Qalam | Rasmiy kanal
Kanalga Telegram’da o‘tish
Bizning kanal orqali nima qilishingiz mumkin❓ ✅ Microsoft office dasturlarini o'rganishingiz mumkin ✅ Dasturlashni o'rganishingiz mumkin ✅ Zamonaviy kasblarni o'rganishingiz mumkin ✅ Savollar bo'lsa so'rashingiz mumkin: @nodirxon_uz
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 370
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar
Postlar arxiv
1 370
Qanday qilib React JS bo'yicha yaxshi dasturchi bo'lish mumkin?
Assalomu aleykum qadrli do'stlar!
Bugun yana bir foydali postni yozishga qaror qildim.
HTML, CSS, JS o'rganib bo'lib endigina React JS kutubxonasini o'rganmoqchi bo'lganlar uchun bu post juda foydali bo'ladi!
React JS ni o'rganayotganlarda bu kutubxona juda qiyin tuyulishi mumkin lekin unday emas! To'g'ri qiyin taraflari bo'lishi mumkin lekin bu qiyinchiliklarni yengib o'tish uchun sizdan harakat, amaliyot talab etiladi.
Endi esa React JS o'rganish bo'yicha foydali tavsiyalarni keltirib o'taman.
✅ Tavsiyalar quyidagicha:
➖React JS asoslarini yaxshilab o'rganing
➖Props, Statelar bilan ishlash va ularning vazifalarini bilib oling
➖ React JS dagi fayllar strukturasini ham bilib olishingiz kerak
➖Ko'proq real loyihalar ustida ishlang ( Netflix, YouTube, Amazonning clone versiyalarini yaratib ko'ring. Bu bo'yicha YouTubeda video darslar mavjud )
➖Bu real loyihalar orqali bilmagan narsalaringizni o'rganishingiz va tajribangizni oshirishingiz mumkin
➖ API bilan ishlashni ham o'rganing
➖ Eng muhimi o'rganishdan, izlanishdan to'xtamang, amaliyot qiling!
Mana shu tavsiyalarim sizlar uchun foydali bo'ladi degan umiddaman. React JS ni o'rganing chunki bu kutubxona ustida ko'pgina loyihalar amalga oshirilmoqda.
👉 @excel_qalam
1 370
Qisqa satrlarda JavaScript. Kirish
JavaScript yetakchi dasturlash tillaridan biri. Hozirda ushbu til brauzerdan tashqarida ham keng qoʻllanilmoqda. Soʻngi yillarda Node.js ning yaratilishi esa Java, Ruby, Pyhton va PHP kabi anʼanaviy server tillarining hukmronligiga chek qoʻydi. Shu jihatlarni inobatga olib biz sizga Javascript haqida “Qisqa satrlarda JavaScript” turkum maqolalarini taqdim etmoqdamiz. Maqolalarni yaratishda mashhur dasturchi, blogger Flavio Copes tomonidan yaratilgan qo’llanmani asosiy manba sifatida foydalandik. Qoʻllanmada 80/20 qoidasiga rioya qilingan, yaʼni vaqtingizning 20% ini sarflab, materialning 80% ini oʻrganishingiz mumkin. Shu jihati meni o’ziga rom etdi desam ham bo’ladi.
👉 @excel_qalam
1 370
Qancha muddatda yaxshi dasturchi bo'lish mumkin?
Dasturlash deganda “Hello world”ni tushunmasligimiz kerak. Qaysidir tilda juda sodda amalni bajarib qo’yib, o’zini dasturchi hisoblash to’g’ri emas. Kishi dasturchi maqomiga ega bo’lishi uchun qaysidir dasturlash tilida eng kamida bitta mukammal jarayonni to’liq avtomatlashtira olgan, amaliy foydasi bo’lgan va xatoliklarsiz ishlay oladigan dastur yarata olishi kerak.
Professional dasturchi bo’lib yetishish uchun yillar talab etiladi. Aynan necha yil talab etilishi, albatta, kishining o’ziga bog’liq. Dasturlash tili sintaksisini o’rganish, qaysidir tilda kod yozishni boshlash ikkinchi darajali ish. Eng muhimi – dasturchidek fikrlash. Dasturchidek muammoning eng optimal yechimini topa olish kishining qachon, yoki qanchalik tez professional dasturchi bo’lib yetisha olishini aniqlab beradi. Siz necha yilda mukammal va yetuk dasturchi bo’lib yetishishingizni faqat o’zingiz hal qilasiz. Hech kim sizga aniq muddatni ayta olmaydi. Hammasi o’zingizga bog’liq. Mehnat qiling, mantiqiy fikrlashni mashq qiling, ko’proq tajriba yig’ishga harakat qiling. Qisqa fursat ichida, o’zingiz xohlagandek, mukammal dasturchi bo’lib yetishasiz!
👉 @excel_qalam
1 370
Kelajakda dasturchilarga ish vakansiyalari kamayib ketadimi?
Hozirda ko'pchiligimiz shuni bildikki pandemiya paytidan IT sohaga talab anchagina oshdi.
Ko'pchilik anglab yetdi IT soha bu kelajak va IT soha ham bilamiz bir necha tarmoqlarga bo'linadi. Misol qilib Dasturlash sohasini oladigan bo'lsak bu sohani o'rganayotganlar ko'p va ularda tez tez mana shunday savollar paydo bo'lib turadi!
Dasturchilar ko'payib ketmoqda kelajakda dasturchilarga bo'sh ish o'rinlari qoladimi degan savollar bo'lib turadi. To'g'ri bir tomondan o'ylab qarasak dasturchilar ko'payib bormoqda lekin tanganing ikkinchi tarafi bo'lgani kabi qolgan taraflarini o'ylab qarasak Dasturchilarga hali beri ish qolmasligi haqiqatga yaqin emas ya'ni O'zbekiston sharoitda olib qaraydigan bo'lsak bizda hali Dasturchilar juda kam va bu degani bo'sh ish o'rinlari ko'p va ko'plab O'zbekistondagi IT firmalarga sifatli va o'z sohasining ustasi bo'lgan dasturchilar kerak.
Yana bir fikr bizda dasturchilarning kamligi tufayli jahonning yirik IT kompaniyalari: Google, Facebook, Amazon, Microsoft, Apple va shu kabi boshqa firmalar ham rasman kirib kelmagan, bu firmalar rasman kirib kelgan taqdirda ham bizda dasturchilar kam va bu firmalarga ko'plab sifatli dasturchilar kerak bo'ladi.
❗️P.S/ Demak shunday dasturlashni o'rganishni hozirdanoq boshlang va shuni eslab qoling sifatli va o'z sohasini ustasi bo'lgan dasturchi hechqachon ishsiz qolib ketmaydi. Agarda siz yaxshi Dasturchi bo'lib qo'shimcha tariqasida bitta Rus tili yoki Ingliz tilini bilsangiz, siz frilanser bo'lib ham MDH davlatlari uchun yoki boshqa xorij davlatlari uchun ishlasangiz ham bo'ladi. Bu albatta yaxshi daromad va katta tajriba orttirish degani.
👉 @excel_qalam
1 370
Media so'rovlaridan tashqari: moslashuvchan dizayn uchun yangi HTML va CSS xususiyatlaridan foydalanish
👉 @excel_qalam
https://css-tricks.com/beyond-media-queries-using-newer-html-css-features-for-responsive-designs/
1 370
💻 Frilanser bo’lib pul ishlashni
qanday boshlash kerak?
Keling, frilanser kim ekanligini aniqlab olamiz?
Frilanser, loyihalarni mustaqil ravishda izlab, mijozlar bilan muzokara olib boradigan va amalga oshirilgan ishi uchun haq oladigan shaxsdir. Frilansni o’z biznesingizga birinchi qadam sifatida korishingiz mumkin.
Biroq, ofis ishi kabi frilans ham tartibli bolishni talab qiladi. Siz doimiy ravishda idorada emasligingizni ozingizga eslatib turishingiz va qabul qilingan buyurtmalarni muddatidan kechiktirmay topshirishingiz kerak.
Nimadan boshlash kerak?
1. Portfolio yarating.
Avvalo, xaridorlarni jalb qilish uchun siz o’z malakangiz va tajribangiz haqida aytib berishingiz mumkin bo’lgan portfolioni yaratishingiz kerak. Taqdim etilgan sertifikatlarni va murabbiylarning yoki ish beruvchilarning tavsiyanomalarini portfolioingizga ilova qilib qoying.
2. Siz nima sababdan bu ish uchun to’g’ri kelishingizni yozing.
O'zingiz bajargan loyihalar, jamoada ishlab yoki maxsus kurslarda oqib olgan bilim va konikmalaringiz haqida batafsil ma’lumot bering. O’z qobiliyatingizni to’g’ri tariflang, va shunda sizning oldingizda yangi imkoniyatlar ochiladi.
3. Birinchi loyihangizni qabul qilishga tayyor bo’ling.
Kichikroq bir loyihani amalga oshirishga harakat qiling va ishni belgilangan vaqt oralig’ida bajaring. Shunday qilib, ish beruvchingizdan yaxshi xulosalar olishingiz mumkin, bu esa kelajakdagi faoliyatingizga yaxshi ta’sir o’tkazadi. Boshida oʻzinga juda koʻp loyihalar olmang. Mayda, ammo ishonchli qadamlar bilan olgʻa boring!
4. Oldingizga maqsad qoʻying.
Avvalo, nimaga erishmoqchi ekaningizni aniqlang, so’ngra aniq harakat rejasini tuzing. Vazifalarni bajarish uchun javobgarlikni oʻz boʻyningizga olishdan qo’rqmang va har kuni maqsadlaringiz sari harakat qiling.
