cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

QASHQADARYO ZIYOSI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali. Bizga murojaat uchun: @Qashadaryoga_murojaatbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
16 680
Obunachilar
-14924 soatlar
-1 0707 kunlar
-6 66030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#audio_mutolaa ✍🏻 Yozuvchi Sergey Dovlatovning "Fernan Lejening kamzuli" hikoyasi (vaqti 00:27:30)
Sergey Dovlatovning tarjimai holiga qiziqqan kitobxon uning asarlarini o’qib ko’rsa kifoya. Kitobiylikdan, an’anaviy qonun- qoidalardan birmuncha yiroq, hayot haqiqatini bo’yamay-bejamay aks ettirgan bu asarlarni muallif umrining badiiy solnomasi deyish mumkin.
🎙Hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushdi
Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Kitoblik Xo‘janovlar oilasi – “Ma’rifatli oila” tanlovi g‘olibi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Ma’rifatli oila” tanlovi viloyat bosqichi yakunlandi. Umumiy natijalarga ko‘ra, Kitob tumanidagi Obod mahallasida istiqomat qilayotgan Xo‘janovlar oilasi 1-o‘rinni egallab, qimmatbaho televizor sohibi bo‘lishdi. Kasbi tumani Tinchlik mahallasida yashovchi Rahmonovlar oilasi 2-o‘rinni, asli jizzaxlik, ayni paytda Shahrisabz tumanida harbiy xizmatchi sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan Sardor Payziyev oilasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ularga planshet va smartfon topshirildi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham kitoblar va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. E’tiborlisi, taqdirlash marosimida taniqli ijodkorlar – Nurali Qobul, Gʻayrat Majid, Bobur Bobomurod, Farog‘at Xudoyqulova ishtirok etgani ham kitobxonlarga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi. https://t.me/qashqadaryo_ziyo
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
“Ma’rifatli oila” tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi tashabbusi bilan “Ma’rifatli oila” tanlovi e’lon qilingan edi. Hududlardan saralangan 16 oila vakillari Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida jam bo‘lishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 22-dekabrda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan majlisida belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib tashkil etilgan tanlovda ishtirokchilar “Badiiy asar bilimdoni” va “Tezkor savol-javob” shartlari asosida baholandi. Oilaviy kitobxonlarga tavsiya etilgan kitoblar orasida “Alpomish” dostoni, “Boburnoma” kabi mumtoz namunalar bilan birga, Fitratning “Oila”, Muhammad Sodif Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” asarlari, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Asqad Muxtor “Chinor”, Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar”, Chingiz Aytmatov “Asrga tatigulik kun”, Balzak “Gorio ota”, Dostoyevskiyning “Kambag‘allar” asarlari bor. https://t.me/qashqadaryo_ziyo
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
❇️ “Ijodimda Amir Temur davri tasviri” tanlovi viloyat bosqichidan lavhalar. https://t.me/qashqadaryo_ziyo
Hammasini ko'rsatish...
“Ijodimda Amir Temur davri tasviri” tanlovi viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limlari hamkorligida “Biz – buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” ko‘rik-tanlovi doirasida “Kuch – adolatdadir” shiori ostida e’lon qilingan “Ijodimda Amir Temur davri tasviri” tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrini rangtasvir, grafika, amaliy san’at hamda haykaltaroshlik kabi 4 ta yo‘nalishda eng yaxshi ifoda etgan ishtirokchilar Shahrisabzda o‘tadigan yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Hakamlar hay’ati a’zolari ijodiy ishlarni baholashda tarixiy mavzuning to‘laqonli yoritilgani, kompozitsion mukammallik, mahorat darajasi, etnografik ashyolar (detallar) haqqoniyligiga asosiy e’tibor qaratishdi. Qayd etish lozim, har bir yo‘nalishda 1-o‘rinni olgan ishtirokchilarga 5 million so‘mdan, 2-o‘rin sohiblariga 3 million va 3-o‘rinni olganlarga 2 million so‘m pul mukofoti hamda mehnat anjomlari taqdim etiladi. https://t.me/qashqadaryo_ziyo
Hammasini ko'rsatish...
QASHQADARYO ZIYOSI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali. Bizga murojaat uchun: @Qashadaryoga_murojaatbot

👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
29:19
Video unavailableShow in Telegram
#kinotavsiya O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek hayoti va ijodiga bag`ishlangan "Oybek" hujjatli filmi
Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri hisoblanadi.
Film ssenariy muallifi va rejissyor Eljon Abbosov, operator Rahmatilla Yoqubov, kompozitor Rumil Vildanov, film direktori Baxtiyor Asilov.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Kino tarixidagi eng mashhur komik aktyor Charli Chaplin shunday hikoya qiladi:
Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er–xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarni kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi. Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi. Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi. Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi. O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman.
Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi. 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 18
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_hikmati
Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo‘lgan.
✍️ Rasul Hamzatov 📚 “Mening Dog‘istonim” kitobidan Yaqinlaringizga ham ulashing! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
00:09
Video unavailableShow in Telegram
#Xayrli_tong
Agar sen faqat go‘zal narsalarni ko‘rishga qodir bo‘lsang, bu sening qalbing go‘zalligidan dalolatdir!
Assalomu alaykum, vohadoshlar! Kuningiz xayrli va ezgu amallarga boy bo‘lsin! Yaqinlaringizga ham ulashing! 👉@Qashqadaryo_ziyosi👈
Hammasini ko'rsatish...