UWED Students' Council
Kanalga Telegram’da o‘tish
©JIDU Talabalar Kengashining rasmiy kanali Anonim murojaatlar uchun: @anonymsc_bot 📍JIDU, B-104
Ko'proq ko'rsatish3 942
Obunachilar
-524 soatlar
-37 kunlar
-2330 kunlar
Postlar arxiv
☀️Yozni foydali o'tkazing — Universitetimizning Karyera rivojlantirish bo‘limida amaliyot o'ting!
Karyera rivojlantirish bo‘limi 1 va 2-bosqich talabalari uchun yozgi amaliyot dasturiga taklif qiladi.
Biz tashabbuskor, mas'uliyatli va o'z ustida ishlashga tayyor talabalarni jamoamizga qabul qilamiz.
Agar siz:
✨faol va tashabbuskor bo'lsangiz;
💡kreativ fikrlasangiz va yangi g'oyalarni ilgari surishni istasangiz;
🤝jamoada ishlashni va odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirsangiz;
🚀rivojlantirishga intilsangiz hamda yangi bilim va tajribaga ochiq bo'lsangiz —
Unda aynan sizni taklif qilamiz!
Amaliyot davomida siz:
🤔karyera tadbirlari, treninglar va uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etasiz;
🤔ish beruvchilar va kompaniyalar bilan bevosita hamkorlik qilib, ularni universitetning karyera platformalarida ro'yxatdan o'tishga va bo'sh ish o'rinlarini joylashtirishga jalb etasiz;
🤔o'tkaziladigan uchrashuvlar va sessiyalarida ishtirok etib, kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirishga ko'maklashasiz;
🤔samarali muloqot ko'nikmalarini rivojlantirasiz;
🤔yangi professional aloqalar orttirasiz;
🤔kelajakdagi faoliyatingiz uchun foydali amaliy tajriba orttirasiz;
🏅Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so'ng sertifikat taqdim etiladi.
📅 Amaliyot muddati: Iyul–Avgust
📍 Manzil: JIDU
📝 Ariza topshirish: Google form
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📣 DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
Abituriyentlar ruxsatnomalari tayyor bo‘ldi🧾 2026-2027-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishlari mumkin. 🆔🧾⏰ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. 📕 Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi **“Olimpiya shaharchasi”**da tashkil etilgan gala-konsert dasturida faol ishtirok etmoqda.
Bayramona kayfiyat, jo‘shqin chiqishlar va unutilmas lahzalar hukm surayotgan ushbu tadbirda yoshlar birgalikda “Yoshlar kuni”ni ko‘tarinki ruhda nishonlamoqda. 🎉🇺🇿
©JIDU Talabalar KengashiTelegram | Instagram
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
#YoshlarKuni
🎉 Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talaba-yoshlari!
🇺🇿 Barchangizni 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
🧒 Yoshlik — umrning bahori. Ertangi kun istiqboli, mustahkam poydevorini qoʻyish uchun muhim palladir. Uning har bir lahzasini unumli oʻtkazishga intiling.
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi sizlarga mustahkam sog'liq, ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilaydi.
🔵Unutmang, Sizning tashabbusingiz yurtimiz ravnaqi uchun muhim ahamiyatga ega. Ilm izlang, sadoqatli bo‘ling, orzularingiz sari dadil intiling. Yangi g‘oyalar, kreativ fikrlar va zamonaviy yondashuvlar bilan kelajakka yo‘l oching!
Yoshlar kuni barchangizga muborak bo‘lsin!
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
#KitobOlamiFestivali
📚”Kitob Olami” festivalida ishtirok etishni istagan barcha kitobsevarlarni ishtirok etishga taklif etamiz.
📅29–30-iyun kunlari Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan festival doirasida kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar hamda boy madaniy dasturlar tashkil etiladi.
📝Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi bot orqali murojaat qiling: Havola
©JIDU Talabalar KengashiTelegram | Instagram
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!
⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va xodimlari!
JIDUda FIFA Jahon chempionati–2026 guruh bosqichidagi O‘zbekiston – Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning jonli efir namoyishi tashkil etiladi.
⚽️ Barchangizni ushbu muhim o‘yinni birgalikda tomosha qilish va milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
🏆O‘zbekiston uchun birlashamiz! Olg‘a, O‘zbekiston!
📆23-iyun, 2026-yil
⏰22:00
📍JIDU, “B” bino, Kinozal
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Repost from UWEDFORCE🛡
Hayotingizni tanlang, giyohvandlikni emas❕️🛡
🛡Biz, "UWEDFORCE" jamoasi, yoshlar kelajagiga befarq emasmiz. Giyohvandlik — bu shunchaki zararli odat emas, bu insoniyat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid soluvchi og‘ir jinoyatdir.
Videoroligimiz orqali sog‘lom turmush tarzi naqadar muhimligini yana bir bor eslatmoqchimiz. Unutmang, har bir tanlovingiz ertangi kuningizni belgilaydi.
Sog‘lom kelajak uchun birgalikda kurashamiz❕️
Yangiliklarni kuzatib borish uchun rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling👇
Telegram | Instagram
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
#Qabul_2026
#Call_Center
⚡️Eslatib o‘tamiz, JIDUda “Call-center” va “Maslahat markazi” ish faoliyati davom etmoqda!
⏺Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2026/2027-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlariga tez va aniq javob, huquqiy tushuncha va maslahatlar berish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qabul komissiyasi huzurida “Call-center” va “Maslahat markazi” ishga tushirildi.
