uz
Feedback
Azizbek Mamatqulov

Azizbek Mamatqulov

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
199
Obunachilar
-124 soatlar
-17 kun
-330 kun
Postlar arxiv
60 ta undosh

📹 🔴Kavkaz tillari nega murakkab? #fikratuz → 👤 #Fikrat → @youtubabot: 📹480p

JAHANNAM QAYERDA? Jahannam so‘zi aslida ibroniycha “Ge-Hinnom” — ya’ni Quddus yaqinidagi Hinnom vodiysi iborasidan kelib chiq
JAHANNAM QAYERDA? Jahannam so‘zi aslida ibroniycha “Ge-Hinnom” — ya’ni Quddus yaqinidagi Hinnom vodiysi iborasidan kelib chiqqan. Tarixda bu vodiysi la’natli joy sifatida tanilgan, shuning uchun vaqt o‘tishi bilan ibroniycha va suryoniycha orqali arabchaga “jahannam” shaklida kirib, azob va qiynoqlar joyi sifatida ma’noga ega bo‘lgan.Lekin ba’zi manbalarda bu so‘z arabchada “chuqur, quduq” degan ma’noni ham bildiradi. So‘zning tarixiy izini kuzatsak, u ibroniycha Ge-Hinnom dan oromiycha-suryoniycha Gehinnām orqali arabcha o'tgan. Hinnom vodiysi eramizdan avvalgi VII asrda Shoh Yoziyax tomonidan ibodatxonalar buzilgach, la’natlangan joy sifatida e’tirof etilgan va yahudiy-xristian adabiyotlarida azob-u qiynoqlar maskani sifatida tasvirlangan.

TIL- SIYOSIY KUCH Markaziy Osiyo tarixini faqat siyosiy voqealar ketma-ketligi sifatida emas, balki til qatlamlarining almashinuvi sifatida ham talqin qilish mumkin. Bu hudud shunchaki geografik makon emas, balki sivilizatsiyalar qozonidir. Qadim davrda skif-sak qabilalarining sharqiy eroniy tillari keng dashtda muloqot vositasi bo'lgan. Keyinchalik fors-tojik tili davlat va adabiy tafakkur tiliga aylandi, arab tili esa ilm va ilohiy haqiqat ifodasining vositasiga aylandi. Bu yerda muhim falsafiy haqiqat shundaki: til faqat aloqa vositasi emas, balki hokimiyat, bilim va nufuzning ramzidir. Qaysi til ilmni ifodalasa — u tafakkurni boshqaradi; qaysi til davlatni ifodalasa u ijtimoiy tartibni shakllantiradi. Turkiy tillar esa dastlab keng xalq ommasining tirik nutqi sifatida yashadi. Demografik kuch va siyosiy omil kuchaygani sari bu til adabiy va mafkuraviy maqom kasb etdi. Markaziy Osiyo bir tilning boshqasini inkor etgan hudud emas, balki tillar bir-birining ustiga tarixiy qatlam bo‘lib joylashgan makondir. Bugungi lingvistik manzara ana shu ko‘p asrlik madaniy va falsafiy jarayonning tirik guvohidir.

O'zbek tilining tabiati

Ko‘pchilik eshitgan, lekin kam odam asl ma’nosini biladigan “alvasti” so‘zi o‘zbek va umuman turkiy xalqlar dunyoqarashining
Ko‘pchilik eshitgan, lekin kam odam asl ma’nosini biladigan “alvasti” so‘zi o‘zbek va umuman turkiy xalqlar dunyoqarashining juda qadimiy qatlamiga borib taqaladi. Bu obraz ortida til, tarix va mifologiya bilan bog‘liq jarayonlar yotadi. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, alvasti Markaziy Osiyo, Volga bo‘yi hududlarida yashagan turkiy xalqlarning umumiy tasavvurlaridagi obrazdir. “Alvasti” so‘zi tasodifiy nom emas. Qadimgi turkiy tillardagi “al” komponenti qadimda “yovuz”, “xavfli”, “g‘ayritabiiy kuch” ma’nolarini bildirgan bo‘lsa, “bastı” fe’li “bosdi”, “bo‘g‘di” degan mazmunga ega bo‘lgan. Ya’ni insonga jismonan zarar yetkazuvchi mavjudot sifatida tushunilgan. Manbalarida alvasti ko‘pincha tug‘ruqdagi ayollarni “bosib qoladigan”, chaqaloqlarga zarar yetkazadigan yoki yolg‘iz qolgan odamlarni aqldan ozdiradigan ruh sifatida tasvirlanadi. Qadim zamonlarda tibbiy bilimlar cheklangan davrda tug‘ruqdagi asoratlar, bolalar o‘limi kabi holatlar aynan shu kabi mifologik obrazlar orqali izohlangan.

