cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Katta Ariq

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, @katta_ariq kanalini kuzatib borish inson dunyoqarashini o'stirarkan)) Bizning ariqda faqat yaxshi kayfiyat oqadi. Aloqa uchun: @Xush_kepsilar_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
217
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
+230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Kun she’ri Abdulla ORIPOV SARATON Saraton chog‘i bu — zarra shamol yo‘q, Tutlar kavagida mudrar g‘urraklar. Nogahon falakka urgan kabi do‘q, So‘zsiz qotib turar bo‘ychan teraklar. Osmon lov-lov yonar oftob qo‘ridan, Ufqda sarobdan otashin baldoq. Chinqirib yuborar kunning zo‘ridan Qaygadir berkinib olgan chirildoq. Birdan tinib qolar shu betinch dunyo, Hatto sharsharakning o‘chganday sasi. Borliq suv tagiga cho‘kkanday go‘yo Qanchalik termulma — chiqmas nafasi. Go‘dak uhicha ham shamol topilmas, Butaning tagida bo‘zto‘rg‘ay hayron. Dehqon tol tagiga cho‘zildi birpas, Tindi shoxchadagi qushcha ham biyron. Mening dehqon bobom, andak orom ol, Quyosh buroviga olgan palla bu. Saraton o‘zi ham mudraydi behol, Ohangsiz yalla bu, so‘zsiz alla bu! Hali tong g‘unchasi ochmasidan lab, Nahor farog‘atin o‘ylamay taqir, Kimsasiz dalaga ko‘zni uqalab, Chiqib kelganingni ko‘rdim-ku axir. Ko‘rdim-ku manglaying ter bilan qotib Berahm otashga berganingni tob. Ko‘rdim-ku tepangda o‘zin yo‘qotib, Hayratdan lol qotib qolganin oftob. Azm-u shijoating men axir ko‘rdim, Ko‘rdim ko‘zlaringda charchoq bir kulgu Mayli, orom olgin, ey bobo yurtim, Saraton junbushga kelgan payt-ku bu. Butun olam go‘yo ulkan doshqozon, Qaydadir — ko‘rinmas uning naryog‘i. Bu qaynoq qozonni kuzatmoq oson, Ichiga tushmoqlik osonmas chog‘i. Cho‘ntakdan to‘kilgan tangalar misol Shu’lalar o‘ynaydi supa uchida. Birovdan xijolat bo‘lgan kabi tol Yer chizib turadi — dami ichida. Oftob qayta boshlar, ko‘lanka maydon, Yana bosh ko‘tarar nomozshomgullar. Sekin moviylashar qizargan osmon, Oqarib ko‘rinar kumushrang yo‘llar. Yana yelkanini ko‘tarar shamol, Yana chug‘urchuqlar uyg‘onar bog‘da. Bobo yonidagi boladay xushhol, To‘rg‘aylar charx urar so‘ngsiz samoda . Yana yela boshlar oqshom nafasi, She’r oni, ishq oni, mehnat oni bu. Bu quyosh o‘lkasin otashin sasi, O‘zbek diyorining saratoni bu. 1969 @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
1
Intiq nigohlaring sarson etmagil, Zimdan termulmagil behol va behud. Sen hali go‘daksan, ma’suma singlim, Bir kuni keladir, shahzodangni kut, Men esa ketaman, unutgil, unut. Tiniq yuzlaringdan olovlar yitsin, Jajji qo‘llaringdan titroqlar ketsin, Dilingdagi begard so‘rovlar bitsin. Bir kuni keladir, shahzodangni kut, Men esa ketaman, unutgil, unut. Hali sen sevarsan, seni sevarlar, Hali ne yigitlar seni deyarlar, Hali kimlar seni so‘rab kelarlar... Bir kuni keladir, shahzodangni kut, Men esa ketaman, unutgil, unut. Mening butkul ozod bo‘lmog‘im dushvor, Bog‘lab-chirmab olgan rishtalar bisyor, Azizam, orada o‘n yillik jar bor... Bir kuni keladir, shahzodangni kut, Men esa ketaman, unutgil, unut. Azizam, senga baxt tilab qolaman, Og‘riqli ko‘ksimni tig‘lab qolaman, Kechikish qismatmi? Yig‘lab qolaman... Bir kuni keladir, shahzodangni kut, Men esa ketaman, unutgil, unut... Abduqayum Yo'ldosh. 1991 - yil @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
💔 1
Sochingni bittalab yulgim keladi))
Hammasini ko'rsatish...
🤣 2😁 1🐳 1
#parcha Kunim o'tmay qoldi tirikchilik deb, Tiriklik ko'yida bo'lgim keladi... @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1🐳 1
Repost from N/a
Achinib qarama, endi sen faqat Koʻnglingni jimgina tosh qil-da ketgin. Shirin sirlar, shirin orzularingning Shirasin oʻzgaga fosh qil-da ketgin. Ruhimdan toʻkilar qovjirab hislar, Tugadi oqshomgi ishqiy majlislar, Tushimga kiradi mashʼum iblislar, Meni baxtsizlarga bosh qil-da ketgin. Senga yarashadi ursang sabzalar, Senga yarashadi qilsang zardalar, Senga yarashadi otsang handalar, Meni hissiz quruq losh qil-da ketgin. Senga boqqan koʻzga tuhfa — tabassum, Har nafasda mingta qaygʻum tajassum, Mening yigʻlamay ham koʻzi charosim, Rangsiz koʻzlarimni yosh qil-da ketgin. Ishq bu izhor emas, pinhon bilishdir, Koʻzlarning dardiga parvo qilishdir, Qoshlaring misoli turkiy qilichdir, Qilichlarni egma qosh qil-da ketgin. Muhammad QODIR @Fikrimcha_shu
Hammasini ko'rsatish...
animation.gif1.35 KB
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaxshi savol. Sizning variantingiz qaysi?
Hammasini ko'rsatish...
Qo'rqinchliii xabar aytaymi? She'r yozmoqchiman bugun)) @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
😁 2🤯 1🐳 1🤣 1😈 1
Ko_ylagi hilpillaydi.mp32.05 MB
😁 1🤣 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kimdir menga jo'natsin shuni)) @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Prosta montaj zo'r chiqibdi. @katta_ariq
Hammasini ko'rsatish...
18.09 MB
🤣 3🍾 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.