cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Shams kitoblar do‘koni

☀️ Qalbingizni ilm bilan yoritamiz... 🌏 Oʻzbekiston va butun dunyo boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud. 📞 Novza: (94) 606-35-40 🕘 09:00-20:00 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/shamskitoblar

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 181
Obunachilar
-324 soatlar
-537 kunlar
-10330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

📚 Ilm olishda bardavom bo'lishga va undagi barakaga sabab bo'luvchi omillar: 1️⃣ Duo Allohdan ilmga muhabbat va bardavomlikni so'rash. 2️⃣ Tahlil Ilm ahllari haqida ko'proq o'rganish, ularning hayotlari bilan inson o'zining hayotini solishtirmog'i. Ulardan nima qoldi-yu, o'zidan nima qolishi mumkinligi haqida tafakkur qilmog'i. 3️⃣ Ilmning fazlini anglash Zero, ilmning va ilm ahllariga ato etiladigan ne'matlar haqida tafakkur qilgan inson, ilm uchun har qanday nafs xohishlariga qarshi chiqa oladi biiznillah. 4️⃣ Shukr va istig’for Har bir o'rgangan ilmiga, tushungan hikmatiga Allohga shukronalik keltirish, zehni yetmaganiga esa istig'or aytish. 5️⃣ "Uyg'ongan"lar orasida bo'lish "Uyg'onish" uchun "uyg'ongan"lar orasida bo'lmoqlik lozim. Ilmga muhabbatli insonlar bilan birga bo'ling. Ilm zarchashmasidan suv ichmagan insonlar bilan bo'lish, o'zingizning qalbingiz ham qurib-bitganini anglamasligingizga, undan rozi bo'lib qolshingizga olib keladi. 6️⃣ Taqqoslash Bir muncha vaqt ilm olgan bo'lsangiz, shu holatingizni nimadir o'rganishni boshlashdan oldingi holatingiz bilan taqqoslang! Fikrlaringiz, qarashlaringiz o'zgarganini his qilsangiz, o'rganmasdan avvalgi hayotingiz zulmatda bo'lganini his qilgan bo'lsangiz, endi topgan "nur"ingizni mahkam ushlang va o'sishda bardavom bo'ling! p.s. fikri ojizimcha... Alloh xato va kamchiliklarimizni isloh qilsin! @sadece_biryolcu
Hammasini ko'rsatish...
6👍 2🔥 2
Азизлар, биринчи ва иккинчи ўрин соҳибаси бир экан. Шунинг учун, иккинчи ўринга бошқа иштирокчини қўямиз. 2-ўрин: Фотимахон Сирожиддиновани лозим кўрдим. Барчаларингизга раҳмат, яна бир бор.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 Танлов ғолиблари: Ғолибларни тақдирлаш олди, бир мулоҳазам бор. Тақризлар жуда саёз ва ўта ҳам оддий ёзилибди. Танлов учун, тезда ёзиш керакдек, шошиб ёзилгандек гўё. Имкон қадар илмий, академик ёндашиш керак. Китобни нозик нуқталарини очиб бераолиш керак ва китобга қизиқтираолиш керак. Бунинг учун, унга лойиқ китоб танлай олиш керак. Танланган китобларни ўзи саёз китоблар. Тақризлар шу сабаб ҳам, саёз чиққандир. Тақризларни ўқигунимча, сиқилиб қолдим. Ўрин танлашга жуда қийналдим. Тақриз гўзаллигидан эмас, савиясиз ёзилганлигидан. (Мени кечиринглар) Бу мулоҳазам, сизларни ранжитмайди деган умиддаман. Демак, ожизона ғолиб деб кўраолганим: 1-Ўрин: Алфидо (Профиллари шунақа экан) 2-Ўрин: Гулшода 3- Ўрин: Бибиаиша Совринларни алоҳида пост қиламиз. Уларни олиш учун: @shams_delivery га ёзишингиз мумкин.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🎉 2
💌Bismillah Asar: “Saodat asri qissalari” Muallif:Ahmad Lutfiy Qozonchi “Najjor qizlarimiz biz, ne baxt, ne saodat! Qo’shni bo’ldilar bizga payg’ambar Muhammad (s.a.v)” Sarvari Koinot (s.a.v) tashqariga chiqdilar va kulimsirab: -Sizlar meni yaxshi ko’rasizlarmi?-deb so’radilar. -Ha, ey Allohning rasuli, yaxshi ko’ramiz-deb javob berishdi. -Allohga qasam, men ham sizlarni yaxshi ko’raman. Vallohi, sizlarni sevaman. Alloh shohid ko’nglim sizlar bilandir-dedilar Olamlar sarvari(s.a.v). Ushbu satrlar har bir tirik qalbni titratib yuborishi begumon. Bu so’zlar ummatning har bir qizi uchun cheksiz saodat, tenggi yo’q mujdadir. Bu satrlarni o’qir ekansiz ko’zlardan yoshlar sizadi, Bani Najjor qizlari o’rnida bo’lishni istaysiz. Bu so’zlar qalbning tub-tubiga kirib borishi uchun avvalo payg’ambarimiz Muhammad(s.a.v)ni tanish darkor. Ayni bu yo’lda sizga Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub “Saodat asri qissalari” kitobi katta yordam beradi. Siz kitobni o’qir ekansiz qariyb 15ming asr ilgarigi hayotga qaytgandek bo’lasiz. Kitobning hech bir yerida zerikish, charchashni his qilmaysiz. Ilk qismda Nabiyi Akram(s.a.v)ni tug’ilish va bolalik davrlari bilan tanishasiz.Ul zotning ulg’ayishlari-yu, payg’ambarlik