cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Mutolaa sehri

📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️Siz o‘zingiz o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 199
Obunachilar
-324 soatlar
-37 kunlar
+6730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Anbiyo Yildirim: "Hazillashish odobi" Inson jismoniy charchagani kabi, ruhiy charchoqni ham boshidan o'tkazadi. Bunda ruh toliqadi, qalb xotirjamlikni istaydi. Anan shunday vaqtda kimdir, yolg'iz tinch joylarga (o'rmonga, suv bo'yiga, dengiz yoqasiga, tabiat qo'yniga va hokazo) ketgisi keladi. Yana kimdir tinch xonada yotib musqa eshitishni istaydi. Ruhiy tushkunlikda ba'zida inson o'zi sevgan inson bilan birga dardlashishi ham yechim bo'la oladi. Yaqin do'stlar bilan birga bo'lish, ozor yetkazmas hazillar qilish ham ba'zida ruhiy charchoqlarni unutishga yordam beradi. Anbiyo Yildirimning "Hazillashish odobi" kitobida payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallamning ana shunday hazillari jamlangan. Ya'ni kitobda payg'ambarimizning ahli ayollariga, sayobalariga, bolalarga, shuningdek sahobalarning payg'ambarimizga, va o'zaro bir-birlariga qilgan hazil va yuzga tabassum paydo qiladigan voqealar jamlangan. Faqat ularning hazillari biznikidan farqli ravishda yolg'on aralashmagan hazillar bo'lgan. Shu bilan birga munosabatlarga sovuqlik tushirmaydigan beozor hazillar qilishgan. Yaxshisi kitobni o'zingiz o'qing va ularning xursandchiligiga g'oyibona sherik bo'ling. Yoqimli mutolaa tilayman. Kitobdan parcha Umar (r.a.) namozini tez tugatib, Alloh Taologa: «Yo Rabbim! Meni hurlarga uylantir!», deb duo qilgan bir badaviyga shunday dedilar: «Baraka topgur! To‘lovini kam qilding, lekin so‘ragan narsang juda katta-ku». 〰️〰️〰️🌸 〰️〰️〰️🌸 〰️〰️〰️ Makkadan Madinaga kelayotganida bir ko‘zi og‘rib turgan Suhayb ibn Sinan ar-Rumiy, shaharga yetmay turib avval Kuboda yashab turgan Rasululloh (s.a.v.)ning ziyoratlariga kiradi. Ayni o‘sha paytda Payg‘ambar (s.a.v.)ning dasturxonlarida non bilan xurmo bor edi. Kelgan odamga: «Yaqinroq kelib, shulardan yegin!» deydilar. U ham xurmodan yeyishni boshlaydi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): «Ko‘zing og‘rib turgan bo‘lsa ham xurmo yeyaverasanmi?» deb so‘raydilar. Lekin Suhayb ham hozirjavob bir kishi edi. Darhol shunday javob beradi: «Boshqa tomonim bilan chaynayapman, yo Rasululloh!» Bunday javobni eshitgan Payg‘ambar (s.a.v.) shu qadar kuladilarki, voqeani aytib bergan Suhayb, Rasululloh (s.a.v.)ning jag‘ tishlarini ko‘rganini aytadi. © Komiljon Aslonov @mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...

