cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

NamDU akademik litseyi qabul 2024-2025

©NamDU akademik litseyi 2024-2025 o'quv yili uchun qabul rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 767
Obunachilar
+1424 soatlar
+527 kunlar
+15330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

FE52945608.pdf1.59 KB
👍 12 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #akademik_litsey ⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. 📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146: 🔹IQ — 1.1*20 =22; 🔸1-fan — 3.1*20=62; 🔹2-fan — 3.1*20=62. Qabulga doir rasmiy bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1🔥 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Sharh ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi 🔰 Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida: u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; ➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; ➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi; u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi. ❗️Agarda bitta yo‘nalish bo‘yicha oxirgi qabul o‘rni uchun ikki yoki undan ko‘p abituriyentning to‘plagan umumiy bali teng bo‘lib qolsa, ularning barchasi o‘qishga qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 2👏 1
YAXSHI VA YOMON Luqmonning xojasi jonliq qurbonlik qilib, so‘yilgan qo‘yning eng yaxshi a’zosini pishirib kelishni buyuribdi. Luqmon qo‘y yuragi va tilidan taom tayyorlab kelibdi. Ertasiga xojasi unga endi qo‘yning eng yomon a’zolarini pishirib kelishni aytibdi. Luqmon bu gal ham uning oldiga pishirilgan yurak va tilni qo‘yibdi. — Aytganim yodingdan ko‘tarilganga o‘xshaydi, — achchig‘i chiqibdi xojasining. — Nega menga yana qo‘yning kechagi a’zolarini pishirib kelding? — Yo‘q, nima buyruq qilganingiz yaxshi esimda, — javob qilibdi Luqmon. — Yurak bema’ni fe’l-atvorga izn bermasa, nojo‘ya so‘z tilga olinmasa, ulardan yaxshi a’zoni topa olmaysiz. Agar buning teskarisi bo‘lsa bulardan-da yomon a’zo yo‘q.. http://t.me/namduakademiklitseyi
Hammasini ko'rsatish...

👍 2🔥 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi! Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli! ——————- МЧС предупреждает! Купаться в запрещённых местах - опасно для жизни! Qisqa raqam ☎️1050
Hammasini ko'rsatish...
чўкиш.mp44.70 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yubiley: bugun Oʻzbekiston milliy valyutasi – soʻmning tavallud topgan kuni. Bundan 30 yil avval, 1 iyul kuni O‘zbekistonda o‘zbek so‘mi muomalaga kiritilgan edi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
KUN HIKMATI
Biz qo'limizdan kelganini qilamiz deyish befoyda. Muvaffaqiyatli bo'lish uchun kerak bo'lgan hamma narsani qilishingiz kerak.
©️Uinston Cherchill - Britaniyaning bosh vaziri, yirik davlat arbobi.
http://t.me/namduakademiklitseyi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
31.80 MB
9.63 MB
15.65 MB
6.21 MB
👍 50 8❤‍🔥 3🔥 3🤯 2🎉 2😍 2🥰 1👏 1🤩 1👌 1
🏢 Akademik litseyimizga ovoz bervoraylik
Hammasini ko'rsatish...
👍 30🔥 4🎉 3
⚡️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanloviga start berildiEski o'quv yilini shu tarzda baholaymiz! Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalarining keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi. Quyidagi kategoriyalar mavjud: 1⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi 2⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh 3⃣. Eng yaxshi akademik litsey 4⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi 5⃣. Eng yaxshi kollej 6⃣. Eng yaxshi texnikum So'rovnoma 21-iyundan 21-iyulga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @ozi_nima_gap telegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi. 21-iyul 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi. Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi muassasalar aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Tanlovda ishtirok etish: 👉 @EDUStatbot 👉 @EDUStatbot 👉 @EDUStatbot Loyiha homiysi: O'zi nima gap?
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.