MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Kanalga Telegram’da o‘tish
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
Ko'proq ko'rsatish1 363
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kun
-3430 kun
Postlar arxiv
Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi.
Robert Kiyosaki
@iksvariant👩💻🧑💻
Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat
✍️“Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?..” Bu gaplarni qanchalik koʻp ishlatasiz? Har kuni?! Axir oʻsha “keyin” ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga vaʼdabozlik qilgan multfilm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan togʻ paydo boʻlib, qulab tushishi mumkin. Xoʻsh, nima qilish kerak?
1. Nimani yoʻqotayotganingizni oʻylab koʻring. Til oʻrganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yoʻq joydan janjal chiqib, koʻngil xira boʻladi.
2. Oʻzingizga stimul toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan oʻzib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.
3. Diqqatingizni chalgʻitmang. Kompyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, “butun dunyo oʻrgimchak toʻri”ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.
4. Oldingizda turgan ishlar juda koʻp boʻlsa, ularni qismlarga boʻlib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib boʻlgach, qolgani choʻt boʻlmay qoladi.
5. Siz ishlayotganda oʻzgalar bezovta qilmasligini taʼminlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalgʻitadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini koʻring.
6. Oʻzingizga ish yigʻmang. Masalan, baʼzi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni oʻsha zahoti qilgan maʼqul. Chunki tartib oʻrnatishdan koʻra uni saqlab turgan osonroq.
7. Oʻzingiz kabi oʻzgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda oʻzingizni avval oʻrtogʻingizga, soʻng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga ragʻbatlantirasiz.
@iksvariant👩💻🧑💻
🍃🌸🍃Ассалому алайкум Азизлар!
Роббимнинг марҳамати ила берилган яна бир янги тонг, янги кун барчамизга муборак, хайрли бўлсин!
Илохим ҳар бирингизнинг
🌺кўнглингиз ХОТИРЖАМЛИКни,
🌺Юзингиз ТАБАССУМни,
🌺Хонадонингиз БАРАКАни,
🌺Ҳамёнингиз ДАРОМАДни,
🌺Қалбингиз ИЙМОНни,
🌺Танингиз САЛОМАТЛИКни,
🌺Юрагингиз МЕҲРни йўқотмасин!
Кунингиз эзгу амаллар ила мазмунли ва файзли ўтсин!
🌹🌙🍃ХАЙРЛИ ТОНГ🍃🌙🌹
@iksvariant👩💻🧑💻
Сабрли бўлинг! Лойқаланган сув тиниб олсин ва ўйлаган ишларингиз амалга ошишига ўзингиз гувоҳи бўласиз. Ақлли бўлинг! Ақлли бўлиш - бу ўзингиз танлаган ишни амалга ошириш ва унинг роҳатини кўриш демакдир. Танлаган мақсадингиз сари доим олға боринг, у учун керак бўлган ишни бажаринг. Мен иродаси кучли, азоб-уқубатларга чидаган инсонларни ёқтираман, чунки улар ўз фойдалари учун манашуларга қарши турган, сабрли бўлган, ақлли бўлган...
@iksvariant👩💻🧑💻
Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳ.
Аллоҳ розилиги ила бугунги янги кунини қаршилаётган қадрдонлар , ҳаётингизда рўй берган барча қийинчиликлар, ташвишлар ортда қолган бўлсин илоҳим..
Кун давомида сизларни яҳши кайфият тарк этмасин
@iksvariant👩💻🧑💻
Mandat.dtm.uz saytidan talaba bolganimni bilsam bòladimi?
Agar DTM vada qilganidek bugun mandat.dtm.uz sayti ishga tushsa kim talaba bòlganini rasmiy mandat chiqqunga qadar ham bilib olsa bòladi.
Ya'ni, siz tòplagan balingiz bilan topshirgan 5ta yònalishlarda nechanchi òrinda ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Shu yònalishlardan istalgan birortasida qabul kvotasi ichida bòlsangiz, bilingki siz aniq talaba bòlgansiz. Chunki rasmiy mandat e'lon qilinganida òrningiz faqatgina kòtarilishi mumkin, ammo aslo pastlamaydi. Agar kvota chiziģidan sal pastroqda turgan bòlsangiz ham bilingki katta ehtimol bilan talaba bòlgansiz, chunki sizdan tepadagilar yuqoriroq ball bilan boshqa yònalishlarga siljiydilar.
Ammo bu orqali grant yoki kontraktga kirganingizni bilish biroz qiyinroq. Misol qilib tushuntirsam.
Faraz qilaylik siz 176.4 ball oldingiz deylik.
Siz tanlagan yònalishlar quyidagicha bòlishi mumkin:
1. JIDU
2. Moliya
3. TDIU
4. Transport
5. Irrigatsiya
Tòplagan balingiz 1- va 2-yònalishga ancha yetmadi. 3-yònalishga esa biroz yetmayapti. Ammo 4-yònalishga grantga, 5-yónalishga esa kontraktga yetayapti. Bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Suz grantga kirdim deb xursand bolishga shoshilmang. Chunki 3-tanlagan yònalishingizda kontrakt chiziģiga ilinib qolishingiz mumkin (katta ehtimol bilan 1-va 2-yònalishdagi òrningiz kòp kòtarilmaydi), bu degani ustunlik prinsipi tufayli endi siz kontraktda òqiysiz grantda emas (ammo talaba bòlganingiz aniq). Shuning uchun ba'zi xulosalarga shoshilmay turishingizni tavsiya qilgan bolar edim. Bir narsani yoddan chiqarmang, har doim hayrlisi bòladi, buni faqat vaqt òtgach anglaysiz. Yaxshi xabarlarda kòrishguncha salomat bòling. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.
P.s. Balli tanlagan 5 ta yònalishi qabul kvotasiga ham yetmay qolgan abituriyentlar vohima qilmay biroz sabr qilib turishlariga tòģri keladi, chunki yuqori ball olganlarni mos ket-ketlikda shakllantirilgandan sòng sizning òrningiz aniq yuqorilaydi. Shuning uchun xulosa chiqarishga shoshilmay turing.