👍 4
📌 Xo‘sh, kanalimizda "tirik" obunachilar orasida yigitlar ko‘pmi, qiz(ayol)lar? 🙃Anonymous voting
  • 🙋‍♂ Albatta, yigitlar ko‘p
  • 🙆‍♀ Hechamde, qizlar ko‘p
0 votes
👀 5❤‍🔥 2😁 2👍 1
🗓 #bugun #kuntarixi 17-may — shoira Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dunyoga kelgandi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). “Saodat” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972—75), bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir (1982—94), Yoshlar nashriyotida bo‘lim mudiri (1978—82), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (1990—94), “Yozuvchi” nashriyotida yetakchi muharrir (1996—98), “Sanam” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1998—2003), 2004-yildan “XXI asr” gazetasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan. Halima Xudoyberdiyevaning ilk she’rlari o‘quvchilik yillarida Yangiyer tumani gazetasida bosilgan (1964). She'riy kitoblari: ▪️ “Ilk muhabbat” (1968), ▪️“Oq olmalar” (1973), ▪️“Chaman” (1974), ▪️“Suyanch tog‘larim” (1976), ▪️“Bobo quyosh” (1977), ▪️“Issiq qor” (1979), ▪️ “Sadoqat” (1983), ▪️“Muqaddas ayol” (1987), ▪️“Bu kunlarga yetganlar bor”, ▪️ “Hurlik o‘ti” (1993), ▪️“To‘marisning aytgani” (1996) ▪️“Yo‘ldadirman” (2005) ▪️“Buyuk qushlar” va b. Halima Xudoyberdiyev birinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990) edi. O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil, 17-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi. _________________________ MUQADDAS AYOL Oshiqlaring poyingta gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi, Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Avval: «Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq», dedilar, Unamading, ayol o‘zi ters «xalq», dedilar, Icholmagach yuz o‘girib, sho‘r, talx, dedilar, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar, Juftim bo‘l, - deb chopganini har toq yashirar, Jannatim, - deb quvonmasdan qumloq yashirar, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen, Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen, Asov otday erkaklarning borar yeri Sen, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da, Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da, Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh, Ming yillikdir ko‘zingdagi javdiragan yosh, Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor, Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor, Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! _____ 📖 @mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...

4👍 2
📖 Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar 💬 ASAR HAQIDA Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asarini o'qib dahshatga tushgandirsiz. Unda yozuvchi qanday qamalishiyu, qamoqdagi va mahbuslar lageridagi voqealarni va ozodlikka chiqish jarayonlarini bayon etgan. "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham xuddi shunday asar. Bunda adib Shuhratning qaysi ayblov bilan hibsga olinishi, sudda qanday aybni bo'yniga "ilish" uchun solingan qiynoqqlar, qamoq va mahbuslar lageridagi ko'rgan qiyinchiliklari, ozodlikka chiqishi va ozodlikda o'zini qamalishiga sabab bo'lganlar bir qancha odamlar (yozuvchilar uyushmasidagi hamkasblari, sudya va yozuvchiga tuhmat ayblovlar qo'yib, guvohlik berganlar ) bilan yana uchrashib qolishlari bilan bog''liq voqealar bayon etilgan. Faqat bu asarning "Kafansiz ko'milganlar" asari bilan farqi, bu kitobni adib Shuhratniing o'zi yozmagan, ammo shaxsan Shuhratni aytib turgan gaplari asosida uning kotibi, yozuvchi Mirzo Kenjabek so'zga ko'chirgan. Shuningdek, kitobdagi voqealar Shuhratning og'li, yaqinlari bergan ma'lumotlar va arxiv hujjatlari asosida boyitilgan. Darvoqe Shuhrat Shukrullo bilan bir vaqtda qamoqqa olingan va har ikkisi ham Sibir o'lkalarida surgun qilingan. Kitobda Shukrullo bilan bog'liq voqealar ham kiritilgan. Bundan tashqari adib bilan birga tuhmat asosida qamoqqa olingan Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi yetuk adabiyot vakillari bilan bog'liq voqealar ham Shuhrat tilidan bayon etiladi. 💬 VOQEALAR Yozuvchi o'zining ilk marta tergov xonasiga tushib qolishi haqida so'zlab, bir kichik voqeani aytib beradi. BIr kuni yozuvchi yomg'irli kunlarning birida ishdam chiqib, Xadradagi bir pivo xonaga kirib bir finjon pivo ichadi. So'ng, ko'chaga chiqib, uyiga ketish uchun mashina to'xtatadi. Shunda uning ortidan bir yigit yugurib kelib, mashinaga o'tirib oladi. Shu yerda janjal boshlanadi. Batafsil... _____ 💬📹📹 @komiljon_aslonov
Hammasini ko'rsatish...
Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar

ASAR HAQIDA

👍 7
📖 Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar 💬 ASAR HAQIDA Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asarini o'qib dahshatga tushgandirsiz. Unda yozuvchi qanday qamalishiyu, qamoqdagi va mahbuslar lageridagi voqealarni va ozodlikka chiqish jarayonlarini bayon etgan. "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham xuddi shunday asar. Bunda adib Shuhratning qaysi ayblov bilan hibsga olinishi, sudda qanday aybni bo'yniga "ilish" uchun solingan qiynoqqlar, qamoq va mahbuslar lageridagi ko'rgan qiyinchiliklari, ozodlikka chiqishi va ozodlikda o'zini qamalishiga sabab bo'lganlar bir qancha odamlar (yozuvchilar uyushmasidagi hamkasblari, sudya va yozuvchiga tuhmat ayblovlar qo'yib, guvohlik berganlar ) bilan yana uchrashib qolishlari bilan bog''liq voqealar bayon etilgan. Faqat bu asarning "Kafansiz ko'milganlar" asari bilan farqi, bu kitobni adib Shuhratniing o'zi yozmagan, ammo shaxsan Shuhratni aytib turgan gaplari asosida uning kotibi, yozuvchi Mirzo Kenjabek so'zga ko'chirgan. Shuningdek, kitobdagi voqealar Shuhratning og'li, yaqinlari bergan ma'lumotlar va arxiv hujjatlari asosida boyitilgan. Darvoqe Shuhrat Shukrullo bilan bir vaqtda qamoqqa olingan va har ikkisi ham Sibir o'lkalarida surgun qilingan. Kitobda Shukrullo bilan bog'liq voqealar ham kiritilgan. Bundan tashqari adib bilan birga tuhmat asosida qamoqqa olingan Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi yetuk adabiyot vakillari bilan bog'liq voqealar ham Shuhrat tilidan bayon etiladi. 💬 VOQEALAR Yozuvchi o'zining ilk marta tergov xonasiga tushib qolishi haqida so'zlab, bir kichik voqeani aytib beradi. BIr kuni yozuvchi yomg'irli kunlarning birida ishdam chiqib, Xadradagi bir pivo xonaga kirib bir finjon pivo ichadi. So'ng, ko'chaga chiqib, uyiga ketish uchun mashina to'xtatadi. Shunda uning ortidan bir yigit yugurib kelib, mashina o'tirib oladi. Shu yerda janjal boshlanadi. Batafsil... _____ 💬📹📹 @komiljon_aslonov
Hammasini ko'rsatish...
Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar

ASAR HAQIDA

Photo unavailableShow in Telegram
10-may adib G'afur G'ulom(1903–1966) tavallud topgan kun. (#kuntarixi ) @mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Porox xidi... Tilka pora yer, beva ayol och va yupun el nogoh to‘xtab tugamagan to‘y, Yorga yetib borolmagan she’r! Ko‘zlardagi urush dahshati, Hamma yerda xunuk dastxati, Bepoyon rus mamlakatining Har burchida mardlar jasadi. Ular jon berdilar tik turib, Bizni aslo tiz cho‘kmasin deb Haykallarga aylandi ular. Biram ma’yus, og‘ir va muzdek, Turnalarning ko‘kdagi izi, O‘sha mash’um qora xat kabi Yosh kelinlar oxin eslatar, Ular ovozidagi yig‘i, Bir yoshdan to to‘qson yoshgacha qurbonlarni bugun yod eting Unutsansangiz gunoh unutmang, Duo o‘qib ruhin shod eting Ular jon berdilar tik turib Bizni aslo tiz cho‘kmasin deb! © Rislig‘oy Hotamova ( 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Yurt tinchligi, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ota-bobolarimizning oxirati obod, ruhlari shod bo‘lsin) 💬📹📹@mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...
😢 5
Og'ir asarlarni o'qir ekansiz, undagi voqealar, qiyinchiliklar ozmi-ko'pmi sizning ruhiyatingizda ta'sir qiladi. Ayniqsa bu asar voqealari real hayotdan, yashab o'tgan shaxslar hayotidan olingan bo'lsa... Siz shu voqealar ichida yashayotgandek bo'lasiz, o'zingizni shu asar qahramoni o'rniga qo'yib ko'rasiz beixtiyor. Bu esa asardan olinajak ibrat va xulosalarni yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi. Shukrulloni "Kafansiz ko'milganlar"ini o'qigandirsiz. Yozuvchi o'z hayotini yozgan. Qamoqdagi, lagerdagi boshidan o'tkazgan azoblar dahshatini o'qib, ta'sirlangansiz. Yozuvchi esa bularni o'z boshidan o'tkazgan. Endi uni dahshatini tasavvur qilavering. Shuhratning hibsdagi haotiga bag'ishlangan, Mirzo Kenjabek qalamiga mansub "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham shu toifa asaralar sirasiga kiradi. Undagi barcha voqealarni muallif Shuhratning o'zidan eshitib, uning yaqinlaridan tinglab, arxiv hujjatlarini titkilab to'plagan va so'zga ko'chirgan. Unda yozuvchi Shuhratning qamalishi uchun SSSR qatliomchilari qanday arzimas hiylalar o'ylab topganiyu, qanday soxta ayblar bilan qamalgani, qamoqdagi hayoti, xulosalari, ozod bo'lishi va yorug' kunlari bayon etilgan. O'zim asarni o‘qishni endigina boshladim, hali tugatmadim, ammo ta'sir qildiki, tezroq sizga ham shu kitob haqida aytgim keldi. Ehtimol, nimanidir o'qishni izlab, siz qidirib yurgan asar shudir. Bilasiz, SSSR millat ziyolilarini yo'q qilish uchun, ular millatni uyg'otmasligi uchun 3ta katta qatag'on davrini o'tkazdi. Birinchisi, 1920 -1937 yillar orasida Cho'lpon, Fitrat, Qodiriy kabi ko'plab, millatning eng zabardast ziyolilari yo'q qilindi. Bu qatag'ondan omon qolganlar uchun 1950-53 yillarda ikkinchi qatag'on boshlandi. Unda Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat kabi yana o'nlab qalbi uyg'oq adiblarga hujum boshlandi. Stalin vafoti bilan bu qatag'on to'xtab qoldi. Yaxshiyamki, shunday bo'ldi. Bo'lmasa, bu kabi adiblarimiz ham omon qolmasdi. Biz esa ularning ko'plab asarlaridan bebahra o'tardik. Shu bilan birga o'sha davrning chirkin ishlari haqida bitilgan kechinmalaridan ham bebahra qolardik. (Uchinchi qatag'on esa o'ylab topilgan "Paxta ishi", "O'zbek ishi" bilan bog'liq) Bu toifa kitoblarni o'qib turish kerak. Xulosa olish, millatni qaysi illatlar yo'q qilishi va parchalab yuborishini bilish uchun ham. Darsliklarda kiritishimiz, tez-tez chop etib turishimiz lozim deb bilaman. Shukrki, bu toifadagi asarlar bugun chop etilmoqda. Yillar davomida ta'qiqda turgan, o'tgan asrning eng qayg'uli kunlari haqida yozilgan kitoblar bugun nashr etilmoqda. "Turkiston qayg'usi", "Alvido Vatan", "Kafansiz ko'milganlar", "Otamdan qolgan dalalar", "Shinelli yillar", "Qatlnoma", .... Ro'yxatni davom ettirish mumkin. Faqat siz-u bizdan ularni o'qish va xulosa olish talab etiladi xolos. Yig'lab o'qiydigan asar qidiryapsizmi? Marhamat, "Qush qafasda qanot qoqmaydi"ni o'qing. Yoqimli mutolaa tilayman. © Komiljon Aslonov | @mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...