Turkiy xalqlarda ot qo'yish an'anasi

Ko‘pchilik odamlar “non” so‘zini mutlaqo o‘zbekcha deb o‘ylaydi va bu juda tabiiy. Chunki bu so‘z o‘zbek hayotiga shunchalik
Ko‘pchilik odamlar “non” so‘zini mutlaqo o‘zbekcha deb o‘ylaydi va bu juda tabiiy. Chunki bu so‘z o‘zbek hayotiga shunchalik chuqur singib ketganki, uni begona deb tasavvur qilish qiyin. Ammo til tarixi bu yerda juda qiziq manzarani ko‘rsatadi. Nega “non” bizga o‘zbekcha tuyuladi? Chunki u faqat so‘z emas — qadriyat. O‘zbek madaniyatida non oddiy ovqat emas: nonni yerga tashlash gunoh, non ustidan hatlab o‘tilmaydi, nonni o‘pib ko‘zga surtish odati bor.          Agar o‘zlashma so‘z xalqning urf-odati, marosimi va tafakkuriga chuqur kirib ketsa, u “o‘ziniki” bo‘lib ketadi. Bu holat non so‘zida aynan shunday kuzatiladi. So‘z forsiy, tushuncha esa turkiy. Ilmiy manbalarga ko‘ra non so‘zi fors-tojik tilidagi nān dan kirib kelgan, ammo turkiy xalqlar nonni bundan ming yillar oldin ham pishirgan. Qadimgi turkiy tilida: ekmek / etmek — “non, pishirilgan ovqat” ma’nosida ishlatilgan.

Kavkaz tillari eng murakkabimi?

📹 🔴Yo'qolib ketayotgan tillar #fikratuz #tahlil #history → 👤 #Fikrat → This material may be protected by copyright. More details. If this material infringes your rights, please report: sy.tgbot@gmail.com @youtubabot: 📹480p

TILLARNING O'LIMI Dunyodagi tillarning “o‘lishi” – bu tilni endi hech kim ona tili sifatida o‘rganmay qo‘yishi va oxirgi so‘zlovchining vafoti bilan tilning tirik nutq sifatida yo‘qolib ketishi jarayonidir. Tadqiqotchilar XXI asr oxirigacha minglab tillar shu tarzda yo‘qolishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu jarayon tabiiy emas, balki asosan siyosiy, iqtisodiy va madaniy kuchlar bilan bog‘liq tarixiy hodisadir. Tarixda mustamlakachilik sitosati tilni taqiqlash, majburiy assimilyatsiya siyosatlari mahalliy tillarni siqib chiqardi; maktab va davlat boshqaruvida faqat hukmron tilni tanlash natijasida kichik tillar avloddan-avlodga o‘tmay qoldi. Bu jarayon uzluksiz bo'lib, keyinchalik iqtisodiy bosim va urbanizatsiya ish topish, ijtimoiy mavqe orttirish uchun “foydali” tilni tanlashga undaydi, natijada kichik til uy va marosim doirasida torayib, oxir-oqibat tark etiladi. Dominant tilning yuqori prestiji, mahalliy tilning “qoloq” yoki “sharmandali” deb baholanishi natijasida jamiyat o‘z tilidan uyaladi va farzandlarini boshqa tilda o‘qitishga intiladi. Til aralashuvi, kuchli tilning so‘z boyligi va grammatik tuzilmalarini cheksiz o‘zlashtirish ham kichik tilning mustaqil tizim sifatida yemirilishiga olib keladi. Til o‘limi faqat lingvistik hodisa emas, balki chuqur falsafiy ma’noga ega jarayondir. Har bir til o‘ziga xos dunyoqarash, tarixiy xotira, axloqiy me’yorlar va ma’naviy tajribani tashuvchi ramziy tizimdir. Shuning uchun tilning yo‘qolishi bilan faqat muloqot vositasi emas, balki butun bir madaniy olam, xalqning o‘zligi va “men”i qisqaradi. Ko‘plab mutafakkirlar turlar yo‘qolishi bilan tillar yo‘qolishi o‘rtasida o‘xshashlik ko‘rishadi: qanday qilib biologik xilma-xillik sayyora barqarorligi uchun zarur bo‘lsa, shunday til xilma-xilligi ham insoniyatning ma’naviy va intellektual barqarorligi uchun zarur hisoblanadi. Tilni ataylab siqib chiqarish, taqiqlash, kamsitish orqali yo‘q qilish,  madaniy va bio‑madaniy huquqlarning buzilishi sifatida baholanadi. Bu nuqtayi nazardan tilni saqlash – faqat filologik vazifa emas, balki adolat va axloq masalasidir.

ЛОШАДЬ Rus tilida faol iste'molda bo'lgan "лошадь" (ot) so‘zi turkiy kelib chiqishga ega bo‘lib, sharqiy slavyan tillariga eh
ЛОШАДЬ Rus tilida faol iste'molda bo'lgan "лошадь" (ot) so‘zi turkiy kelib chiqishga ega bo‘lib, sharqiy slavyan tillariga ehtimol bulg‘or tili orqali kirib kelgan. Bulg‘or tilida «alasha» so‘zi axta qilingan ot yoki oddiy ishchi ot ma’nosini bildirgan. Qadimgi rus tilida bu atama o‘zgarishga uchragan: turkiy asosga suffiks qo‘shilib, лоша (лошата) shaklidan «лошадь» shakli hosil bo‘lgan. So‘z turkiy alasha (axta qilingan ot, ishchi ot) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u ehtimol alasha at birikmasining qisqargan shaklidir. Qadimgi rus tilidagi «лоша» (qaratqich kelishigi лошате) yoki «лошак» shakllari, katta ehtimol, chuvashcha laša (ot) yoki Qrim-tatar tilidagi alaša kabi turkiy o‘zlashmalar ta’sirida rivojlangan.

MO'ĞULCHA VA TURKİYCHA Turkiy tillarning mo‘g‘ul tili bilan o‘xshashliklari Oltoy tillari birligi davriga borib taqaladigan u
MO'ĞULCHA VA TURKİYCHA Turkiy tillarning mo‘g‘ul tili bilan o‘xshashliklari Oltoy tillari birligi davriga borib taqaladigan umumiylikka asoslanadi. Ikkinchidan esa, XIII asrda mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha cho‘zilgan istilo harakatlari natijasida yuzaga kelgan va nisbatan yaqin tarixga mansub bo‘lgan boshqa bir umumiylik mavjud. Mo‘g‘ullarning turkiy qabilalari yashagan hududlardagi siyosiy hukmronligi va undan keyingi turkiylashuv davri, ikki til o‘rtasida o‘zaro ta’sir va so‘z almashuviga sabab bo‘lgan. Turkiy tillar tarixida t undoshi bilan boshlangan sof turkiy so'zlar mo'ğul tilida ch bilan boshlanadi: tigin(turkiycha "shahzoda")- chigin(mo'ğulcha), tegra( turkicha "atrof")- chevra( mo'ğulcha) Bundan tashqari hozirgi o'zbek tilida chana, chanği so'zlari ham asliyati moğulchadir. Yoqa-Chag'a Yurak-Chirüge Yil-Chil Küch-Küchü Qalqan-Halha Bahodir-Bag‘atir Saqol-Sahal Chöl-Chöl Choğ-chağ Qavurg'a-Kabirg‘a Sariq-Sıra, sırag‘chın Quduq-Khudug' Tamg'a-Tamağa Tomir-Tamır

RUNIK Runik yozuvlar nafaqat O'rxun vodiysidan, balki Skandinaviya va Britaniyadan ham topilgan. Kelt xalqlarida ko'proq sehr
+1
RUNIK Runik yozuvlar nafaqat O'rxun vodiysidan, balki Skandinaviya va Britaniyadan ham topilgan. Kelt xalqlarida ko'proq sehr-jodu hamda duolar uchun ishlatilgan. Ammo Yevropa hududidagi runik yozuvlar va sharqdan topilgan runalar orasida jiddiy farqlar mavjud.

