uz
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Kanalga Telegram’da o‘tish

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
4 728
Obunachilar
-224 soatlar
-697 kun
-1 73030 kun
Postlar arxiv
🇺🇿 Xushnud mahallasida navbatdagi yig’ilish bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun Xushnud mahalla fuqarolari yig‘inida tuman hokimi, tuman
+7
🇺🇿 Xushnud mahallasida navbatdagi yig’ilish bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun Xushnud mahalla fuqarolari yig‘inida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB mas’ullari, fuqarolar va bir guruh yoshlar ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida navbatdagi jinoyat muhokamasi o‘tkazildi. 👍 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 va PQ-2-sonli qarorlarining ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. 👍 Muhokama davomida jinoyatchilikning ortib borish sabablari, oqibatlari, sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar hamda unga qarshi jamoatchilik bilan hamkorlikda kurashish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir davomida mahalladagi huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishda nafaqat “mahalla yettiligi” vakillari va huquq-tartibot organlari faolligi, balki mahalla fuqarolarining hushyorligi va mas’uliyati ham katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

🇺🇿 Tuman hokimining shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 20 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar, tashabbus va takliflari bilan murojaat qildi. 👍 Qabul davomida mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan birga fuqarolarning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tibbiyot, kommunal xizmatlar hamda obodonlashtirish masalasidagi muammo va takliflari atroflicha o‘rganildi. 👍 Natijada murojaatlarning bir qismi qanoatlantirildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa mas’ullarga murojaatni joyiga chiqib o‘rganish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 н
“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”,дейилади мурожаатда.
Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.
Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

💠 “Faol tadbirkor” — kutilmagan qo‘ng‘iroqdan yuksak e’tirofgacha 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoyishiga muvofiq, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 🥳 Ular orasida Yangihayot tumanidagi uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan “Trust communal” boshqaruv servis kompaniyasi rahbari Saydmurod Jurayev ham bor.
🌫 “Tanishlarim telefon qilib, ‘mukofot olibsiz’, deyishdi. Men esa hazillashyapti deb o‘yladim. Hatto ‘Hazillashmanglar’, deb telefonni qo‘yib qo‘ydim”, — deydi Saydmurod Jo'rayev.
👍 Uning aytishicha, tadbirkorlikda eng muhimi — o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish.
🌫 “Bizning mehnatimizni inobatga olib, davlatimiz rahbarining imzosi qo‘yilgan mukofotni olish, albatta, biz uchun katta e’tirof. Bu nafaqat quvonch, balki bundan keyingi faoliyatimiz uchun ham katta mas’uliyat”, — deydi u.
👍 Suhbat davomida Saydmurod Jo'rayev tadbirkorlikka qanday kirib kelgani, faoliyatidagi asosiy maqsadi, amalga oshirgan tashabbuslari, aholiga xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi. ________________________________ 💠 "Активный предприниматель" — от неожиданного звонка до высокого признания 🇺🇿 В преддверии 35-летия независимости Республики Узбекистан, согласно соответствующему Указу главы нашего государства, группа соотечественников, вносящих достойный вклад в развитие предпринимательства в стране, была награждена нагрудным знаком "Faol tadbirkor." 🥳 Среди них — руководитель управляющей сервисной компании Trust communal, оказывающей услуги по обслуживанию жилых домов в Янгихаётском районе, Сайдмурод Джураев.
🌫 "Знакомые позвонили и сказали: "Вы получили награду." А я подумал, что они шутят. Я даже сказал: "Не шутите," — и повесил трубку," — вспоминает Сайдмурод Джураев.
👍 По его словам, самое главное в предпринимательстве — ответственно подходить к своему делу и оказывать населению качественные услуги.
🌫 "Получить награду за подписью главы нашего государства, который оценил наш труд, — это, конечно, большое признание для нас. Это не только радость, но и огромная ответственность за нашу дальнейшую деятельность," — говорит он.
👍 В ходе беседы Сайдмурод Джураев рассказал о том, как он пришел в предпринимательство, о главной цели своей деятельности, реализованных инициативах, работе по обслуживанию населения и возможностях, которые создаются для предпринимателей.

Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish – har bir inson uchun katta baxt”.
— Президент Шавкат Мирзиёев:
«В какой бы сфере и на какой бы должности ни трудился человек, заслуженное признание его труда — большое счастье».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#ob_havo 📆 Bugun 27-avgust, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

🇺🇿 Yuksak e’tirof zamirida — tizimli ish va umumiy natija 🇺🇿 Mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli Toshkentda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 🇺🇿 Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanishi — poytaxtni rivojlantirish yo‘lida shahar rahbariyati, tumanlar, boshqarma va xizmatlar tomonidan olib borilayotgan tizimli hamda hamjihat mehnatning yuksak e’tirofidir. ▫️So‘nggi yillarda Toshkentda qanday ishlar amalga oshirildi va ular shahar hayotini qanday o‘zgartirdi? Batafsil — YouTube kanalimizdagi maxsus videoda. 🎞 Videoni to‘liq tomosha qiling ⸻ 🇺🇿 За высоким признанием — системная работа и общий результат 🇺🇿 Благодаря созданным в нашей стране условиям и масштабным реформам серьёзные преобразования происходят и в Ташкенте. 🇺🇿 Награждение хокима города Ташкента Шавката Умурзакова орденом «Фидокорона хизматлари учун» — это высокая оценка системной и слаженной работы руководства столицы, районов, городских управлений и служб по развитию Ташкента и повышению качества жизни его жителей. ▫️Какие проекты были реализованы в столице за последние годы и как они изменили городскую жизнь? Подробнее — в специальном видео на нашем YouTube-канале. 🎞 Смотрите полную версию YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🌟Poytaxt rivojiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlar taqdirlandi 🇺🇿Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Toshkent shahrining rivoji, obodligi va aholi farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlar hamda turli soha mutaxassislariga davlat mukofotlari topshirildi. 🧑‍💻Taqdirlanganlar orasida shahar xo‘jaligi, obodonlashtirish, madaniyat, ijtimoiy soha va boshqa yo‘nalishlarda samarali mehnat qilayotgan vakillar bor. 🇺🇿 Shuningdek, poytaxt ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan yana bir guruh fuqarolar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. 🇺🇿Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov yig‘ilganlarni yuksak e’tirof bilan tabriklab, ularga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi. 🇺🇿Ularning fidokorona mehnati, mas’uliyati va tashabbuskorligi poytaxt taraqqiyoti hamda shahar hayotini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. ➡️Batafsil — videoda. ⸻ 🌟В Ташкенте наградили жителей, внесших вклад в развитие столицы 🇺🇿В преддверии 35-летия независимости Узбекистана государственные награды вручены жителям и специалистам различных сфер, вносящим достойный вклад в развитие столицы, её благоустройство и повышение качества жизни горожан. 🧑‍💻Среди награждённых — представители городского хозяйства, сферы благоустройства, культуры, социальной отрасли и других направлений. 🇺🇿 Кроме того, ещё одной группе жителей, чья добросовестная работа служит развитию Ташкента, вручили памятный знак «35 лет независимости Республики Узбекистан». 🇺🇿Хоким города Ташкента Шавкат Умурзаков поздравил награждённых с высоким признанием и в торжественной обстановке вручил им награды. 🇺🇿Их труд, ответственность и инициативность являются важным вкладом в дальнейшее развитие и благополучие столицы. ➡️Подробнее — в видео. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🇺🇿Yuksak e’tirof — katta mas’uliyat 🌟Tantanali marosimda bir qator viloyatlar hokimlari hamda Toshkent shahar hokimi Shavk
+4
🇺🇿Yuksak e’tirof — katta mas’uliyat 🌟Tantanali marosimda bir qator viloyatlar hokimlari hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakovga yuksak davlat mukofotlari topshirildi. 🇺🇿Toshkent shahar hokimligi jamoasi barcha mukofotlanganlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, Vatanimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 Shavkat Buronovich, Sizning rahbarligingizda poytaxtimiz yanada rivojlanib, yangi yutuq va marralarga erishishiga ishonamiz! ——— 🇺🇿Высокое признание — большая ответственность 🌟В ходе торжественной церемонии высокие государственные награды были вручены хокимам ряда областей, а также хокиму города Ташкента Шавкату Умурзакову. 🇺🇿Коллектив хокимията города Ташкента искренне поздравляет всех награждённых с высоким признанием и желает успехов в ответственной работе во имя развития страны и благополучия народа. 🇺🇿 Шавкат Буранович, уверены, что под Вашим руководством столица продолжит динамично развиваться и достигнет новых высот! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

