uz
Feedback
Ochiq muloqot 2026

Ochiq muloqot 2026

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan o‘tkaziladigan VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Murojaat va takliflar uchun: @ochiqmuloqot2026_bot 1100 va 1094 qisqa raqamlari

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 153
Obunachilar
-1824 soatlar
-3077 kun
-1 51430 kun
Postlar arxiv
Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va maxsus shtab faoliyati o‘rganildi 🗣Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘
Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va maxsus shtab faoliyati o‘rganildi   🗣Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan o‘tkazilishi kutilayotgan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Xorazm viloyatida Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  ◾️Biznes vakillari qatnashgan tadbirda hududda yaratilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan natijalar muhokama qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator muhim va tizimli masalalar alohida nazoratga olindi.   👍 Tashrif davomida Biznes-ombudsman ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha viloyatda tashkil etilgan maxsus shtab faoliyati bilan ham tanishdi. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

Ochiq muloqot sari 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik davom etmoqda.
Unda biznes vakillarining faoliyati davomida uchrayotgan masalalar, amaliy takliflar va yangi tashabbuslar muhokama qilinadi.
◾️Biznesingizni rivojlantirishga oid taklifingiz yoki yechim talab qilayotgan masalangiz bo‘lsa, @ochiqmuloqot2026_bot yoxud 1100 | 1094 qisqa raqamlari orqali yuboring. #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

Tadbirkorlarning murojaatlari o‘rganildi Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash, taklif va mulohazalarini tinglash, muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga ko‘maklashish maqsadida Qumqo’rg’on tumanida navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi. ◾️Ochiq muloqot davomida biznes vakillarining suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk va yer solig‘idan imtiyoz qo‘llash, moliyaviy jarima, soliq hisoboti, elektron hisobvaraq-faktura hamda ortiqcha soliq to‘lovlari bilan bog‘liq 11 ta murojaati tinglandi.
– 3 ta murojaat joyida hal etildi; – 5 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi; – 3 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganishni talab etgani sababli ijrosi nazoratga olindi.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

🗣1-avgustdan “Biznes himoya” QR-kodi kuchga kirdi! Ushbu muhim yangilik hatto sun’iy intellektni ham ilhomlantirib, shu mavzuda maxsus qo‘shiq yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Endi tekshiruv, profilaktika yoki muloqot bo‘ladimi — davlat organi xodimi huzuringizga kelishdan oldin QR-kodni skanerlashi va elektron shaklni to‘ldirishi shart.
Agar xodim QR-kodni skanerlamasa yoki shaklni to‘ldirmasa, uni qabul qilmaslikka va suhbatni rad etishga to‘la haqlisiz. Bunday tashrif qonunga xilofdir. Hurmatli tadbirkorlar, yangi imkoniyatdan faol foydalaning va biznesingizni himoya qiling!
🔗QR-kodni govcontrol.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

👍 1 августдан «Бизнес ҳимоя» QR-коди кучга кирди! Ушбу муҳим янгилик ҳатто сунъий интеллектни ҳам илҳомлантириб, шу мавзуда махсус қўшиқ яратилишига сабаб бўлди. Энди текширув, профилактика ёки мулоқот бўладими - давлат органи ходими хузурингизга келишдан олдин QR-кодни сканерлаб, электрон шаклни тўлдириши шарт. Агар ходим QR-кодни сканерламаса ёки шаклни тўлдирмаса, уни қабул қилмасликка ва суҳбатни рад этишга тўла ҳақлисиз. Бундай ташриф қонунга хилофдир. Ҳурматли тадбиркорлар, янги имкониятдан фаол фойдаланинг ва бизнeсингизни ҳимоя қилинг! QR-кодни govcontrol.uz сайтидан юклаб олишингиз мумкин.

OCHIQ MULOQOT - 2026 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! OCHIQ MULOQOT 2026

#OAV_Biz_Haqimizda Tadbirkorlar bilan muloqot — hududlarning o‘zida 🗣Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hududlarda biznes vakillari bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan masalalar, amaliy taklif va tashabbuslar bevosita muhokama qilinmoqda.
Bildirilgan murojaatlar mas’ul tashkilotlar ishtirokida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

🗣2026-yil 31-iyul holatiga tadbirkorlardan 6 017 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 4 228 tasi hal etildi, 1 789 tasi esa ko‘rib chiqish jarayonida.
Murojaatlarda tadbirkorlarning huquqiy himoyasi, bank xizmatlari, ishlab chiqarish maydonlari, infratuzilma, soliq tizimi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan. Ular hududlar va yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinib, tizimli yechimlar bo‘yicha takliflar shakllantirilmoqda.
📩Biznesingizga oid masala yoki taklifingiz bo‘lsa, @ochiqmuloqot2026_bot yoxud 1100 | 1094 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

