cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Salomov.uz

Maqsud Salomov blogiga xush kelibsiz! Murojaat uchun: @SV_Murojaatbot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
969
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#qisqa_iboralar Mashinani 130 km/s tezlikda haydasa ham uchrashuvga kech qolgan murda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 79
🤔 21
👎 2
Open Comments
Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo'lsin! Darsdan so‘ng Kimnidir koyidi chekkani uchun. Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham. Mashq daftarlarin yig‘di-da, so‘ngra Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam. "Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi? Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr. Bu safar ham ikki qo‘ymay turaman, Ertaga qolganlar topshirsinlar. Xayr". Qish kuni — bir tutam. Qoraygandi qosh. Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan. Eri ham kelmadi olib ketishga "Ko‘ngli sovidimi..." — vahm etdi birdan. Hamkasb dugonasi qistovga tutib, "Tunab keting, — dedi . — Kech bo‘lib qoldi" Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi. Ovul tugab, endi qirga chiqqanda Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh. Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi. "O‘g‘lim xastalanib qoldimikan yo..." Yuragini battar vahima bosdi, Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv. O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay Yana ketaverdi, ketaverdi u. Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh, Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib, Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan, Iziga bir daftar tashladi yoqib. Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng — yana, yana, Muallima omon topgan bu olov Yirtqichga berardi ilojsiz sabr. Yo‘lovchi — yoqardi, qashqir — to‘xtardi, Tin olardi ikkov har daftarda bir. Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och, Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat. Uyga yaqin qolgan vaqtda tutadi Muallimda daftar, qashqirda — toqat. Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda, Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi. Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi Hammadan ham yomon yig‘ladi. No‘noq nazmim uchun afv et, xalqim, Na olim, na fozil, na so‘z piriman. O‘z vaqtida daftar topshira olmay Qolgan bolalarning biriman. Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi Yozgan she’rlarimni oshiqlar. Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n, Bilaman, bular bir oddiy mashqlar. Lekin... ketmakdasan kelajak sari Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan. O‘zimcha asragim keladi seni Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan. Men mashq bajaraman, yozaman har kun Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni. ... Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblarimni. Matnazar Abdulhakim
Hammasini ko'rsatish...
Open Comments
#qisqa_iboralar Yolgʻon gapira olmaydigan soqov.
Hammasini ko'rsatish...
👍 66
🤔 12
👎 8
Open Comments
Barselona - xavfsiz emas. Kissavurlar, o'g'rilar juda ko'p. Bir necha oy oldin Barselona shahrini aylanib yurganimizda 2 ta fransuz kampir kelib, rasmga olib qo'yishimni so'ragan. Rasmga olganman. 10-15 daqiqadan keyin shu 2 ta kampir qaytib yonimga kelib, rasmga tushishda sumkasini skameykaga qo'ygani, rasmga tushgunicha o'g'irlab ketishganini aytgandi. Yaqinda bir o'zbek qiz Facebook'da yozdi: 3 kun oldin Barselonaga kelgan ekan. Sumkasini o'g'irlatib qo'yibdi. Ichida hujjatlari, ATM kartasi, noutbuki va boshqalar bo'lgan. Endi kelgandim, nima qilsam bo'ladi, siz anchadan beri shu yerda ekansiz, maslahat bering dedi. Politsiyaga xabar berishni aytdim (boshqa nima ham qilardim). Keyin Ispaniyadagi O'zbekiston elchixonasi kontaktini berdim. Facebook'da MDHdan kelganlar guruhi bor edi, uni ham linkini berdim. Boshqalar ham narsasini o'g'irlatgani haqida postlar ko'rgandim. Tajribasi bilan bo'lishadi. Barselonaga kelganda shaxsiy buyumlaringizga niyohatda ehtiyot bo'ling. Kanalga ulanish👇👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Hammasini ko'rsatish...
Open Comments
Men endi Vikipediadaman 😎 Kecha biz tarjima qilgan "Morrining seshanba darslari" kitobini Vikipediada ko'rib qoldim. Tarjimonlar, ya'ni men va rafiqam ham ko'rsatilgan ekan. Bunday shaklda Vikipediaga kiritilish hech baloga arzimasa ham, maqtanib ketay dedim. :) P.S. Faqat kitob nomini xato (Morriening) yozib qo'yishibdi, yaramaslar)
Hammasini ko'rsatish...
👍Yashavor! 170
😬Faqat maqtangani yozasan 25
Open Comments
Men kuz madhiyasini yaratganman. 😎
Hammasini ko'rsatish...
Open Comments
Biz tarjima qilgan navbatdagi kitob sotuvda “Azbobooks” loyihasi buyurtmasi bilan “Alibaba: Jek Ma bunyod etgan maskan (Alibaba: The House That Jack Ma Built)” kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilgan edik. Kitob sotuvga chiqibdi. Kitob oliygohni moliyaviy qiyinchiliklar bilan bitirgan oddiy ingliz tili oʻqituvchisining (Jek Ma) qanday qilib dunyoning eng qimmat kompaniyalaridan birini yaratgani va jahon iqtisodiyotini oʻzgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi. Kitobni oʻqir ekansiz, Jek Ma zamonaviy dunyoda insonning muvaffaqiyatga erishishida zarur boʻlgan xislatlarning aksariyatini oʻzida jamlaganiga guvoh boʻlasiz: – Kuchli iroda, maqsad va maslakka ega boʻlish; – Tap tortmas, dangal va hatto, ayrim oʻrinlarda “surbet” boʻlish; – Insonlarni qanday boʻlmasin oʻziga ishontirish va ruhlantirish; – Mohir notiq boʻlish; – Turli vaziyatlardan mohirona va “shafqatsizlarcha” foydalanish va h.k. Shuningdek, Jek Ma inson biror sohada muvaffaqiyatli boʻlish, shu sohaning magnati, milliarderi boʻlish uchun bu soha haqida toʻla bilimga ega boʻlish shart emasligini ham isbotlaydi. Kitobni oʻqishni tavsiya qilaman. Tarjimonlar: Maqsud Salomov va Gulsanam Roziqova Muqova: Yumshoq Hajmi: 400 bet Narxi: 45000 soʻm Buyurtma uchun: Telefon: +998555000207 +998994817100 Telegram: @azboboooks Yetkazib berish xizmati mavjud.
Hammasini ko'rsatish...
Open Comments
Madrid shahridagi vertikal bog' (Vertical garden) asari Bu tabiiy asarni yaratishda 300 turdagi 15 ming dona o'simlik gidrofonik devorga vertikal tarzda ekilgan. Hozirda o'simliklar soni noma'lum, chunki ularning ayrimlari har yili quriydi va har yili o'simlik tomirlari yoki urug'laridan yangilari o'sib chiqadi. Vertikal bog'lar devorlarga graffitidan ko'ra ko'proq ko'rk bag'ishlaydi deb bilaman. Suratni o'zim olganman. :) Kanalga ulanish👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Hammasini ko'rsatish...
👍 45
🌴 10
Open Comments
Janubiy Koreyada hojatxonadan foydalanganlarga pul toʻlay boshlashdi Janubiy Koreyadagi Ulsan milliy fan va texnologiya instituti professori Cho Je Veo inson axlatini biogaz va ogʻitga aylantiradigan hojatxona ishlab chiqibdi – BeeVi hojatxona. Bu hojatxonadan foydalanganlarga axlati uchun elektron pul (Ggool) toʻlanyapti ekan. Hojatxona mexanizmi axlatni metan gaziga aylantiradi, gaz esa universitet binosi uchun energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi. Hojatxonadan foydalanuvchi talaba kuniga 10 Ggool ishlab olishi va yigʻilgan elektron pullariga kofe, nudl, meva yoki kitoblar xarid qilishi mumkin. Ggoollarni maxsus QR kod orqali telefonga yigʻib borish mumkin. Bir kishi kuniga oʻrtacha 500 gramm axlat ishlab chiqaradi, bu 50 litr metan gazi degani. 50 litr metandan esa 0,5 kilovat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi yoki avtomobilni 1,2 km masofaga haydash uchun foydalanilishi mumkin. Bu xabarni oʻqib, Oʻzbekistondagi pul toʻlab kiriladigan jamoat hojatxonalari xayolimga keldi. Ayniqsa, bir shahardan ikkinchiga taksida borayotganda yonilgʻi quyish shoxobchalari yaqinidagi hojatxonalar: ayrimlari shu qadar iflos, badboʻy va yoqimsizki, eng soʻnggi chora sifatidagina kiradi odam. Kanalga ulanish👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Hammasini ko'rsatish...
👍 58
😐 11
🤔 8
Open Comments
Ispaniya poytaxti - Madrid shahridagi Atocha poyezd bekati. Bekatning ichida o'ziga xos bog' ham bor. Ekilgan daraxtlar orasida sayr uchun yo'laklar qilingan. Lekin pandemiya tufayli hozirda bog' ichiga kirish mumkin emas. 1851-yilda ochilgan Atocha Madriddagi eng katta poyezd bekati hisoblanadi. Kanalga ulanish👇 https://t.me/joinchat/AAAAAETrlaE07H9TL5zUPQ
Hammasini ko'rsatish...
8.70 MB
🚆 12
🌴 13
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.