cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝑸𝑨𝑳𝑩 𝒀𝑶'𝑳𝑰 - Niyatullo Elbek o'g'li

Kanalda navoiylik ijodkor Niyatullo Elbek o'g'lining she'r, aforizm va kechinmalarini o'qib borishingiz mumkin 𝑲𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒌𝒐'𝒏𝒈𝒊𝒍𝒈𝒂𝒄𝒉𝒂... 01.01.2017 Creator @Niyatullo_n7 Admins @Erkinjon_xojimamatov @Qalbyoli_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
313
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Ketdim... Seni tashlab xayollar bilan, Ko'klardan tushganding, ko'kka sovurdim. Va yana javobsiz savollar bilan, Tirik xotiralar bilan ovunding. O'tli hislaringni topa olmay tang, Shamol shivirida hech ne sezmaysan. Yelkasida pidjak ildirib olgan - Kimnidir ko'rganda meni eslaysan. Niyatullo Elbek o'g'li @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
🔥 6💔 3❤‍🔥 1😢 1
#fotolavhalar
Hammasini ko'rsatish...
🔥 7❤‍🔥 2 2
#Zarkent_ijod_uyiga_sayohat #Yozuvchilar_uyushmasi #Yosh_ijodkorlari 14-15-mart kunlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh ijodkorlar uchun Parkent tumanida joylashgan “Zarkent ijod uyi”ga sayohat tashkil etib berildi. Bahor tonggida uygʻonib, qish nafasida yoʻlga otlandik. Toshkent shahrida qalin laylakqor yogʻa boshlaganda biz deyarli Parkentga kirib bordik. Zarkentga yetib borganimizda qor tizza boʻyi yoqqan, kun sovuq boʻlishiga qaramay havo musaffo, kayfiyat esa qaynoq edi. Birinchi kun yetib kelib joylashdik, qor yogʻayotgani sabab ijod uyi mehmonxonasi ichidagi yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdik. Mazza qilib dam oladigan, ijod qiladigan sharoit. Avvalo shaxmatdagi zafarli yurishdan soʻng stol tennisiga tushdik. Unda ham gʻolibona kurshlardan soʻng iftorlikka chiqdik. Iftorlikdan keyin kechli mushoirani boshlab yubordik. Soʻzlar sozlarga ulandi. Qorli kechgan birinchi kunimizni uyqu bilan yakunladik... @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Keldi bahor, Qish fasli bu..) ©️ Olindi @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
😁 12
Photo unavailableShow in Telegram
#tabrik RAMAZONIM KELMOQDA Qalblarga chirogʻ tutib, Xush xabarlar yelmoqda. Bizlarni xushnud etib, Ramazonim kelmoqda. Shaytonlarni aritib, Kunlarga berib tartib, Jannat yoʻlin yoritib, Ramazonim kelmoqda. Sabrni qilib gʻolib, Dillarga surur solib, Alloh rahmatin olib, Ramazonim kelmoqda. Ixlosla izzatdamiz, Iymoniy lazzatdamiz, Jannatga navbatdamiz, Ramazonim kelmoqda. Moʻmin baxtga yetgani, Gunohni tark etgani, Qalbga tomon ketgani, Ramazonim kelmoqda. Niyatullo Elbek oʻgʻli @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
11
Photo unavailableShow in Telegram
#ТАШБЕҲ - Ой гўзалми онанг? - Онам! - Нимага? - Онамни кўрсам ойни эсламайман, аммо ойни кўрсам онам эсимга тушади. ©️ Маҳбубий @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
6❤‍🔥 3
#tabrik AYOL Dunyo sahnasida mangu jang-jadal, Jasorat koʻrsatgan mardlar gʻoziydir. Zolimu mazlumga yetgandir ajal, Barining nomlari qolgan moziydan. Qancha olim o'tdi, qancha shoh o'tdi, Tarixni yod etsam suraman xayol. Sahnaning ortida jimgina kutdi, Mardlarni dunyoga keltirgan ayol! Niyatullo Elbek oʻgʻli @Qalb_yoli
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 8 4🔥 2
02:16
Video unavailableShow in Telegram
#Xatirchi_ijodkorlari “Askar boʻldim, onajon” she’ri Niyatullo Elbek oʻgʻli, shoir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi
Hammasini ko'rsatish...
NIYATULLO.mp467.26 MB
❤‍🔥 5 2🔥 1
01:07
Video unavailableShow in Telegram
69.89 MB
🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat Bahorning ilk kuni 1-mart soat 17:00da Xiyobon oqshomlarining navbatdagi kechasi bo'lib o'tadi! Barchangizni taklif etamiz!
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.