cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

TATU | Rasmiy kanali

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali 📸https://www.instagram.com/tuit.official/ 🌐 https://tuit.uz 📲 @taturasmiybothttps://t.me/taturektori

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 368
Obunachilar
+2324 soatlar
+1177 kunlar
+12330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#live #HOK #TATU #Kibersport 🔥TATU HOK bo'yicha Xalqaro musobaqaning EEU mintaqasiga kiruvchi kuchli 4 talikda. 🌍 Ayni kunlarda O'zbekiston sharafini Xalqaro Kibersport arenalarida himoya qilib kelayotgan TATU jamoasi Evrosiyo iqtisodiy Ittifoqi (Eurasian economic union EEU) mintaqasi tarkibiga kiruvchi Xorvatiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Gretsiya, Polsha, Chexiya kabi 27 ta davlatlar terma jamoalari ishtirokidagi kibersportning Honor of Kings Open Series 2024 Split 1 turi bo'yicha Xalqaro musobaqasida ishtirok etib kelmoqda. ➡️ Keyingi bosqich barcha mintaqalardan saralab olingan 8ta jamoa o'rtasida BAA ning Abu Dabi shahrida bo'lib o'tadi. 🗒 Open Series 2024 Split 1 musobaqasi finalchilari sovrin jamg'armasi $1,000,000 bo'lgan Honor of Kings Mid-Season Invitational 2024 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 21🏆 3 2🔥 2😁 1
04:07
Video unavailableShow in Telegram
#futbol #kubok #taqdirlash 📹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan “TATU ko‘chma kubogi” musobaqasining eng hayajonli onlari, final o‘yini  va taqdirlash marosimidan videolavha. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 3🐳 1
02:30
Video unavailableShow in Telegram
#TATU_SF_TTJ #ochilish_marosimi_OAV_nigohida 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. ➡️ Tadbir doirasida mehmonlar davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy turar joyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. 📺 Shu haqida Mahalla telekanalining Mahalla yangiliklari informatsion dasturi orqali lavha tayyorlab, efirga uzatildi. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👀 3🐳 1
01:27
Video unavailableShow in Telegram
#My_future_job 👤 Joriy yilning 20-23-may kunlari universitetda talabalarning mustaqil hayotga qadam qoʻyishlari, oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga yanada qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida “My future job” trening haftaligi tashkil etiladi. 🌐 Haftalikda “Coursera”, “Plug&Play”, “EPAM systems”, “EeDen LLC”, “Silk Road Professionals”, “Gcore”, “MAAB Innovation” kabi yirik xorijiy kompaniyalar mutaxassislari tomonidan hozirgi kunda IT sohasidagi zamonaviy va dolzarb kasblar, xorijiy korxonalarda faoliyat yuritishning afzal jihatlari, IT sohasida zarur ko‘nikmalar va dunyo mehnat bozorida IT mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi. 🆔 Aytgancha, o‘zingiz bilan rezyume olishni unutmaslikni tavsiya etamiz. Kompaniya vakillari tomonidan bilimdon talabalarimiz bilan suhbatlar ham tashkil etiladi. 📍 Treninglar o'tkazilish joyi: Universitetning katta majlislar zali 🙋 Qo'shimcha savollaringiz bo'lsa, TATU Karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin: (71)-238-64-60 ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 13🔥 4👌 4
#delegatsiya #Turkiya #hamkorlik 🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. ✅ Tashrif davomida ikki univeristet o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillilik hamda ilmiy yo’nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olindi. 🗒 Ma’lumot uchun: Anqara Yildirim Beyazit universiteti 2010-yilda Anqaradagi keng qamrovli davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining tibbiyot, muhandislik va tabiiy fanlar, arxitektura, aeronavtika va astronavtika, siyosiy fanlar, biznes boshqaruvi va psixologiya bo‘limining ilmiy daraja dasturlari ingliz tilida o‘qitiladi. Ushhbu universitet Western Asia 2024 - Yevropa universitetlari reytingida 58 o‘rinni egallagan. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
6
Photo unavailableShow in Telegram
