uz
Feedback
MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT

MATH SOLVER | SAT | MILLIY SERTIFIKAT

Kanalga Telegram’da o‘tish

🚩 Matematikadan XALQARO va O'ZBEKISTON OTMga tayyorlanayotganlar uchun maxsus kanal !!! ⭕️ 19-yillik (2007-yildan beri) tajriba; 🎯 8 000+ natijalar; 🔗 Variantlar va uning yechimlari; ♻️Shaxsiy fikrlar va qiziqarli faktlar

Ko'proq ko'rsatish
1 629
Obunachilar
+224 soatlar
-27 kunlar
-4830 kunlar
Postlar arxiv
Ovozli xabar00:01

💢 Makkadan savol : Bahodir 380 SAR(Saudia Arabian Rial)ga Al-Fajr soatini sotib oldi. Bu soat O'zbekistonda 1 000 000uzs turadi.
Bahodir soatni qayerdan olsa arzonroqqa tushadi va qancha pul saqlab qolgan bo'ladi? (izoh $1=3,75SAR) ♻️ @math_solver

🚩 Numbers evolution ! Al Kwharazmi : "When I consider what people generally want in calculating, I've found that is is alway
🚩 Numbers evolution !
Al Kwharazmi : "When I consider what people generally want in calculating, I've found that is is always a number."

🚩 Makkadan savol: Ushbu atir qancha % chegirma qilingan ?
🚩 Makkadan savol: Ushbu atir qancha % chegirma qilingan ?

Shunday odamlar borki, har doim faqat aqlli va yaxshi so'zlarni aytadilar, lekin siz ularni ahmoq odamlar deb his qilasiz. Anton Chexov

O'tgan gal chiziqli funksiyaning Ox o'qiga nisbatan simmetriyasining tenglamasini ko'rgan edik.
Endi navbat Oy o'qiga nisbat simmetriya tenglamasini topishga
♻️ @math_solver

🕋 PROMAX EDUCATION - Eng muhim maqsadlaringizni biling !
🕋 PROMAX EDUCATION - Eng muhim maqsadlaringizni biling !

Ha maylide endi, maqtanishga yoymaysizlar riyo bo'b qolmasin, shunchaki ulashgim keldi..... Hammasi xursandligimdan! Sizlarga
Ha maylide endi, maqtanishga yoymaysizlar riyo bo'b qolmasin, shunchaki ulashgim keldi.....
Hammasi xursandligimdan! Sizlarga ham nasib etsin!!!

Shunday qilib Sumoma ibn Usol butun Quraysh ko‘z o‘ngida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam buyurganlariday umra ibodatini ado etdi. But-sanamlarga emas, Alloh taologa qurbonlik qildi. Yurtiga qaytgach esa, qurayshliklarning adabini berib qo‘yish uchun ularga yuborilayotgan don-dunni to‘xtatishga buyurdi. Qavmi unga bo‘ysunib, Makkaga g‘alla jo‘natishni to‘xtatdi. Sumomaning iqtisodiy qamali Qurayshning tinkasini quritdi, shaharda ochlikdan qirilib ketish xavfi paydo bo‘ldi. Shunda makkaliklar Payg‘ambar alayhissalomga maktub yo‘llab, qamalni to‘xtatishni so‘rashdi. Rasuli akram Sumomaga yana don-dun yuborishni tiklash haqida noma yubordilar. Sumoma ibn Usol umr bo‘yi diniga sodiq qoldi, Payg‘ambar alayhissalomga bergan va’dasiga vafo qildi. U zot vafotlaridan so‘ng dindan chiqqanlarga va soxta payg‘ambarlarga qarshi turdi. Qabilasini bu fitnalarga qo‘shilmaslikka chaqirdi. Alloh taolo uni O‘z mag‘firati bilan chulg‘ab olsin va jannati bilan mukofotlasin.

💢 Labbayka Allohumma labbayk tarixi
Sumoma ibn Usol al-Hanafiy Quraysh qabilasini iqtisodiy qamal qilgan edi… U Islom tarixida ilk bor "Talbiya" aytgan edi… …Madinaga ko‘chishning oltinchi yilida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh dini ta’sirini kengaytirish uchun arab va ajam hukmdorlaridan sakkiz nafariga maktub yozdilar va ularni Islomga chorlab chopar yubordilar. Payg‘ambar alayhissalom nomalari yetib borganlardan biri Sumoma ibn Usol al-Hanafiy edi. Buning ajablanarli joyi yo‘q edi, chunki Sumoma johiliyat zamonida arab olamida taniqli va baobro‘ shaxslardan, Bani Hanifa qavmining e’tiborli sayyidlaridan edi. Yamoma o‘lkasining rahbarlaridan biri bo‘lgani sababli uning aytgani aytgan, degani degan edi. Sumoma Payg‘ambar alayhissalom maktublarini norozi holda, ensasi qotib o‘qib chiqdi. Uning kibru havosi, gunohlari ezgulikka chaqiriqni eshitishdan to‘sib turardi. So‘ng shayton uni yo‘ldan ozdirib, Allohning Rasuli joniga qasd qilish va shu yo‘l bilan uning chaqiriqlariga chek qo‘yish rejasini tuzdi. Sumoma Rasuli akramni g‘aflatda qoldirib, manfur niyatini amalga oshirishga qulay payt poylardi. Agar amakilaridan biri uni shashtidan tushirib, niyatidan qaytarmaganida, uning bu qabih jinoyatni amalga oshirishi hech gap emasdi. Shu tariqa Alloh taolo O‘z payg‘ambarini Sumomaning yomonligidan asrab qoldi. U Payg‘ambar alayhissalomni o‘ldirish rejasidan voz kechgan bo‘lsa ham, sahobalardan alamini olish maqsadida qulay imkon kutardi. Hatto bir nechalarining jonlariga qasd ham qildi. U tobora quturib, halokat sari intilardi… Bu voqealardan ko‘p o‘tmay Sumoma Ka’bani tavof etib, butlar uchun qurbonlik qilish niyatida Yamomadan chiqib, Makkaga jo‘nadi. Madinaga yaqin joyga yetganida yetti uxlab ham tushiga kirmagan bir voqea sodir bo‘ldi. Rasuli akram dushmanning qo‘qqis hujumidan g‘aflatda qolmaslik uchun Madina tashqarisiga qo‘ygan soqchilar guruhi tanimay Sumomani qo‘lga olib, Madinaga keltirdi. Payg‘ambar alayhissalom masjidga kirganlarida u yerda oyoq-qo‘li bog‘langan Sumomani ko‘rib qolib: – Uning kimligini bilasizlarmi? – deb so‘radilar. – Yo‘q, – deyishdi sahobalar. – U Sumoma ibn Usol al-Hanafiy, unga yaxshi munosabatda bo‘linglar, – dedilar va uylariga borib, ayollariga: – Qanday taomingiz bo‘lsa Sumomaga yuboringlar, – deya tayinladilar. Sumoma Islomga moyillik bildirmaganini ko‘rgan Rasuli akram uni bir necha kun o‘z holiga qo‘ydilar. Lekin suvi-taomidan xabardorlikni kanda qilmadilar. Bir kuni unga ketishga izn berildi. Sumoma Masjidun-Nabiydan chiqib ketdi. Madina atrofidagi Baqiy qabristoniga yaqin bir xurmozorga kelib, tuyasini cho‘ktirdi. O‘sha yerdagi chashma suvida to‘kis g‘usl qildi va masjidga qaytib keldi. U Payg‘ambar masjidiga kirar-kirmas: – Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhalu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu, – deya imonini izhor qildi. So‘ngra Payg‘ambarimizga yuzlanib: – Ey Muhammad (alayhissalom), Allohga qasamki, bugungacha yuzingizni ko‘rgim kelmasdi, endi u men uchun eng sevimli yuzga aylandi. Allohga qasamki, bugungacha diningizni aslo yoqtirmasdim, endi u mening sevimli dinimga aylandi. Allohga qasamki, bugungacha shahringiz menga xunuk ko‘rinardi, endi u men uchun eng go‘zal maskan bo‘lib qoldi. Sumoma shunday degach, avvalgi gunohlari uchun jazolashni iltimos qildi. – Sen endi malomat qilinmaysan, ey Sumoma, chunki Islom o‘zidan oldingi gunohlarni yuvib yuboradi, – dedilar. U bu gapdan sevinib ketdi va: – Jonim, kuch-quvvatim va molu mulklarim diningizga ko‘makchi bo‘lsin, – dedi. So‘ngra Payg‘ambar alayhissalomdan so‘radi: – Ey Allohning Rasuli, umra niyatida ketayotganimda meni ushlab olishgandi, endi nima qilay? – Umrangni Alloh va Uning Rasuli shariatiga binoan ado qil, – deb javob berdilar Rasuli akram va uni umra tartibi bilan tanishtirdilar. Sumoma yo‘lga tushdi va Makkaga yetganida ovozining boricha
"Labbayka Allohumma labbayk…Labbayka la sharika laka labbayk… Innal hamda van-ne’mata laka val-mulk…La sharika lak",
deb talbiya ayta boshladi. Bu bilan Sumoma Makkada eng birinchi talbiya aytgan odam sifatida tarixga kirdi.