Oltoy nazariyasiga ko'ra areal manzara
Oltoy nazariyasiga ko'ra areal manzara

KOREYSCHA VA TURKIYCHA O'XSHASH SO'ZLAR Turkiy va koreys tillari orasida o'xshash leksik birliklar mavjud. Ularning barchasini tasodifiy o'xshashliklar deb ham bo'lmaydi. 1. Koreys 어 오리 (ori) — “o‘rdak” O‘rta koreys tilida bu so‘z 올ᇂ (orh) va 올ᇂ이 (orhi) shakllarida ishlatilgan. Hozirgi koreys tilida so‘z soddalashib 오리 (ori) ko‘rinishida qolgan. Qiziq tomoni shundaki, bu so‘z yoqut tilida o:r, eski uyg‘ur tilida esa ördek shaklida uchraydi. Ba’zi olimlar bu so‘zni turkiy or- fe’li bilan bog‘lashga harakat qilgan, ammo bunday talqin til qonunlariga to‘liq mos kelmaydi. Ehtimol, bu so‘z qadimda ikki unsurli birlik sifatida shakllangan. 2. Koreys 어 두루미 (durumi / turumi) — “turna” Bu so‘z koreys tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri eski turkiy tilidan o‘tgan. Eski turkiyda turunya, keyinroq turna shakli ishlatilgan. Bugungi turkiy tillarning ko‘pchiligida ham bu so‘z saqlangan: masalan, ozarbayjon va turkman tillarida durna deyiladi. Yoqut tilida туруйа (turuya) shakli bor va bu variant tungus tillarida yaxshi saqlangan. 3. Koreys어 보라 (bora) — “qor bo‘roni” Koreys tilida bu so‘z faqat 눈보라 (nunbora — “qor bo‘roni”) tarkibida ishlatiladi. Aslida bu so‘z juda qadimiy bo‘lib, O'rxun bitiklarida bor shaklida “qattiq bo‘ron” ma’nosini bergan. Keyinchalik u mo‘g‘ul va tungus tillari orqali ko‘plab tillarga tarqalgan. Qiziq jihati shundaki, Anadolu turkchasida ham bora shakli yashab qolgan, bu esa so‘zning qadimgi turkiy ildizga borib taqalishini ko‘rsatadi. 4. Koreys어 조카 (joka) — “jiyan” Bu so‘z mo‘g‘ul va tungus tillarida deyarli uchramaydi. Ammo O'rxun turkiy tilida chıkan shakli bo‘lgan. Bu holat koreyscha 조카 (joka) so‘zi juda qadimgi turkiy qatlam bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. 5. Koreys어 통가 (tonga) — “qalin, mustahkam arqon” Bu so‘z koreys tilida asosan 통가줄 (tongajul — “kuchli arqon”) tarkibida ishlatiladi. Turkiy tillarda tonga so‘zi juda qadimiy: Qoshg‘ariy Mahmudda “yo‘lbars”, boshqa manbalarda esa “bahodir”, “kuchli” ma’nolarida uchraydi. So‘z xitoy manbalarida ham qayd etilgan. Katta ehtimol bilan bu birlik koreys tiliga manjur–tungus tillari orqali yetib kelgan. 6. Koreys어 워리 (wori) — “yirik it” Bu so‘z Koreyaning janubiy hududlarida ishlatiladi. U eski turkiy böri — “bo‘ri” so‘zi bilan juda yaqin. Bu o‘xshashlik tasodifiy emas: so‘z turkiy tillardan koreys tiliga o‘tgan, keyinchalik boshqa tillarga ham tarqalgan. 7. Koreys어 독수리 (doksuri) — “burgut / lochin” Bu so‘z ikki qismdan iborat: 독 (dok / tok) va 수리 (suri). Koreys tilida 수리 (suri) mustaqil ishlatilmaydi, lekin boshqa qush nomlari tarkibida uchraydi. Turkiy tillarda esa toğon (“lochin”) so‘zi bor bo‘lib, u ham ikki unsurning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Demak, tok / dok unsuri qadimgi turkiy davrda koreys tiliga o‘tgan bo‘lishi mumkin. (Ma'lumot koreyalik olim Han-Woo Choi tadqiqotlaridan olindi)

