cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

IB va KT fakulteti | AndMI

©️ Andijon mashinasozlik instituti "Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari" fakulteti rasmiy axborot kanali! 👇Kuzatib boring! ✅ 👉🏻TikTok.com/@ibvakt 👉🏻Facebook.com/ibvaktf 👉🏻Instagram.com/ibvakt 👉🏻YouTube.com/@ibvakt

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
414
Obunachilar
-124 soatlar
-17 kunlar
-2030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_tanlov 🟢 "Bo'lajak olim" tanlovida ishtirok eting! 📣 Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar akademiyasi yoshlarning ilmiy g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida "Bo'lajak olim" tanlovini e'lon qiladi. 🖥 Tanlovda shartlari va ishtirok etishga qo'yiladigan talablar bilan batafsil BU YERDA tanishishingiz mumkin. ✉️ Tanlovga arizalar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. ⌛️ Tanlovda ishtirok eting va o'z tashabbusingizni biz bilan rivojlantiring! Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Ijodiy imtihon jarayonlari bo‘lim nazoratida. Аndijon mashinasozlik instituti talabalari safiga qoʼshilish maqsadida institutning Dizayn (avtomobilsozlik) yoʼnalishi uchun hujjat topshirgan abiturientlarning ijodiy imtixonlari 2024- yil 8-11- iyul kunlari (4 kun) institutning “Transport va logistika” fakulteti binosida boʼlib oʼtdi. Ushbu jarayonlarni ochiq va shaffof oʼtishini taʼminlash, korrupsion holatlarni oldini olish hamda natijalarni tekshirish jarayonida manfaatlar toʼqnashuvi kabi jarajonlardan holi qilish maqsadida imtihon savollari va javob varaqalari boʼlim tomonidan maxsus shifrlar bilan kodlab chiqildi. Yangiliklarni Institut veb-sayti va bo'limning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!!! 👉https://web.andmiedu.uz✅ 👉https://t.me/andmi_antikorr✅
Hammasini ko'rsatish...
👍 1😇 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
Shool 21 1min 15.03.2024.mp458.48 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📢School 21 vodiyga yo‘l oladi! Namangan va Andijon diqqat qiling Bu bizning maktabimiz bilan tanishish, ta’lim metodikasi va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari haqida bilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Qayerda va qachon ko‘rishamiz: 🗓11 iyul – Andijon 📍Digital City texnoparki, Boburshoh ko‘chasi 2-uy 🕔 11:00 da 🗓12 iyul – Namangan 📍Namangandagi IT Park binosi, Amir Temur ko‘chasi 2-uy 🕔09:00 da Havola👈 orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin Innovatsion ta’lim loyihasiga qo‘shilish va IT sohasida o‘z karyerangizni boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook текст на русском в первом комментарии
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Kasbiy ijodiy imtihonlarning ikkinchi kuni
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Institumiz talabalari Samarqandda o‘tgan respublika robototexnika musobaqasi gʻoliblari safida
Samarqand shahrida “MuhtorovS”oʻquv markazi tashabbusi bilan Robototexnika boʻyicha “Ixtirochi” respublika musobaqasi oʻtkazildi. Unda robototexnika sohasiga qiziquvchi yoshlar uchta Robo sumo, robo futbol hamda foydali robotlar yoʻnalishi boʻyicha bellashdilar. Musobaqada Andijon mashinasozlik instituti talabalari ham ishtirok etdi. Yosh ixtirochilar oʻzlari kashf etgan turli texnik, elektron qoʻllanma va eksponatlar bilan barcha yigʻilganlarni lol qoldirishdi. Musobaqalar yakuniga koʻra, Axborot tizimlari va texnologiyalari 1-bosqich talabasi Javohir Burhonov Robo sumo yoʻnalishi boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi. Mobil robotlar poygasi boʻyicha esa Mexatronika va robototexnika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Madaminjon Vahobov birinchi hamda Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish Raximjon Nosirov ikkinchi oʻrin nasib qildi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Maʼlumot uchun, musobaqa kuchli uchtalikni qoʻlga kiritgan ishtirokchi va jamoalar Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida oʻtkaziladigan “Xalqaro robototexnika” musobaqasida toʻgʻridan toʻgʻri qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
1🏆 1😇 1
