cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Farg'ona viloyat kutubxonasi

📚 Farg'ona viloyat axborot-kutubxona markazining rasmiy kanali© 📚 📘Yangi kitoblar 📜Badiiy asarlar 📰Yangiliklar 🎁Aksiya va tanlovlar Murojaat: https://t.me/fergana_library_rasmiy_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
21 206
Obunachilar
-87424 soatlar
-2 9677 kunlar
-7 58730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Jarayon Ayni damda Bag‘dod tumani axborot-kutubxona markazida Beshariq, Rishton, Oltiariq, Buvayda tumanlari va Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi  Farg‘ona viloyat axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan amaliy seminar o‘tkazilmoqda. Seminarda catalog.unicat.uz dasturida bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda hamda abonement sektori, xizmat ko‘rsatish va bibliografiya xizmatlari, hujjatlarni kataloglashtirish va ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan tuman-shahar kutubxonachilari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalar berilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 12🔥 1
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun metodik yordam ko'rsatildi. Viloyat axborot-kutubxona markazi abonement sektori, xizmat ko‘rsatish va bibliografiya xizmatlari, yig‘ma elektron sektori hamda hujjatlarni kataloglashtirish va ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan tuman-shahar kutubxonachilari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalarni berildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
02:03
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7-, 8 va 9-sinflarga qabul e'lon qiladi! ✅Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. 1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari; 2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). 📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ✅ I - ijodiy matn yaratish; ✅ II - ijodiy suhbat; ✅ III - 50 ta test. ▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. 📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. 📞Call-markaz - 1206 ☎️Telefonlar: +99891 124-52-10 +99891 158-59-38 +99891 666-00-22 🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇 👉Tarmoqlarimiz👈
Hammasini ko'rsatish...
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#yoshlik_ilhomlari   Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlikda tayyorlandi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazida  O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filialining "Kutubxona faoliyati" yo‘nalishi 1-kurs talabalari  ishtirokida "Mening kasbim-mening faxrim" nomli  davra suhbati o‘tkazildi. Kutubxona xodimlari tomonidan talabalarga yurtimizda kutubxona sohasini rivojlantrish uchun olib borilayotgan ishlar,  kutubxona me'yoriy xujjatlarini yuritish, kitobxonlar bilan muloqot qilish, kitoblarni joylashtrish hamda kutubxona sohasidagi faoliyatlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👌 2🔥 1
#Jarayon Ayni damda Dang‘ara tumani axborot-kutubxona markazida Beshariq, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Furqat, Rishton, Bag‘dod tumanlari va Qo‘qon shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun Ahmad Farg‘oniy nomidagi  Farg‘ona viloyat Axborot- kutubxona markazining  “Yig‘ma elektron katalog” sektori mutaxassislari  tomonidan catalog.unicat.uz dasturiga bibliografik yozuv yaratish bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminarda bibliografik yozuvlarni yaratish, tasdiqlangan norma hamda standartlar asosida ish yuritishga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan batafsil tushunchalar berib borilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 1
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Quva tumani hamda Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun metodik yordam ko'rsatildi.
Viloyat axborot-kutubxona markazi abonement sektori, xizmat ko‘rsatish va bibliografiya xizmatlari, yig‘ma elektron sektori hamda hujjatlarni kataloglashtirish va ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan tuman-shahar kutubxonachilari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalarni berildi.
Hammasini ko'rsatish...
👌 3👍 1
04:48
Video unavailableShow in Telegram
Onalarga ehtirom kutubxonada boshqacha! Siz eng yaxshisiga munosibsiz ONAJONLAR❤️
Hammasini ko'rsatish...
15👍 7🔥 4🎉 2👏 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi uchun metodik yordam ko‘rsatildi. Viloyat axborot-kutubxona markazi abonement sektori mutaxassisi tomonidan viloyat pensiya jamg‘armasi xodimlari uchun kerakli va zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyi hamkorligida muzey tashkil topganligining 130 yilligi munosabati bilan turli ko‘rgazmalar, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, kuni kecha mazkur muzeyda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tashabbusi bilan ko‘ngilochar bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari Farg‘ona viloyati tarixi, madaniyati va san’ati borasidagi qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga, vodiyning taniqli askiyachi - qiziqchilarininig qiziqarli chiqishlari hamda sho‘x kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati muzeyi 1894-yilda tashkil etilgan. Muzey viloyatimiz tabiati va qadimdan XX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixni o‘zida aks ettirgan jami 100 mingdan ziyod arxeologik topilmalar, amaliy san’at namunalari, san’at asarlariga ega.
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv