MATEMATIKA | Shomirza Asqarov
Kanalga Telegram’da o‘tish
Matematika dunyosi va Dunyo matematikasi (Kanaldagi ma'lumotdan foydalanilganda manba ko'rsatilishi insofdandir)
Ko'proq ko'rsatish1 363
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kun
-3430 kun
Postlar arxiv
Hayotimizdagi qariyb hamma baxtsizliklar, ishlarimizning yurishmayotgani xususidagi soxta tasavvurlarimizdan kelib chiqadi. Odamlarni yaxshi bilish va voqealar haqida to'g'ri fikr yuritish bizni albatta baxtga etaklaydi.
© Stendal
@iksvariant👩💻🧑💻
😊 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh! 😊
Yana bir boshlangan yangi kun barchangizga xayrli bo'lsin! Ilm olish yo'lida aslo charchamanglar! Kuningiz mazmunli va barokatli bo'lsin!
Ilm yo'lini tutganlarning Olloh ilmini ziyoda qilsin 🤲 Amiyn!
Our greatest weakness lies in giving up. The most certain way to succeed is always to try just one more time.
Bizning eng katta ojiz tomonimiz tez taslim bo'lishimizda. Muvaffaqiyatga erishish uchun har doim shunchaki yana bir marta urinib ko'rish kerak
@iksvariant👩💻🧑💻
#Muhim
Juda ko'p tortishuvlarga sabab bo'layotgan masalaga oydinlik kiritish.
Diskriminant 0 ga teng bo'lsa kvadrat tenglama nechta ildizga ega bo'ladi?
Deyarli hamma 1 deb javob bermoqda, ammo rostan ham shundaymi?
Bu borada shaxsiy fikrni bir chekka surib, rasmiy manbaa orqali ma'lumot berib o'taman.
9-sinf darsligining 151-betida, shu masalaga oydinlik kiritilgan. (Rasmi ilova qilinadi). Unga ko'ra agar kvadrat tenglamada d=0 bo'lsa , ikkita o'zaro teng ildizga ega bo'ladi, Tamom. Diskriminant 0 ga teng bo'lganida ham Viyet teoremasi qo'llaniladi. Misol uchun:
x²-10x+25=0 tenglamanin ikkita bir=biriga teng ildiz mavjud: x1=x2=5
Faqat bir narsaga e'tibor bering:
1) Agar d÷0 bo'lganida nechta ildizi bor desa 2 ta deb belgilashingiz lozim
2) Agar sizdan d=0 bo'lganda necha xil ildizi bor desa 1ta deb javob berasiz.
Xullas tushudinglar deb o'ylayman.
Salomat bòling.
8-sinf Matematika kitobi
151-bet. 6 qator
Sh.Alimov
O. Xolmuhammedov
M. Mirzaahmedov
"Oqituvchi nashriyot matbaaijodiy uyi
2019-yil, Toshkent
Muhandis va boshqaruvchi
Katta bir shirkatning boshqaruvchilaridan biri New York shtati ustidan havo sharida sayrga chiqibdi. Sayr davom etarkan kompasi qo‘lidan tushib ketibdi. Qo‘nish uchun munosib yer qidirar ekan, osmono‘par binolarning birida derazadan tashqarini tomosha qilib turgan odamni ko‘rib qolibdi. U odamning oldigacha pasayib tushibdi va so‘rabdi:
– Kechirasiz. Men qayerdaman, ayta olmaysizmi?
– Yerdan 500 metr balandlikda, havo sharining ichidasiz.
Boshqaruvchi biroz asabiylashib debdi:
– Siz muhandismisiz?
– Ha, faqat qayerdan bildingiz?
– Chunki boshimda tashvishim bor, sizdan savol so‘rayapman. Siz bo‘lsa, aniq va to‘g‘ri javob aytyapsiz, lekin bu javobning menga aslo foydasi yo‘q.
– Siz ham boshqaruvchi bo‘lsangiz kerak-a?
– Ha, siz buni qayerdan bildingiz?
– Chunki boshingizda tashvishingiz bor, yerdan 500 metr balandlikda yo‘lingizni yo‘qotib qo‘ygansiz, kompasingiz yo‘q, qayerdaligingizni bilmaysiz. Lekin bunga men aybdorman!
DAVOLASH IMKONSIZ “XASTALIKLAR”
1) bolalar qordan yasagan qorbobo (qorbola) ni buzish yoki unga qor otish;
2) yangi sementlangan joylardan yurish yoki o‘sha yerga ismini yozish;
3) gazeta va jurnallardagi rasmlarga soqol, mo‘ylov va ko‘zoynak chizish;
4) telefon ishlatish mumkin bo‘lmagan joylarda atayin telefonda gaplashish;
5) daraxtlarga, o’rindiqlarga, partalarga yurak rasmini va ismlarning bosh harflarini yozish;
6) qumdan bino yasagan bolaning o’sha ijod mahsulini buzish;
7) mobil telefonda baqirib-baqirib gaplashish;
8) reklama maqsadida osilgan afishalarni qasddan yirtib ketish;
9) kasbdoshlariga o’z kasbiga oid hazillar qilish;
10) yo‘lda o‘zib ketgan mashinaga yetib olib, undan o‘tib ketish;
11) mashhur odamlarni ko‘rganda ularga qo‘l siltash;
12) yana mashhur odamlarni ko‘rganda, aslida, hech qayerda ishlatilmasa ham, dasxat olish;
13) bo‘lmagan voqeani xuddi ko’zi bilan ko‘rganday aytib berib, unga o‘zi ham ishonib qolish;
14) hech kim bilmaydigan mavzularda, garchi bilmasa ham, ko‘proq gapirish;
15) kommunal to‘lovlarni oxirgi muddati kelguncha to‘lamay yurish;
16) kostum-shim kiyganda qo‘lini shimining cho‘ntagiga solib yurish;
17) mashina haydashda menga yetadigani yo‘q, deya o‘ylash;
18) eshikni taqillatgandan so‘ng, “Kim?” degan savolga “Men” deya javob berish;
19) yerga qo‘ngan qushlar tomonga yugurib ularni haydash;
20) birga kinoteatrga borgan o‘rtog‘iga kinodan so‘ng film voqealarini qayta hikoya qilib berish;
21) mashinada ketayotgan tanishini ko‘rgan odamning yo‘lini to‘sish;
22) mashina haydayotgan odamning ham o‘sha odamga qarab haydashi;
23) husnbuzar chiqqanda, undan qo‘lni uza olmaslik;
24) ertalab tinglagan musiqani kun bo’yi xirgoyi qilib yurish;
25) kompyuter biror faylni ochib olguniga qadar monitordagi ko’rsatkich (strelka) ni sichqoncha orqali o’ynab turish.
SHER VA IT
Bir kuni dam olib yotgan sherning oldiga it kelib, uni jangga chaqirdi. Lekin sher uning gaplarini eshitmagandek bo‘lib yotaverdi. Shunda it jahli chiqib dedi: — Agar men bilan jang qilmasang, men borib hamma do‘stlarimga: “Sher mendan qo‘rqdi”, - deb aytaman.
Bu gapga sherning javobi quyidagicha bo’ldi:
— Sher bo’la turib it bilan olishganimni ko’rishsa, mendan nafratlanishadi. Undan ko’ra bir itning meni qo’rqoqlikda ayblagani yaxshiroq.
G‘ozlar tuyg‘usi
Har yili kuz oyida shimol tomon uchib ketayotgan g‘ozlarga e’tibor berganmisiz. Ular “V” shaklini hosil qilib uchishadi. Ilm-fan ularning nega shunday uchishlarini kashf qildi. Har bir qush qanotini qoqish orqali yuqoriga ko‘tariladi, bu esa orqasidan kelayotgan qushning ko‘tarlishi uchun qulaylik yaratadi. “V” shaklida uchayotgan qushlar to‘dasining foydali ish koeffitsienti alohida uchayotgan qushlarnikidan 71 foiz yuqori bo‘lar ekan.
Birga yo‘lga chiqqan odamlar bu g‘ozlardan o‘rnak olsalar arziydi. Shu orqali ular manzillariga tez va sog‘lom yetib oladilar. Chunki birga yo‘lga chiqqan odamlarda bir-biriga ishonch bo‘lishi tabiiy.
