cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Arab tilim

﷽ Allohim qolgan umrimizni ketgan umrimizdan xayrli aylasin bizlarni dunyo dardiga tushib dunyo qadar dardi boʻlganlardan emas oxirat dardiga tushub jannat qadar umidi boʻlganlardan qilsin...

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
284
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Qurʼon yodlashni osonlashtiruvchi omillar 1. Xolis niyat 2. Duo 3. Istigʻfor aytish va maʼsiyatlarni tark qilish 4. Sabr va ulkan qatʼiyat 5. Yodlash uchun muayyan bir vaqt ajratish 6. Dunyo bilan kamroq mashgʻul boʻlish 7. Yodlash uchun kunlik tartib 8. Qiroatni bardavom qilish, uzib qoʻymaslik 9. Yodlashda ertalabni tanlash va tilovatni mudom qilish 10. Qurʼon ahlini doʻst tutish va qorilarga oʻqib bermoq 11. Ortiqcha vaqtlarda qiroatni koʻpaytirish 12. Yodlangan qiroatni namozda qoʻshish 13. Yodlangan suralarni farz yoki naflga zam qilish 14. Doimiy ravishda yod olingan oyatlarni qaytarib, takrorlab turish 15. Masjid va ilm majlislariga borish 📖 @Arabtiliim
Hammasini ko'rsatish...
qo‘shimcha ravishda har Juma mutlaqo bepul darslar ham olib borilar ekan 🤩🤩🤩
Hammasini ko'rsatish...
🌸Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu. 🌸 Qadrli ilm shaydosi bo‘lgan tolibalar uchun ajoyib yangilik 🤩 العلم نور academy tomonidan ayol va qizlarimiz uchun arab tilidan Ajjoyib darslar tashkillanmoqda ekan 💫✨ Siz bu academy da 1) Boshlang‘ich arab tili 2) Arab tili grammatikasi va so‘zlashuv 3) Bayna Yadayk kitobidan darslar 4) Takallum kitobidan darslar olishingiz mumkin. 🥳🥳🥳 Academy ochilishi munosabati bilan barcha darslar juda arzon narxlarda 1) Boshlang‘ich arab tili darslari --- 80 ming so‘m qolgan darslar 100 hamda 120 ming so‘mdan agar siz academy ga 10 nafar ayol- qizni taklif qilsangiz maxsus chegirma asosida xohlagan kursingizda tekin o‘qish imkoniyati 🤩🤩🤩🤩 Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermang / joylar soni cheklangan axir 🤫 Yaqinlaringizni ham taklif qilishni unutmang 🤗 https://t.me/+GYC2EDFKVp0yODA6 Murojaat uchun : Mubashshir_a
Hammasini ko'rsatish...
🔮 academy العلم نور

بسم الله الرحمن الرحيم اقْرَأْ بِاسْمِ رَبِّكَ الَّذِي خَلَقَ Yaratgan Robbingiz nomi bilan o‘qing. 96:1

Repost from Marvaridga
Elektr tokidan qo'li kuyibdi va uni olib tashlashibdi. Har 6 oyda yangi protez qo'ydirish kerak ekan. Hozir qo'llari protezsiz. Shunga yordam beraylik❤️. Shirin bolacha ekan. Commentda yana videolarini tashlayapman. Karta bizniki. Hozir 321 ming pul bor avvalgi ehsondan qolgan. Ushanga qo'shilib ketadi. Kam bo'lsa ham, tashlayvering. Ko'payadi hammaniki birlashib. #ehson 8600 0417 3418 5458 Oktamjonova Nozanin Hisobotni commentda tashlab turaman. Kuzatib turishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from AYYUBNING ONASI
2019 Ramazon kundaligi! Allohning fazli marhamati ila anchadan buyon vada etilgan ”Ramazon kundaligi” tayyor bo’ldi! Bu kundalikni printerdan chiqarib olib undan foydalaning va qarindosh-birodarlaringiz hamda taniganu-tanimagan bilan ulashing! Shu kanaldagi har bir shaxs o’z yaqinlariga yo’ki o’z kanaliga bu kundalikni joylashligini so’rab qolamiz, Zero kim bir yaxshilikka bir insonni yetaklab qo’ysa usha kishi yaxshilik qilayotgan kishidek ajrlanadi. Agar sizda Printerdan chiqarishni umuman imkoni bo’lmasa unda telfoningizda pdf-format o’qidigan ilovani yuklab olib usha orqali bu kundalikni to’ldirib borishlik imkoniyatiga egasiz. Xohish-istak bo’lsa albatta imkon topiladi! Bu kundalikni Allohning marhamati ila bitirar ekanmiz anchadan buyon shu kundalik uchun harakat qilib kelgan muslimalarga o’z minnadorchiligimizni bildirib qolamiz! BintYunus #ramazonkundaligi
Hammasini ko'rsatish...
