cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

KIMYO | ANDIJON

• Buloqboshi Yadro o'quv markazi. Adminlar bilan aloqa : @teacher_bobur @Ismoiljon_0505

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 205
Obunachilar
-224 soatlar
-87 kunlar
-2930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Aziz bitiruvchi ukam, singlim.🧑‍🎓👩‍🎓 Albatda o'qing!!!!
11 yillik majburiy ta'limdan qutilganing bilan tabriklayman. Seni o'zimga yaqin olib, ko'nglimdagi ba'zi so'zlarni aytgim keldi. Avvalo sen shunday yoshdasanki, dunyoni tiz cho'ktirgan sahobai kiromlar sening yoshingda edilar. Aql, g'ayrat va himmatning eng cho'qqisidasan. Vaqt o'tib biri topiladi, ikkinchisi esa yo'q. Senda esa hammasi bor.
Vaqt.
Sen avvalo vaqtingni g'animat deb bil. Qara, 11 yil qandoq o'tdi? O'tirib bir sarhisob qilib ko'r. Nimalarni qo'lga kiritishing mumkin edi, ammo sen nimalarni qo'ldan boy berding. Buguning bor, erta aniq emas. Ertaga bu sog'liq, g'ayrat va shijoatni topa olmasliging mumkin. Vaqtni qadrla. Vaqtingni sendan o'g'irlab yoki tortib olmoqchi bo'lganlardan ogoh bo'l. Bunga yo'l qo'yma. 24 soatingni ummat uchun eng foydali ishlarga bag'ishla.
Kasb. 👮‍♂🕵👨‍🍳 Hali ham kim bo'lishing borasida bir to'xtamga kela olmadingmi? Unda senga 1-2 tavsiya aytay:
1. Oilang kasbini davom ettir. Tajriba va malaka zotan bor. Sen uni yana ham rivojlantir. Dunyo standarti darajasiga olib chiqishga harakat qil. Oddiy kulol oilasi farzandidirsan balkim. Sen shu kasbni dunyoga olib chiqish uchun harakat qil. Senga mutlaqo begona bo'lgan balandparvoz so'zlarga ishonib boshqa kasblarga boshingni tiqib yurma.
2. Alloh taolo senga bergan qobiliyatni kashf qil. Bunga senga oilang va murabbiy ustozing yordam bera oladi. Orzu-havasni yig'ishtirib, realist bo'l va o'zingga to'g'ri baho ber.
3. Hayotingni qaysi sohaga berishga tayyorsan? Qaysi ishni qilayotganingda o'lim kelishiga rozisan? Shu ikki savolni o'zingga berib ko'rganmisan? Ha, hayotimni shu kasb uchun vaqf qilishga tayyorman, desang, unda o'sha kasbni tanla!
Ertaga ishla.🙅‍♂👨‍🏫
Sen bugun o'z kasbingni puxta o'zlashtir. Yaxshilab o'qi va o'rgan. Ishlash qochmaydi. Chala-chulpa o'qib ishga sho'ng'ib ketma. Balki sen bugun yaxshi kuchli mutaxassis bo'l. Ertaga ishla. Ishlaganda ham sohasining eng nodir mutaxassisi bo'lki, ish seni o'zi oxtarib keladi. Sen ish oxtarib yurmaysan.
Standart. 🧑‍💻
Sen o'z shahring ustasi bo'lma, hatto vataning talablariga javpb beradigan usta ham bo'lma. Balki butun dunyo talablariga javob beradigan, dunyo standartidagi mutaxassis bo'lgin. Men istaymanki, sen dunyo standartiga javob beradigan emas, dunyo standartini belgilaydigan darajada yetuk inson bo'l. Unutma! Butun dunyoga musulmonlardan ham eng yetuk mutaxassislar chiqishini ko'rsatib qo'yishing kerak.
Ustoz.
Hech bir ish ustozsiz o'rganilmaydi. Sen o'zingga murabbiy va ustoz tanla. Ularni topish uchun vaqt ketsa ketsin. Lekin sen ularni albatta top. Chunki bu ikki kishi sening ikki qanotingdir. Kimning haqiqiy ustozi va murabbiyi bo'lsa, u eng yuqori marralarga parvoz qila oladi.
O'qi.
Oddiy hunar egasi bo'lsang ham, yohud el qatori kasb bilan shug'ullansang ham, o'qi. Bu umr juda qisqa. O'qish va ilm olish bilangina haytongni to'liq yashay olasan. O'qish bilan yuksalasang, o'sasan, cho'qqilarni zabt etasan. O'qish seni muvaffaqiyatga, ma'rifatga, nurga olib chiqadi. O'qish bilan dunyoni taniysan, dunyo ham seni taniydi. Nima qilib bo'lsa ham o'qi. Ilm olishdan charchama. Hech yo'qsa ikki xorijiy tilni yaxshilab o'rgan, ulardan biri Qur'on tili bo'lsin.
Afsus.
Ertaga sen ham bitiruvchilarga nasihat qilayotganingda afsuslaring bo'lmasligi uchun sendan avvalgilarning nasihatlariga quloq tut. Ularning afsuslarini yaxshilab eshit. Ular qilgan xatolarni qaytarma. Yo'qsa ertaga sen ham ular kabi afsus-nadomat qilasan.
Keraksan.
Kim bo'lishingdan, qaysi kasb egasi bo'lishingdan qat'iy nazar sen xalqimiz uchun keraksan, ummat uchun keraksan. Unutma! Butun ummatning najotiga aynan sen sababchi bo'lishing mumkin. Himmating, g'ayrating, shijoating, odobing va ilmingni bundan ham oliy qil! Ummat seni kutmoqda!
@kimyouz7 @kimyouZ7
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 3 2
#kun_hikmati
"XXI asrda savodsizlar - bular o'qish va yozishni bilmaydiganlar bo'lmaydi, balki yangi narsa o'rganmaydigan, o'qimaydigan va o'z ustida ishlamaydiganlar bo'ladi."
©Elvin Toffler
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 1
#Organikadan qo'llanma! Obunachilarimizga tortiq qilamiz.  Oz bolsada sizga foydasi tegsa judayam xursand bolaman. Bizning doimiy kuzatuvchimiz Shermuhammad ustozdan ajoyib qo‘llanma! @KIMYO
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Foydali | #Muhim | #Nuqtalar 🎳 Kimyo o'z ichida bir qancha bo'limlarga bo'linsada, unda natijaga erishish uchun  asosan 4 ta bob kifoya qiladi.       Ular: 🧩 Gaz qonunlari 🧩 Reaksiya tezligi 🧩 Muvozanat 🧩 Eritmalar 🥇 Agar siz mana shu boblarda mustaqil fikrlay olish darajasiga yeta olsangiz, qolgan boblarda qiyinchilikka tushmaysiz. ⚖️  Bu 4 ta bob, mantiqiy va sodda fikrlash, turli tenglamalar bilan ishlash hamda xilma-xil usullar bilan boyligi tufayli sizga juda ham ko'p yordam beradi. 🚫 Ko'pchilik bu boblarni o'zining "qora ro'yxatida" saqlaydi. Bu esa noto'g'ri! 🔐 Bu boblarni o'zlashtirishning sodda va eng oddiy usuli bu - ularga oid misollardan takror va takror ishlashlikdir. ⁉️ Siz kimyoga qiynalmoqdasiz?! ☝️ U holda yuqoridagi 4 bobni bir ko'rib chiqing. 👌 Umid qilib aytamizki, siz, inshaalloh buning natijasini sezasiz ! Bizning sahifa : @KIMYO P.s: qora ro'yxatdagi mavzular sonini kamaytirishni unutmang ! 🔔 Obuna bo‘ling! 🍁 @KIMYOUZ7
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 1
Inshaalloh darslarimizni 03.06.2024 soat 10:00 da 1-darsimizni boshlaymiz. Joylar soni oz qoldi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3👏 1
Repost from KIMYO | ANDIJON
​​#YADRODAN_YANGILIK
"YADRO" ta'lim markazidagi kimyo kursi uchun yozgi qabuli haqida : • boshlang'ich(noldan) darslar ; • tajribali ustozlar ; • maxsus test kitobchalar ; • muntazam nazorat ; • raqobatbardosh muhit ; • hamyonbop takliflar ; • va asosiysi ; • samarali natijalar ... 🪴 Darslarni Bobur domlaning shaxsan o'zlari olib boradilar ! 🤝 Kimyodan tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lgan 7-8-9-10-sinflarni ushbu yangi guruhimizda kutib qolamiz ! ☝️Guruh uchun 20 ta o'quvchi qabul qilinadi! 👆Darslar Iyun oyidan Start oladi. 🚥 ManzilBuloqboshi Ishonch Do'koni yonida , Hamkor bank 2-qavatda Murojaat uchun : @teacher_bobur +(91)-879-01-40 +(99)-398-0103
Hammasini ko'rsatish...

👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🪴 Tartibli yozish - ilmning bir qismidir ! 👀 Insondagi xotira a'zolaridan biri bu - ko'z. Ko'z xotiraning eng asosiy omil bu tartibli yozish ! ✍️ Siz masala ishlash yoki darsga konspekt qilishda tartibga hamda *2 xil(ko'k🖌️ va qizil🖍️) ruchkada yozishga odatlansangiz, tez orada xotirangizdagi o'zgarishlarni payqaysiz !
*2 tadan ortiqcha ruchka ishlatish vaqtni olib qo'yadi, shuning uchun 2 ta bilan kifoyalaning ! **Asosiy yozuv uchun ko'k ruchkadan, olimlar nomlari, muhim sanalar, zarur reaksiyalar, formulalar va shunga o'xshash o'rinlarda esa qizil ruchkada foydalaning !
😎 Abituriyent birodarlarga ulashishni unutmang ! #Abituriyentlarga Bizning sahifa : @kimyouz7
Hammasini ko'rsatish...
4👏 2
#kun_hikmati Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar:
"Sulaymon  alayhissalomga ilm, mol va podsholikdan birini tanlash ixtiyori berildi. U zot ilmni ixtiyor qildilar. Natijada unga mol bilan podshohlik ham qo‘shib berildi".
Hammasini ko'rsatish...
4👏 1
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 26-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi. ❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1
38:29
Video unavailableShow in Telegram
#Video_chat   #Milliy_sertifikat   #Rash Milliy sertifikat imtihonlarining natijalarini hisoblashda Rash modeli bo‘yicha 2024-yil 16-may kuni o‘tkazilgan videochat (1-qism) Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3