📞 “Call-center” orqali 2026/2027 oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
Bundan tashqari, JIDUga kelib, jonli maslahat ham olishingiz mumkin.
❗️ Ish vaqti: Dushanbadan shanbagacha 09.00 dan 17.00 ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.
📞 Murojaat uchun:
+99871 267 08 46 +99871 267 08 52 +99871 267 08 16 +99871 268 35 40🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
+3
#Rahbar_va_Yoshlar_uchrashuvi
⚡️Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” doirasida “Ko‘ngillik — kelajak” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🎙Uchrashuvda universitetning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori O. Yusupdjanov volontyorlik faoliyatining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati, insonparvarlik va saxovat kabi fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan hamda yolg‘iz yashovchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘ngillilik tashabbuslari muhokama qilindi.
📊Tadbir davomida Talabalar kengashi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etilib, talabalar manfaatlarini himoya qilish, volontyorlik faoliyatini rivojlantirish hamda yoshlar faolligini oshirish borasida erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
+2
⚡️Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” doirasida “Ko‘ngillik — kelajak” mavzusida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
➡️Uchrashuv davomida Talabalar kengashi tomonidan taqdimot o‘tkazilib, kengashning faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda volontyorlik yo‘nalishidagi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
#JIDU #TalabalarKengashi #YoshlarIttifoqi #JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿Vatanimiz madhiyasi jahon chempionati maydonida yangradi!
Ayni damda JIDU talabalari ushbu hayajonli va faxrli lahzalarni birgalikda kuzatmoqda. Tadbirni tashkil etishda JIDU Talabalar kengashi hamda Yoshlar ittifoqi faol ishtirok etdi.
⚽️Sportchilarimizga davom etayotgan bahsda omad, kuch-g‘ayrat va yorqin GOLLAR tilaymiz! Butun yurtimiz sizlar bilan birga!
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
#MilliyFashionShow #YoshlarTashabbuslariMarafoni
💃“Milliy Fashion Show” Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar kengashi, Yoshlar ittifoqi hamda Sharqshunoslik universiteti Yoshlar ittifoqi jamoalari hamkorlikda “Milliy Fashion Show” Respublika final bosqichini tashkil etish jarayonida faol ishtirok etdi.
🖼Tadbir davomida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan iste’dodli yosh dizaynerlar o‘zlarining milliy va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirgan betakror kolleksiyalarini namoyish etdilar. Fashion shou yoshlar ijodkorligi, milliy qadriyatlar va zamonaviy moda yo‘nalishlarining yorqin namunasiga aylandi.
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
🟦🟦🟦
#Qabul2026 #Abituriyent2026
Hurmatli abituriyentlar! 2026-2027-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 2026-yil 5-iyun kunidan boshlandi.
Unutmang! Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hamda yakuniy natijalarni olish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Bunda abituriyentlar:
- birinchi bosqichda har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliy ta’lim tashkilotini;
- ikkinchi bosqichda test sinovi to‘liq yakunlangandan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!
⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari, talabalari va xodimlari!
18-iyun kuni soat 07:00 da futbol bo‘yicha "JAHON CHEMPIONATI – 2026" doirasida O‘zbekiston — Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning jonli efir namoyishi tashkil etiladi.
⚽️ Barchangizni ushbu muhim o‘yinni birgalikda tomosha qilish va milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
🏆 Oʻzbekiston uchun birlashamiz! Olg'a O'zbekiston!
📆 18-iyun, 2026-yil
⏰ 07:00
📍 JIDU, "B" bino, Kinozal
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
+7
⚡️“Yoshlar muloqoti” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
📣11–12-iyun kunlari Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yoshlar muloqoti” nomli uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar kengasi intellektual loyihalar departamenti raisi Mamajonov Abdulaziz tomonidan o‘quvchilarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro huquq va boshqa yo‘nalishlarning o‘ziga xos jihatlari hamda oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur tavsiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔖Shuningdek, yoshlar bilan kasb tanlash, maqsadlarni to‘g‘ri belgilash, chet tillarini o‘rganishning ahamiyati va shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan samimiy suhbat o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
🌎Mazkur uchrashuv yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni katta maqsadlar sari ruhlantirish va tajriba almashish maydonini yaratishga xizmat qildi.
©JIDU Talabalar Kengashi🌐Telegram | 🌐Instagram
Repost from UWED Official | JIDU rasmiy
📚 “TOP-100 KITOBXON” TANLOVI BOSHLANDI!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori hamda tegishli topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida eng ko‘p kitob o‘qigan, mutolaa madaniyati va adabiy tafakkuri bilan ajralib turadigan o‘quvchi hamda talabalar o‘rtasida “Top-100 kitobxon” tanlovi tashkil etilmoqda.
🏆Tanlov yakunlariga ko‘ra, Top-100 talikka kirgan ishtirokchilar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
✨ Agar siz:
✔️kitob mutolaasini sevuvchi bo‘lsangiz;
✔️badiiy va ilmiy adabiyotlarni muntazam o‘qib borsangiz;
✔️ adabiy tafakkuringiz, tahliliy fikrlashingiz va ijodiy salohiyatingizga ishonsangiz;
unda ushbu tanlov siz uchun yaratilgan imkoniyatdir!
📌 Tanlov haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishing.
📖 Kitob o‘qigan inson vaqtni emas, umrini boyitadi!
🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