👍 8 1
Muhammad Abdulhay Lakhnaviy: “G‘iybat òzi nima?” asariga taqriz "Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g‘iybat qilamsin" (Hujurot surasi 12-oyat) Lakhnaviyning ushbu kitobidan juda katta saboqlar oldim va oldingi hayotimga bir nazar soldim. Qarasam, gunohlarga botib ketibman.Kitobni oxirgi varoqlariga yetib kelgach esa bu botqoqlikdan chiqish muolajalari bilan tanishib chiqdim va qaydlarimga yozib oldim. Sizga ham bu kitobni òqib, fikr, mulohaza qilishingizni tavsiya qilaman. Ushbu kitob 2 bo‘lim, 8 bobdan iborat bo‘lib, siz-ruxsat etilgan va la‘natlangan, shariatda xarom bo‘lgan g‘iybatni, shuningdek, g‘iybatni 6 taqsimini, Humaza va Lumaza kim ekanligini, badan ģiybati, nasab ģiybati, odat ģiybati, libos ģiybati, gunoh ģiybati, quloq ģiybati, qalam bilan ģiybat qilish kabi ko‘plab ģiybatlarni òqib tafakkur qilasiz.Fikrlashingiz mutloq o‘zgaradi, ko‘proq sukutni afzal bilasiz.Yana, kitobda qisqa, amma mazmunli Sahobalar tarixidan hikoyalarini o‘qib ibrat olasiz va xulosa chiqarasiz. Meni eng ko‘p ta‘sirlantirgan iqtibos:"Nabiyimiz Muhammad (S.A.V) ģiybat qilishni-Musulmon birodarining o‘limtik go‘shtini yeyishga taqqoslaganlar.Sahobalar g‘iybat qilgan chog‘da esa ularning og‘zida laxta qonni ko‘rganlar. Tafakkur qilaylik: Qiyomatda hatto ota-onangizga ham berolmagan yaxshilikni, siz g‘iybat qilgan bir shaxsga- ortig‘i bilan berib yuborasiz. © Rahimjonova Robiya Sarvar qizi @mutolaa_sehri
Hammasini ko'rsatish...

❤‍🔥 3 2👍 1
“Shamol ortidan yugurib” asariga taqriz Amerikada yashovchi taniqli afgʻonistonlik adib Xolid Husayniyning „Shamol ortidan yugurib“ (asl nomi: „The Kite Runner“) romani ilk marta 2003-yili ingliz tilida chop etilgan. Oʻzbek tiliga mahoratli tarjimon Rustam Jabborov tomonidan oʻgirilgan ushbu romanda birmuncha tinch va osoyishta umr kechirgan, biroq XX asrning 70-yillaridan urush va xunrezliklar domiga tortilgan Afgʻoniston xalqlari taqdiri qalamga olingan. Xolid Husayniy romanni yaratar ekan bosh personaj Amir tilidan voqealarni bayon etadi, badavlat oilaning farzandi Amir tilidan aytilgan soʻzlarda gohida quvonch, gohida chuqur mung va afsus-nadomat koʻzga tashlanadi. Muallif asarga Afgʻonistonda 1973-yili monarxiyaning qulashi, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishi, millionlab fuqarolarning Eron, Pokiston va AQSHga muhojir sifatida ketishga majbur boʻlishi kabi achchiq tarixiy voqeliklarni ham kiritgan. Asarda badavlat oilaning farzandi Amir hamda kambagʻal hazoriyning oʻgʻli Hasanning doʻstligi, asar yakunida ularning ota bir, ona boshqa aka-uka boʻlib chiqishi esa Afgʻonistonda yashayotgan barcha millatlarning tili, dini, ijtimoiy mavqeyiga nisbatan tengligiga ishoradir. Tolibon harakatining xunrezliklari, 1998-yili Mozori sharifda hazoriy shialarning qirgʻin qilishini, Hasanga bolalikda ming azob bergan Asefning qilmishlari, keyinchalik Tolibon kattalaridan biriga aylangan Asefning jinoyatlari kishini dahshatga soladi. Asardagi „Afgʻonistonda bolalar koʻp, bolalik yoʻq“ jumlasi esa butun mazmun-mohiyatni ochib beruvchi soʻzlardir. Romanning boshqa qahramonlari boʻlgan Bobo, Ali, Rahimxon, Surayyo, general Iqbol Tohiriy, Jamila, Sanobar, Farzona, Suhrob, Farid kabi personajlarning hayoti alohida asar boʻlishga arzigulik. Ular bosh qahramon Amirning vijdonini uygʻotgan, uni hayotidagi eng yomon gunohi – qoʻrqoqligini yuvishga undagan kishilardir. Hozirgi dunyoda roʻy berayotgan urushlarning qanchalik vahshatli ekanligini tasavvur qilish uchun ham asarni mutolaa qilish, undan ibrat olish zarurdir. © Fayzullayev Azamat
Hammasini ko'rsatish...

👍 4 4❤‍🔥 1 1👏 1