cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SHOIR-U SHE'R-U SHUUR

Mavzu to'g'ri tanlansa...

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston88 586Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
134
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Suvpari Seni hech kim sevolmaydi meningdek: Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol, Poyingga tiz cho‘kib yig‘lar ehtimol, Lekin sodiq bololmaydi meningdek!.. Aldanma yor, aldamchilar makriga , Malak bo‘lma bevafo ishq shahriga, Ular seni bir bossa bas bag‘riga, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Yo‘ling kesib o‘tsam-o‘zim xijolat, Uzoqdan bir seni ko‘rsam kifoyat, Bir nigohing o‘zi menga inoyat, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Joningga jon bo‘lmayman-u, sevaman, Yoningga bir kelmayman-u, sevaman, Ismingni ham bilmayman-u, sevaman, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Sen ko‘kdagi harir ko‘ylak, hur pari, Ko‘k ko‘ldagi tinib qolgan suvpari. Muhammadning ko‘nglidagi dilbari, Seni hech kim sevolmaydi meningdek. Muhammad Yusuf T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Hammasini ko'rsatish...
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz, Shoirlar devona, tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz, Shoirlar odamday sevolmaydilar... 𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧 Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii

Менга бир тош керак — осмон каби кенг, Ғазаб каби оғир, ғамдай бенаво... Менга бир тош топиб беролмадинг, сен — Тошлари тупроққа айланган дунё. Усмон Азим
Hammasini ko'rsatish...
*** Кузак... Бунча тез? Юрак – Хазонрез. Оҳ, шамол, Шамол!.. Алвидо!.. Завол. Йиғлама, чорбоғ, Мен энди тупроқ. Жонга бериб тин, Баҳорингга қайт, Мени симирсин, Илдизингга айт! Усмон Азим “Юрак” китобидан
Hammasini ko'rsatish...
YIG'LAB TURING Egar bo'ldik egilmagan boshimizni, Tandan bu jon ketmasmidi siz ketguncha. Aldamchi deb atamasman aslo Sizni- Qiz bolaning vadalari bo'y yetguncha, Ko'ngil uchun yig'lab turing to'y o'tguncha! Bo'y yetgan qiz uchirma qush, uchar-ketar, Bir kun suyib begonani, qochar-ketar, Erta ismim yodingizdan o'char-ketar- Qiz bolaning va'dalari bo'y yetguncha, Ko'ngil uchun yig'lab turing to'y o'tguncha. Qizlar ko'ngli bahor bilan yoz o'rtasi, Gohi alam, gohi araz-noz o'rtasi. Qumqo'rg'ondek omonat bu ishq o'rdasi, Qiz bolaning va'dalari bo'y yetguncha, Ko'ngil uchun yig'lab turing to'y o'tguncha! Ayting-ayting, to'ralarim kulmasinlar, Tili uzun shum yangalar bilmasinlar. Ko'cha-ko'yda meni ermak qilmasinlar- Qiz bolaning va'dalari bo'y yetguncha, Ko'ngil uchun yig'lab turing to'y o'tguncha! Muhammad Yusuf T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
Hammasini ko'rsatish...
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz, Shoirlar devona, tuzalmaydilar. Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz, Shoirlar odamday sevolmaydilar... 𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧 Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii

*** Сен кетган тарафлардан Шамол келса қарайман. Ҳалику мен тирикман, Завол келса-қарайман. Сен кетганинг йўлларни Тикон босди, ҳас босди. Дунёни соғинч деган Дилни ўртар сас босди. Толе лозим кўрмасанг, Армон ичида келгин. Чинни билмайсан... Майли, Ёлғон ичида келгин. Усмон Азим
Hammasini ko'rsatish...
* * * Чап кўксимда юрак. Чап қўлим билан Қушга дон тутаман: — Қўрқма, қуш, донла!.. Ўнг кўксимда эса Даҳшатли бўшлиқ Ҳеч кимга ишонмай ҳувиллаб турар. Юраксиз ўнгимга Садоқатли қул — Ўнг қўлим Милтиқни Пайпаслар — муздай... Иккига бўлинар Шўрлик қушча ҳам: Чап томони қўнар донли кафтимга, Ўнг томони ҳамон шохда турибди. Ўнг томони менга сира ишонмас, Ҳувиллаб турибди ўнг томонида, Хиёнат қолдирган Қўрқинчли бўшлиқ. Усмон Азим
Hammasini ko'rsatish...
❇️NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI❇️ Nuqta o‘zbek tilida, odatda, his-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplar, atov gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Vergul uyushiq bo‘laklar, undalmalar, kirish so‘z va birikmalar, ajratilgan bo‘laklar, tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘zlardan keyin qo‘yiladi. Qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasida, ko‘chirma gap bilan muallif gapini ajratishda ham vergul qo‘llanadi. 📙 Manba: 9-sinf ona tili darsligi 💻 Kanal: @Ona_tili_va_adabiyot_N1 🖥 Guruh: @Ona_tili_va_adabiyot_1
Hammasini ko'rsatish...
Ассалому алайкум ҳурматли обуначилар! Ҳозир бериладиган эълон айнан ижод аҳли учун! Шеър, ҳикоя ёзиб уни «қаерда ва қайси ишончли наширётда чиқарсам экан» деб ўйлаб ўтирган бўлсангиз тўғри бизни “Afro‘z records” га келаверинг!!! Биз китобларингизни ташқи кўринишини ва сифатини гўзал қилиб берамиз сизлар эса ички сифатини чиройли қилиб биз томон чопинг! Айтганча, «маҳсулотлар сертификатланган, хизмат литцензияга эга» дермиди, албатта шундай! Мурожаат учун: @nashriyott Эслатма: чоп эттирилиши аниқ бўлган китоблар устида маслаҳат қилиб гаплашамиз олди қочди, юзаки сўровлар учун алоҳида вақт йўқ, маъзур тутгайсиз! Ахир ишлаш керак-ку, гап сотмай тўғрими?! Бошладик!!!
Hammasini ko'rsatish...
*** Кечаси ошхонада Тушлар айқаш-уйқаш. Гўшт туш кўрар сигирлигини. Мевалар дарахтларга осилар. Даласига думалаб кетмоқда карам. Музхонада қўнишган помидорнинг Тушига киради қирмизи қуёш- О, тушларнинг ҳаммаси маъсум! Фақат қозон босинқирар, Фақат қозон. Усмон Азим
Hammasini ko'rsatish...
SamTVR | MTRK Самарқанд вилоят телерадиокомпанияси расмий канали. Вилоят ҳаётига оид воқеа-ҳодисалар ҳақида тезкор хабарлар, фото ва видео лавҳалар бериб борилади. Каналимиз орқали журналист ва блогерларнинг чиқишларидан ҳам хабардор бўлишингиз мумкин! 93994-22-00 https://t.me/SamTvr
Hammasini ko'rsatish...

Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.