Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района
Kanalga Telegram’da o‘tish
Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
4 722
Obunachilar
-924 soatlar
-637 kun
-1 73830 kun
Postlar arxiv
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
+1
Yakkasaroydagi noqonuniy buzilish va qurilish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahar prokuraturasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Damariq MFY, A.Qahhor ko‘chasidagi xonadonning noqonuniy buzilgani hamda kompensatsiya to‘lovlari bilan bog‘liq tarqalgan videomaterial yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda
Aniqlanishicha, "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lishiga qaramay, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagan.
Shuningdek, tegishli ruxsatnomalarsiz ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani ham aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan "Mega Logistics Servise" MChJ mansabdor shaxslari va boshqa mas'ul shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma'lum qilinishicha, jinoyat ishi alohida nazoratga olingan bo‘lib, tergov yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
⸻
По факту незаконного сноса и строительства в Яккасарайском районе возбуждено уголовное дело.
По сообщению прокуратуры города Ташкента, проводится доследственная проверка по видеоматериалу, распространенному в социальных сетях, касающемуся незаконного сноса дома и компенсационных выплат по улице А. Каххара в махалле Дамарик Яккасарайского района.
Установлено, что должностные лица ООО "Mega Logistics Servise" самовольно снесли данный дом, несмотря на то, что исполнительные действия по принудительному выселению граждан не были завершены.
Также выяснилось, что на этой территории без соответствующих разрешений были самовольно построены 1 двадцатиэтажный, 2 девятнадцатиэтажных, 1 двенадцатиэтажный и 1 двухэтажный жилые дома.
По данным фактам в отношении должностных лиц ООО "Mega Logistics Servise" и других ответственных лиц возбуждено уголовное дело.
Сообщается, что уголовное дело взято под особый контроль, по итогам расследования будет принято законное решение.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
🇺🇿 "Mahallaning bugungi qiyofasi ozoda, tartibli va fayzli muhiti bilan ajralib turishi kerak." — Xayot Inogamov
📍 Yangihayot tumani hokimi an’anaga muvofiq erta tongdan mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu galgi o‘rganishlar "Yangi Umid" mahallasida davom ettirilib, "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
⭕️ Tuman hokimi mahalla bo‘ylab o‘rganish olib borar ekan, hudud qiyofasi, ozodaligi va obodligiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, ko‘p qavatli uylar atrofi, bolalar maydonchalari, yashil hududlar hamda ichki ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlarini yetarli darajada hamda tizimli tashkil etmagan mas’ullar faoliyati tanqid qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq muddatlar belgilab berildi.
⭕️ Shuningdek, tuman hokimi hududdagi tozalik va tartib aholi uchun qulay hamda xavfsiz yashash muhitini yaratishning muhim omili ekanini ta’kidlab, amalga oshirilayotgan har bir ish sifatli, o‘z vaqtida va tizimli tashkil etilishi zarurligini qayd etdi.
Repost from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
🫥Aholi uchun qulaylik tartib-intizomdan boshlanadi
🇺🇿Bugun Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Aziz Azimov, shahar boshqarmalari, tegishli idoralar va Chilonzor tumani hokimligi rahbarlari hamrohligida tumandagi bir qator obyektlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🏘Asosiy e’tibor jamoat joylarini noqonuniy qurilmalardan tozalash, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish hamda xavfsiz shahar muhitini yaratishga qaratildi.
🗾 Xususan, tadbir ishtirokchilari “Qatortol” ko‘chasi va bozori hududida bo‘lib, uzoq yillar davomida piyodalar yo‘lini egallab turgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni demontaj qilish ishlari bilan tanishdilar. Noqonuniy qurilmalar tufayli odamlar ko‘pincha yo‘lning qatnov qismiga chiqishga majbur bo‘lar edi.
🧑💻Bugun shahar piyodalarga o‘zlarining qonuniy hududini qaytarmoqda. Trotuarlar, avvalo, insonlar — bolalar, keksalar, aravachali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va shahar bo‘ylab har kuni piyoda harakatlanadigan barcha aholi uchun mo‘ljallangan.
🔵Shuningdek, “Zarqo’rgon” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari, “Navbahor” mahallasida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish masalalari hamda “Lutfiy” mahallasidagi GES-9 podstansiyasida mavjud muammolar o‘rganildi.
🫥 Amalga oshirilayotgan barcha ishlarni yagona bir maqsad birlashtiradi — shaharni har bir fuqaro uchun yanada qulay, xavfsiz va shinam qilish. Aynan inson manfaatlari shahar muhitini rivojlantirishda asosiy mezon bo‘lib qoladi, jamoat joylarida tartib o‘rnatish esa ushbu tizimli ishning muhim qismidir.
