uz
Feedback
notes

notes

Kanalga Telegram’da o‘tish

postlarni manba'siz olavering. ha, bu ham bizning sahifa @Zadem_pg

Ko'proq ko'rsatish
365
Obunachilar
-124 soatlar
-117 kun
-2930 kun
Postlar arxiv
Бази қалблар орасида куринмас шундай боғлиқликлар бор, доим уларни махкам тутиб турадиган. Сузларсиз, дийдорларсиз 💐
Бази қалблар орасида куринмас шундай боғлиқликлар бор, доим уларни махкам тутиб турадиган. Сузларсиз, дийдорларсиз 💐

Farzamd tarbiyasiga qiziqib yurgan onimda kitoblarim orasidan mana bu kitobni topib oldim, bu kitobni o'zim sotib olmagan edi
+1
Farzamd tarbiyasiga qiziqib yurgan onimda kitoblarim orasidan mana bu kitobni topib oldim, bu kitobni o'zim sotib olmagan edim. Ustozim bergan edilar o'ntaga yaqin kitoblar berishgan edilar ularning orasida bu ham bor edi, u payt qiziq bo'lmaganligi sabab o'qimay qo'yib qo'ygan ekanman. Farzand tarbiyasini o'rganish uchun albatta farzanlik bo'lish shart emas,masalan jiyanlaringiz bilan yaxshi til topishib keta olishingiz uchun ham o'rganaverish kerak ekan. Kechagi kun jiyanim yig'lagan holda oldimga kelgan edi, kitobdan olganlarim bo'yicha harakat qilgan edim, natija yaxshi demak davom etaversam bo'lar ekan. Aynan bu kitobda ham yaxshi mavzular kiritilgan ekan.

Yetti yil bo'libdi-ya yuqotgan do'stlarimni topib oldim, yani sinfdoshlarni u ham bo'lsa telegram orqali tasodifan topib olidim ancha suhbatlashdik "Seni rosa izladik numeringni ham topa olmadik bormisan" deya sinfdoshlar guruhiga qo'shib qo'yishdi men hursand yetti yillik suhbatlarni tinglasam kerak deb ammo bari attang ketdi deyishadiku ..( Deyarli barchaning iktadan farzandlari bor va ular allaqachon ikki yoshga kirib bo'lishgan ekan va guruhda ham aynan shunday suhbat va bolajonlar suratlari bilan ketmoqds, sen ham suratlar yubor nimalar qilyapsan deyishgandi aynan o'qishda edim o'qishimizni junatsam "Sen haliyam o'qiyapsanmi" deb tarsaki singari bir gapirishdi qayta indamay qoldim, ndi esa sukut saqlab ekran ortidan tomoshabin singari yuibman, ahir nima deyman kechagi kun bir suhbat qilaychi deb yozgan edim kirishib ketib darrov suratingni junat seni bir qo'shni holam so'rab chiqgan edi ko'rsataman degan gaplarga ulanib ketdi qayta javob yozmadim mensimadi demasalar bo'ldi, shu bilan men yana sukunat olamimga kirib ketdim. Sal qolsa meni kitoblarimdan ayirmoqchi ular, guruhni shunday keladigan ovozini o'chirdimu yana o'z olamimga sakrab o'tib ketdim. 🫳🏻 Ammo vaqt shu qadar tez o'tibdiki hatto biz sezmay ham qolibmiz)

Men ham bir video olay debmanda, videoga olayotib telefonga qarabmanu suvga qaramabman toshib ketishiga ozgina qoldi 😂 memga emas ekan, o'xshamagan kadr deyidhadi-ku.

Farzandlaringiz kitoblaringiz bilan ulg'aysin 💐
+2
Farzandlaringiz kitoblaringiz bilan ulg'aysin 💐

O'chib ketgan postlarni qaytarib qo'ydim)