🥳 Yangihayot tumanida tadbirkor va deputatlar esdalik nishonlari bilan taqdirlandi 👍 Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Yangihayot tumani hokimligida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Yangihayot tumanidagi bir guruh yurtdoshlarimizga mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 👍 Shuningdek, ushbu tadbir davomida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, o‘z faoliyati orqali hudud rivoji va xalq farovonligiga xizmat qilib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar hamda deputatlarga ham mazkur esdalik nishonlari topshirildi. 👍 Tadbirda Yangihayot tumani hokimi mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, ularning jamiyat rivoji, xalq manfaatlari va tuman taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Repost from Saida Mirziyoyeva
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Do
+4
Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi Doimiy qo‘mitasi a’zosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Chjao Letszi janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Samimiy ruhda kechgan suhbat chog‘ida davlatlarimiz rahbarlarining izchil va samarali muloqoti natijasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni muhokama qildik. Parlamentlararo muloqot ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir. Janob Chjao Letsziga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik izhor etaman. — Провели встречу с Чжао Лэцзи, членом Постоянного комитета Политбюро ЦК КПК, председателем Постоянного комитета Всекитайского собрания народных представителей. В ходе искренней беседы обсудили отношения между Узбекистаном и Китаем, которые в последние годы постоянно укрепляются благодаря тесному диалогу лидеров наших стран. Выходит на новый уровень и межпарламентский диалог. Ценим поддержку Китая и готовность вместе работать над конкретными проектами в области транспорта, торговли, образования и культуры. У наших стран много общих планов, и главное — последовательно их реализовывать. Спасибо господину Чжао Лэцзи за открытый и содержательный разговор.

🥳 Yangihayot tumanida esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, xalq manfaati yo‘lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz taqdirlandi. 👍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida ushbu Farmonga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan Yangihayot tumanidagi bir guruh yurtdoshlarimizga mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 🎉 Ushbu tadbirda Yangihayot tumani hokimi esdalik nishoni bilan taqdirlangan tadbir ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularning yurtimiz, xususan, tuman taraqqiyoti hamda xalq farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etdi. 👍 Marosim davomida Yangihayot tumani hokimi Davlatimiz rahbari nomidan bir qator tuman hokimligi, tegishli boshqarma va tashkilotlarning rahbar va xodimlari hamda “mahalla yettiligi” vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini tantanali ravishda topshirdi.

🥳 Yangihayotda bayram shukuhi: “Mustaqillik to‘yi” tadbirlari davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida “Mustaqillik to‘yi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. 🇺🇿 Xususan, bugun “Chinor” bekatida Yangihayot tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangihayot tuman bo‘linmasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi hamkorligida navbatdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, aholi va tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki bayram kayfiyati ulashildi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga davlatimiz bayrog‘i aks etgan lentalar taqdim etilib, yurtimiz mustaqilligi, tinchligi va farovonligining ramziy ifodasi namoyon etildi. Jarayonlar videomizda.

