cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ҳуқуқингизни билинг/Huquqingizni biling

ФҲДЁ ҳамда Давлат хизматлари соҳаларига оид саволларингиз борми? Ёки сизни қийнаётган муаммоларга ҳуқуқий ечим керакми? Унда мурожаатингизни ёзиб қолдиришингиз мумкин.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganTaʼlim63 654
Reklama postlari
396
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-1330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Jurnalist-kotib
Photo unavailableShow in Telegram
Вазирлик ва идоралар қабул қилган ҳужжатлар нега "E-qaror» электрон тизимида эълон қилинмаяпти? Ўзбекистон Президентнинг 2022 йил 23 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотлари доирасида республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига асосан 2023 йил 1 сентябрдан бошлаб барча республика ижро этувчи ҳокимият органларида буйруқ, қарор ва фармойишлар «E-qaror» электрон тизими орқали қабул қилиниши ва эълон қилиши лозим эди. Афсуски, орадан 25 кун ўтган бўлсада бирор вазирлик ёки идора ҳали бирор ҳужжат қабул қилинмади. Бугун Афтидан, Адлия вазирлиги манфаатдор идоралар билан биргаликда 2023 йил 1 июнга қадар синов натижалари бўйича қарорнинг 8-банди юзасидан «E-qaror» электрон тизими орқали қабул қилиш ва эълон қилишни жорий этишни назарда тутувчи Ҳукумат қарори лойиҳасини киритмаган ёки киритган бўлсада амалий натижа бўлмаган кўринади. Ёки Ҳуқумат қарори қабул қилиниб, эълон қилинмаган бўлиши ҳам мумкин. Нима бўлган тақдирда ҳам вазирлик ва идоралар томонидан қабул қилинган қарорларни биз E-qaror орқали танишиб боришимиз керак эди. Балки тез орада янгилик бўлиб қолар ва қабул қилинган ҳужжатларни очиқ бемалол кўриш имкониятига эга бўлармиз. ИМҲО. Каналга уланиш учун: @Jurnalist_kotib
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Turkiston press
Ҳурматли ҳамюртлар, 📣 Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ҳудудий бошқармалари ва туман (шаҳар) лардаги "Инсон" ижтимоий хизмат кўрсатиш марказиларидаги янги вакант лавозимлар учун очиқ танлов эълон қилади. ☝️ Давлат хизматчилари учун бўш иш ўринлари ягона очиқ портали – vacancy.argos.uz платформаси орқали номзодларнинг малака талаби ўрганилиб, тест синовидан ўтказилади. Ижобий натижа кўрсатган номзодларнинг малакаси ва касбий кўникмалари вакант лавозимларга мослигини аниқлаш мақсадида улар билан суҳбатлар бўлиб ўтади. Лавозимлар: 🔸Ижтимоий хизматларни ташкиллаштириш бўйича мутахассис 🔸Маҳаллалардаги комплекс ижтимоий хизмат кўрсатувчи ходим Ҳудудлар кесимида: Тошкент вилояти (15 та ваканция) Фарғона вилояти (1 та ваканция) Андижон вилояти (36 та ваканция) ☑️ Ушбу ваканцияларга ўрта-махсус маълумотли номзодлар ва сиртқи таълим 4-5 курс талабалари ҳам ҳужжат топшира олади. 👉 Ижтимоий ходим лавозими учун белгиланган малака талаблари 👉 Ижтимоий хизматларни кўрсатувчи ижтимоий ходимнинг асосий вазифалари ‼️ Шошилинг, ариза топшириш муддати қисқа (18-20 сентябрь) Ушбу маълумотларни бошқаларга ҳам улашинг, кимдур учун янги имконият бўлиши мумкин. Каналга обуна бўлишни унутманг @turkistonpress
Hammasini ko'rsatish...
Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali

Repost from Sevara Urinbayeva
Photo unavailableShow in Telegram
#Адлия_хабари 📣 Юридик техникумларда ўқиш учун Сизда яна имконият бор 📝 Қонучиликка кўра, қуйидаги абитуриентлар Адлия вазирлигининг юридик техникумларига кириш имтиҳонларисиз, қабул параметрларидан ташқари тўлов-контракт асосида қабул қилинади: 🔸Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги академик лицейни тамомлаган, ўзлаштириш кўрсаткичи 56 ва ундан юқори фоизлик натижага эга битирувчилар; 🔸жорий йилда ўқишга кириш учун республика ОТМнинг “юриспруденция” таълим йўналиши бўйича тест синовларида иштирок этиб, ўқишга тавсия этилмаган, бироқ юридик техникумлардаги тест синовларида ўтиш балини тўплаган абитуриентлар; 🔸чет тилини билиш даражасини тасдиқловчи B2 ва ундан юқори даражадаги давлат малака сертификатига ёки халқаро сертификатларга эга абитуриентлар. ❕Ушбу тоифадаги абитуриентлар жорий йил 25 сентябрга қадар (шу куни ҳам) тўлов-контракт асосида ўқишга кириш учун ариза билан юридик техникумга мурожаат қилишлари мумкин. Юридик техникумда ўқиш афзалликлари ҳақида батафсил бу ерда танишинг. Имкониятни қўлдан бой берманг! Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/SevaraJournalist
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Turkiston press
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ‼️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi 🔰Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat: 🔹har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish; 🔹barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash; 🔹suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish; 🔹qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish; 🔹“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish. 🔘Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan: ➖davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi; ➖Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi; ➖banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. 🔘 2023/2024 oʻquv yilidan: ➖umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi; ➖Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 @turkistonpress
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul #qoshma_talim O'QISHGA MARHAMAT!!! Andijon mashinasozlik instituti Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturiga o'qishga taklif etadi!!! Dasturga asosan bakalavr yo‘nalishida talabalar o‘qishning dastlabki 2 yilini Andijon mashinasozlik institutida, keyingi 2 yillik tahsilni es Belarus milliy texnika universitetida davom ettirishadi. Magistratura yo‘nalishlarida esa o‘qish muddati 1+1 dasturi asosida amalga oshiriladi. O‘quv jarayonlarini muvafaqqiyatli tamomlagan talabalarga 2 ta diplom beriladi! 📨📨Qabul joriy yilning 20-sentabrga qadar davom etadi! 📜Bakalavriat: 1. Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) - 25 ta o‘rin; 2. Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)- 25 ta o‘rin. 📜Magistratura: 1. Metallurgiya mashinalari va jihozlari (ishlab chiqarish turi bo‘yicha) - 10 ta o‘rin. 2.Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) - 10 ta o‘rin. 3.Elektr ta`minoti (tarmoqlar bo‘yicha) - 10 ta o‘rin. 4. Intellektual transport tizimlari - 10 ta o‘rin. 🗓Kerakli hujjatlar: - rektor nomiga ariza; - shaxsni tasdiqlovchi hujjatning 2 ta nushasi (asli ko'rsatiladi); - maktabni tamomlaganligi to'g'risidagi attestat yoki o'rta ta'lim diplomi va uning ilovasi; - 3,5x4,5 o'lchamdagi 6 dona fotosurat; - hujjatlar uchun papka. 📞 Batafsil ma'lumot uchun tel.: +998-90-216-99-00, +998-90-622-24-70. 📌 Manzil: Andijon shahri, Bobur shoxko'chasi, 56-uy. Darvoqe, rus tilini bilishlari muhim hisoblanadi! Shoshiling! Taʼlim olish imkoniyatini qoʻldan chiqarmang! Kelajagingizni Andijon mashinasozlik instituti bilan birgalikda quring!!! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Turkiston press
00:15
Video unavailableShow in Telegram
#Tezkor Xonobod shahrida Qirg'iziston bilan chegara ochilmoqda Ayni vaqtda ochilish marosimiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Ushbu chegara posti orqali Jalolobod shahriga o'tish mumkin bo'ladi. Marhamat tumanidagi chegara ham ochilgani aytilmoqda. Kanalga ulanish 👇👇👇 @turkistonpress
Hammasini ko'rsatish...
video_2023-09-01_08-56-21.mp42.66 MB
Repost from Turkiston press
Photo unavailableShow in Telegram
Birozdan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchi oʻrnini koʻpaytirish hamda oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlanadi. @turkistonpress
Hammasini ko'rsatish...
Repost from aslofficial
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Texnikumni tamomlagan 3 nafar bitiruvchimiz suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘ldi! ✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bo‘lgan bitiruvchilariga, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-bosqichdan o‘qishga kirish huquqi belgilangan. Joriy yilning 15–16-avgust kunlari 2023/2024-o‘quv yili uchun yo‘llanma berilgan bitiruvchilar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish boʻyicha yakka tartibdagi suhbat oʻtkazildi. 📊 Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra, Andijon viloyati yuridik texnikumi 2023-yil bitiruvchilari Faroxiddinova Oydinoy Faxriddin qizi 87.00, Mirxamedov Mirxomidjon Abduraxmon o‘g‘‘li 72.83 hamda Maripova Muslimabonu Sharifon qizi 72.40 ball to‘plab Toshkent davlat yuridik universitetining "Yurisprudensiya" yo'nalishiga suhbat asosida 2-bosqichdan talabalikka tavsiya etilishdi. Bitiruvchimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz. O'qishlariga va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating: |•Telegram|•Instagram|•Facebook|•Veb-sayt|•You tube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from aslofficial
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari ‼️Yuridik texnikumlarga qabul tugashiga 2 kun qoldi 🗓 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish davom etmoqda. Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati – 20-avgust (shu kuni ham). ⚠️ Ma’lumot uchun: Yuridik texnikumlarga 2023/2024-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi. 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating: |•Telegram|•Instagram|•Facebook|•Veb-sayt|•You tube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Jurnalist-kotib
Andijon shahar hokimi qarorni qabul qilishga nega shoshildi? Andijon shahar hokimligi shahar hokimining "Andijon shahar mahalliy byudjetining 2023 yil 2-chorak yakuni bilan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida"gi qarorini 31-iyul kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga muhokama uchun qo‘ygan. Muhokama 15-avgust kuni yakunlanishi kerak edi. Biroq Andijon shahar hokimi 14-avgust kuni ayni muhokamaga qo‘yilgan qarorni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi qarori sifatida qabul qilgan. Hokimlik yuristlari yo qonunchilikni tushunmaydi yoki ishlashni bilishmaydi. Raz muhokamaga qo‘ydingmi tugash muddatini kutib keyin chiqar, kutishni istamasang muhokamaga qo‘yma. Nimas qilasizlar ko‘zbo‘yamachilik qilib? Каналга уланиш учун: @Jurnalist_kotib
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.