ixlos, chuqur e’tibor ila yozishga intildim. Sizdan ham uni shunday o‘qishingizni, qayta-qayta o‘qishingizni so‘rab qolaman. Unda keltirilgan tavsiya va ko‘rsatmalarga amal qilsangiz, farovon oila qurish uchun ilk qadamni tashlagan bo‘lasiz. Bu bilan kelajakda dunyoga keladigan farzandlaringizga ham yaxshilik qilgan bo‘lasiz. Ularning solih-soliha, olim-olima bo‘lishini istasangiz, oila qurishdan oldin shunga munosib harakat qiling. Men farzand tarbiyasi homiladorlik davridan emas, oila qurishdan oldin boshlanadi deb bilaman. Qaysi sohada bo‘lsangiz ham oilangiz farovon, xotirjam, halovatli bo‘lsagina ishingizda muvaffaqiyatga erishasiz. Juftingiz sizni tushunsa, qo‘llab-quvvatlab tursa, ishingizda unum bo‘ladi. Buning uchun esa oila qurishdan oldin munosib juft tanlashga harakat qilish kerak.
G'iyosiddin Yusufning "To'ydan keyin kech" kitobidan #iqtibos
Hammasini ko'rsatish...
26👍 17
Photo unavailableShow in Telegram
Bolalar uchun kitob yozayotgan mualliflar yoki tarjimonlar asar tilining bolalarga tushunarli bo‘lishiga juda e’tiborli bo‘lishlari lozim. So‘zlar ortiqcha jimjimador yoki eskirgan so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Imkon qadar kundalik hayotda tez-tez ishlatiladigan so‘zlar bo‘lsin. Yozayotgan gapingizni farzandingizga aytayotgandek tasavvur qiling. #Kitob #Ijod @GiyosiddinYusuf
Hammasini ko'rsatish...
🔥 26 11👍 4 1
Shaxsiy blog yuritish haqida Har qanday ijtimoiy tarmoqda ma'lum shaxs nomiga ochilgan sahifalarni yuritish haqida shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda so'z: • Blog sizning kimligingizni ochib berishi, tanitishi kerak, u sizning yuzingizdir. • Shunday ekan, blogda mutaxassisligingiz, shaxsiy hayotingiz va jamiyatda yuz berayotgan voqealarga munosabatingizni yozishingiz to'g'ri bo'ladi. • Blogda boshqalar fikrini ulashish me'yorida bo'lishi kerak. O'z ijod mahsulingizdan oshib ketmagani ma'qul. • Doimiy, tartibli ravishda post joylab boring. Hayotiy yangiliklaringiz, qiziqishlaringiz, sohangizdagi muvaffaqiyatlaringiz, yangi o'tgangan bilimlaringiz, hatto o'qiyotgan kitobingiz, safar taassurotlaringizni ham ulashib borishingiz mumkin. • Shaxsiy blogda kuzativchilarni ko'paytirish biroz qiyin, ammo yo'qotishlar kam bo'ladi. • Shaxsiy blog sizning shaxsiy manfaatlaringiz yo'lida ham xizmat qiladi. Ya'ni siz blog orqali tanilib, xizmatingiz, mahsulotingizni taqdim qilishingiz, zarur bo'lganda kimdandir yordam ola olishingiz mumkin. Bir so'z bilan aytganda, shaxsiy blog ishonch orttirish uchun muhimdir. • Bloglar mutaxassisligingiz, qiziqishingizdan kelib chiqqan holda turli mavzularda bo'lishi mumkin. Shuningdek, postlar formati ham obunachilar uchun qulay bo'lsa bo'ldi: video, audio, matn, rasm. • Blogda obunachilar bilan muloqot qilib turish muhimdir. Buning uchun izoh yozish qismini ochish, ularga savollar berish, savollariga javob berish, ovozli chatlar, turli viktorinalar tashkil qilish mumkin. • Kanal statistikasini kuzatib boring: qaysi postlar ko'proq qiziqish uyg'otayotgani, keng tarqalayotganiga ko'ra harakat qiling. • Yangi obunachilar jalb qilish, ko'proq auditoriyaga ega bo'lish uchun telegram kanalingizni doimiy reklama qildirib turishingiz, turli tanlovlar, musobaqalar o'tkazishingiz muhim. Sizga kimlarning blogi ko'proq yoqadi? #Tajriba @GiyosiddinYusuf
Hammasini ko'rsatish...
17👍 10 1🎉 1
Ota-onani e'zozlashning bir ulug' ko'rinishi
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5787.MOV1.22 MB
🔥 27 12👍 6🎉 2 1🤩 1🕊 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.