Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal
Сайт: https://iibb.uz/ Facebook: fb.com/iibb.uz Instagram: www.instagram.com/iibb_uz ВК – vk.com/iibbuz ОК – ok.ru/iibbuz YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/ Х – x.com/iibb_uz
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal analitikasi
Toshkent shahar IIBB | Rasmiy kanal (@iibbuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 31 402 obunachidan iborat bo'lib, Yangiliklar & Media toifasida 7 924-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 510-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 31 402 obunachiga ega bo‘ldi.
01 Noyabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 885 ga, so‘nggi 24 soatda esa 131 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 14.91% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 9.96% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 4 681 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 127 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 15 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Сайт: https://iibb.uz/
Facebook: fb.com/iibb.uz
Instagram: www.instagram.com/iibb_uz
ВК – vk.com/iibbuz
ОК – ok.ru/iibbuz
YouTube: youtube.com/@ToshkentshaharIIBB
Mover: mover.uz/channel/Toshkent_IIBB_Multimedia/
Х – x.com/iibb_uz”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 02 Noyabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yangiliklar & Media toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Havo haroratining keskin o‘zgarishi va kunlarning sovishi isitish jihozlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. Biroq isitish manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar, eng achinarlisi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelib, insonlar qurbon bo‘lishi mumkin. Maʼlumki, is gazi rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida hosil bo‘ladi. Is gazidan zaharlanmaslik va yong‘in kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi: - gaz plitasidan xonani isitishda foydalanmaslik; - gaz plitasining ustida kiyimlarni quritmaslik; - yosh bolalarni gaz uskunalari yaqinida qarovsiz qoldirmaslik; - gaz plitasini nazoratsiz yoqilgan holatda qoldirmaslik; - gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib ko‘rmaslik; - gaz ballonlarini issiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik. Agar xonada gaz hidi sezilsa nima qilish kerak? - oyna va eshiklarni zudlik bilan ochish va ko‘chaga toza havoga chiqish; - 104 raqami orqali gaz xo‘jaligi avariya-dispetcherlik xizmati yoki 1050 raqami orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish; - is gazidan zaharlangan shaxs bo‘lsa, zudlik bilan toza havoga olib chiqish va 103 raqami orqali tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini chaqirish. Unutmang! Gaz hidi sezilganda chiroqni yoki olov yoqish, elektr uskunalarni ishga tushirish qatʼiyan taqiqlanadi!——— 🌡 Ҳурматли фуқаролар, совуқ кунлар яқинлашмоқда, ис гази заҳридан огоҳ бўлинг!
Ҳаво ҳароратининг кескин ўзгариши ва кунларнинг совиши иситиш жиҳозларига бўлган эҳтиёжни оширмоқда. Бироқ иситиш манбаларидан нотўғри фойдаланиш оқибатида ис гази билан боғлиқ кўнгилсиз ҳодисалар, энг ачинарлиси, фавқулодда вазиятлар юзага келиб, инсонлар қурбон бўлиши мумкин. Маълумки, ис гази рангсиз, ҳидсиз заҳарли бирикма бўлиб, табиий газ, ёқилғи, кўмир, ўтин чўғлари тўлиқ ёнмаслиги оқибатида ҳосил бўлади. Ис газидан заҳарланмаслик ва ёнғин келиб чиқишига йўл қўймаслик учун қуйидагилар тавсия этилади: - газ плитасидан хонани иситишда фойдаланмаслик; - газ плитасининг устида кийимларни қуритмаслик; - ёш болаларни газ ускуналари яқинида қаровсиз қолдирмаслик; - газ плитасини назоратсиз ёқилган ҳолатда қолдирмаслик; - газ сизиб чиқаётганини очиқ олов, масалан гугурт чақиб текшириб кўрмаслик; - газ баллонларини иссиқлик манбаига яқин жойда қолдирмаслик. Агар хонада газ ҳиди сезилса нима қилиш керак? - ойна ва эшикларни зудлик билан очиш ва кўчага тоза ҳавога чиқиш; - 104 рақами орқали газ хўжалиги авария-диспетчерлик хизмати ёки 1050 рақами орқали қутқарув хизматига қўнғироқ қилиш; - ис газидан заҳарланган шахс бўлса, зудлик билан тоза ҳавога олиб чиқиш ва 103 рақами орқали тез тиббий ёрдам хизмати ходимларини чақириш. Унутманг! Газ ҳиди сезилганда чироқни ёки олов ёқиш, электр ускуналарни ишга тушириш қатъиян тақиқланади!Sahifalarimizga obuna bo'ling! 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 35 yilligi munosabati bilan Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan litseyi hamda IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan onlayn konferensiya tashkil etildi. Konferensiya davomida ikki ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida o‘zaro suhbat, savol-javoblar va ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot jarayonida ta’lim muassasalari faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intizom va mas’uliyatni shakllantirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi. Ushbu onlayn uchrashuv ikki muassasa o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.——— 🇺🇿🤝🇧🇾 ЎЗАРО ДЎСТЛИК ВА ҲАМКОРЛИК АЛОҚАЛАРИ МУСТАҲКАМЛАНМОҚДА
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг 35 йиллиги муносабати билан Беларус Республикаси Ички ишлар вазирлигининг ихтисослаштирилган лицейи ҳамда ИИВнинг 1-сонли Тошкент академик лицейи ўртасида дўстлик ва ҳамкорлик алоқаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган онлайн конференция ташкил этилди. Конференция давомида икки таълим муассасаси вакиллари ўртасида ўзаро суҳбат, савол-жавоблар ва очиқ мулоқот бўлиб ўтди. Мулоқот жараёнида таълим муассасалари фаолияти, ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш, интизом ва масъулиятни шакллантириш, шунингдек, ўзаро тажриба алмашиш масалалари юзасидан фикрлар билдирилди. Ушбу онлайн учрашув икки муассаса ўртасидаги дўстона муносабатларни ривожлантириш, ўзаро ҳамкорликни кенгайтириш ҳамда ёшлар ўртасида халқаро алоқаларни мустаҳкамлаш йўлидаги муҳим қадамлардан бири бўлди.© IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi 💻 Facebook 🖥 Instagram 📲 Telegram 💻 VK 📱 OK 📹 YouTube 🎥 Mover 🐤 Twitter 📲 Threads
