uz
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Kanalga Telegram’da o‘tish

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
4 732
Obunachilar
-224 soatlar
-697 kun
-1 73030 kun
Postlar arxiv
#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🛣️ Yangihayotda metro va muhim avtomobil yo‘llari tarmog‘i mavjud 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 33-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani hududidan Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi o‘tadi. Mazkur yo‘l tumanni poytaxtning boshqa hududlari hamda Toshkent viloyati yo‘nalishlari bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 🚏 Shuningdek, Yangihayot hududida Toshkent metropolitenining metro bekatlari smavjud. Ular aholining poytaxtning turli hududlariga qulay va tezkor harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🛣️ Yangihayotda metro va muhim avtomobil yo‘llari tarmog‘i mavjud 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 33-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani hududidan Toshkent halqa avtomobil yo‘lining bir qismi o‘tadi. Mazkur yo‘l tumanni poytaxtning boshqa hududlari hamda Toshkent viloyati yo‘nalishlari bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 🚏 Shuningdek, Yangihayot hududida Toshkent metropolitenining metro bekatlari smavjud. Ular aholining poytaxtning turli hududlariga qulay va tezkor harakatlanish imkoniyatlarini kengaytiradi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 📍 Yangihayot tumani Toshkent shahri va viloyati hududlari negizida tashkil topgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 32-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumani Sergeli va Bektemir tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, O‘rta Chirchiq, Quyi Chirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga qarashli ayrim hududlar negizida tashkil topgan. 👍 Yangihayot tumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi PQ-4888-sonli qarori asosida tashkil etilgan. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi sermahsul muzokaralar natijasida ikki tomonlama munosabatlar yangi sifat darajasi – keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tariladi. — Состоявшиеся плодотворные переговоры на высшем уровне открывают качественно новый этап в отношениях между Узбекистаном и Индией – всеобъемлющее стратегическое партнерство. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan ama
+2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga joʻnab ketdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова вылетел c рабочим визитом в город Бишкек. #Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏪 Yangihayotda tun-u kun faoliyat yuritadigan maskan mavjud 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 31-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida “Mehribog‘” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni faoliyat yuritadi. 🎠 Mazkur hududda tun-u kun rejimida savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, bu yerda muntazam ravishda konsert dasturlari hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

📣 MUHIM MA’LUMOT Yangi Toshkent hududida o‘tkaziladigan bayram tadbiri yuzasidan kelib tushayotgan savollar munosabati bilan
📣 MUHIM MA’LUMOT Yangi Toshkent hududida o‘tkaziladigan bayram tadbiri yuzasidan kelib tushayotgan savollar munosabati bilan uning formatiga aniqlik kiritamiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda turli yo‘nalish va formatdagi bayram dasturlari tashkil etilmoqda. Yangi Toshkentdagi tadbir ana shunday dasturlardan biri bo‘lib, u shahar hayotining uzluksizligini ta’minlash yo‘lida har kuni mehnat qilayotgan obodonlashtirish, suv, elektr, gaz, kommunal va boshqa xizmatlar xodimlariga e’tibor va minnatdorlik bildirish, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida e’tibor qaratilayotgan yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tashkil etilgan. Tadbirning mazkur formati oldindan shakllantirilgan ishtirokchilar tarkibini nazarda tutib, kirish taklifnomalar asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent aholisi va mehmonlari uchun ochiq konsertlar, xalq sayillari, madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar poytaxtimizning turli hududlaridagi istirohat bog‘lari, sayilgohlar va jamoat maydonlarida davom etmoqda. Barchangizni Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Bayram shukuhi, ko‘tarinki kayfiyat va ezgu tilaklar har bir xonadonga kirib borsin!     📣 ВАЖНАЯ ИНФОРМАЦИЯ В связи с поступающими вопросами хотели бы уточнить формат праздничного мероприятия, которое состоится на территории Нового Ташкента. В честь 35-летия Независимости в столице организованы праздничные программы различных форматов и направлений. Мероприятие в Новом Ташкенте является одной из таких программ и проводится, чтобы выразить внимание и благодарность работникам сферы благоустройства, водо-, электро- и газоснабжения, коммунальных и других городских служб, которые ежедневно обеспечивают жизнедеятельность столицы, а также поделиться праздничным настроением с жителями, охваченными мерами социальной поддержки. Формат данного мероприятия предусматривает заранее определённый состав участников и вход на основе пригласительных билетов. Вместе с тем для жителей и гостей столицы открытые концерты, народные гуляния, культурно-просветительские и развлекательные программы в честь Дня независимости продолжаются в парках, прогулочных зонах и общественных пространствах разных районов Ташкента. Искренне поздравляем всех с 35-летием Независимости! Пусть праздничная атмосфера, хорошее настроение и самые добрые пожелания объединят весь наш город. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda yirik sanoat hududlari faoliyat yuritadi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 30-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida “Yangihayot” industrial texnoparki va “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi kabi yirik sanoat hududlari faoliyat yuritadi. 📍 Xususan, “Yangihayot” industrial texnoparki 110 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bu yerda umumiy qiymati 118,7 million dollar bo‘lgan 21 ta loyiha ishga tushirilgan. Shuningdek, “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi 764,5 gektar hududni tashkil etadi. Mazkur hududda 56 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 👍 Mazkur sanoat hududlarining faoliyati tumanda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi investitsiya loyihalarini jalb etish va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🇺🇿 “Flowers Garden” parki Yangihayotda joylashgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 29-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida joylashgan “Flowers Garden” parki 2026-yil 1-may kuni yangilangan holda qayta ochilgan. 🎠 Parkda zamonaviy attraksionlar, mini-zoopark, fotozonalar va piknik uchun maxsus hududlar tashkil etilgan. ⛲️ Bugungi kunda “Flowers Garden” Yangihayot tumanining aholi va mehmonlar uchun sayr qilish, hordiq chiqarish hamda maroqli vaqt o‘tkazish mumkin bo‘lgan maskanlaridan biriga aylangan. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

🥰 Bayramni qayerda nishonlash haqida ortiqcha bosh qotirmang! 🇺🇿 Biz siz uchun Yangihayot tumanidagi oila va do‘stlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan TOP lokatsiyalarni bir videoda jamladik! 👍 Videoni tomosha qiling va o‘zingizga mos manzilni tanlang! 🎠 “Choshtepa” mahallasidagi “Flowers Garden” parki 📍 Lokatsiya 🦒 “Al-Farg‘oniy” mahallasidagi “Magic Safari” parki 📍 Lokatsiya ⛲️ “Yangi Turmush” mahallasida joylashgan “Mehribog‘” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni 📍 Lokatsiya 🚏 “Fayzli” mahallasidagi “Index Broadway” hududi 📍 Lokatsiya 👍 Siz qaysi lokatsiyani tanlaysiz? ______ 🥰 Не ломайте голову, где отметить праздник! 🇺🇿 Мы собрали для вас в одном видео ТОП-локации Янгихаётского района, где можно отлично провести время с семьей и друзьями! 👍 Посмотрите видео и выберите подходящее для вас место! 🎠 Парк Flowers Garden в махалле "Чоштепа" 📍 Локация 🦒 Парк Magic Safari в махалле "Аль-Фаргони" 📍 Локация ⛲️ Круглосуточный торгово-сервисный комплекс "Мехрибог" в махалле "Янги Турмуш" 📍 Локация 🚏 Зона отдыха Index Broadway в махалле "Файзли" 📍 Локация 👍 Какую локацию выберете вы? 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 “Artikul Aziya Kabel” zavodi Yangihayotda faoliyat yuritadi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 28-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida zamonaviy elektr kabellari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Artikul Aziya Kabel” korxonasi faoliyat yuritadi. 📍 3 gektar maydonda joylashgan korxona Germaniyadan keltirilgan ilg‘or texnologiyalar asosida yiliga 208 tonna elektr kabel mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. 👍 Loyiha qiymati 7 million AQSH dollarini tashkil etib, ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasi 70 foizni tashkil qiladi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi. — Премьер-министра Индии Нарендру Моди торжественно встретили в Куксарое. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🥖 “Bozorga chiqib, arzonroq, lekin sifatli mahsulot topib kelay”, deb uzoqdagi bozorga otlanish shart emas. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. 😊 Bugun “Navqiron” mahallasida dehqon bozori filialiga kirib o‘tsangiz, ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlarning ko‘pi shu yerning o‘zida bor. Eng muhimi — narxlari hamyonbop. 💓 Sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan yangi va saralangan mahsulotlar yarmarkaga olib kelinib, aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilinmoqda. 🥕 Sabzi — 4 000 so‘m 🧅 Piyoz — 3 000 so‘m 🥔 Kartoshka — 5 000 so‘m 🔘 “Bir-ikki kilo olib chiqaman”, deb kirgan odam savatini to‘ldirib chiqishi hech gap emas. ⏲ Yarmarka 15-sentabrgacha davom etadi. 📍 Manzil: “Navqiron” mahallasidagi dehqon bozori filiali. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Toshkent metallurgiya zavodi Yangihayotda joylashgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 27-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida O‘zbekistondagi yirik va zamonaviy metallurgiya loyihalaridan biri — Toshkent metallurgiya zavodi faoliyat yuritadi. 📍 Zavod 2020-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, yassi metall prokat mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 500 ming tonnagacha yetadi. 👍 Qariyb 400 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya evaziga barpo etilgan zavodda 1 000 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Korxona Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

🥰 Bayramni qayerda nishonlash haqida ortiqcha bosh qotirmang! 🇺🇿 Biz siz uchun Yangihayot tumanidagi oila va do‘stlaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazishingiz mumkin bo‘lgan TOP lokatsiyalarni bir videoda jamladik! 👍 Videoni tomosha qiling va o‘zingizga mos manzilni tanlang! 🎠 “Choshtepa” mahallasidagi “Flowers Garden” parki 📍 Lokatsiya 🦒 “Al-Farg‘oniy” mahallasidagi “Magic Safari” parki 📍 Lokatsiya ⛲️ “Yangi Turmush” mahallasida joylashgan “Mehribog‘” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni 📍 Lokatsiya 🚏 “Fayzli” mahallasidagi “Index Broadway” hududi 📍 Lokatsiya 👍 Siz qaysi lokatsiyani tanlaysiz?

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 Yangihayotda davlat tashkilotlari bir manzilda joylashgan 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 26-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida bir qator muhim davlat tashkilotlari bir manzilda joylashgan. 📍 Xususan, “Viqor” mahallasida tuman hokimligi, tuman IIO FMB va tuman prokuraturasi binolari joylashgan. Shuningdek, ularga yaqin hududda tuman adliya bo‘limi ham faoliyat yuritadi. ✨ Bu yerda asosiy davlat tashkilotlarining jamlangani aholiga turli masalalar bo‘yicha murojaat qilishda qulaylik yaratadi. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

💫 Mustaqillik bayrami munosabati bilan nuroniylar ishtirokida tadbir tashkil etildi 🥳 Bugun “Grand Elite” to‘yxonasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 🖼 Yangihayot tumani hokimligi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yangihayot tumani hokimi ishtirok etib, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. 👍 Tadbirda tumanimiz mahallalarda istiqomat qiluvchi faol nuroniylar ishtirok etib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi uchun shukronalik bildirdi hamda mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu tilaklarini izhor etdi. 💃 Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan Vatan va istiqlolni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

#YangihayotAI #Mustaqilligimizning35Yilligi 🏢 “Tashkent INDEX” bozori Yangihayotda faoliyat yuritadi 🥳 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan "Yangihayot AI" loyihasi doirasida Yangihayot tumani haqida 35 ta fakt ruknini davom ettiramiz. 📌 25-fakt. Bilasizmi? Yangihayot tumanida joylashgan “Tashkent INDEX” yirik ko‘p tarmoqli savdo-sotiq bozori hisoblanadi. 📌 Bozor 2022-yilda ish boshlagan bo‘lib, 72 gektar maydonni egallagan. Bu yerda turli yo‘nalishdagi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat yuritadi. ⚡️ Hajmi jihatidan Markaziy Osiyodagi yetakchi bozorlardan biri bo‘lgan “Tashkent INDEX” tumanidagi yirik savdo va biznes maskanlaridan biridir. 👍 Bizni kuzatishda davom eting! Ushbu loyiha orqali tumanimizning tarixi, buguni, bunyodkorlik ishlari va rivojlanish yo‘li haqida qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan baham ko‘ramiz.

💫 Bayram arafasida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda 🥳 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangihayot tumanida mehr-saxovat tadbirlari davom etmoqda. 👍 Xususan, tumandagi barcha mahallalarda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, bayram tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamlari topshirildi. 🥰 Bunday mehr-saxovat tadbirlari fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash hamda jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.