#kasbiy_imtihon ⚡️Andijon mashinasozlik institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi ➕Andijon mashinasozlik institutida 2024/2025-oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha alohida iqtidor talab qiluvchi avtomobilsozlik dizayni taʼlim yoʻnalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. 📈Dastlab abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihon tartibi haqida qabul komissiyasi mas'ullari tomonidan batafsil tushuncha berilib, roʻyxatdan oʻtkazildi. ✅ Kirish imtihonlarida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, abituriyentning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning imtihon.edu.uz hamda institutning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali Internet tarmog‘ida jonli efirga uzatilmoqda. ❗️Abituriyentlarning ota-onalari va ularning yaqinlari quyidagi havolalar orqali imtihon jarayonlarini onlayn kuzatib borishlari mumkin. Birinchi guruh Ikkinchi guruh
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Diplomlarni yuklab olishda https://student.andmiedu.uz/dashboard/login Manashu silka orqali talaba oz profiliga kirib diplom malumotlarini olish bolimidan elektron yuklab olsa boladi. Yoki https://student.andmiedu.uz/dashboard/login Shu ssilka orqali kirib ekranda ochilgan oynadan uchta nuqtani bosib "diplomni tekshirish" bandiga otib JSHSHIRni terish orqali ham yuklab olsa boladi. Malumot uchun xozirda IB va KT, Mashinasozlik texnologiyasi fakultetlarining bitiruvchi kurs talabalari diplomlarini eketron yuklab olishlari mumkin. Qolgan fakultet talabalari ham bosqichma-bosqish 3-4 kun oraligida yuklab olishlari mumkin boladi. Bunga sabab mutasaddilar tomonidan har bir diplomga chop etilayot malumotlar sinchiklab tekshirib chiqilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ! 📣 “Эл-юрт умиди” жамғармаси хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади! “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танлови 500 ўринга мўлжалланган бўлиб: - бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин, - магистратура таълим дастури учун 250 ўрин, -докторантура таълим дастури учун 150 ўрин ажратилган. 🔣 Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 25 июндан 25 июлга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади. 👫 Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг 25 июлдан 24 августга қадар давом этади. ✏️ Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади. 🌐 Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг онлайн ҳужжат топшириш платформасида (http://admission.eyuf.uz) батафсил ёритиб берилган. 🌐 Эътибор беринг, (http://admission.eyuf.uz онлайн қабул платформаси 2024 йил 25 июндан бошлаб ҳужжатларни қабул қилишни бошлайди. ☎️ Қўшимча саволларга жавобларни +99 871 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 телефон рақамларидан ёки [email protected] электрон почта манзили орқали олишингиз мумкин. Телеграм бот: @EYUF_Admission_2023bot 👦👦 “Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни очиқ стипендия танловида кутиб қолади! Батафсил ўқинг 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Hammasini ko'rsatish...
21.95 MB
Germaniyadagi Merseburg amaliy fanlar universiteti bilan ikki tomonlama almashinuv dasturi yoʻlga qoʻyiladi
Joriy yilning 20-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda muhandislik taʼlimini rivojlantirish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan prezident tomonidan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Andijon mashinasozlik institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev shu kunlarda Germaniya Federativ respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safar davomida Merseburg amaliy fanlar universitetida boʻlib, muassasa rektori, professor Markus Krabbs hamda oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Xayns-Yurgen Voss bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida oʻtgan yili imzolangan hamkorlik memorandumi asosida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinishi lozim boʻlgan ishlarni muhokama qildilar. Bunda eng avvalo professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuv dasturini yoʻlga qoʻyish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Merseburg amaliy fanlar universiteti Germaniyadagi yetakchi taʼlim muassasasi boʻlib, muhandislik, tabiiy fanlar, informatika, ijtimoiy fanlar va iqtisod kabi sohalarni qamrab oluvchi 19 ta bakalavr va 23 ta magistratura dasturlarini oʻz ichiga olgan keng koʻlamli oʻquv dasturlarini taklif etadi. Universitet taʼlim dasturlarining yuqori sifati va amaliy mashgʻulotlarga katta eʼtibor qaratilishi tufayli butun dunyodan talabalarni jalb qilib keladi. Shuningdek, ushbu ilm maskani kompyuter fanlari va texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari va madaniyat, ijtimoiy fanlar va iqtisodiyot boʻyicha oʻz kurslari bilan ham mashhur. Dasturlar talabalarga kasbiy hayotini muvaffaqiyatli boshlashlari uchun barcha zarur bilim va koʻnikmalarni berish uchun moʻljallangan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.