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topsh
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi,
– dedi Prezident. Ushbu o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida namoyon bo‘lishini qayd etdi. Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning hissasiga alohida to‘xtaldi. Facebook|Instagram|X

🏆Poytaxtdagi ayol rahbarlar 🇺🇿Poytaxtning lavozimdagi yagona ayol prokurori, Yangihayot tumanidagi birgina ayol hokim yordamchisi, Sergeli tumanida xotin-qizlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘ygan hokim o‘rinbosari va respublikada investitsiyalar yo‘nalishidagi yagona ayol hokim o‘rinbosari. ➡️Ularni nima bog‘lab turadi? Turli soha, turli mas’uliyat, ammo bitta umumiy jihat — tashabbus, qat’iyat va natijaga intilish. Ayol rahbarlar bugun qanday g‘oyalarni ilgari surmoqda? Ular odamlar bilan qanday ishlayapti? Muammoga qanday yechim topmoqda? Ularning faoliyatini kuzatamiz. Balki bu hikoyalarda o‘zgarishning eng muhim kuchi — tashabbuskor ayol nigohini ko‘rarmiz. 🧑‍💻 Videoni tomosha qiling. ⸻ 🏆Женщины-руководители столицы 🇺🇿Единственная в Ташкенте женщина-прокурор, единственная женщина среди помощников хокимов столицы, работающая в Янгихаётском районе, заместитель хокима Сергелийского района, выстроившая эффективный диалог с женщинами, и единственная в республике женщина — заместитель хокима по вопросам инвестиций. ➡️Что их объединяет? Разные сферы и разная ответственность, но общие качества — инициативность, решительность и стремление к результату. Какие идеи продвигают женщины-руководители? Как они работают с людьми и какие решения находят в сложных ситуациях? Мы познакомимся с их деятельностью ближе. Возможно, именно в этих историях раскрывается одна из важных движущих сил перемен — женская инициатива и лидерство. 🧑‍💻 Смотрите наше видео. YouTube | Facebook | Instagram |Web-site | Telegram-bot

Сизга тўланаётган пенсия пуллари қаердан келишини биласизми? ✔️ Маълумки Ўзбекистонда пенсия тизими ҳозирча солидар, яъни “ишлаётган авлод — пенсионер авлодни молиялаштиради” тамойилига асосланган. Бугунги ишловчилар ва иш берувчилар томонидан тўланадиган ижтимоий солиқлар ҳисобидан амалдаги пенсионерларга пенсия тўланади. 💬 Ва бу жараёнда фуқароларнинг расмий ишлашни расмийлаштириши, расмий иш ҳақи олиши ва иш берувчилар томонидан ижтимоий солиқларни мунтазам тўлаши катта аҳамиятга эгадир. Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🥖 “Bozorga chiqib, arzonroq, lekin sifatli mahsulot topib kelay”, deb uzoqdagi bozorga otlanish shart emas. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. 😊 Bugun “Navqiron” mahallasida dehqon bozori filialiga kirib o‘tsangiz, ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarning ko‘pi shu yerning o‘zida bor. Eng muhimi — narxlari hamyonbop. 💓 Sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan yangi va saralangan mahsulotlar yarmarkaga olib kelinib, aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilinmoqda. 🥕 Sabzi — 4 000 so‘m 🧅 Piyoz — 3 000 so‘m 🥔 Kartoshka — 5 000 so‘m 🔘 “Bir-ikki kilo olib chiqaman”, deb kirgan odam savatini to‘ldirib chiqishi hech gap emas. ⏲ Yarmarka 15-sentabrgacha davom etadi. 📍 Manzil: “Navqiron” mahallasidagi dehqon bozori filiali.

🥳 Mustaqillik bayrami arafasida 45-sonli DMTT yangilangan qiyofada ish boshladi 👍 Yangihayot tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 📍 Xususan, “Chorbog‘” mahallasida joylashgan 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida muassasa qayta foydalanishga topshirildi. 🇺🇿 Ochilish marosimida Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari hamda ota-onalar ishtirok etdi. ⚡️ Loyiha doirasida 50 yil avval bunyod etilgan ushbu binoning tashqi qismi ta’mirlanib, ayvonlar zamonaviy romlar bilan o‘raldi. Shuningdek, eshik va romlar yangilanib, xonalar ta’mirlandi. 👍 Bugungi kunda esa yangilangan xonalar va yaratilgan sharoitlar bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi va vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.