5.O’z sohangizda professional bo’ling.
Bir yoki ikkita dasturlash tilini mukammal bilsangiz ham, bir joyda toʻxtab qolmang, oʻz ustingizda ishlang. Yangi bilimlar va ko’nikmalarga ega bo’lishingiz uchun juda ko’p bepul online kurslar mavjud.
5 ta oddiy tavsiyaga rioya qilib, muvaffaqiyatli frilanserlar dunyosiga osongina tushib, ajoyib takliflarni qabul qilishingiz mumkin!
👉 @excel_qalam
1 370
🎮 CSSni o'yin o'ynab o'rganing
Qiziqarli o'yin bilan bilimlar oson o'zlashtiriladi! Tasavur qiling miriqib o'yin o'ynaysiz va CSSni o'rganib olasiz. Internetda bu masalada sizga yordam beruvchi ba'zi saytlar mavjud.
- Grid Garden
CSS Grid'ni o'rganishga ko'maklashadi. Bog'ni tartibga soling va o'yinda g'olib bo'ling. Shu bilan birga CSS Grid bo'yicha bilimlaringizni mustahkamlab olasiz
- Grid Critters
O’yin sizga CSS Grid'ni o’zlashtirishga ko’maklashadi. Siz kosmik kemani boshqarasiz va Grideros sayyorasi aholisini Grid yordamida himoya qilasiz.
- Flexbox froggy
CSS Flexbox'dan foydalanib qurbaqalarni o'z o'rniga qaytarishga yordam bering. O'yin 24 ta bosqichdan iborat bo'lib barchasi juda qiziqarli. Oxirgi bosqichdan siz ham o'ta olasizmi buni hoziroq tekshiring
- Flexbox Zombie
CSS Flexbox'ni epchillik bilan o'rganing. Buni zombilarga qarshi ishlating. O'yin 12 bosqichdan iborat. Buning uchun saytda ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.
- CSS Diner
CSS ni ham o’zlashtirishga, ham sahifalashning tayanch qoidalarni eslashga yordam beradi. Mahsulotlarni joylashtiring va dasturxonni to’g’ri buyruqlar orqali bezating, o'yin esa ko’rsatmalar bilan yordam beradi. Oson tuyulishi mumkin, ammo bo’shashmang – bu yerda 32 ta bosqich, har biridan so’ng vazifalar murakkablashib boradi.
👉 @excel_qalam
1 370
Bootstrap haqida
Bootstrap hozirgi kunda eng ko’p ishlatilayotgan front end development framework hisoblanadi. Unda HTML, CSS va JavaScript to’liq joylashtirilgan va ushbu framework yordamida o’zingiz istagan sayt ko’rinishini bir necha daqiqalarda, qiyinchiliklarsiz tayyorlab olishingiz mumkin.
Frameworkning rasmiy getbootstrap.com sayti orqali uni to’liq yuklab olishingiz va hech qanday cheklovlarsiz ishlatishingiz mumkin. Agar tizim bilan ishlashni hali bilmasangiz, Google orqali qidirishda Bootstrapga oid minglab darslarni, maqolalarni topishingiz mumkin. YouTube, Vimeo kabi video saytlarda esa Bootstrap to’g’risida tayyorlangan video darsni juda ko’plab topish mumkin.
Bootstrap ilk “mobile first” framework hisoblanib, unda birinchi e’tibor tayyorlangan sahifalar mobil qurilmalarda qanday ko’rinishiga qaratiladi. O’zining moslashuvchangili sabab Bootstrapda tayyorlangan sahifalar barcha hajmdagi ekranlarda bir xil chiroyli ko’rinadi. Bootstrap haqiqatdan ham front end ustalarining ishini bir necha o’n barobarga osonlashtirdi. Bir necha yil avval HTML va CSS kodlarni to’liq qo’lda yozib sayt tayyorlayotgan kishilar Bootstrapning qanchalik qulay tizim ekanligini bir necha bor ishlatib ko’rgandanoq bilib olishlari mumkin.
Bootstrap haqida to’liq ma’lumotni tizimning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. U yerda framework ishlatilishi haqida yetarlicha tushuncha berilgan. Agar u yerda o’rganish Siz uchun qiyinlik qilsa, Bootstrapning eng sodda darslarini w3schools saytining Bootstrap bo’limidan topishingiz mumkin.
Bootstrap bilan ishlash ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirganingizdan so’ng u orqali sahifalar tayyorlab, internetda yaxshigina pul ishlab olishingiz mumkin. To’g’ri, juda ko’p to’lashmaydi, ammo 1-3 kunda bajarsa bo’ladigan har bir loyiha uchun 50-100 dollar atrofida ishlab olishingiz mumkin. Bootstrap tizimini yaxshi o’zlashtriganingizdan so’ng qanday ishlar topishingiz mumkinligini mana bu sahifadan ko’rib xulosa qilishingiz mumkin.
Bugundan boshlab Bootstrapni o’rganishingizga hech narsa halal bermaydi: uni o’rganish uchun sayt ham, domen ham, hosting ham kerak emas. Shunchaki Bootstrapni kompyuteringizga yuklab oling, darslarda ko’rsatgandek saytlar ko’rinishini tayyorlashga kirishing.
Manba: azamat.uz
👉 @excel_qalam
1 370
Dasturchiga ingliz tili kerakmi?
Dasturchi karerasining boshlanishida hammaning oldida bir savol tug'iladi: "Ishda ingliz tili kerakmi yoki usiz buni qila olamanmi?"
Maqolada biz ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Bu savolga javob berish uchun biz boshqa dasturchilarning ko'plab manbalari va fikrlarini o'rganib chiqdik. shuningdek, o'z tajribamizni hisobga oldik. Ingliz tili albatta zarur, lekin agar bu majburiy bo'lsa, bu Yerda fikrlar turlicha. Maqola doirasida biz ingliz tiliga bo'lgan ehtiyojni o'rganamiz va uni o'rganishning nisbatan oson usulini taqdim etamiz.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan ingliz tilida axborot texnologiyalarining barcha sohalarida so'z yuritiladi. Korporativ sektorda ishlash, shuningdek, og'zaki ingliz tilini bilishni talab qiladi. Agar mo'ljallangan ish joyi mijozlar bilan aloqani talab qilsa, ingliz tilini bilish muhim hisoblanadi. Bugungi kunda Rossiya va MDH mamlakatlarida dasturiy ta'minot sotib oladiganlar ko'p emas, ularning ulushi G'arbiy bozorga to'g'ri keladi (taxminan 80%).
Allaqachon ingliz tilining zarurligi aniq bo'lib bormoqda va uni yaxshi bilish muhimdir. Tilni yaxshi bilmaslik, lug'at orqali aloqa qilish, muvaffaqiyatsiz burilishlar, xavfli xatti-harakatlar - bu biznes uchun eng yaxshi yo'l emas. Har bir mijoz juda tez va professional javob olishni xohlaydi. Bozorda xizmatlarning katta taklifi mavjud, agar siz uzoq vaqt javob bersangiz, mijoz raqobatdosh kompaniyaga murojaat qiladi.
Dasturlashda ingliz tili hujjatlarni o'rganish, funksiyalar tamoyillarini tushunish uchun kerak. Ingliz tilini minimal darajada bilsa ham dasturlashda odamga qulay bo'lishi osonlashadi, chunki funksiyalar o'zlarining ish prinsiplariga mos keladigan nomga ega.
Dasturlashda ingliz tiliga ehtiyoj qancha?
Agar rejalar mijoz bilan aloqa qilmasa yoki ishlamasa, ingliz tili juda foydali bo'ladi. Statistikalar indikator bo'lib xizmat qiladi: tillarning aksariyati ingliz tilida so'zlashadigan dasturchilar tomonidan yozilgan va ingliz tilidagi dasturlar soni boshqa tillarga qaraganda ko'proq. Tilda aksariyat operatorlar o'zlarining ishlash usullarini ko'rsatadigan kalit so'zlar deb nomlanadi. Har bir til uchun hujjatlar doimo ingliz tilida yozilgan va 70% hollarda izohlar o'sha tilda keltirilgan.
Ko'pgina ramkalar, kutubxonalar dastlab ingliz tilida ishlab chiqilgan, shuning uchun ularni juda uzoq vaqt davomida ruslashtirish kerak. Ko'pincha ruslashtirilgan ma'lumotlar allaqachon eskirgan. Tildagi o'zgarishlar haqidagi nashrlar, turli yangiliklar, forumlar va ko'plab adabiyotlar ingliz tilida tarqatiladi. RuNetda emas, balki ingliz tilida so'zlashadigan saytlarda paydo bo'lgan har qanday savolga javob topish osonroq.
👉 @excel_qalam
1 370
CSSda tanlash turlari
Universal tanlash:
* {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tag orqali tanlash:
p {
margin: 0;
padding: 0;
}
Class orqali tanlash:
.class-name {
margin: 0;
padding: 0;
}
Id orqali tanlash:
#element_id {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning attributi orqali tanlash:
input[type="text"] {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning ichidagi avlod elementlari orqali tanlash:
body.dark p {
margin: 0;
padding: 0;
}
Tagning ichidagi bola elementlari orqali tanlash:
p.note > b {
margin: 0;
padding: 0;
}
Bir darajadagi elementlarni tanlash:
label + input {
margin: 0;
padding: 0;
}
Pseudoklasslar orqali tanlash:
a:hover {
margin: 0;
padding: 0;
}
Pseudoelementlar orqali tanlash:
a::before {
margin: 0;
padding: 0;
}
👉 @excel_qalam1 370
Javascriptni organishni boshlovchilar uchun o’quv rejasi
Assalomu alaykum, ho’sh siz Javascriptni o’rganishni niyyat qildingizmi? Juda yaxshi chunki hozir Javascript barcha Web saytlarda ishlatiladi nafaqat Web saytlar hatto u yordamida telefonlar uchun mobile dasturlar, o’yinlar, kompyuterlar uchun oyin va dasturlar ham tuzilayapti.
