📱BoSs Electronics
Kanalga Telegram’da o‘tish
Хуш келибсиз!!!🇺🇿 📍Манзил: Бағдод шахарчаси Халқ банки ёнида "BoSsElectronics" дукони‼️ 📞+998 99-603-07-07 📩 Founder: @UlugXanBosS
Ko'proq ko'rsatish2 136
Obunachilar
-524 soatlar
-37 kunlar
+13130 kunlar
Postlar arxiv
2 150
ТЕЗ-ТЕЗ ЭХСОН ҚИЛИБ ТУРИНГ
Жуда оз бўлса ҳам, кунига эхсон қилишни одат қилинг. Чунки эхсон:
• Аллоҳнинг ғазабини ўчиради;
• касалликка даво бўлади;
• мол-мулкингни поклайди;
• Қиёмат куни сенга соя бўлади;
• вафотингдан кейин ҳам ажр-савобингни кўпайтириб туради.
🔔 Yaqinlaringizga ulashing 🔔
https://t.me/joinchat/AAAAAEQIWJa-Wk5SRzrFbQ ✅
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
😎@BoSs_Electronics😎
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
2 150
+1
iPhone 17 Pro’ning eng aniq maketi suratlarda namoyon qilindi
Mashhur insayder Madjin Bu yangi iPhone 17 Pro’ning yuqori sifatli maket suratlarini e’lon qildi. Endi iPhone 17 Pro va 17 Pro Max aynan shunday ko‘rinishga ega bo‘lishiga deyarli hech qanday shubha qolmadi.
iPhone 17, 17 Pro, 17 Pro Max va 17 Air modellarining rasmiy taqdimoti sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Dizayni haqida nima deysiz? Ko‘z o‘rganib ulgurdimi?
😎@BoSs_Electronics😎
2 150
КИРИБ КЕЛГАН ЯНГИ ЙИЛИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН!
😴Ҳижрий янги 1447 йил кириб келди.
2025 йилнинг 26 июнь куни – янги 1447 ҳижрий йил – Муҳаррам ойи бошланишининг 1 кунидир.
Муҳаррам ойи қандай ой?
Муҳаррам ойи – мусулмонлар тақвимининг биринчи ойидир. Бу ой Аллоҳ таоло уруш, қон тўкишни ҳаром қилган (Зулҳижжа, Зулқаъда, Муҳаррам, Ражаб) тўрт ойнинг бири бўлиб, унинг ўнинчи куни яъни, ашуро куни алоҳида фазилатларга эга.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Муҳаррам ойида тутилган рўзани Рамазондан кейинги энг афзал рўза эканини таъкидлаганлар.
🤲Аллоҳ таоло ушбу ойнинг фазилатларидан барча мўмин-мусулмонларни тўлиқ баҳраманд этсин. Ўзининг розилигини топадиган амалларда бардавом қилсин.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Янги йил билан барча дўстларингизни табрикланг!
😎@BoSs_Electronics😎
2 150
DIQQAT! BEDARAK YO
`QOLGAN BOLA QIDIRILMOQDA‼️
📌 Ismi: Murodov Shohrux Ma`mirjon o`g`li.
📌 Tug‘ilgan yili: 10.06.2008 yil.
📌 Yosh: 17 yosh.
📌 Yo‘qolgan sanasi: 2025-yil 24-iyun kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
📌 Libosi: Egnida qora shim, qora futbolka va boshida qora kepka bo`lgan.
📌 Tashqi belgilar: Ozg`indan kelgan, bo`yi 170 sm, vazni 62 kg.
❗️Agar ushbu bolaning joylashuvi haqida har qanday ma’lumotga ega bo‘lsangiz, iltimos, zudlik bilan quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
📞 Aloqa uchun: Sobirov Muxtorjon Murodovich. +99890-407-94-17, +99895-008-94-17
🙏 Iltimos, ushbu e’londan imkon qadar ko‘proq odamni xabardor qiling. Ulashish orqali yordam berishingiz mumkin.2 150
+4
Xiaomi kuchli subflagmanlarning yangi avlodini taqdim etdi
POCO F7 nafaqat ko‘rinish jihatdan chiroyliroq, balki avvalgisidan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Qizig‘i, kompaniya bir vaqtning o‘zida Yevropa va Hindiston uchun alohida taqdimot o‘tkazdi — va negadir hind versiyasi ancha afzal bo‘lib chiqdi. Keling, tafsilotlarga o‘taylik:
Asosiy xususiyatlair:
• Ekran: 6,83 dyuymli AMOLED (2772 × 1280), 120 Hz yangilanish tezligi, 3200 nit yorqinlik, Wet Touch Display funksiyasi — barmoqlar terlagan holatda ham mukammal ishlaydi.
• Protsessor: Qualcomm Snapdragon 8s Gen 4 + Adreno 825 grafikasi.
• Sovutish tizimi: POCO tarixidagi eng katta 6000 mm² bug‘ kamerasi.
• O‘yinlarda unumdorlik: PUBG’da 90 fps, Genshin’da 120 fps’gacha.
• Xotira variantlari: 12/256 GB va 12/512 GB.
• Kamera: Asosiy — Sony IMX882, 50 MP, f/1.5 diafragma, optik stabilizator, 1/1.95 dyuymli matritsa, keng burchakli — 8 MP (oddiy modul), old kamera — OmniVision OV20B, 20 MP, f/2.2.
• Batareya va quvvatlash: Yevropa — 6500 mA·soat / Hind versiyasi — 7550 mA·soat. Zaryad tezligi: simli — 90 Vt, teskari — 22,5 Vt.
• Himoya darajasi: IP68 (Yevropa) / IP69 (Hindiston)
• Dasturiy ta’minot: Android 15 + HyperOS 2 qobig‘i.
Ranglar: qora, kumushrang va Cyber Silver Edition — Qualcomm logosi va “ichki tizim” dizayni bilan.
Narx masalasi esa haqli savol tug‘diradi: Hindistonda POCO F7 bazaviy modeli atigi 30 000 rupiyga (taxminan $350) sotilmoqda, Yevropada esa — $400 atrofida.
Bunday farqda, ayniqsa batareya sig‘imi va himoya darajasidagi farqlar hisobga olinsa, Yevropa foydalanuvchilari biroz norozi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, POCO F7 kuchli texnik xususiyatlari bilan o‘z sinfida eng yaxshi smartfonlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