—
🫥Комфорт жителей начинается с порядка
🇺🇿Сегодня хоким города Ташкента Шавкат Умурзаков совместно с первым заместителем начальника Департамента Администрации Президента Республики Узбекистан по вопросам общественной безопасности и верховенства закона Азизом Азимовым, руководителями городских управлений, профильных ведомств и хокимията Чиланзарского района ознакомились с ходом работ на ряде объектов района.
🏘В центре внимания — освобождение общественных пространств от незаконной застройки, благоустройство, развитие инженерной инфраструктуры и создание безопасной городской среды.
🗾 В частности, участники выезда посетили территорию улицы и рынка «Катартал», где продолжаются работы по демонтажу самовольно возведённых объектов, долгие годы занимавших пешеходную территорию. Из-за незаконных конструкций людям зачастую приходилось выходить на проезжую часть.
🧑💻Сегодня город возвращает пешеходам их законное пространство. Тротуары предназначены прежде всего для людей — детей, пожилых, родителей с колясками, людей с инвалидностью и всех жителей, которые ежедневно передвигаются по городу пешком.
🔵Также были изучены работы по благоустройству в махалле «Заркургон», вопросы повышения надёжности электроснабжения в махалле «Навбахор» и существующие проблемы на подстанции ГЭС-9 в махалле «Лутфий».
🫥 Все проводимые работы объединяет одна цель — сделать город удобнее, безопаснее и комфортнее для каждого жителя. Именно интересы человека остаются главным ориентиром в развитии городской среды, а наведение порядка в общественных пространствах — важной частью этой системной работы.
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
+6
🇺🇿 Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
📌 Saf yig‘inida tumandagi, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda barcha mas’ul tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
👆 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig’i mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site
❗️ Diqqat, e'lon!
🇺🇿 “Yangihayot” industrial texnoparki hududidan o‘tgan ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarining yo‘l qurilishi hududiga to‘g‘ri kelib qolganligi sababli, mazkur quvurlarni ta’mirlash hamda ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
⚡️ Shu sababli, 2026-yil 4-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar "Chortoq" mahallasining ayrim hududlari, “Grandpharm” MChJ, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda “Land House” MChJgacha bo‘lgan hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
#YangihayotAI
#Mustaqilligimizning35Yilligi
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettirmiz.
🇺🇿 5-fakt. Yangihayot tumanida 30 ta mahalla mavjud!
✅ Bilarmidingiz? Bugungi kunda Yangihayot tumani tarkibida 30 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Unda 203,5 ming nafar doimiy aholi istiqomat qiladi.
🔘 Shuningdek, tuman hududida 69,1 ming ta oila va 52,6 ming ta xonadon mavjud. Bu ko‘rsatkichlar Yangihayotning poytaxtdagi yirik va jadal rivojlanayotgan tumanlardan biri ekanini ko‘rsatadi.
👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.
🇺🇿 "Dolzarb 40 kunlik": ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida Yangihayot tumanida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda.
📍 Xususan, bugun tuman soliq inspeksiyasi hamda "mahalla yettiligi" vakillari "Viqor" mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh ehtiyojmand oilalar xonadonlarida bo'lib, ularning holidan xabar oldi. Bayram arafasida ularga oziq-ovqat to'plamlari topshirildi.
🌸 Bunday xayrli tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir amaliy ifodasidir.
🥰 Hayvonlarga mehr — insoniylik mezoni.
✅ Joriy yilning 28-iyunidan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi. Bu o‘zgarishlar nafaqat qonun ustuvorligini ta’minlash, balki jamiyatimizda mehr-oqibat va mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🇺🇿 Yangihayot tuman hokimligida ham buning kichik, ammo samimiy bir ifodasi bor.
🐈 Har bir jonning qadri bor. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik hech qachon kuch belgisi emas, aksincha, mehr-shafqat va g‘amxo‘rlik jamiyatning haqiqiy kuchini namoyon etadi.
🔘 Keling, farzandlarimizga ham ana shu qadriyatlarni singdiraylik. Zero, tabiat va hayvonlarga mehr bilan qaraydigan avlod ertangi kunning yanada insonparvar jamiyatini barpo etadi.
👍 Videoda — Yangihayot tuman hokimligining mehribon “a’zosi” — mushukchamiz.
🇺🇿 Ayni kunlarda Yangihayot tumanining "Yo‘ldosh" mavzesida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida hudud tobora ko‘rkam va obod maskanga aylanmoqda.
🏘 Olib borilayotgan obodonlashtirish, tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda yog‘och uylarning tashqi qismini bo‘yash ishlari hududning landshaft dizaynini yanada jozibador ko‘rinishga keltirmoqda.
👍 Videoni tomosha qiling va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling!
Repost from Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
Madaniyat – bu nafaqat san’at, balki barcha tirik mavjudotga bo‘lgan hurmat hamdir.
Biz hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz va bugungi kunda ularning farovonligi va ularga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish masalalariga, shu jumladan qonunchilik darajasida tobora ko‘proq e’tibor qaratilayotganidan mamnunmiz.