Siz agar Javascriptni orgatadigan manbalar qidirib korgan bolsangiz allaqachon bilib olgan bolsangiz kerak manbalar va ma’lumotlar juda kop qayerdan boshlashni nimadan boshlashni bilmay qolishingiz aniq.
Umid qilamanki bu maqolam JSni endi boshlovchilar uchun ma’qul boladi.
1 — Qadam. learn.javascript.ru
Bu yerda siz JSni boshlang’ich organishingiz mumkin. Bu yerda siz nafaqat nazariy balkiy amaliy bilimlarga ega bolasiz. Bu yerda har bir darsdan keyn sizga uyga vasifalar topshiriladi va uy vazifani tekshirish uchun to’gri javoblarni ham korsatib otishadi.
2 — Qadam. ES-2015
Endi JS bo’yicha boshlang’ich bilimlarga ega bo’lganingizdan so’ng JS bo’yicha yangi standardlardan bo’lmish ES-2015ni organishni boshlasak ham bo’ladi. Siz bu yerda Map, Promise, Filter toza funksiyalar bilan tanishishingiz mumkin.
3 — Qadam. Kod yozing
Kod yozishni boshlamagungachon siz dasturlash tilini umuman organa olmaysiz qaysi dasturlash tili bo’lishidan qat’iy nazar. Har kuni hech bo’lmaganda 10 qator kod yozib qo’ysangiz ham 1 oyda 1 loyihani tugatib qo’yasiz.
Koddagi muammolar, ba’zi javoblarni bilmaslik va qat’iyatlilik haqida ba’zi eslatmalar.
Bir devorga urganingizda ko’p marotaba bo’ladi — ba’zi savollarga javobni bilmasangiz va buni hech qachon tushuna olmaysiz. Bu sodir bo’lgach, faqat bir nechta texnikani baham ko’rmoqchiman.
1. Dam oling
Tanaffus qiling. Kompyuterdan uzoqlashing. Choy yoki qahva olib ichib oling. Biroz vaqt boshqa narsalar haqida o’ylab ko’ring. Miyyaga ozgina dam berishni foydasini amalda ko’rishingiz mumkin.
👉 @excel_qalam
1 370
HTML haqida tushuncha
Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi.
Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi:
Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan keyingi matnni yangi satrga o‘tkazuvchi
tegi kabi.
HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (wyeb-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Wyeb-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – wyeb-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Wyeb-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Wyeb-sahifa nomi wyeb-brauzerning sarlavha satrida aks etib, wyeb-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni wyeb-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo wyeb-sahifa nomini wyeb-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Wyeb-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Wyeb-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida wyeb-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda wyeb-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “yeski” wyeb-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli wyeb-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli wyeb-brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
👉 @excel_qalam
1 370
Turli sohalarda TOP dasturlash tillari
Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.
Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python
Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter
iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter
Kompyuter dasturlash
• C#
• C++
Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript
Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++
Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP
👉 @excel_qalam
1 370
✅Stiv Jobs haqida 10 ta fakt❗️
⠀
1. Stiv Jobs 1955 yilda San-Fransiskoda tug'ilgan va u yerda Pol va Klara Jobs tomonidan asrab olingan. Ular uni Stiv Pol deb atashdi. Jobsning biologik ota-onasi suriyalik Abdulfattax Jandali va amerikalik Joan Simpson.
⠀
2. 13 yoshida Jobs Hewlett-Packard prezidenti Uilyam Xevlettni qo’ng’roq qilib, unga ba’zi bir moslamalar kerak ekanligini aytadi.
⠀
3. 1976 yilda 21 yoshli Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn Apple'ga asos solishgan va 1984 yilda Jobs birinchi bo'lib Makintoshni kompaniyaning direktorlar kengashiga ko'rsatgan.
⠀
4. 1984 yil 24-yanvar kuni Stiv Jobs Apple aktsionerlari uchun birinchi Macintoshni taqdim etdi. Bu uning taniqli prezentatsiyalarining birinchisi bo'lib, keyinchalik u ergashish uchun namuna bo'lib qoladi va shu bilan birga turli xil parodiyalar uchun imkoniyat bo'ladi.
⠀
5. 1986 yilda Jobs “The Graphics Group”ni (hozirgi Pixar) 5 million dollarga sotib oladi. Disney Pixarni sotib olganidan keyin Jobs 7% ulushga ega “The Walt Disney Company”ning eng yirik xususiy aktsioneriga aylandi.
