۰
Kanalga Telegram’da o‘tish
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ Kanal haqida savolingiz bo'lsa: https://t.me/QuestionUz_Robot?start=4dd928db1aaf41
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
540
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+77 kun
+3730 kun
Postlar arxiv
540
Balki endi hech kimni qabul qilmasman kanalga)
Chiqib ketaglarni boshqa qabul qilmaymiz bu shunchaki eslatma
540
Horis ibn Abdulmuttalib Payg'ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamning eng katta aka-uka amakilaridan biri bo'lib Islom tarixida u zotga Islom kelishidan oldin vafot etgan lekin oz oilasiga katta tirgak bo'lgan inson sifatida tanilgan. U Makkada taxminan milodiy 530-yillarda dunyoga kelgan. Otasi Quraysh qabilasining hurmatli va ulug' oqsoqoli Abdulmuttalib onasi esa Safiyya qabilasidan bo‘lgan Sumra bintu Jundabdir. Otasi Abdulmuttalibning to'ng'ich farzandi bo'lgani sababli otasiga "Abul Horis" (Horisning otasi) kunyasi berilgan va oilaning katta farzandi sifatida alohida hurmatga ega bo'lgan.
Horis Quraysh qabilasida og'ir-bosiq mehnatkash va otasining eng yaqin yordamchisi sifatida tanilgan edi. Abdulmuttalib Makkada yo'qolib ketgan muqaddas Zamzam qudug'ini qayta kovlash va topish haqida tush ko'rib quduqni qidirishga tushganida unga atrofdagilar qarshilik qilishgan. O'sha paytda Abdulmuttalibning Horisdan boshqa farzandi bo'lmagan va Horis yolg'iz o'zi otasini qurayshliklarning hujumlaridan tahdidlaridan jonini tikib himoya qilgan. Ikkovlon uzoq mehnatdan keyin Zamzam qudug'ini qayta ochishga muvaffaq bo'lishgan. Bu voqeadan keyin Abdulmuttalib agar Alloh unga 10 ta o'g'il bersa bittasini qurbonlik qilishni nazr qilgan.Payg'ambarimiz solallohu alayhi vasallamga payg'ambarlik vazifasi tushishidan va ochiq da'vat boshlanishidan ancha yillar oldin Horis Makkada vafot etgan. Shu sababli u Abu Lahab kabi Islom diniga yoki jiyaniga hech qanday adovat ko'rsatmagan va u zotga zarar yetkazishda qatnashmagan. Uning avlodlari yani o'g'illari va qizlari keyinchalik Islom dini kelganda jiyanlari Muhammad solallohu alayhi vasallamga iymon keltirishgan. O'g'illari Ubayda ibn Horis Tufayl va Husaynlar Islomning ilk davridayoq musulmon bo'lib Payg'ambarimizning eng sodiq sahobalaridan biriga aylanishgan va Badr jangida Islom uchun qahramonlarcha jang qilishgan.Horis ibn Abdulmuttalib taxminan milodiy 590-yillarda jiyaniga hali payg'ambarlik kelmasidan oldin Makkada tabiiy o'lim bilan vafot etgan. Uning janozasi va dafn marosimi qabilasi va ulug' otasi tomonidan katta hurmat va izzat-ikrom bilan Makka tuprog'iga topshirilgan. U Islom tarixida yomon nom bilan emas balki Zamzam qudug'ining topilishida xizmat qilgan oqko'ngil inson va buyuk sahobalarning otasi sifatida muhrlangan
540
Abu Lahab Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning amakilaridan biri bo'lib Islom tarixida Islom dinining va jiyanining eng ashaddiy dushmanlaridan biri sifatida tanilgan. U Makkada taxminan milodiy 550-yillarda dunyoga kelgan. Otasi Quraysh qabilasining hurmatli va ulug oqsoqoli Abdulmuttalib onasi esa Xuzoo qabilasidan bo'lgan Lubno binti Hojirdir.Yuzining nihoyatda chiroyli oppoq va yorqin qizg'ish rangda bo'lgani jahli chiqqanda esa yuzlari alanga kabi qizarib ketishi sababli unga yoshligidanoq "Abu Lahab" (Olov otasi / Alanga otasi) kunyasi berilgan va u tarixda shu nom bilan muhrlangan. Abu Lahab Quraysh qabilasining eng badavlat nufuzli va so'zi o'tadigan yetakchilaridan biri bo'lib nihoyatda takabbur baxil va mol-dunyoga ruju qo'ygan inson edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga payg'ambarlik vazifasi tushgach va ochiq da'vat boshlanganda Abu Lahab jiyaniga birinchilardan bo'lib qarshi chiqdi. U o'z qabilasining obro'sidan Uni himoya qilish uchun emas balki Unga zarar yetkazish va yo'q qilish uchun foydalandi.Qurayshliklarning tahdidlari oldida boshqa bir amakisi Abu Tolib jiyanini jonini tikib himoya qilgan bo'lsa Abu Lahab esa dushmanlarning eng oldingi safida turib Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni xo'rlashga va haqorat qilishga boshchilik qildi. Musulmonlar iqtisodiy va ijtimoiy qamalga olingan "Shib Abi Tolib" davrida u o'z qabilasidan (Banu Hoshimdan) yuz o'girib mushriklar tomoniga o'tdi va o'z jigarlari ochlikdan qiynalgan davrda ham ularga yordam bermay chetdan tomosha qilib turdi.Ushbu mislsiz dushmanlik va zulmlari sababli Alloh taolo Qur'oni Karimdagi "Masad" (Tabbat) surasini aynan Abu Lahab va uning xotini Ummu Jamil haqida nozil qildi. Uning ikki qo'li halok bo'lishini va o'zi ham jahannam oloviga uchrashini u tiriklik vaqtidayoq qatiy e'lon qildi.Abu Lahab hijratning 2-yili milodiy 624-yilda (Badr jangidan bir necha kun o‘tgach) taxminan 60–65 yoshlarida Makkada dahshatli va xorlik bilan vafot etdi. U o‘sha davrda "adasa" (og‘ir va yuqumli chechaksimon xastalik) kasalligiga chalingan edi. Kasallikning yuqumliligidan va tanasidan chiqqan badbo‘y hiddan qo'rqqan o'g'illari ham unga yaqinlasha olmay jasadi bir necha kun ko'milmay qolib ketgan. Oxiri uzoqdan turib ustiga tosh va tuproq otish orqali ko'mib yuborilgan
540
Odam soni ko'payib postlarni o'qiydiganlar kamayib boryapti yaxshilar nima qilsam ekan-a post joylagim ham kelmay qolyapti.
540
Abu Tolib ibn Abdulmuttalib Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning amakilari otasi Abdulmuttalibning vafotidan so'ng jiyanini o'z qaramog'iga olgan buyuk inson va himoyachi. U Makkada milodiy 539–540-yillar atrofida dunyoga kelgan. Otasi Quraysh qabilasining hurmatli oqsoqoli Abdulmuttalib onasi Fotima binti Amrdir. Islom tarixidagi eng mashhur sahobalardan biri buyuk sarkarda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu u zotning o'g'lidirlar. Katta o'g'li Tolib sababli "Abu Tolib" (Tolibning otasi) kunyasi bilan mashhur bo'lgan.Abu Tolib Quraysh qabilasining yetakchilaridan biri Saxovat va himmat sohibi bo'lib jiyani Muhammad alayhissalomni o'z o'g'illaridan ham ortiq yaxshi ko'rgan va ardoqlagan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga payg'ambarlik vazifasi tushgach va mushriklar tomonidan tazyiqlar boshlanganda Abu Tolib o'z qabilasi (Banu Hoshim) obro'sidan foydalanib jiyanini qattiq himoya qilgan. Qurayshliklarning tahdidlari va o'ldirish rejalari oldida ham u zot payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni hech qachon dushmanlarga topshirmagan va oxirigacha yonlarida turgan.Musulmonlar Quraysh tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy qamalga olingan "Shib Abi Tolib" davrida u jiyani bilan birga qiyinchiliklarga chidab yashagan. Abu Tolib Islom dinini qalbida tasdiqlagan bo'lsa-da qabila boshlig'i sifatidagi mavqeyi va musulmonlarga yordam berishda xolis vositachi bo'lib qolishi uchun o'zining musulmon bo'lganini rasman e'lon qilmagan.U zot hijratdan taxminan 3 yil oldin milodiy 619-yilda (qamal tugagandan ko'p o'tmay) qariyb 80 yoshlarida Makkada vafot etgan. Abu Tolibning vafotidan so'ng jiyaniga bo'lgan himoya va imkoniyatlar keskin kamayib ketgani sababli bu yil tarixda "G'am-anduh yili" deb nomlangan
540
Kanallarimiz jamlanmasi :)
SHAXSIYLIK (katta kanalim)
@ihlos_Ahli (faqat payg'ambarlarimiz haqida)
@shunchaki_islomiy_kanal (foydali ma'ruzalar)