Hayrlashuv oni... Oson emas ekan, eng qadrli insonimga aylanib qolgan "Kitobchi hola" bilan hayrlashuv oni bo'ldi. Doim kirsam do'konlarini ichida yo kitob o'qib o'tirgan bo'ladilar yoki kitob tarqatayotgan bo'ladilar. Bugun ham lavhlarni tozalayotgan ekanlar, meni ko'rib tabassumdan ko'zlari chaqnab ketdi afsuski bu safar suhbatlashgani emas hayrlashgani kirgan edim. Men ketyapman desam qattiq quchoqlavoldilar qo'llariga qalbimning bir parchasini berib ketdim. Eng sevganlarim ichidan, meni eslab yurasiz desam yana quchoqlay ketdilar. Ol qizim kitoblarim orasidan eng sevganingni sen ham tanlab ol degandilar ololmadim ochig'i ko'p qolmaslikga harakat qildim bu qalblar bunday onga chidayvermaydi bunday payt, Holamni bir qattiq quchdimu ortimga qaytib ketdim, ortimga qarasam ortimdan qarab turgan ekanlar "Kelgin qizim yana, qo'ng'iroq qilib turgin hopmi" deb qarab qoldilar ko'nglim yumshab ketdi, bir ko'ngil ortingga qayt bir oz oldilari qol deyaverdi ammo ketishim kerak edi. Shu bir yil ichida judayam ko'p kitoblar borasida menga ancha yordam qilganlar "Sen talabasan pul senga ko'proq kerak bo'ladi" deb kitoblarni yarim balki undan ham arzonroqga berib yuboraverardilar. Bugun esa butkul ketyapman bu Shahardan agar nasibimizda bo'lsa oylar o'tib yana qaytarmiz qaytmasligimiz ham ehtimoli bor-da. Qalblarimizni kitob ila bog'lagan Allohga hamd bo'lsin.. :) Kitobimni qayta ko'rmaslikni o'ylasam hafa bo'lsamda ammo u endi go'zal qo'llarda. Allohning kalomini o'qir bo'lsa sen duoga olinsang bu go'zallik emasmi. Mening ham ilk Qur'on kitobimni bir yaqinimiz hadya qilgan edilar, omon bo'lsinlar har doim o'qib bo'lsam haqlariga duo qilish yodimdan chiqmaydi, Alloh u kishidan rozi bo'lsin va rozi qilsin 💐 Bu rasmni holaning oldilariga kirmasimdan bir ikki daqiqa avval olgan edim.. hotiraga aylangan on...

photo content

Ohirgi paytlar o'qiyotgan kitoblarimdan, ular ichidagi ilmlarni, tarix yani islom tarixi, o'tgan buyuklar ilm yo'lida mashaqqat chekgan olimlar hayotini o'qib hozirgi biz yashayotgan davrdagi ilmga bo'lgan imkoniyat qulayligidan ammo biz undan to'g'ri foydalana olmayotganligimizdan uyalib ketaman. Aynan o'zimda ham ba'zan o'zim uchun qo'ygan cheklovlarni kesib o'taman, instagram, reels, u bu narsalarga mukkasidan ketish, instagramga qo'yayotgan suratlarda qo'llar ochiqdan ochiq ko'rinib turishi, enternetga ayollar o'zlarini rasmlarini joylashlarini doimo har yerda oqlamaganman shu sabab ba'zi do'stlarim bilan hafalashib qolgan kunlarim ham bo'lgan. Shuning uchun doim kitob ortidan bo'lsa ham qo'l soyasi ko'rinmasligiga e'tibor qarataman. Ammo bugun bu chegaramni kesib o'tdim va ortidan pushaymon bo'lgan ham aynan o'zim. Joylangan suratda ochiqdan ochiq qo'llar ko'rinib qolgan edi. O'ylaganimdan so'ng tezda o'chirdimu ammo.... Insonni o'zini chegara doirasi bo'ladi-a shundaymi? shahsiy qonunlari, agar o'sha qonunlarini o'zi buzadigan bo'lsa jazosini ham tortadigan uning o'zi. Boshqaga bu qanday bilmadim ammo menda shunday, qo'l avrat emasku deysiz bilayman bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri, ha aytganday kitobga qaytadigan bo'lsak kitob ichidagilar keltirilgan hadislar, sahoba, tobeinlar hayotidan parchalarni o'qir ekanmiz shunchaki o'qib o'tib ketish bilan barchasi hal emas ekan. Kitob ichidagilar oddiy ma'lumot emas bizlarga kattadan katta ne'mat ekan, ayniqsa hadislar. Bularni anglab yetishga muhtojligimiz katta. Minglab hadislarni o'zida jam qilgan kitoblar bor masalan bittasi "Riyozus solihiyn" u kitobga bir vaqtlar mukkasidan ketgan edim, shunaqangi hadislar to'plangan u kitobda kechasi fonarcha yoqib bo'lsa ham o'qib chiqgandim. Ammo u paytdagi harakatim hozir yo'qolib qolgan, endi endi qaytarishga bel bog'laganman Alloh izni ila. Bizga hozir ilm olish yo'llari judayam oson tarixni o'qisangiz hadis ilmiga oshiq insonlar bor, ularni hadis o'rganish davridagi qiyinchiliklariga yig'lagingiz keladi, birlari bir hadisni eshitish uchun bir necha qamchi ta'mini totganlar, yoki bo'lmasa ustozidan hadis eshitaman deb o'zini tilamchi holiga solib har kun eshik ortidan kelib bitta bitta hadis eshitib ketgan insonlar o'tgan. Ularning oldida men (biz) kimmiz? Ammo ularda bo'lmagan imkoniyat bizda bor, lekin ulardagi himmat esa bizda yo'q. Oldimizda, kitob javonimizda o'qilmay yotgan qancha kitob bor? uning ichida nechta o'qilmagan hadisalar bor? manashularni o'ylab ba'zan siqilib qolaman hozir imkoniyat berilgan ekan foydalanmasak albatta bir kun bizdan tortib olinsachi? va uning ustidan yaxshigina so'ralsakchi? deb o'ylab qolaman. O'sha ondan harakatlarim yanayam jonlanganday bo'ladi. Ayni dam yuqoridagi suratdagi kitob ham tugab bormoqda ichidagi ma'lumotlarni shunchaki miyyamga sig'dira olmayapman. O'qib amal qilmaslikdan yomoni yo'q. Hozir yozmoqchi bo'lganlarimdan shular bo'lsa kerak. Alloh barchamizni foydali ilm bilan rizqlantirsin. O'zi to'g'ri yo'lga boshlasin barchamizni. ©Задем 📝

