uz
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 110
Obunachilar
-4524 soatlar
-3297 kun
-1 55730 kun
Postlar arxiv
Video xabar00:58

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha murojaatlarda qanday masalalar ko‘tarilmoqda? 🗣Respublika shtabiga tadbirkorlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida murojaatlar kelib tushmoqda. Ularda biznesni yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun moliyalashtirish imkoniyatlari, kredit olish va mavjud qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilmoqda.
Har bir murojaat mazmunidan kelib chiqib o‘rganilib, tegishli ekspertlar hamda mas’ul tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga e
🔈DIQQAT, TADBIRKORLAR! «OCHIQ MULOQOT 2026»GA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA! Biznesingizda muammo bormi yoki tizimli yechimga ega taklif? Ularni qonun loyihasiga aylantirish imkoniyatini boy bermang. Respublika shtabida 40 dan ortiq vazirlik va idoralar ekspertlari Sizga ko‘mak berishga tayyor. 📞 Qisqa raqamlar: 1100, 1094 👍 Telegram bot: @ochiqmuloqot2026_bot Shoshiling, o‘z kelajagingizni bugundan o‘zgartiring! OCHIQ MULOQOT 2026

#OAV_Biz_Haqimizda 🗣Jizzaxda "Ochiq muloqot–2026" doirasida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi masalalariga bag‘ishlangan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Тадбиркорлар диққатига! 🗣 Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан ўтказиладиган VI очиқ мулоқотига тайёрга
Тадбиркорлар диққатига!
🗣 Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан ўтказиладиган VI очиқ мулоқотига тайёргарлик кўриш мақсадида 20-25 июль кунлари юртимиз бўйлаб тадбиркорлар билан учрашувлар ташкил этилади.
Тадбиркорлик фаолиятингизда дуч келаётган тўсиқлар, ҳуқуқларингиз бузилиши ҳолатлари ёки соҳани такомиллаштиришга доир фикр-мулоҳазаларингиз бўлса, сизни ушбу учрашувларга таклиф этамиз. 📃 Рўйхатдан ўтиш учун жадвалда кўрсатилган телефон рақамлари орқали боғланинг. 📞 Ўз таклиф ва мурожаатларингизни 1100 ёки 1094 қисқа рақамлари орқали, шунингдек, @ochiqmuloqot2026_bot орқали тез ва қулай тарзда йўллашингиз мумкин. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube

#OAV_Biz_Haqimizda 🗣Respublika shtabida tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, tahlil etish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish ishlari davom etmoqda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. 🗣Unda biznes vakillarining taklif va tashabbuslari, faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari muhokama qilinib, murojaatlari tinglanmoqda.
O‘tgan ikki oy davomida o‘tkazilgan uchrashuvlarda 162 ta murojaat kelib tushgan. Shundan: ▪️52 tasi qanoatlantirilgan; ▪️81 tasi tushuntirish berilgan; ▪️8 tasi tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan; ▪️8 tasi anonim; ▪️13 tasi ko'rib chiqish jarayonida.
◾️Ochiq muloqotlarda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, raqamli xizmatlardan foydalanish hamda faoliyatni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

FIRAT DENIZ: INVESTORLAR O‘ZBEKISTONGA ISHONADI! 🇺🇿🇹🇷 Bugungi videoroligimiz qahramoni - O‘zbekistonda bir qator yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan investor, yirik tekstil kompaniyalari asoschisi Firat Deniz. 🔶Tadbirkor o‘z intervyusida mamlakatimizda investitsiya va biznes uchun yaratilgan sharoitlar hamda Davlat rahbari bilan kutilayotgan Ochiq muloqotning ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistondagi biznes muhiti haqida: O‘zbekistonda kompaniyamiz faoliyat yuritishi uchun juda qulay va munosib sharoitlar yaratilgan. Bu yerda tadbirkorlik uchun barcha imkoniyatlar mavjud, investorlar O‘zbekistonga ishonadi. Biz o‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini kengaytirishda davom etamiz. Ochiq muloqotning o‘rni haqida: Prezident bilan Ochiq muloqot - tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, biznes vakillarining har bir taklif va tashabbuslarini hayotga tatbiq etishning eng samarali yo‘lidir. Unda ishtirok etish har bir investor uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094

#Ochiq_muloqot_2026 Hilola Obidova: "O'z kelajagiga befarq bo'lmagan har qanday tadbirkor bu muloqotda faol ishtirok etishi kerak!" 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

5 247 ta murojaat: 2 984 tasi hal etildi 🗣17-iyul holatiga ko‘ra, “Ochiq muloqot — 2026” Respublika shtabiga tadbirkorlardan 5 247 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 2 984 tasi hal etildi, 2 263 tasi esa ko‘rib chiqilmoqda. Murojaatlarda asosan bank xizmatlari, tadbirkorlarning huquqiy himoyasi, ishlab chiqarish maydonlari va infratuzilma bilan ta’minlash, tartibga solish jarayonlarini soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘tarilgan.
Shuningdek, ekspert guruhlari tomonidan 278 ta tizimli muammo o‘rganilmoqda. Aniqlangan masalalarni hal etish va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026