mujdasi berilgan chog’lar, Makka ahlining kuchsiz va faqir kishilari iymon yo’lida chekkan azoblarini kuchli bir hayajon va alam ichida o’qiysiz. Payg’ambarimiz(s.a.v)ning mushriklar tarafidan siquvga olinishlari, Toifda toshbo’ron qilinishlari(eng ko’p ko’zyoshlarimga sabab bo’lgan joyi), o’z yurtlaridan quvilishlari, Islomni yetkazish yo’lida chekkan azoblari shubxasiz sizni yig’lashga majbur qiladi. Endi aytingchi bu harakatlarning hammasi kim va nima uchun edi? Albatta biz uchun…bizni saodatga eltish uchun, bizni Jahannamdan saqlash uchun, johiliyatdan qutqarish uchun, Haqni tanitish uchun edi! Bu yo’lda ular qancha dard chekdilar, qancha qiyinchilik ko’rdilar, jonlarini Jabborga berib ne-ne urushlarda qilich ko’tardilar, boshchilik qildilar, joni-yu molini shu yo’lda sarf etdilar, bu ummat uchun qancha ter to’kdilar. Yana vijdoningizga yuzlaningchi, ey kitobxon! Sizni shunday Yo’lboshchingiz bor ekan siz U zotni qanchalik yaqindan taniysiz? U zotga kunda necha bor salovot yo’llayapsiz? Kundalik hayotingizda sunnatlariga qanchalar amal qilyapsiz? Nadomatlar bo’lsinkim, biz qanday ummat bo’ldik?! Payg’ambarini faqat Jumada atiga 100 ta salovot bilan eslaydigan, ba’zida shuni ham unutib qo’yadigan…Xolbuki, Ular uchun qiladigan salovotdan o’zga amalimiz yo’q-ku. Ul kishi qandayin Zot edilar yuzlari nurli, mehribon, xushmuomala, Alloh tomonidan yuborilgan eng katta ne’mat emasmidilar..Payg’ambarini xurmatidan bandalarini avf etgan, go’zal ne’mat va yaxshiliklar ato etgan, har doim asrab-avaylagan, Jannat mujdalarini nasib qilgan. Ul Zotdan keyingilar Islom uchun qancha mehnatlari singdi. Biz nima qilayapmiz dinimiz uchun?! Ushbu kitobni o’qish davrida sizni yuqoridagi savollar va mulohazalar chulg’ab olishi hech gap emas. Saodatga erishish uchun sizga holis tavsiyam:) ©️Fadiya bintu Yusuf
Hammasini ko'rsatish...
5👍 2🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
#янгилик 😍 Сиз орзиқиб кутган китоб "Излаш" сотувда! Меҳмет Йилдизнинг реал воқеаларга асосланиб ёзилган ушбу асарида толеи кулмаган йигитчанинг ҳаёти қанчалар ўзгариб кетганига гувоҳ бўласиз. 📔 “Ҳеч ким ҳаётимизга бекордан-бекор кириб келмаган. Улар биз учун ё имтиҳон, ёки армуғондир”. • Саҳифаси: 176 бет
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
🟥🟥🟥🟥🟥 танлов ғолиблари эълон қилинади, иншаоллоҳ. Сизнингча, ким ғолиб бўлишлиги мумкин? Ўзи, тақризларни ўқидингизми? 😉
Hammasini ko'rsatish...
4❤‍🔥 1🔥 1
05:59
Video unavailableShow in Telegram
📹 Китоб укиш учун 10та сабаб еки мутолаа бизга нима беради. 👤 #Milliy_kutubxona @youtubabot: 📹720p
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 1👍 1🔥 1
Э, уни буни қўйинглар. Манабу китобни ўқинг сиз, хўп денг. Оилангиз тинч бўлади. Бошқа урушмайсиз, тушуняпсизми? Хўп денг, сиз. Китоб➡️ "Шамс" китоб дўконида бор-да, олиб ўқинг шуни. Э, кўзлариз мошдек очилади. Хўп денг... ➡️Танишларизга жўнатиб ташанг, улар ҳам ўқишсин. Хайми? 📒 Kitob narxi: 120 000 so‘m ☀️ ''SHAMS'' - Qalbingizni ilm bilan yoritamiz... 👨‍💻 Kitoblarga buyurtma berish uchun: @shams_deliveryuz murojaat qiling yoki izohlarda ➕ belgisini qoldiring 🚗 Yetkazib berish xizmati mavjud! ☎️ 946063540 | 📍 Novza Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
😁 8👍 4 2😍 2🔥 1
01:03
Video unavailableShow in Telegram
Erinchoq odam uchun… Meni keyinchalik butun umr qiyin ishda ishlashga erinishim hozir meni borimni berib ishlashga undaydi! @ustozation_official
Hammasini ko'rsatish...
🔥 15👍 5😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
#СОТУВДА "Сюкли пайғамбарим билан 365 кун" китоби Ушбу китоб дунёдаги араб, рус, инглиз тилларига таржима килинган бўлиб Пайғамбаримиз Муҳаммад (соллаллоху алайхи васаллам) ҳаётларини содда, қисқа, қизиқарли услубда таништиради. Китоб муаллифи юртимиз ўқувчиларига таниш бўлган Нурдан Дамла. Китобни ўқиш мобайнида суюкли Пайғамбаримиз ва саҳобаларнинг муборак ҳаётлари билан танишасиз. Бу муборак ҳаёт орқали фарзандларимиз ўзларида ватанга муҳаббат, илм олишга интилиш, касб-ҳунарга рағбат, ҳалоллик, ростгўйлик, дўстлик, устоз ва шогирд муносабатлари, катталарга ҳурмат каби жамиятимиз учун нақадар зарур ва фойдали бўлган ахлоқ ва кўникмаларни ҳосил қиладилар.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2🔥 1