photo content
+1

Hayrlashuv oni... Oson emas ekan, eng qadrli insonimga aylanib qolgan "Kitobchi hola" bilan hayrlashuv oni bo'ldi. Doim kirsam do'konlarini ichida yo kitob o'qib o'tirgan bo'ladilar yoki kitob tarqatayotgan bo'ladilar. Bugun ham lavhlarni tozalayotgan ekanlar, meni ko'rib tabassumdan ko'zlari chaqnab ketdi afsuski bu safar suhbatlashgani emas hayrlashgani kirgan edim. Men ketyapman desam qattiq quchoqlavoldilar qo'llariga qalbimning bir parchasini berib ketdim. Eng sevganlarim ichidan, meni eslab yurasiz desam yana quchaqlay ketdilar. Ol qizim kitoblarim orasidan eng sevganingni sen ham tanlab ol degandilar ololmadim ochig'i ko'p qolmaslikga harakat qildim bu qalblar bunday onga chidayvermaydi bunday payt, Holamni bir qattiq quchdimu ortimga qaytib ketdim, ortimga qarasam ortimdan qarab turgan ekanlar "Kelgin qizim yana, qo'ng'iroq qilib turgin hopmi" deb qarab qoldilar ko'nglim yumshab ketdi, bir ko'ngil ortingga qayt bir oz oldilari qol deyaverdi ammo ketishim kerak edi. Shu bir yil ichida judayam ko'p kitoblar borasida menga ancha yordam qilganlar "Sen talabasan pul senga ko'proq kerak bo'ladi" deb kitoblarni yarim balki undan ham arzonroqga berib yuboraverardilar. Bugun esa butkul ketyapman bu Shahardan agar nasibimizda bo'lsa oylar o'tib yana qaytarmiz qaytmasligimiz ham ehtimoli bor-da. Qalblarimizni kitob ila bog'lagan Allohga hamd bo'lsin.. :) Kitobimni qayta ko'rmaslikni o'ylasam hafa bo'lsamda ammo u endi go'zal qo'llarda. Allohning kalomini o'qir bo'lsa sen duoga olinsang bu go'zallik emasmi. Mening ham ilk Qur'on kitobimni bir yaqinimiz hadya qilgan edilar, omon bo'lsinlar har doim o'qidigan bo'lsam haqlariga duo qilish yodimdan chiqmaydi, Alloh u kishidan rozi bo'lsin va rozi qilsin 💐 Bu rasmni holaning oldilariga kirmasimdan bir ikki daqiqa avval olgam edim.. hotiraga aylangan on...

photo content

Bugun kun kutish bilan boshlanib shu bilan davom etmoqda, eng yoqtirmaydiganim belgilangan vaqtdan ortiq kutish. Turgan joyin
+2
Bugun kun kutish bilan boshlanib shu bilan davom etmoqda, eng yoqtirmaydiganim belgilangan vaqtdan ortiq kutish. Turgan joyingdan qolib qololmaysan ketib ketvorolmaysan.