Ramazon kundaligii.pdf16.11 MB
Photo unavailableShow in Telegram
• بسم الله الرحمن الرحيم • •Mehribon Bo’lgan Allah’ning Nomi bilan• Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatuh 😇 📣📣📣📣 Ajoyib Yangilik 🥳🥳 🎉 Ramazon oyida #Arab #tilida o'qish va yozishni o'rganamiz 👏👏👏 📚 Darslarimiz narxi: Duolaringizda eslasangiz kifoya 🤲 📢 Darslar vaqti: haftada 2 marta. 🤗 Guruhlarga yozilishga ulgurib qolamiz 👏 ✨Yaqinlarimiz uchun ham ulashamiz 🥳 Ikkita guruh ochiladi va har bir guruhga ko‘pi bilan 20 ta toliba qabul qilinadi inshaAlloh ( faqat ayol va qizlar ‼️‼️ ) Darslarga qatnashish uchun : @Mubashshir_a ga murojaat qilamiz. T.me/Arabtiliim
Hammasini ko'rsatish...
Қуръони каримни хатм қилишда ҳар ким ўз даражаси, вақти каби имкониятларини ҳисобга олиб, қуйидагиларга тақсимлаш мумкин. 1) 30 кунда хатм қилиш йўли: Ҳар куни 1 порадан ўқилади. Бомдоддан кейин (ёки олдин): 4 саҳифа (бет) Пешиндан кейин: 4 саҳифа Асрдан кейин: 4 саҳифа Шомдан кейин: 4 саҳифа Хуфтондан кейин: 4 саҳифа 2) 15 кунда хатм қилиш йўли: Ҳар куни икки порадан ўқилади. Бомдоддан кейин (ёки олдин): 8 саҳифа (бет) Пешиндан кейин: 8 саҳифа Асрдан кейин: 8 саҳифа Шомдан кейин: 8 саҳифа Хуфтондан кейин: 8 саҳифа 3) 12 кунда хатм қилиш йўли: Ҳар куни икки ярим пора (25 вароқ) дан ўқилади. Бомдоддан кейин (ёки олдин): 10 саҳифа (бет) Пешиндан кейин: 10 саҳифа Асрдан кейин: 10 саҳифа Шомдан кейин: 10 саҳифа Хуфтондан кейин: 10 саҳифа 4) 10 кунда хатм қилиш йўли: Ҳар куни уч порадан ўқилади. Бомдоддан кейин (ёки олдин): 12 саҳифа (бет) Пешиндан кейин: 12 саҳифа Асрдан кейин: 12 саҳифа Шомдан кейин: 12 саҳифа Хуфтондан кейин: 12 саҳифа 5) Олий ҳимматлилар режаси — 6 кунда хатм қилиш йўли: Ҳар куни беш порадан ўқилади. Бомдоддан кейин (ёки олдин): 20 саҳифа (бет) Пешиндан кейин: 20 саҳифа Асрдан кейин: 20 саҳифа Шомдан кейин: 20 саҳифа Хуфтондан кейин: 20 саҳифа 6) Аксар саҳобалар хатм услуби: Ҳафтада бир хатм қилиш. Сураларга кўра тақсимланади. 1-кун: Фотиҳадан Нисогача 2-кун: Моидадан Тавбагача 3-кун: Юнусдан Наҳлгача 4-кун: Исродан Фурқонгача 5-кун: Шуъародан Ясингача 6-кун: Соффатдан Ҳужуротгача 7-кун: Қофдан Насгача Хатмга ёрдамчи ишлар: 1. Қуръон фазилатлари ҳақида китоб ўқиш, маърузалар эшитиш; 2. Қуръон ўқишдан олдин ўша оятлар тафсирини ўқиб қўйиш; 3. Чиройли тиловатлар эшитиш; 4. Мусобақа қилиш (дўст ёки оила билан); 5. Кўпроқ дуо қилиш; Рамазон ойи хатм қилиш катта фазилат ва унга ўрганиш учун энг қулай имкониятдир. (Изоҳда ушбу мавзуга оид кўрсатув ҳам бор.) Яхшиликка далолат қилган киши ўша яхшиликни бажарган кишидек ажр олади. Бошқаларга ҳам улашинг ва уларнинг хатм савобига ҳам шерик бўлинг! @Arabtiliim
Hammasini ko'rsatish...
