cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sardor Mamadaliyev

📡TeleGram Kanal 🔊 📢Siz Yoqtirgan Tarona 📥 ☝MUROJAT UCHUN ☝ 👇XaMMasi👇 🎤 Sardor Mamadaliyevni Ashadiy muxlislari .uchun ...✌ @Sardor_Mamadaliyev020AA

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
233
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Usha Qashqadaryo to'yida janjal chiqargan yigit dan Izoh......
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7260.MOV165.37 MB
Sardor Mamadaliyevni tabriklimiz uzoq umir ko‘rsin ijodlariga omat tilayman 100 larga chiqsin xursanchilik aslo tark etmasin Toshkendan Azamat
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
Sardor_Mamadaliyev_Onam_qariganin_sezmay_qolibman_|_Сардор_Онам.mp441.84 MB
Hammasini ko'rsatish...
Sardor_Mamadaliyev_Yiqilsang_|_Сардор_Йикилсанг_Mahbusning_xotini.mp426.28 MB
7. Shohjahon Jo‘rayev, Botir Qodirov, Aslbek Ne’matov va Sardor Mamadaliyevning ijoddagi o‘xshash va ustun jihatlari nimada? — O‘xshash jihatimiz, hammamizning ovozimiz bas-bariton. Lekin barchamizning o‘z dunyoqarash, dard va “yuragimiz” bor. Aslbek raqs tushib, qo‘shiq kuylay oladi. Shohjahonning yutug‘i Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanida. Botir akaning yutug‘i, zo‘r ijrochi. Nomlari sanalgan xonandalar orasidan aynan Botir Qodirovning muxlisiman, “yuragi” bor, qo‘shiqning ichida “yashaydi”. Jonli ijroda kuylash borasida ham Botir akani ustun qo‘yaman. O‘zimga kelsak, Vыsotskiyga o‘xshash ovozni qirib qo‘shiq kuylashim yangilik bo‘ldi. Masalan, 2011 yil “Seni hech kim sevolmaydi meningdek” qo‘shig‘im juda katta muvaffaqiyat olib kelgan. O‘sha yili yakkaxon konsert dasturimni o‘tkazganman, qo‘shni davlatlarda gastrollarda bo‘lganman. Ijoddagi topilmam ortidan omad kulgan. Bunga qadar kuylagan qo‘shiqlarim e’tiborsiz qolavergani ham so‘zim isboti. 8. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Qarsak mehnatimiz uchun chalinadi, o‘zimizga emas! Ovoz ham pichoqqa o‘xshagan “musiqa asbobi”. Charxlab turmasa, o‘tmas pichoqdan farqi qolmaydi”, — degandi. Usmonova 30 yildan buyon sahnada, biroq haligacha solfedjio, vokaldan dars oladi. Siz-chi? — Yulduz Usmonova haqiqiy san’atkor, shu bois professionallikdan kelib chiqib, ish tutadi. Vokalga kollejda o‘qib yurgan vaqtimda ham qiziqmaganman. Asli yo‘q narsani bor qilib bo‘lmaydi-da. Vokalga ishim tushmagan, balki ehtiyojim bo‘lmagandir. Doimiy jonli ijro kuylaganimning o‘zi men uchun — vokal darsi. To‘y mavsumi bo‘lmagan payt, studiyada qo‘shiq kuylayman. Ostona hatlab, uyga kirganimda ham eng avval qiladigan ishim — qo‘limga gitara yo torni olib, qo‘shiq kuylash, yo‘qsa xumorim bosilmaydi. 9. Xonanda sifatida xalq xizmatchisimisiz yo chiroqdek yonib turadigan “yulduz” darajasiga yetdingizmi? — Ozmi-ko‘pmi muxlisiga ega barcha san’atkorlar “yulduz”. Bunday bo‘lmaganida xalq xizmatlarga chaqirmagan bo‘lardi. Faqat hammaning “yulduz”lik borasidagi o‘z o‘lchamlari bor. Lekin o‘zimning katta yo kichik “yulduz” ekanimni bilmayman (kuladi). Qilichbek Madaliyev, xonanda — Yigit kishi bergan va’dasini bajarishi lozimmi yo qandaydir bahonalar bilan uni chetlab o‘tishi kerakmi? — Ustozimning farzandi bo‘lganingiz uchun ham ko‘proq hurmat qilaman, yaxshi yigitsiz. Savolga kelsak, sizga va’da bergan emasman. Chunki otangizning birorta qo‘shig‘ini buzib emas, o‘z talqinimda kuylayapman. Kimlargadir quloq tutib, noto‘g‘ri fikr bildirib yuribsiz. Boshqalarning fikri bilan emas, o‘zingizniki bilan yashasangiz yutuqlarga erishasiz. Bu aka sifatidagi maslahatim, xolos. Biz san’atkorlar go‘zallikka shaydo insonmiz, unday “arzon” gap-so‘zlar siz bilan menga yarashmaydi. © Sadoqat ALLABЕRGANOVA suhbatlashdi
Hammasini ko'rsatish...