Bular esa – Jamg‘armamizning eng kichik xodimlari. 🐾
O‘z jonivorlaringizni ham ko‘rsating! Mo‘ynali hamkasblaringizning fotosuratlarini ulashib, ularning ismlarini yozing.
____
Культура — это не только искусство, но и уважение ко всему живому.
Мы поддерживаем инициативы, направленные на защиту животных, и рады, что вопросам их благополучия и ответственному отношению к ним сегодня уделяется все больше внимания, в том числе на законодательном уровне.
А это — самые маленькие сотрудники нашего Фонда. 🐾
Покажите и своих! Делитесь фотографиями пушистых коллег и рассказывайте, как их зовут
____
Culture is about more than art — it’s also about showing respect for all living beings.
We support initiatives that promote animal welfare and are pleased to see growing attention being given to their protection and to responsible treatment of animals, including through legislation.
And these are the smallest members of our Foundation team. 🐾
Now it’s your turn! Share a photo of your furry colleagues and tell us their names.
ACDF | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
⚡️ "Yangihayot" mahallasida ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda
🇺🇿 Ayni kunlarda "Yangihayot" mahallasida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
👆 Xususan, “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik dasturi doirasida mahalla hududidagi jami 4 kilometr uzunlikdagi turli diametrdagi eskirgan ichimlik suvi quvurlari yangi quvurlarga almashtirilmoqda.
📌 Mazkur ishlar to‘liq yakunlangach, mahalladagi ichimlik suvi ta’minotining barqarorligi va sifati sezilarli darajada yaxshilanadi.
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
Repost from Rasmiy axborot
🔴 Hayvonlarga shafqatsizlikka qarshi murosasiz kurash: endi jazo yanada qat’iy
⛔Joriy yilning 28 iyunidan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan yanada keskin javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari kuchga kirdi.
☑️Endilikda bunday qilmishlar uchun ma’muriy jarimalar ikki barobar oshirildi. Shuningdek, huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu kabi noqonuniy harakatlarni takroran sodir etgan shaxslar esa jinoiy javobgarlikka tortilib, ozodlikdan mahrum qilinishi ham nazarda tutilgan.
✅ Bu qonunlar faqat aybdorlarni jazolash uchun qabul qilinmaydi. Ular jamiyatimiz qanday qadriyatlarga tayanishi, mehr-oqibat va mas’uliyat har birimiz uchun birdek majburiy ekanini anglatadi.
🔴Zo‘ravonlikka murosasiz munosabat orqaligina xavfsiz va sog‘lom jamiyatni barpo etish mumkin. Alloh yaratgan har bir mavjudotning qadri bor. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik uchun javobgarlikning kuchaytirilishi aynan shu qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zgalar hayotiga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bu borada asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida. Aynan ular ojizlarga ozor yetkazish mumkin emasligini, odam o‘z kuchini shafqatsizlik orqali namoyon etishi noto‘g‘ri ekanini farzandlariga o‘rgatadilar. Men ota-onalarni ushbu muhim haqiqatni doimo esda tutishga chaqiraman.” — Saida Mirziyoyeva.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🇺🇿 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari,"mahalla yettiligi" vakillari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
✅ Saf yig‘ini davomida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, keyingi bosqichda hududlarda bajariladigan vazifalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Xususan, aholi uchun yanada qulay muhit yaratish, “Yo‘ldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlarini tizimli davom ettirish, hududni chiqindilardan holi qilish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
🔘 Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari hamda mas’ul rahbarlar mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, ko‘p qavatli uylar atrofi va yashil hududlar ko‘zdan kechirildi.
+4
#Obodonlashtirish
#YoʻldoshMavzesi
🔘 “Dolzarb 40 kunlik” maxsus tadbirlari doirasida Yangihayot tumanining “Yoʻldosh” mavzesida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari izchil davom etmoqda.
📍 Hududda daraxt va butalarning quruq hamda ortiqcha shoxlari kesilib, ularga shakl berilmoqda. Shuningdek, ko‘chalar va umumiy foydalanish hududlaridan maishiy hamda qurilish chiqindilari olib chiqilib, atrof-muhitning tozaligi va obod qiyofasini ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site
+8
Bugun erta tongdan Yangihayot tumani hokimi, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosari, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda barcha tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida navbatdagi saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Saf yig‘inida tumandagi, xususan, yog‘och uylar va ularga tutash hududlarda "Dolzarb 40 kunlik" maxsus tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish hamda barcha mas’ul tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, Yangihayot tumani hokimi hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari mahallalar hududlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
+5
✅ “Binokor” mahallasidagi qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
🇺🇿 “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Yoshlar ishlari agentligi Yangihayot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Binokor” mahallasida joylashgan qabristonda tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
🔘 Tadbir davomida qabriston hududi tozalanib, qurigan shox-shabbalar va turli chiqindilar yig‘ishtirildi. Shuningdek, hudud tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