#Ochiq_muloqot_2026
Kumush Xamrayeva: “Prezidentimizning har yili tadbirkorlar bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqoti biz kabi milliy brendlarning rivojlanishida katta turtki bo‘lmoqda. Siz ham faol qatnashing, sizning ovozingiz eng muhimi bo‘lishi shubhasiz!”
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

OCHIQ MULOQOT - 2026 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! OCHIQ MULOQOT 2026

#Ochiq_muloqot_2026
Zebo Mo'minova: "Prezidentimiz tomonidan ayol-tadbirkorlarga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, eʼtirof bizni katta marralar sari ilhomlantirmoqda. Keling tadbirkorlar sifatida birgalikda imkoniyatlarimizdan foydalanaylik va o‘z kelajagimizga befarq bo‘lmaylik".
📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 | 1094 Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube

👍 Tadbirkor! Sudda yutdingiz, lekin pulni kutaverib charchadingizmi? Ilgari sud qarori bo‘lsa ham, davlat organlaridan zararni undirishda «budjetda pul yo‘q» degan bahona bilan to‘lovlar oylab kechikardi. Yangi qabul qilingan "Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida"gi Qonuni ushbu tizimli muammoga uzil-kesil chek qo‘ymoqda!
Asosiy o‘zgarishlar: - Hokimliklar huzurida zararlarni qoplash bo‘yicha alohida Maxsus Jamg‘arma tuziladi; - Jamg‘armaga mahalliy budjet zaxirasi (kamida 15%) va yer savdosi tushumlaridan muntazam pul ajratiladi; - Zarar qaysi tashkilot tomonidan yetkazilganidan qat’i nazar, mablag‘ ushbu Jamg‘armadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkorlik bilan o‘tkazib beriladi.
Batafsil ma’lumotni Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan turkum lavhalarning 1-qismida tomosha qiling!

“Ochiq muloqot — muammoni aytish va yechim topish imkoniyati” 🗣Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor Muhabbat Pardayeva suv ta’minoti bo‘yicha hisoblangan qarzdorlikni qayta ko‘rib chiqish yuzasidan Ochiq muloqot shtabiga murojaat qilgan edi.
Murojaat tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, hisob-kitoblarga aniqlik kiritildi va qarzdorlik bilan bog‘liq masala hal etildi.
◾️Muhabbat Pardayeva ushbu jarayon haqida fikr bildirib, Ochiq muloqot tadbirkorlarning muammolarini ochiq aytishi va ularga amaliy yechim topilishi uchun muhim imkoniyat ekanini ta’kidladi. 📲 @ochiqmuloqot2026_bot ☎️ 1100 |1094 #OchiqMuloqot2026 #TadbirkorlarMurojaati

OCHIQ MULOQOT - 2026 👍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bo‘lajak VI Ochiq muloqot mamlakatimiz biznes muhitini rivojlantirishda yuksak strategik ahamiyatga egadir. 📞Tadbirkorlar 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilishlari mumkin! OCHIQ MULOQOT 2026

👍 «OCHIQ MULOQOT 2026»: MUAMMOLARINGIZGA BIRGALIKDA YECHIM TOPAMIZ!   Biznes shiddat bilan rivojlanmoqda, davlat esa bu yo‘lda tadbirkorning eng yaqin tayanchi va ishonchli himoyachisiga aylanmoqda.   «Ochiq muloqot 2026» doirasida tadbirkorlarning muammo va tashabbuslarini tinglash, ularga tezkor yechim topish maqsadida Respublika shtabi faoliyat yuritmoqda.  
👍 Shtabda siz uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?   👍 40 dan ortiq vazirlik, idoralar va soha ekspertlari bir joyda jamlangan.   👍 Har kuni Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati tadbirkorlarni shaxsan qabul qiladi (hududlardan turib onlayn ishtirok etish imkoniyati mavjud).
  📞 1100 yoki 1094 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z takliflaringizni ayting. 👍 @ochiqmuloqot2026_bot orqali murojaat qilish tez va qulay. OCHIQ MULOQOTDA FAOL ISHTIROK ETIB, YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA VA BIZNES MUHITI RIVOJIGA O‘Z HISSANGIZNI QO‘SHING! OCHIQ MULOQOT 2026