uz
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 110
Obunachilar
-4524 soatlar
-3297 kun
-1 55730 kun
Postlar arxiv
#Tadbirkordan_Tadbirkorga Umida Rahmonova "MISS LIGHTING" MCHJ rahbari
“Biznes hamjamiyati va davlat o‘rtasidagi ochiq muloqot qanchalik mustahkam bo‘lsa, tadbirkorni qiynayotgan masalalarga shunchalik tez va aniq yechim topiladi. Muhimi, tadbirkorning ovozi eshitilib, taklifi amaliy qarorlarda o‘z aksini topishidir.”
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Qashqadaryolik tadbirkorlar diqqatiga! 🗣Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari I. Kasimov ishtirokida tadbirkor
Qashqadaryolik tadbirkorlar diqqatiga! 🗣Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari I. Kasimov ishtirokida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗓Sana: 17-iyul 2026-yil 🕚Vaqti: soat 11:00 📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, IT Park binosi Mo‘ljal: sobiq “Qarshi” mehmonxonasi binosi ro‘parasi.
Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning investitsiyalar, sanoat, tashqi savdo, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda vazirlik vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqiladi. O‘z murojaat va takliflarini bevosita bildirish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda tadbirkorlar belgilangan vaqtda qabulda ishtirok etishlari mumkin.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonlari 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar, Respublika shtabida esa murojaatlarni qabul qilish va tahlil etish ishlari davom etmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammo, taklif va tashabbuslar sohalar kesimida o‘rganilib, ayrim masalalarga tezkor yechim topilmoqda. Tizimli yondashuvni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqilmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Soliqqa oid murojaatlar qanday tahlil qilinmoqda? 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabiga soliq yo‘nalishida kelib tushayotgan murojaatlar ekspertlar tomonidan batafsil o‘rganilmoqda.
Tadbirkorlar ko‘tarayotgan masalalar mazmuni va yo‘nalishlari bo‘yicha tizimlashtirilib, amaldagi tartib doirasida hal etiladigan hamda tizimli yechim talab qiladigan takliflar alohida tahlil qilinmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Video xabar00:58

#Ekspert_fikri ✍️Ismoil Sayitov Biznes-ombudsman devoni yetakchi inspektori. 🗣Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2021-yildagi PF-6318-son Farmoniga koʻra:
✅ Yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan avtobus, elektrobus, trolleybus hamda mikroavtobuslarni 2027-yil 31-dekabrga qadar Oʻzbekistonga import qilishda- bojxona bojining NOL stavkasi qoʻllaniladi. ✅ Utilizatsiya yigʻimini esa 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin.
❗️Muhim jihat: utilizatsiya yigʻimini boʻlib toʻlash imtiyozidan foydalanish uchun Bojxona kodeksining 47-bobida nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash (sugʻurta polisi, bank kafolati, tovar garovi, uchinchi shaxs kafilligi yoki depozit) shart emas.
📌 Sababi: Bojxona kodeksining 289-moddasiga asosan, bojxona toʻlovlari- bojxona boji, QQS, aksiz solig‘i va bojxona yigʻimlaridan iborat. Utilizatsiya yigʻimi esa bojxona toʻlovi turi sifatida qayd etilmagan.
▶️Demak, Farmonda nazarda tutilgan ushbu imtiyozdan foydalanish uchun qoʻshimcha taʼminot qoʻyish talabi yoki majburiyati yoʻq. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Repost from GENERALISSIMUS
👍 Surxondaryoda tadbirkorlar ovozi 5 soatdan beri tinglanmoqda!   Surxondaryo viloyatida Biznes-ombudsman, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat hokimligi rahbariyati ishtirokida boshlangan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda.   Bugun soat 10:00 da boshlangan mazkur uchrashuv mana 5 soatdirki o‘z shiddatini yo‘qotgani yo‘q. Muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan dolzarb savollarni berib, faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni ochiq bayon etmoqdalar hamda biznesni rivojlantirish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirmoqdalar.   Har bir ishtirokchining murojaatini alohida tinglanib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berilmoqda hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan har bir murojaat nazoratga olinmoqda. @u_generalissimus

Yashnobodda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorga
+4
Yashnobodda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Yashnobod tumanida faoliyat yuritayotgan biznes vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda qariyb 100 nafar tadbirkor ishtirok etib, ularning biznes faoliyatida uchrayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari bevosita tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
◾️Hududlardagi bunday uchrashuvlar tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularga amaliy yechim topish hamda Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti kun tartibini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