#exchange 📢 Hurmatli magistratura bosqichi talabalari! 🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hududiy filiallari sizlarni talabalar almashinuvi dasturida (students exchange program) qatnashishga taklif etadi. ✅ Almashinuv dasturi Fransiyaning ENSSAT universitetida 2024-yil kuzgi semestr davomida o`tkazilishi rejalashtirilgan. 📌 Talablar: 🟢Tilni bilish darajasi: IELTS 6 🟢Kurs: Magistratura kamida 1-kurs bo'lishi kerak. ❌so'nggi kurslar qatnasholishmaydi. 🗓 Muddat: 2024-yil 25-may. Hujjat topshirish uchun - https://forms.gle/43Bm8Hj8SspPxkRC6 ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 10😁 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov Diqqat ko'rgazmali tanlov! Sizda innovatsion yechimlarga ega ishlanma bor, lekin uni rivojlantira olmayapsizmi? 🏆 Qimmatbaho sovg'alarga ega bu tanlovda albatta ishtirok eting va mahsulotingizni rivojlantiring! Tezkor online ro‘yxatdan o‘tish; 💻 Faqat TATU va uning hududiy filiallarining bakalavr, magistratura va doktoranturasida tahsil olayotgan barcha ishtirok etishlari mumkin! ⏺Ishtirokchilar 19-may kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. ⏺20-may kuni saralash natijalari e'lon qilinadi. ⏺23-may kuni finalistlar Toshkent shahri, TATU, Sport zalida o'zlariga belgilangan joyda taqdim etishadi. ⏺24-may kuni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. 👌 Qaroringizni ortga surmang, bugunoq o‘z arizangizni yuboring! 📞 Murojaat uchun telefon: +99890 9701070 Call markazi: +99890 573 22 31 Savollar yuzasidan admin bilan bog‘lanish 🗒 Batafsil: Tashrif buyurish.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 1
#konferensiya 💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AKTsKT fakulteti, "Gumanitar fanlar" kafedrasi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani bo'lib o'tdi. 🗒 Anjuman quyidagi mavzularni o'z ichiga oldi: - Axborotlashgan jamiyat, raqamli iqtisod va axborot xavfsizligi muammolari. - Energetika tarmog‘iga aloqador korxonalarning innovatsion faoliyatni olib borishdagi xorij tajribasi va yo‘nalishlari. - Yengil vaznli kriptografik algoritmlarni standartlashtirish holati. - Aeroport axborot xavfsizligi, tahdidlar va hujumlar. - Axborot jamiyatida deviant xulq-atvorli yoshlarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishning xususiyatlari. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 3
#tadbir ✅ Bugun, 16-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati bolib otdi. 👥 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining raisi - I. Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari - R. Karimjonov hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori - B. Maxkamovlar boshchiligida bo'lib o'tdi. 💬 Davra suhbatida «Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlar bandligini ta'minlashning dolzarb masalalari», «IT sohasiga kadrlar tayyorlashda uzluksiz ta'limning barcha bo‘g‘inlarida uzviylikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar», «IT mehnat bozori talablari asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish» kabi mavzular muhokama qilindi. ✈️@tuituz_official
Hammasini ko'rsatish...
👍 11
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦 🎓 Hurmatli TATU bitiruvchilari! ⭐️ O'zbekistondagi lider aloqa operatorlaridan biri Ucell kompaniyasi yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan seminarga Telekommunikatsiya injiniringi, Radio va mobil aloqa, Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi fakulteti 4-kurs talabalarini taklif qilamiz. 📢 Seminarda siz, kompaniya faoliyati, uning yutuqlari, yosh mutaxassislarga yaratilayotgan sharoitlar, kompaniyadagi mavjud amaliyot/stajirovka dasturlari va bo'sh ish o'rinlari haqida bilib olasiz. ⚙️ Seminar davomida kompaniya vakillari tomonidan taqdim qilingan keys va topshiriqlarni to’g’ri bajargan talabalar kompaniyada stajirovka o'tash hamda keyinchalik kompaniyada faoliyat olib borish imkoniyatini qo'lga kiritadilar. 💼 Shuningdek, korxonaning yetuk mutaxassislaridan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin. 📣 Ma'ruzachilar: ➡️ Shamsutdinov Ridvan Talgatovich- Radio tarmoqlarini rejalashtirish va optimallashtirish guruhi rahbari; ➡️ Tillayev Sanjar SHuxratovich- Radio tarmog'ini rejalashtirish va optimallashtirish bo'yicha muhandis; ➡️ Seit-Mamutova Aleksandra Aleksandrovna- Ichki aloqa menejeri. ❗️O'zingiz bilan rezyume olishni ham unutmang! 📆 18-may, soat 9:00 📍 TATU, Media markazi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Bizni kuzatishda davom eting! 🔘 Eng so'nggi vakansiyalar: ❤️ @tatu_karyera_markazi
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🏆 2😁 1