🎤 Sardor Mamadaliyev: “Shohjahonning yutug‘i uning Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekanligida” Xonanda Sardor Mamadaliyev “Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasida ishtirok etdi. 1. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz “Xonanda o‘z yo‘lini topishi uchun avvalo zo‘r taqlidchi bo‘lishi kerak”, — degandi. Siz Vladimir Vыsotskiy, Toto Kutuno va Rustam G‘oipovga taqlid qilasiz. Zo‘r taqlidchi bo‘lish qiyin ekanmi? — To‘g‘ri, hamma ijodni taqliddan boshlaydi, men ham bu jarayonni chetlab o‘tganim yo‘q. Hanuz o‘z yo‘limni izlayapman, o‘z yo‘nalishimni yuz foiz topa oldim, deyolmayman. Tinimsiz izlanish, mehnat va tajriba ortidan o‘z “men”imiz topiladi. Masalan, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ham ijodi avvalida ustoz san’atkor Faxriddin Umarovga taqlid qilgan. O‘z yo‘nalishini topishi uchun yillar sarflagan. Menga kelsak, izlanib-izlanib qachondir o‘z yo‘nalishimga ega bo‘laman. 2. Nega mashhur qo‘shiqlarni qayta kuylayverasiz? Mualliflik qo‘shiqlarini ko‘paytirganingiz yaxshi emasmi? — Qayta kuylangan, degan fikrga qo‘shilmayman. Boisi avval kuylangan qo‘shiqlarni xuddi o‘zidek qilib kuylagan emasman. Shunchaki ularning she’riga murojaat qilib, o‘zim kuy bastalab, o‘z yo‘nalishimda kuylaganman. Masalan, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” she’rini ustoz san’atkorlar Yulduz Usmonova, Oxunjon Madaliyev va men ham qo‘shiq qilganmiz. Haqiqat shundaki, har birimiz turli yo‘nalishda va yuragimiz amriga ko‘ra kuylaganmiz. Negadir faqat mening talqinimga ko‘p tosh otiladi. Demak, muvaffaqiyatli qo‘shiq chiqqandirki, hammaning e’tibori menda, bu yutuq-ku (kuladi). Hech kimning tiliga tushmaslik bu — fojia. 3. Tashqi ko‘rinishdan juda manman, o‘ziga yuqori baho beradiganga o‘xshaysiz. Bu imkoniyatlaringizga ortiqcha baho berishmasmi? — Aslo. Tashqi ko‘rinish aldamchi bo‘ladi. Men bilan suhbatlashganlar “yanglishgan ekanman”, deya doim fikrini o‘zgartirgan. 4. Tanqidlarga javoban “Mevali daraxtga tosh otiladi”, deysiz. Tanqidni to‘g‘ri qabul qilolmaysizmi? — O‘rinli tanqidni hazm qilaman. Masalan, ilk konsert dasturimda uchtagina qo‘shiqni jonli ijroda kuylaganman. “Nega jonli kuylamading?” deb tanqid qilishdi. Qabul qildim va keyingilarida bitta “blok” to‘liq jonli kuylaydigan bo‘ldim. “Nega falonchi xonandaning qo‘shig‘ini kuyladingiz?” degan tanqidni qabul qilolmayman. Oylab, yillab musiqa bastalab, mualliflik qo‘shiq kuylasamu, tosh otilaveradi. O‘sha qo‘shiqlarim “xit” darajasiga yetdi ham. Lekin “Bu Oxunjon Madaliyevning qo‘shig‘i-ku”, deyishadi. To‘g‘ri, mendan avval ijro qilishgan, biroq meni yo‘nalishim boshqa-ku. Musiqiy bilimi borlar ham shunday deb turgandan keyin nima deyishimni ham bilmay qolaman. 5. Do‘stingiz — xonanda Qilichbek Madaliyev bilan munosabatlaringiz sovuqlashishiga nima sabab bo‘ldi? — Qilich g‘iybat qiladigan yigit emasdi, hayronman. Yuz foiz aminmanki, do‘stim kimnidir fikriga quloq tutib, “Otamning qo‘shiqlarini kuylayapti”, mazmunidagi “arzon” gaplarni gapirib yuribdi. Orqadagi odam oldindagisiga tosh otadi, aksincha emas. Demak, oldindaman, bundan xursand bo‘lish kerak. 6. Nima uchun ko‘pchilik imidjingizni qabul qilolmaydi? — Moda ortidan quvadigan inson emasman. Xonandaman, qo‘shig‘imnigina qabul qilishsin. Tashqi ko‘rinishimni qabul qilish yo qilmasliklari menga mutlaqo qiziq emas. Kiyinishim emas, qo‘shiqlarim uchun muxlislik qilishsin. Kiyinishni joyiga qo‘yib, qo‘shiq kuylashni bilmaslik kulgili holat, aksi bo‘lsa aybmas. “Usti yaltiroq, ichi qaltiroq” bo‘lgim kelmaydi. @PanoramaUZ 🎵 ORIGINAL Mp3lar Makoni Davomi...👇👇👇
Hammasini ko'rsatish...

1.50 MB
🅿️REMYERA
Hammasini ko'rsatish...
Sardor Mamadaliyev - Onam qariganin sezmay qolibman.mp34.58 MB
Iltimos Kanaldan chiqib ketyatganlar qaytib kemanglar!!! Ozgina odam bosayam Haqiqiy Muhlislar qosa bo'ldi. 👍
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.