💢 Arablarning puli + Nemislarning aql idroki = Ushbu mo'jizaviy soyabon!
🚀 Ma'lumot uchun ushbu har bir soyabon : $ 4,7mln va Masjid ul Nabaviyada 250 ta ekan. Jami: $1,2mlrd ⁉️ Agar sizga bittasini tanlash imkoni berilsa, Siz Allohdan qaysi birini so'ragan bo'lardingiz? 👍 - Arablarnikidek boylik ! ❤️ - Nemislardek aql idrok (e'tiqodini emas) 🔵 @math_solver

Video xabar00:13

Madinadan savol !
Madinadan savol !

Madinadan savol
Madinadan savol

Video xabar00:32

Hayrli kun barchaga ! Bugun man uchun eng xursand kunlarimdan biri, maqtanish bo'lmasmikan deb ko'p o'yladim va dalolat qilib qo'yishga qaror qildim : Avvalo Allohni in'omi va ukalarimni qistovi bilan Umra safarini ahd qildik..... Inshaalloh safarda barcha kanaldagi do'stlar, o'quvchi-shogirdlarimning ilmini ziyoda bo'lishini so'rab duo qilaman!
Kanalda qilingan postlar, hazillar va sarcazmlar orqali kimnidur dilini og'ritgan bo'lsam, UZRIMNI SO'RAYMAN!!!!
Rasuli Akramga barchangiz nomingizdan salom yetkazishga harakat qilaman!
Alloh uchun barchangizni yaxshi ko'raman!
Kanalda postlarni to'xtatmaslikka va qiziq ma'lumotlarni ulashib borishga harakat qilamiz! Barchangizni ilmingiz ziyoda bo'lsin! Zero :
Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradi. [2:282]
Eng muhim maqsadlaringizni biling! ©️Normatovsmind

Bugun ham deyarli kechagidek iflos havo, tutundan nafas olyapti Oʻzbekiston poytaxti. Marketing va PR haqida tinchgina yozib
Bugun ham deyarli kechagidek iflos havo, tutundan nafas olyapti Oʻzbekiston poytaxti. Marketing va PR haqida tinchgina yozib yurishim mumkin, lekin bu muammo kun tartibidan tushmasligi kerak. Hamma yozishi shart. Oʻzbekistonda energetika sohasining qish tugul kuz sovuqlariga tayyormasligi tobora oydinlashib boryapti. Bu esa issiqxonalar va energiyaga talabi yuqori obyektlarning zaharli muqobil manbalardan foydalanishi, ekologiyaga bosssib zarba berishiga olib kelyapti. Sababi u boʻlmasa, Ekologiya vazirligi, Ekopartiya yoki hukumat vakillari biror nima desin. Aqalli rasmiy munosabat ham yoʻq.

#dars12
Samarqand To’plam kitobimizdan video dars
🔔 PREMYERA ♻️@Boburmentor SAMARQAND TO’PLAM. 2.1 Natural ko’rsatkichli daraja https://youtu.be/DSw5_4gp42U