Kechagi kun 🫧
+3
Kechagi kun 🫧

photo content
+9

Ohirgi paytlar o'qiyotgan kitoblarimdan, ular ichidagi ilmlarni, tarix yani islom tarixi, o'tgan buyuklar ilm yo'lida mashaqqat chekgan olimlar hayotini o'qib hozirgi biz yashayotgan davrdagi ilmga bo'lgan imkoniyat qulayligidan ammo biz undan to'g'ri foydalana olmayotganligimizdan uyalib ketaman. Aynan o'zimda ham ba'zan o'zim uchun qo'ygan cheklovlarni kesib o'taman, instagram, reels, u bu narsalarga mukkasidan ketish, instagramga qo'yayotgan suratlarda qo'llar ochiqdan ochiq ko'rinib turishi, enternetga ayollar o'zlarini rasmlarini joylashlarini doimo har yerda oqlamaganman shu sabab ba'zi do'stlarim bilan hafalashib qolgan kunlarim ham bo'lgan. Shuning uchun doim kitob ortidan bo'lsa ham qo'l soyasi ko'rinmasligiga e'tibor qarataman. Ammo bugun bu chegaramni kesib o'tdim va ortidan pushaymon bo'lgan ham aynan o'zim. Joylangan suratda ochiqdan ochiq qo'llar ko'rinib qolgan edi. O'ylaganimdan so'ng tezda o'chirdimu ammo.... Insonni o'zini chegara doirasi bo'ladi-a shundaymi? shahsiy qonunlari, agar o'sha qonunlarini o'zi buzadigan bo'lsa jazosini ham tortadigan uning o'zi. Boshqaga bu qanday bilmadim ammo menda shunday, qo'l avrat emasku deysiz bilayman bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri, ha aytganday kitobga qaytadigan bo'lsak kitob ichidagilar keltirilgan hadislar, sahoba, tobeinlar hayotidan parchalarni o'qir ekanmiz shunchaki o'qib o'tib ketish bilan barchasi hal emas ekan. Kitob ichidagilar oddiy ma'lumot emas bizlarga kattadan katta ne'mat ekan, ayniqsa hadislar. Bularni anglab yetishga muhtojligimiz katta. Minglab hadislarni o'zida jam qilgan kitoblar bor masalan bittasi "Riyozus solihiyn" u kitobga bir vaqtlar mukkasidan ketgan edim, shunaqangi hadislar to'plangan u kitobda kechasi fonarcha yoqib bo'lsa ham o'qib chiqgandim. Ammo u paytdagi harakatim hozir yo'qolib qolgan, endi endi qaytarishga bel bog'laganman Alloh izni ila. Bizga hozir ilm olish yo'llari judayam oson tarixni o'qisangiz hadis ilmiga oshiq insonlar bor, ularni hadis o'rganish davridagi qiyinchiliklariga yig'lagingiz keladi, birlari bir hadisni eshitish uchun bir necha qamchi ta'mini totganlar, yoki bo'lmasa ustozidan hadis eshitaman deb o'zini tilamchi holiga solib har kun eshik ortidan kelib bitta bitta hadis eshitib ketgan insonlar o'tgan. Ularning oldida men (biz) kimmiz? Ammo ularda bo'lmagan imkoniyat bizda bor, lekin ulardagi himmat esa bizda yo'q. Oldimizda, kitob javonimizda o'qilmay yotgan qancha kitob bor? uning ichida nechta o'qilmagan hadisalar bor? manashularni o'ylab ba'zan siqilib qolaman hozir imkoniyat berilgan ekan foydalanmasak albatta bir kun bizdan tortib olinsachi? va uning ustidan yaxshigina so'ralsakchi? deb o'ylab qolaman. O'sha ondan harakatlarim yanayam jonlanganday bo'ladi. Ayni dam yuqoridagi suratdagi kitob ham tugab bormoqda ichidagi ma'lumotlarni shunchaki miyyamga sig'dira olmayapman. O'qib amal qilmaslikdan yomoni yo'q. Hozir yozmoqchi bo'lganlarimdan shular bo'lsa kerak. Alloh barchamizni foydali ilm bilan rizqlantirsin. O'zi to'g'ri yo'lga boshlasin barchamizni. ©Задем 📝

photo content
+1

Universitetimizning hovlisi kislorodga boy 🌳 🏔️
+3
Universitetimizning hovlisi kislorodga boy 🌳 🏔️

photo content
+1

Nasib qilsa Farg'onaga, imtihon qachonligini hali bilmayman ammo qabul besh kundan keyin ochiladi yugur yugurlar boshlanadi k
Nasib qilsa Farg'onaga, imtihon qachonligini hali bilmayman ammo qabul besh kundan keyin ochiladi yugur yugurlar boshlanadi ko'chadiganlar tayyor turing...)