#Diqqat 📢 Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Navoiy viloyatidagi soha tadbirkorlari diqqatiga! Bugun, an’anaga muvofiq, Qurili
#Diqqat 📢 Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Navoiy viloyatidagi soha tadbirkorlari diqqatiga! Bugun, an’anaga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rahbariyati hamda mutasaddilari ishtirokida soha tadbirkorlari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi. Ochiq muloqot davomida: • sohadagi mavjud muammolar; • tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar; • taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi. 🕕 Vaqti: 18:00 📍Manzil: — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; — Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari. Barcha soha tadbirkorlarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonlari 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Respublika shtabida murojaatlarni qabul qilish, yo‘nalishlar bo‘yicha tizimlashtirish va ekspertlar ishtirokida tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘rganilib, amaliy yechim talab qiladigan hamda tizimli taklif sifatida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar shakllantirilmoqda.
📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Qashqadaryoda agrar soha tadbirkorlarini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi 🗣Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yo
+4
Qashqadaryoda agrar soha tadbirkorlarini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi 🗣Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Agroportal” axborot tizimidan foydalanish, paxta va g‘alla yetishtirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit mablag‘laridan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalash hamda xarid qilingan texnikalar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda uchrayotgan muammolar ko‘tarildi.
◾️Muloqot yakunida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash uchun mas’ul vazirlik va idoralarga yuborishga kelishildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Farg‘onada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: 11 ta murojaat ko‘rib chiqildi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi och
+3
Farg‘onada tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: 11 ta murojaat ko‘rib chiqildi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Farg‘ona shahrida kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari hamda soliq maslahatchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida soliq sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda ayrim yo‘nalishlarda joriy etilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun QQSning soddalashtirilgan tartibi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim yengillik ekani ta’kidlandi.
◾️Uchrashuvda tadbirkorlardan kelib tushgan 11 ta murojaatning 8 tasi ijobiy hal etildi, 3 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Murojaat amaliy yechimga aylandi 🗣Tadbirkor Jasur Amonov tomonidan Ochiq muloqot shtabiga yo‘llangan murojaat tegishli tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, unda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.
Murojaatning ko‘rib chiqilish jarayoni va erishilgan natija haqida tadbirkor telefon orqali o‘z fikrlarini bildirdi.
🎧Jasur Amonovning fikrlari — audioyozuvda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Xorazmda tadbirkorlar masalalari muloqotdan amaliy yechimga olib chiqildi 🗣Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosa
+3
Xorazmda tadbirkorlar masalalari muloqotdan amaliy yechimga olib chiqildi 🗣Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev Xorazm viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi hamda hududdagi qator sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, eksportni rivojlantirish, moliyaviy resurslardan foydalanish va korxonalarni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilganlari bo‘yicha ijro muddatlari belgilanib, nazorat o‘rnatildi.
◾️Sanoat korxonalariga tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya loyihalari, mahalliylashtirish darajasi va eksport salohiyati o‘rganildi. Korxonalarni texnologik yangilash, raqobatbardoshlikni oshirish va ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

Repost from Biznes-ombudsman
#faoliyat 👍 Surxondaryoda Biznes-ombudsmanning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatid
+5
#faoliyat 👍 Surxondaryoda Biznes-ombudsmanning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi    Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat hokimligi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etildi.   Uchrashuv davomida biznes vakillari o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni bayon etib, O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ladilar. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

Samarqandda kimyo sanoatidagi dolzarb masalalar tadbirkorlar bilan muhokama qilindi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI och
+4
Samarqandda kimyo sanoatidagi dolzarb masalalar tadbirkorlar bilan muhokama qilindi 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Samarqand viloyatida biznes vakillari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqotda kimyo sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, xomashyo ta’minotini yaxshilash, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar va fuqarolarning murojaat hamda takliflari tinglanib, ularni o‘rganish va hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
◾️Hududlardagi bunday uchrashuvlar biznes vakillarini qiynayotgan masalalarni bevosita eshitish va ularga amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda. 📲 Taklif va murojaatlar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot #BiznesniQoʻllabQuvvatlash #Tadbirkorlik

👍 YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan
👍 YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! Davlatimiz Rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazadigan Ochiq muloqoti — bu biznes muhitini tubdan o‘zgartiruvchi kuchdir. Respublika shtabi a’zolari — 40 dan ortiq vazirlik va idoralarning yetuk mutaxassislari Sizning tizimli muammolaringizga yechim topish uchun birlashdi.
Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsman rahbariyatining shaxsy va onlayn qabullari ochiq!
O‘z taklifingizni qoldiring: 📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlari 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali tez va qulay murojaat qiling! OCHIQ MULOQOT 2026

Repost from Biznes-ombudsman
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq
🔈 Tadbirkorlar diqqatiga! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan VI ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun Surxondaryo viloyatida Biznes-ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi. 👍 Sana: 16-iyul 🕝 Vaqt: 10:00 👍Manzil: Termiz shahri, “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi” majlislar zali Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

Repost from Biznes-ombudsman
#faoliyat 👍 Qashqadaryoda tadbirkorlar muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi Qashqadaryo viloyat
+9
#faoliyat 👍 Qashqadaryoda tadbirkorlar muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi   Qashqadaryo viloyatida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev, viloyat hokimi Murodjon Azimov hamda Bojxona qo‘mitasi vakillari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  
Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.
  100 ga yaqin tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etgan tadbirda hududda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan natijalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to‘lovlari, soliq ma’murchiligi, bank xizmatlari, mahsulotlarni sertifikatlash, yer ajratish, imtiyozli kredit olish, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda chorvachilik yo‘nalishlaridagi tizimli muammolar alohida nazoratga olindi. Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube