Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qo‘mita Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi rasmiy kanallari: Face book: https://www.facebook.com/EKO-Sirdaryo-108969855203848 You tube: https://www.youtube.com/channel/UCBOj9azBxU6AWI7cXSroeyA
Ko'proq ko'rsatish935
Obunachilar
-224 soatlar
-67 kunlar
-2230 kunlar
Postlar arxiv
+2
Davlat siyosatining diniy sohadagi maqsad va prinsiplari yuzasidan seminar o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi O‘RQ–1037-son Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, millatlararo totuvlikni asrash hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga qonun hujjatlari talablariga rioya etish, yuksak ma’naviy muhitni qaror toptirish va jamiyatda o‘zaro hurmat hamda bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlashning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
HURMATLI FUQAROLAR!
So‘nggi kunlarda kuzatilayotgan anomal yuqori havo harorati daraxt va ko‘chatlarning namlik hamda suvga bo‘lgan ehtiyojini keskin oshirmoqda. Jazirama ob-havo sharoitida yashil hududlarni asrash, daraxt va butalarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir.
Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi barcha fuqarolarni quyidagi tavsiyalarga amal qilishga chorlaydi:
✅ Daraxt va ko‘chatlarni imkon qadar kechki hamda tungi vaqtlarda (19:00–06:00) sug‘oring.
✅ Yangi ekilgan ko‘chatlarni muntazam parvarish qiling hamda zarurat tug‘ilganda ularni quyoshning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nurlaridan vaqtincha himoya qiling.
✅ Sug‘orishda suvdan oqilona va tejamkor foydalaning, namlikni uzoqroq saqlash choralariga alohida e’tibor qarating.
✅ Daraxt tanasi va shoxlariga o‘ralgan LED chiroqlar, simlar hamda boshqa bezak buyumlarini olib tashlang.
🌿 Tabiatni asrash – har birimizning burchimiz. Yashil hududlarni birgalikda asraylik!
🌿 Anomal issiqda yashil hududlarni asrash ishlari kuchaytirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi tomonidan anomal issiq havo sharoitida yashil hududlarni saqlash, daraxt va butalarni muntazam sugʻorishni tashkil etish, shuningdek, aholi, yoshlar hamda ekofaollar oʻrtasida keng qamrovli axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan topshiriq berildi.
Ushbu topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida barcha masʼul tashkilotlar tomonidan yashil hududlarni parvarishlash, sugʻorish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini kuchaytirish belgilandi.
Mazkur ishlar chilla davri yakunlangunga qadar, yaʼni 2026-yil 5-avgustgacha muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
+2
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida 6 oylik faoliyat yakunlari muhokama qilindi
Bugun Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida boshqarma hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirildi. Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan aniq rejalar ishlab chiqildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
🌿Anomal issiqda o’zimiz va yashillikni asraylik!
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 13–17-iyul kunlari respublika hududiga janubdan o‘ta issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda havo harorati 44–46°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/191937
🌿Берегите себя и зелёные насаждения в период аномальной жары!
По данным синоптиков, в период с 13 по 17 июля текущего года на территорию республики ожидается поступление чрезвычайно жарких воздушных масс с юга. В отдельных регионах температура воздуха может повыситься до 44–46°C.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/191937
🌿Take Care of Yourselves and Protect Green Spaces During the Period of Extreme Heat
According to the national meteorological service, exceptionally hot air masses are expected to move into the country from the south between 13 and 17 July. In some regions, air temperatures may rise to 44–46°C.
https://gov.uz/en/eco/news/view/191937
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+6
Toza muhit – sog‘lom hayot: Sardobada hashar ishlari
Hashar davomida ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi, ariqlar tozalandi, chiqindilar yig‘ishtirilib belgilangan joylarga olib chiqildi. Shuningdek, daraxt va butalar parvarish qilinib, yangi ko‘chatlar ekildi. Bu ishlar hududning ekologik holatini yaxshilash bilan birga, uning yanada ko‘rkam va fayzli ko‘rinish kasb etishiga xizmat qilmoqda.
Jarayonda tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etib, aholiga atrof-muhitni asrash, chiqindilarni to‘g‘ri utilizatsiya qilish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Mutaxassislar tomonidan hududlarda ekologik nazorat kuchaytirilib, tozalikka rioya qilish muhimligi yana bir bor targ‘ib qilindi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
+5
Sirdaryo tumanida fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda "Toza hudud" davlat muassasasi vakillari tomonidan Sirdaryo tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, hududlarni obodonlashtirish hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Ijro talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
+3
🇺🇿🇧🇾Belarus bilan oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Xususan, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitimga imzo chekildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/190997
🇺🇿🇧🇾Подписано соглашение о сотрудничестве с Беларусью в области развития лесного хозяйства
В рамках официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Республику Беларусь была подписана Декларация об установлении отношений стратегического партнёрства с Президентом Республики Беларусь Александром Лукашенко. В частности, подписано Соглашение о сотрудничестве в сфере развития лесного хозяйства.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/190997
🇺🇿🇧🇾Cooperation agreement on forestry development signed with Belarus
As part of the official visit of the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, to the Republic of Belarus, a Declaration on the Establishment of a Strategic Partnership was signed with the President of the Republic of Belarus, Alexander Lukashenko. In addition, a Cooperation Agreement on Forestry Development was concluded.
https://gov.uz/en/eco/news/view/190997
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+5
“Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 46-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” hamda “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari oʻtkazilishi belgilangan.
Mazkur tashabbus doirasida Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi tomonidan “Avtomobilsiz kun” aksiyasi tashkil etildi. Tadbir davomida boshqarma xodimlari xizmat va shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishni vaqtincha cheklab, jamoat transporti, piyoda yurish hamda ekologik toza transport vositalaridan foydalanishni targʻib qildilar.
Aksiya atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
🚴♀️Ertaga respublikada navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Ertaga, 10-iyul kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/190438
🚴♀️Завтра в республике состоится очередная акция «День без автомобиля»
Завтра, 10 июля, во всех регионах республики пройдёт очередная акция «День без автомобиля».
https://gov.uz/ru/eco/news/view/190438
🚴♀️Uzbekistan to hold another nationwide "Car-Free Day" tomorrow
Another nationwide "Car-Free Day" campaign will take place across Uzbekistan on 10 July.
https://gov.uz/en/eco/news/view/190438
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+2
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, sohaga oid islohotlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
♻️Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan 1050 nafar fuqaro jarimaga tortildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan ekologik nazorat reydlari davomida viloyat hududida 1050 nafar fuqaro tomonidan maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga noqonuniy ravishda tashlash holatlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹ va 91²-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 476 million 941 ming so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi.
Aniqlangan holatlar hududlar kesimida quyidagicha qayd etildi:
🔹 Guliston shahri — 209 nafar
🔹 Guliston tumani — 76 nafar
🔹 Sirdaryo tumani — 127 nafar
🔹 Sayxunobod tumani —65 nafar
🔹 Boyovut tumani — 67 nafar
🔹 Oqoltin tumani — 113 nafar
🔹 Sardoba tumani — 101 nafar
🔹 Mirzaobod tumani — 107 nafar
🔹 Xovos tumani — 70 nafar
🔹 Yangiyer shahri — 60 nafar
🔹 Shirin shahri — 55 nafar
🌡️Harorat oshadi: yoz o‘rtalarida qanday ob-havo kutilmoqda?
Bugun, 8-iyul kuni O‘zbekiston yilning eng issiq davriga kirib bormoqda. Oyning nisbatan salqin boshlanganiga qaramay, sinoptiklar, xususan, JSST mutaxassislari yaqin kunlarda Yevropa va Markaziy Osiyoda havo harorati ko‘tarilishini, iyul oyining ikkinchi yarmi esa iqlimiy me’yordan issiqroq bo‘lishini prognoz qilmoqda.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/190052
🌡️Жара усилится: какая погода ожидается в середине лета?
Сегодня, 8 июля, Узбекистан вступает в самый жаркий период года. Несмотря на относительно прохладное начало месяца, синоптики, в частности эксперты ВОЗ, прогнозируют повышение температуры воздуха в ближайшие дни в Европе и Центральной Азии, а вторая половина июля ожидается теплее климатической нормы.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/190052
🌡️Heatwave to intensify: what weather is expected in mid-summer?
