cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Judo Uz

O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasining rasmiy kanali! Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin! ➖➖➖➖➖ Официальный канал Федерации Дзюдо Узбекистана! Тут вы сможете получить все новости, объявления и важную информ

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
17 447
Obunachilar
-1424 soatlar
-567 kunlar
-21930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🇫🇷🚕Bu qiziq! Parij-2024 Olimpiadasida uchar taksilar ham xizmat koʻrsatadi Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda. “Aéroports de Paris ” (ADP) boshqaruv guruhi Parij shahri ichida, Sena daryosi boʻyidagi “Quai de Osterlitz” qirgʻogʻida va 13-okrugda joylashgan vertolyot maydonchasi ishlashiga rahbarlik qiladi. Maydoncha jamoat havo harakati uchun moʻljallangan. Olimpiada vaqtida faqatgina Germaniyaning “Volocopter” samolyot ishlab chiqaruvchisi oʻzining uchar taksilarini boshqarishi mumkin. “Volocopter” soat 8:00 — 17:00 oraligʻida parvozlarni amalga oshirishi mumkin boʻladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 37🤩 4🎉 1
00:18
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🥋Olimpiada litsensiantlarimiz - Murodjon Yoʻldoshev! Yo‘ldoshev Murodjon Quvondiq o‘g‘li 1995-yil 9-avgust kuni Xorazm viloyatida tavallud topgan. 2017-yildan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Elbek Umarov. Murodjonning hisobida Olimpiya o‘yinlaridan boshqa barcha musobaqalarning medallari bor. Dzyudochimiz shu paytgacha Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, qitʼa chempionatlarida 1 ta oltin va 2 ta bronza, “Katta dubulg‘a” musobaqalarida 1 tadan oltin va bronza, Osiyo o‘yinlarida 1 ta oltin va 1 ta kumush, Masters va jahon chempionatlarida esa 1 tadan bronza medallariga sazovor bo‘lgan. 2023-yil O‘zbekistonning eng yaxshi dzyudochisi deb topilgan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan. Yo‘ldoshev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga ko‘ra -73 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Hammasini ko'rsatish...
SP_ROL__LITSENZIYA_47_murodjon.mp410.13 MB
👍 53 4🔥 1🥰 1😱 1🤝 1
🇺🇿🥋Azizjon Kamilov Fransiyaga yoʻl olayotgan dzyudochilar bilan uchrashdi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Parij-2024 Olimpiadasiga joʻnab ketish arafasida turgan terma jamoamiz dzyudochilarimiz bilan uchrashdi. Samimiy muloqot asnosida oʻtgan uchrashuvda Olimpiya oʻyinlarigacha boʻlgan mashaqqatli yoʻl, tinimsiz mashgʻulotlar, musobaqalardagi ishtirok haqida soʻz borib, endi mehnatning samarasini oladigan fursat yetib kelgani alohida urgʻulandi. Dzyudochilarning oʻzlari ham oldilarida qanday nufuzli musobaqa kutib turganini juda yaxshi his etishmoqda. Azizjon Yakubjanovich Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritgan har bir dzyudochi bilan alohida suhbatlashdi. Uchrashuv yakunida delegatsiyamiz aʼzolariga oq fotiha berildi. Reja boʻyicha terma jamoamiz ertaga, 14-iyul kuni Fransiyaga joʻnab ketadi. Olimpiadaga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichi Normandiya regioni Kodbek-lez-Elbyof shaharchasida boʻlib oʻtadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 47 6🤩 6😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎁🎂💐Tavallud kun muborak, o'zbek dzyudosi malikasi! Bugun jahon chempionatining ikki karra kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, kadetlar va harbiylar o‘rtasida jahon chempioni, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, Parij-2024 Olimpiadasi litsensianti Diyora Keldiyorova o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bugungi kun qahramoni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani Juma shaharchasida dunyoga kelgan. Birinchi murabbiyi - Xurshida Xoliqova. Diyora 2015 yil Bosniya va Gersegoviniyaning Sarayevo shahrida o‘tkazilgan kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Kattalar o’rtasidagi jahon chempionatida medal uchun tatamiga chiqqan ilk o’zbek dzyudochi qizi hisoblanadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati, murabbiylar va dzyudochilar nomidan Diyora Keldiyorovani bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz. Unga Olimpiada shohsupasiga ko'tarilishini tilaymiz. ✍️O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati Obuna bo'ling👉 Telegram
Hammasini ko'rsatish...
🎉 100👍 81 16🔥 5🥰 3🤝 3🤯 2😱 2🤩 2
06:26
Video unavailableShow in Telegram
📹🇺🇿🥋"O`ZBEKISTON 24" telekanali ijodkorlari ham poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko`rayotgan terma jamoasining mashgʻulotidan reportaj tayyorlashdi... 🤲E`tibor uchun tashakkur!!! Obuna boʻling👉 Telegram
Hammasini ko'rsatish...
video_2024-07-12_12-43-57.mp461.84 MB
👍 22 2
00:18
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🥋Ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadigan Sardor Nurillayev! Nurillayev Sardor Ilhom oʻgʻli 1994-yil 12-noyabr kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik davrida unga Kemran Nurillayev murabbiylik qilmoqda. Hamyurtimiz Gran-pri turnirlarida 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza, Osiyo chempionatlarida 1 tadan oltin va bronza, “Katta dubulgʻa” tasnifidagi musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, uning kolleksiyasida 2021-yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritilgan bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali ham mavjud. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Nurillayev Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan Olimpiada reytingiga koʻra -66 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.
Hammasini ko'rsatish...
SP_ROL__LITSENZIYA_45_sardor.mp410.17 MB
👍 46 4🔥 1😍 1
04:29
Video unavailableShow in Telegram
📹🇺🇿🥋"YOSHLAR" telekanali shu kunlarda poytaxt viloyatining Boʻstonliq tumanida Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko`rayotgan dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining mashgʻulotidan jonli reportaj tayyorladi... Obuna boʻling👉 Telegram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6653.MP453.28 MB
👍 27 9🔥 2🎉 2🤩 1
00:35
Video unavailableShow in Telegram
🇫🇷🔥Tarixiy kadrlar. Bundan roppa-rosa 100-yil avval, 1924-yilning 5-iyul kuni Parij shahrida Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgandi. Oʻsha Olimpiadada 44 davlatdan 3000 ga yaqin sportchi ishtirok etgan, bellashuvlarni 1000 dan ziyod jurnalistlar yoritib borgandi. Oradan bir asr oʻtib, Fransiya poytaxti yana toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasiga mezbonlik qiladi...
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6652.MP46.86 MB
👍 74 4🔥 4🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🥋O'zbekiston dzyudo federatsiyasi Antidoping reytingida eʼtirof etildi Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan federatsiya va assotsiatsiyalarning sportda dopingga qarshi kurash borasidagi hamkorliklari, antidoping talablarini oʻz vaqtida bajarish, antidoping qoidalariga rioya qilish borasidagi 6 oylik reytingda yetakchilikka erishganlar roʻyxati eʼlon qilindi. E'tiborlisi, dzyudo, ogʻir atletika va boks federatsiyalari mezonlarni doimiy ravishda bajarib kelayotganligi bilan roʻyxatning eng yuqori qismida eʼtirof etildi. Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi va Sport vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan reyting xalqaro sertifikatni olgani, antidoping taʼlimotini targʻib qilishdagi hamkorlik, xalqaro antidoping tizimida joriy etilgan vazifalarni oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash, qoidabuzarliklarni aniqlash mezonlari asosida ishlab chiqildi. Yil yakunida reytingda yuqori oʻrinlarni egallagan sport federatsiyalari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanishi nazarda tutilgan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 46🔥 3 2
00:18
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🥋Olimpiada litsensiantlarimiz - Doston Roʻziyev! Doston Ro'ziyev Parij-2024 Olimpiadasida -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi U 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan. 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi a`zosi. Dzyudodagi ilk murabbiylari Elbek Umarov va Fozil Xolborozov. Obuna boʻling👉 Telegram
Hammasini ko'rsatish...
SP_ROL__LITSENZIYA_44_doston.mp410.18 MB
👍 42 5🔥 1🥰 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.