⠀
6. Jobs piggy bankida kompyuter qurilmalari, klaviatura, audio karnaylar, quvvat adapterlari, zinapoyalar va boshqalar uchun 230 dan ortiq patent mavjud.
⠀
7. 2004 yilda Jobs oshqozon osti bezi saratoni kasalligiga uchraydi.
⠀
8. 2011 yil 24 avgustda Jobs Apple bosh direktori lavozimidan ketishini e'lon qildi.
⠀
9. 5 oktyabr kuni Stiv Djobs 56 yoshida vafot etdi.
⠀
10. Jobsning birinchi rasmiy tarjimai holi “iSteve” Stiv va uning oilasi bilan intervyu asosida “The Book of Jobs” kitobi 2011 yil oktyabr oyining oxirida chiqarilgan
⠀
👉 @excel_qalam
1 370
Dasturlashni qanday boshlash kerak? Dasturlash, dasturchi haqida ma'lumot.
Postni oxirigacha o'qing!
Masalan, siz dasturlash tugul, IT ni kuchuk bilan tenglashtiradigan odamsiz, masalan! Kompyuterdan faqat GTA o'ynash uchun foydalanasiz. Dasturchini kompyuter ustasi deb o'ylaydigan odam deyishingiz mumkin. Lekin dasturlash olamiga kirib kelgandan so'ng sizning dunyoqarashingiz butunlay o'zgaradi. IT — bu katta olam. Dasturchi — bu "sehrgar". Lekin shu dunyoqarashga ega bo'lish uchun nima qilish kerak?
Siz avvalombor, dasturlashni o'rganishingiz uchun, dasturlash nimaligini bilishingiz kerak! Dasturlash — bu biror bir muammoni kompyuter "tilida" yechish. Dasturlash tilib — bu kompyuter tushunadigan til, ya'ni siz biror bir muammoni hal qilayotgan paytingiz kompyuterga buni tushuntirishingiz kerak. Kompyutergan tushuntirish uchun o'sha tilni siz ham bilishingiz kerak. Dasturlashning o'zining xillari bo'lib, ular juda-juda ko'p. Python, Java, Javascript, C++,C, C#, Swift, Ruby, Rust, PHP, Frontend, Backend... Ular juda ko'p Lekin ularning hammasi ham zo'r emas. Shaxsan o'zim Python, Java, C++ni ma'qullayman. Chunki ular funksional. Funksionallik nima? Bu tilining qo'lidan keladigan ishlari. Masalan, siz salto otishni bilmaysiz, lekin bir do'stingiz saltoni ham, boshqani ham biladi. Bu uning mahoratliligidan dalolat. Dasturlash tillarida ham shunaqa. Qancha ko'p mahoratli bo'lsa, shuncha u foydali. Mana, dasturlash haqida sal bo'lsa ham ma'lumot oldik
Xo'p, unda dasturchi kim?
Dasturchi — bu o'sha muammolarni hal qiladigan odam. Muammo deganda ko'z oldingizga Xitoydagi koronavirus yoki dollarning ko'tarilishi, propiska, oylik... Ular kelmasin yana)) Muammo, masalan, kvadratning yuzini topish. Tomonini kvadratga oshirasiz tamom. Lekin buni kompyuterga qanday tushuntirishni bilmaysiz, chunki u tushunadigan tilni siz bilmaysiz. Dasturchi esa biladi. U kod yozadi va uni ishga tushiradi. Tomonni kiritadi, birdaniga "abra-kadabra"! Javob chiqdi. Bekorga ham dasturchini sehrgarga qiyoslamadik. Kod nima degan savol keladi. Yo'q-yo'q, bu Wi-Fini kodi emas. Bu dasturlash tilining so'zlari. Ingliz tilida apple, home deganidek, dasturlash tilida ham o'z so'zlari va buyruqlari bor. Dasturchi yozgan narsa — bu kod. U ishladimi, demak muammo hal bo'ldi.
Dasturlashni qanday o'rganish mumkin?
Dasturlashni o'rganish uchun, maslahatim, rus tilini bazaviy bilimlarini bilish kerak. Chunki o'zbek tilidagi sifatli dasturlash haqida kurslar haqida eshitmaganman. Kitoblar ham kam. Barchasi studentlarning diplom ishi. Lekin rus tilida, ehhe... Ingliz tilida ehhhee.... Rus tilida masalan kitob ko'p. Men shaxsan Pythonchiman va Pythonni "A byte of Python" kitobidan mukammal o'rganganman. Boshlang'ichdan o'rgatadi, noldan. Shundoq Google yozsangiz, ruscha varianti chiqadi. Qolganlar haqida ham bor, talaygina. Ularni shunchaki topish kerak. Dasturlashni 2-yo'li bu videokurslar. Masalan, YouTube blogerlar orqali o'rganish mumkin. Men bir postda ular haqida alohida maqola tayyorlaganman. YouTubedan ham o'rganish mumkin. 3-yo'li bu — o'quv kurslari. PDP, Napa, Najot ta'lim.. Lekin bularning barchasi Toshkentda. Xullas, dasturlashni o'rganish oson, hozirgi zamonda. Asosiysi mehnat, dangasalik esa doimo xalaqit beradi!
Agar dasturlashni endigina boshlagan tanishingiz bo'lsa, unga shu postni jo'nating. Zora biror foydamiz tegsa!
👉 @excel_qalam
1 370
Xakkerllar haqida 5 ta fakt‼️
📌 1972 - yilda 1- texnologik xakkerlik sodir etilgan. Hushtak chalish orqali tekin qo'ng'iroqlar qilina boshlandi. Buning uchun kishilar Cap'nCruch – bodrog'i qutisidan chiqadigan hushtakdan foydalanishardi. Hushtak tovushining chastotasi telefon kompaniyasining ichki avtorizatsiya tizimiga kirish imkoniyatini berardi.
⠀
📌 Dunyoda Iyen Myorfi og'ir jinoyat bilan ayblangan birinchi xaker sifatida ro'yxatga olingan. U 1981 yilda AT&T kompaniyasi kompyuteriga yashirincha kirib, soatini o'zgartirib qo'yadi. Bu foydalanuvchilarga kunduz kuni tungi chegirmali tarif bo'yicha qo'ng'iroq qilish imkoniyatini bergan.
⠀
📌 Yana bir xaker Gerri Makkinnon tarixdagi eng kata harbiy xakkelikni amalga oshirgan. U 2001 va 2002 yillarda NASA, AQSH Armiyasi, Harbiy dengiz kuchlari, Harbiy Havo kuchlari shuningdek Mudofaa departamenti serverlariga tarmoq orqali yashirincha kirib, 800 ming dollarni tashkil etadigan o'g'irlikni amalga oshirgan. U NUJJ lar haqidagi ma'lumotlar sir saqlanganini tekshirmoqchi bo'lganini aytgan.
⠀
📌 2009 – yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijasiga ko'ra kompaniyalarning 43 % qismi o'z sirlarini xakkerlarga boy bergan.
⠀
📌Facebook ijtimoiy tarmog'i eng ko'p xakkerlik hujumlari uyushtiriladigan saytlar ro'yxatiga kiradi. Xakkerlar telefon raqamlari, parol vax at yozishmalari kabi shaxsiy ma'lumotlarni ko'zlaydilar.
⠀
👉 @excel_qalam
1 370
Dasturlashni yangi boshlagan inson nega ko'p muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi.
🔷 Yangi texnologiyani o'rgangan dasturchida har doim kutilmaganda kutilmagan joydan muammo chiqishi menimcha ko'pchilikka ayon.
🔷 Avvalo tushunib olishimiz kerak nega tajribali dasturchida o'xshayapti yangi dasturchida esa yo'q? Buni ifodalaydigan yagona javob bo'lishi mumkin. Bu ham bo'lsa o'rtadagi tinimsiz qilingan bir necha yillik mehnat. Bir ish bilan qanchalik ko'p shug'ullansangiz o'sha sohaning "sir" asrorlarini yaxshi bilib borasiz.
🔷 Odatda katta xato bu loyihani to'g'ri chamalamaslikda bo'ladi. Loyihaning bir qismiga e'tibor ko'proq ketib qolib qolganida esa muammo yuzaga keladi.
🔶 Xulosa qiladigan bo'lsak, omadsizliklardan tushkunlikka tushib, motivatsiyani yo'qotish kerak emas. Xalqimizda shunday gap bor "qiynalib-qiynalib odam bo'ladi".
👉 @excel_qalam
1 370
Front end dasturchisi uchun kerakli 3 ta texnologiya
- Front end dasturlovchisi uchun asosiy bo'lgan eng kerakli 3 ta texnologiya haqida so'z yuritamiz. Albatta texnologiya va o'rganish qobiliyatingizga qarab juda ko'plab texnologiyalarni o'rganishingiz va ishingizda qo'llashingiz mumkin. Biz faqat asosiylariga to'xtalib o'tdik.
🔷 HTML (ing.Hypertext Markup Language — gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi.
HTML web sahifaning qolib qismini yaratadi. Hech bir web sahifa HTML siz yaratilmaydi.
🔷 CSS (inglizcha: Cascading Style Sheets) — belgilash tillari formal tili.
CSS elementlarni ekranda, qogʻozda va yoki boshqa medialarda koʻrinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning oʻzida bir nechta veb sahifalarni dizaynini oʻzgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil koʻrinishini ham taʼminlaydi
🔷 Javascript, yoki JS, ECMAScript spesifikatsiyasiga mos keladigan yuqori darajali, hamda aniq talqin qilingan dasturlash tili hisoblanadi.