Today, July 8, Uzbekistan is entering the hottest period of the year. Despite the relatively cool start to the month, meteorologists, including experts from the World Health Organization (WHO), forecast a rise in air temperatures in the coming days across Europe and Central Asia, with the second half of July expected to be warmer than the climatic norm.
https://gov.uz/en/eco/news/view/190052
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+3
🚔 Kuchaytirilgan nazorat reydlari davom etmoqda
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi davlat inspektorlari, Ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida viloyat hududida kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Reydlar davomida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, noqonuniy chiqindi tashlash, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish hamda boshqa ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Atrof-muhitni asrash barchamizning burchimiz. Ekologik qonunchilik talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
+3
🚔 Kuchaytirilgan nazorat reydlari davom etmoqda
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi davlat inspektorlari, Ichki ishlar organlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida viloyat hududida kuchaytirilgan nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Reydlar davomida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, noqonuniy chiqindi tashlash, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish hamda boshqa ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Atrof-muhitni asrash barchamizning burchimiz. Ekologik qonunchilik talablariga rioya qilishingizni so‘raymiz.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
📣Ekologiyaga foyda keltiradigan loyihani amalga oshirishda ko‘mak olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, BMTTD hamda Global ekologik fond “Aral Sea Wetlands” loyihasi doirasida Orolbo‘yi hududi uchun uskunalar va texnika ko‘rinishidagi mikrograntlar dasturiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/189270
📣Не упустите возможность получить поддержку для реализации проекта, который принесет пользу людям и природе!
Национальный комитет по экологии и изменению климата Республики Узбекистан, Программа развития ООН и проект Глобального экологического фонда «Aral Sea Wetlands» объявляют о начале приема заявок на программу микрогрантов в виде оборудования и техники для проектов, реализуемых в регионе Приаралья.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/189270
📣Don’t miss the opportunity to receive support for a project that benefits both people and nature!
The National Committee on Ecology and Climate Change of the Republic of Uzbekistan, the United Nations Development Programme (UNDP) and the Global Environment Facility (GEF) project "Aral Sea Wetlands" announce the launch of the call for applications for a microgrant programme. The programme will provide equipment and machinery to support projects implemented in the Aral Sea region.
https://gov.uz/en/eco/news/view/189270
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
+3
♻️ Sirdaryoda dizel transport vositalaridan chiqadigan NOx chiqindilarini kamaytirish masalalari muhokama qilindi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan dizel dvigatelli transport vositalaridan atmosferaga ajralayotgan azot oksidlari (NOx) chiqindilarini kamaytirish chora-tadbirlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan NOx chiqindilarining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta'siri, ularni kamaytirishning zamonaviy usullari, transport vositalarining ekologik talablarga muvofiqligini ta'minlash hamda atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi amaldagi me'yoriy-huquqiy talablar yuzasidan ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida transport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, ekologik nazoratni kuchaytirish va bu borada tashkilotlar hamda fuqarolarning mas'uliyatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha 25 ta huquqbuzarlik aniqlandi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligida o‘tkazilgan ekologik nazorat reydlari davomida viloyat hududida noqonuniy baliq ovlash bilan bog‘liq 25 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi.
⚖️ Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq 99 million 292 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
🐟 Shuningdek, huquqbuzarliklar oqibatida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 24 million 720 ming so‘m etib hisoblandi.
🌿 Tabiiy resurslarni asrash, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovlash holatlarining oldini olish barchamizning umumiy burchimizdir.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev choʻllanishga qarshi kurashish va choʻl iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по борьбе с опустыниванием и развитию пустынной экономики, а также внедрению принципов «зеленого города».
#Mirziyoyev #taqdimot #chullanish #yashilshahar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
♻️ Sirdaryoda 2026-yilning 1-yarim yilligida 1050 nafar huquqbuzar javobgarlikka tortildi
Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 1-yarim yilligida o‘tkazilgan ekologik nazorat reydlari davomida viloyat hududida 1050 nafar fuqaroning maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga noqonuniy tashlaganlik holatlari aniqlandi.
⚖️ Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹ va 91²-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda jami 476 million 941 ming so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi.
🌿 Atrof-muhit musaffoligini saqlash barchamizning burchimiz. Chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlaylik va ekologik madaniyatga amal qilaylik!
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
Web-site|Telegram |Face book |You tube |Instagram