Qaysidir qush to‘dadan ajrashi hamonoq qarshilik ortganini his qiladi va tezgina eski joyiga kelib qo‘shiladi. Oldinda harakatlanayotgan qushning kuchidan unumli foydalanadi.
Agar bizda ham g‘ozlarnikiday tuyg‘u bo‘lganida edi, biz bilan bir tomonga yo‘l olgan karvonga ergashar edik.
Eng boshdagi g‘oz charchaganida sekin ortga o‘tadi, boshqa g‘oz to‘dani olg‘a boshlaydi.
Ularday kimdir charchaganida ishlarini qo‘lga olishni o‘rganish lozim.
G‘ozlar ortda qolib ketishganida oldindagilarga yetib olishlari uchun, tezliklarini kamaytirishilari uchun maxsus signal jo‘natadilar.
Bizning orqamizdagilarning qanday xabarlarini biz eshitmayotgan ekanmiz?
Eng muhimi, g‘ozlardan bir ikasallanadigan bo‘lsa yoki o‘q tegsa va to‘dadan ajrab qoladigan bo‘lsa, boshqa ikki g‘oz birga pastga tushib, uni himoya qilishadi. U qayta ucha olgunicha yoki o‘lgunicha yonida turishadi. Ular do‘stlari muammosini butkul hal qilgandan so‘ng boshqa g‘oz to‘dasiga qo‘shilib olishadi va o‘z to‘dalariga yetib olishadi.
Bizda g‘oz tuyg‘usi bo‘lganida edi…
Deraza
Katta kasalxonalarning birida ikki og‘ir bemor xonadosh edilar. Xona ixchamgina bo‘lib, uni tashqari bilan birgina deraza bog‘lab turar edi. Odamlardan biri davolash jarayonining bir bo‘lagi sifatida tushlikdan so‘ng yotog‘idan turishi, xonada aylanishi lozim edi. Shu sababli uning krovati deraza yonida joylashgan edi. Ikkinchisi esa kun bo‘yi joyiga mixlanib yotar edi.
Birinchi odam har kuni tushlikdan so‘ng o‘rnidan turar va deraza yoniga kelib, ikkinchi sherigiga tashqarida nimalarni ko‘rayotganini aytib berar edi:
“Derazamiz yaqinida bir bog‘, uning o‘rtasida ko‘l bor. Ko‘lda o‘rdaklar, g‘ozlar suzib yuribdi. Bolalar ularga non ushoqlarini otishmoqda. Ko‘lda paroxodlar suzib yuribdi. Sevishganlar sohil bo’ylab kezishmoqda. Chetroqda bolalar koptok o‘ynashmoqda. Daraxtlar orasidan shaharning ko‘m-ko‘k osmoni ko‘rinib turibdi ”.
Ikkinchi odam bu gaplarni ishtiyoq bilan tinglab o‘tirar edi. U bolani qanday ko‘lga yiqilib tushganini, yoshgina qizaloq chiroyli, jimjimador ko‘ylakda yurganini tasavvur qilar edi. Go’yo xayolida xonadoshi ham o’shalar orasida yuribdi-yu, o’zi esa xonada yolg’iz umr o’tkazyapti.
Kunlardan bir kun bu xayollar hasadga aylandi: nega sherigi ko‘rgan narsalarni bu odam ko‘rmasligi kerak?! Nega unga bunday imkoniyat berilmagan? Bu fikridan o‘zi ham uyalib ketgan bo‘lsa-da, biroq o‘ylashdan to‘xtay olmadi. Lekin bir kasal odamning qo‘lidan nima ham kelardi.
Bir kuni kechasi deraza yonidagi odam qattiq yo‘talib, qo‘li yordamida hamshirani chaqirishni ishora qilar edi. Lekin ikkinchi odam uni jimgina kuzatishda davom etdi. Birinchi odam nafas olishdan to‘xtasa ham, ikkinchi odam harakatlanmas edi. Tongda xonaga do’xtirlar kirganida odam jonsiz yotar edi…
Shundan so‘ng tirik qolgan bemor krovatini deraza oldiga ko‘chirishlarini so‘radi. Uning iltimosini bajarishdi. Bir daqiqa o’tar-o’tmas bilaklaridagi bor kuchini to‘plab derazadan tashqariga qaradi. U yerda qup-quruq eski devordan boshqa narsa yo‘q edi…