Ushbu dastur Liveware Javascript tilining avlodi bo‘lib, Netscape serveri tomonidan ishlovchi vosita bo‘ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu xaridor tomonidan dasturlashdir. Javascriptning asosiy vazifasi — HTML konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko‘rsatuvchi muhitining xossalarini HTML sarlavhalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML) tushuniladi.
👉 @excel_qalam
1 370
🔷 Foydalanuvchi saytni shunchaki varaqlab, tezda undan chiqib ketmasligi, balki saytda qolib, undan oʻzi uchun biror ma’lumot olish imkoniga ega boʻlishi uchun uni jozibador va tushunarli qilish juda muhimdir. Aksariyat hollarda, bu muammo UX (user experience – soʻzma-soʻz tarjimasi “foydalanuvchi tajribasi”) tomonidan hal qilinadi. Keling, web - dizayndagi soʻnggi tendensiyalar haqida biroz soʻz yuritamiz.
⭐️ Minimalizm
Kamroq tafsilotlar, oddiy kontrastli sxemalar, sarlavhalar - bu e’tiborni jalb qilsada, ortiqcha diqqatni jamlashni talab qilmaydi, sahifalarning tez ochilishi esa qiziqishni yanada oshiradi.
⭐️ Diqqat markazida - Foydalanuvchi
Bu yerda hamma narsa foydalanuvchi uchun qulay boʻlishiga qaratilgan: u qaysi tugmani bosishi va havola qayerga olib borishi haqida oʻylashiga hojat yoʻq, hammasi yozib qoʻyilgan, aniq va shaffof.
⭐️ Qiziqarli varaqlash animatsiyasi
Varaqlash paytida har bir qadam orqali alohida elementlar paydo boʻla boshlaydi va ular bora - bora bir butunga aylanadi, masalan, interfaol salomlashish singari.
⭐️ Tovarlarning yorqin fotosuratlari
Soʻzlar oʻrniga yuqori sifatli fotosuratlar ajoyib natijani beradi - bu Apple tomonidan tekshirib koʻrilgan.
⭐️ Sarlavha videosi
Saytni ochganingizda darhol koʻzga tashlanadigan ovozsiz qisqa jozibali video saytga tashrif buyuruvchilarga yetkazmoqchi boʻlgan barcha axborotlarni tezda namoyish etishning eng yaxshi variantidir.
⭐️ Avval mobil variant
Aksariyat foydalanuvchilar saytni mobil qurilmadan koʻrishadi, shu sababli web-sahifa unga moslashtirilishi kerak, ya’ni - qisqartirilgan menyu va yordam beradigan soddalashtirilgan bannerlardan foydalanish kerak.
⭐️ Sarlavha
Asosiysi, tashrif buyuruvchi sarlavhada saytingiz nima haqidaligini koʻrishi kerak. Salmoqli sarlavha, tekis harflar va yorqin, bir xil rangdagi fon buning uchun ayni muddao.
👉 @excel_qalam
1 370
Freelancer kim va dasturchilikka nima aloqasi bor?
Freelancer haqida eshitganmisiz? Menimcha yo'q. Eshitganlar bo'lishi mumkin, lekin kam. Keling Freelancer kimligi haqida gaplashamiz.
Freelancer - Vikipediya ma'lumotlariga ko'ra:
Freelancer (ingliz freelancer, shuningdek erkin rassom) - erkin ishchi. Freelancer atamasi odatda Uolter Skottga tegishli ("Ivanhoe" (1819)) romanida o'rta asrlarda yollangan jangchi, harflarni tasvirlash uchun ishlatilgan. "Erkin nayza" (lance - ritsar nayzasi), termin 19-asrning boshlarida ishlatilgan).
Freelancer - Erkin ishchi, hech kimga bo'ysunmaydi, hech kimdan buyruq olmaydi va maosh uchun yalinmaydi. O'z iqtidori va mehnati bilan kun ko'radi. Qo'lidan nima kelsa, shu xizmati orqali odamlarga pullik xizmat ko'rsatadi
Freelancer dasturchiga aloqasi.
Siz, deylik, C++ da zo'r ishlaysiz, dasturlar taxlaysiz va portfolioga egasiz. Odamlarga C++ ni yaxshi bilishingizni va unda bemalol xohlagan dasturini taxlab berishingizni aytasiz. Evaziga esa pul so'raysiz, shu orqali kuningiz o'tadi. Ammo bu bilan cheklanib qolmaysiz, albatta. Agar juda zo'r dasturchi bo'lsangiz, uyingizdan turib katta-katta kompaniyalar bilan shartnoma tuzasiz va ularga dastur taxlab berasiz. Boshliq yo'q, baqiradigan odam yo'q. Erkin, qush kabi ishni xotirjam uyda uxlab qilasiz va pulni olasiz. Tushunarli bo'ldi degan umiddaman.
👉 @excel_qalam
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