Qur'onni har kuni (30 kun) davomida xatm qilish. Xar kuni bir poradan òqish : Bomdod : 4 bet Peshin : 4 bet Asr: 4 bet Shom: 4 bet Xufton: 4 bet Har kuni (15 kun) davomida Qur'onni xatm qilish usuli. Xar kuni ikki poradan òqish usuli : Bomdod : 8 bet Peshin : 8 sahifa Asr: 8 bet Shom : 8 bet Xufton : 8 bet Qur'onni har kuni (12 kun)da xatm qilish: ikki yarim poradan òqish usuli: Bomdod : 10 bet Peshin: 10 bet Asr: 10 bet Shom: 10 bet Xufton: 10 bet Har kuni (10 kun) davomida Qur'onni xatm qilish usuli, 3 poradan òqish usuli : Bomdod : 12 ta sahifa Peshin : 12 bet Asr: 12 bet Shom : 12 bet Xufton : 12 bet Ushbu dastur Oliy darajadagi insonlar uchun .. Har kuni (6 kun) davomida Qur'onni to'liq xatm qilish, xar kuni 5 poradan òqish usuli : Bomdod : 20 ta sahifa Peshin: 20 bet Asr: 20 bet Shom: 20 bet Xufton : 20 bet Tarqating, siz tufayli kimdir Qur'onni hatm qilganda qanchalar ajrga ega bòlishingizni bilmaysiz. @Arabtiliim
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Madinada ramazonga tayyorgarlik boshlandi! Bu suratni koʻrib koʻzlarga yosh keldi. Oʻtgan ramazon orzu va armon boʻlgan tarovehlarga mana sanoqli kunlar qoldi. Ramazonga yetish va undan unumli foydalanish barchamizga nasib qilsin 😇 T.me/Arabtiliim
Hammasini ko'rsatish...
#Ro’zaning turlari. Ro’zaning turlari to’rttadir: 1. Lozim ro’za. 2. Harom ro’za 3. Makruh ro’za 4. Ixtiyoriy ro’za ⠀ Lozim ro’za ikkiga: farz va vojibga bo’linadi.⠀ 1. Farz ro’za. U ham ikkiga: tayin qilingan va tayin qilinmagan ro’za farz ro’zaga bo’linadi.⠀ Tayin qilingan farz ro’za-Ramazon ro’zasini ado etishdir. Bu Qur’on, sunnat va ulamolar ijmo’i bilan sobit bo’lgan.⠀ Tayin qilinmagan farz ro’za-Ramazonning qazosi va kafforatining ro’zasidir.⠀ Shuningdek, hayz va nifosli ayollar, homilador va emizikli ayollar ham imkon topganlarida Ramazonning qazo ro’zasini tutadilar.⠀ 2. Vojib ro’za. Vojib ro’za ham ikkiga: tayin qilingan va tayin qilinmagan vojib ro’zaga bo’linadi. Tayin qilingan vojib ro’za-muayyan nazr (tayinli kun) ro’za va Ramazon oyining hilolini ko’rib, shahodati qabul qilinmagan kishining ro’zasidir. ⠀ Alloh taolo shunday degan:⠀ “...nazrlariga vafo qilsinlar” (Haj surasi,29) Demak, musulmon kishi ro’za tutishni nazr qilishi bilan uni o’ziga vojib qilib olgan bo’ladi.⠀ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:⠀ “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “ Uni ko’rib, ro’za tutinglar. Uni ko’rib, ro’zani ochinglar”, dedilar(Termiziy rivoyati) Aytaylik, bir kishi yangi oyni ko’rdi, lekin qandaydir sabablarga ko’ra uning guvohligi o’tmadi. Yuqoridagi hadisga binoan ro’za tutish uning o’ziga vojib bo’ladi.⠀ Tayin qilinmagan vojib ro’za:⠀ a) Nazr ro’za(mutlaq ro’za ham deyiladi) Bu kunini tayin qilmasdan, bir kun ro’za tutishni nazr qilgan kishining ro’zasidir Masalan, “Falon ishim amalga oshsa, bir kun ro’za tutishni nazr(soʻz berish) qildim” deyilgani kabi b)Muayyan kunda ro’za tutishni nazr qilib, tuta olmagan kishining qazo ro’zasi⠀ c)Ro’za tutishga qasam ichib, zimmasiga ro’zani vojib qilib olgan kishining ro’zasi⠀ d)Nafl ro’zani tutishni boshlab, oxiriga yetkazmay, ochib yuborgan kishining o’sha kun uchun tutadigan qazo ro’zasi⠀ e)Kafforat ro’zalari: zihor, qatl, Ramazonning ro’zasini qasddan ochib yuborish va qasamni buzganining Kafforati uchun tutiladigan ro’zalar⠀ f)Tammattu’ va qiron uchun ehromga kirib, qurbonlik qila olmagan kishining 10 kunlik ro’zasi⠀ g)Ehromdalik chog’ida, vaqti kirmasidan oldin soch oldirgan kishining kafforat uchun tutadigan 3 kunlik ro’zasi I) Haramda ov qilishning jazosi uchun tutiladigan ro'za m)E'tikofini buzib qo'ygan kishining qazo ro'zasi 📚“Mo’minning qalqoni” Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.