KOREYS VA TURKIY TILLAR Turkiy va koreys tillari Oltoy til nazariyasi doirasida bir ildizdan — “Oltoy tili”dan kelib chiqqan qarindosh tillar sifatida talqin qilinadi. Har ikkala til ham sintetik shaklda (agglyutinativ) tuzilishga ega bo‘lib, gapda so‘zlarning joylashuvi asosan ega–to‘ldiruvchi–kesim tartibida bo‘ladi. Shuningdek, unli uyg‘unligi, qo‘shimchalarning funksional o‘xshashligi va qarindoshlik atamalaridagi mushtarakliklar bu ikki til o‘rtasidagi yaqinlikni yanada yaqqol ko‘rsatadi. Shu sababli koreys tili ko‘pincha turkiy tillar, mo‘g‘ul tili hamda manjur–tungus tillari bilan bir qatorda Oltoy tillari oilasi tarkibida ko‘rib chiqiladi. Bu o‘xshashliklar, avvalo, grammatik qurilishda yaqqol seziladi: turkiy tillardagi kabi, koreys tilida ham so‘zlar ildizga qo‘shimchalar qo‘shish orqali yasaladi va shakllanadi. Gap tuzilishi jihatidan ham ikki til bir-biriga juda yaqin: kesim doimo gap oxirida keladi. Tadqiqotlarda turkiy tillar bilan koreys tili o‘rtasida qariyb 180 ta umumiy so‘z va 90 ga yaqin o‘xshash qo‘shimcha aniqlangani qayd etiladi. Bundan tashqari, koreys tilida ham unli uyg‘unligiga o‘xshash fonetik qonuniyatlar mavjud bo‘lib, zamon, egalik, kelishik va ilgi qo‘shimchalari funksional jihatdan turkiy tillarni eslatadi. Ayniqsa, qarindoshlik terminlaridagi yaqinlik ko‘plab tadqiqotchilarni hayratga solgan. Ayniqsa, paranda nomlaridagi o'xshashliklar. Albatta, bu masala ilmiy bahs-munozaralardan xoli emas. Ramstedt kabi olimlar koreys tilini Oltoy tillari tarkibiga kiritib, turkiy tillar bilan genetik qarindoshlik mavjudligini himoya qilgan bo‘lsalar, boshqa bir guruh tilshunoslar bu o‘xshashliklarni geografik yaqinlik, uzoq davom etgan til aloqalari yoki Sprachbund hodisasi bilan izohlaydi va to‘liq genetik qarindoshlikni rad etadi. Shunga qaramay, strukturaviy va tipologik mushtarakliklar shu qadar kuchliki, turkiy va koreys tillari o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasi hanuzgacha tilshunoslikdagi eng qiziqarli va bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

SOTTI, SOTIBOLDI ISMLARI TARIXI Tug‘ilish bilan bog‘liq e’tiqod va urf-odatlar turkiy xalqlarning qadimiy dunyoqarashini yaqqol aks ettiradi. Qadimgi turklardan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrda, ham shamanistik e’tiqoddagi, ham islomni qabul qilgan turkiy jamoalarda bolaning sog‘lom tug‘ilishi va tirik qolishini ta’minlash maqsadida turli marosimlar va ramziy amallar bajarilgan. Bu amallar orasida bolaga himoyaviy vazifaga ega ismlar qo‘yish alohida o‘rin tutadi. Xususan, musulmon boshqirdlar orasida uchraydigan “o‘lim farishtasini aldash” bilan bog‘liq marosim arxaik shamanistik tasavvurlarning islomiy muhitda ham yashab qolganini ko‘rsatadi. Bu marosimga ko‘ra, yangi tug‘ilgan bola doya tomonidan tashqariga olib chiqilib, uyning atrofida aylantiriladi va so‘ng otasining uyiga olib kelinadi. Doya deraza oldida turib: “Chet eldan bir bola olib keldim, uni sotib oladigan bormi?” deb murojaat qiladi. Ramziy savdolashuvdan so‘ng bola uning vazniga teng keladigan temir evaziga “sotib olinadi”. Natijada bolaga Temir, Sotti, Sotiboldi kabi ismlar beriladi. Mazkur marosimda temir unsurining tanlanishi tasodifiy emas. Qadimgi turkiy tasavvurlarda temir himoya, kuch va yovuz ruhlardan saqlovchi muqaddas unsur sifatida qaralgan. Bolaning “sotib olinishi” esa uni endi o‘lim kuchlari emas, balki tiriklar dunyosiga tegishli shaxs sifatida belgilashga xizmat qilgan. Shu tariqa ism nafaqat nomlash vositasi, balki bolaning taqdirini himoyalovchi ramziy qalqon vazifasini bajargan. Bu odat turkiy xalqlar madaniyatida shamanizm qatlamlari faqat marosimlarda emas, balki antroponim, ya’ni shaxs ismlarida ham chuqur iz qoldirganini ko‘rsatadi. Islom dini qabul qilingach ham, bunday qadimiy e’tiqodlar yangi diniy qarashlar bilan uyg‘unlashgan holda xalq ongida saqlanib qolgan. Natijada turkiy madaniyatda tug‘ilish, ism qo‘yish va hayotni muhofaza qilishga doir tasavvurlar ko‘p qatlamli, sinkretik xarakter kasb etgan.

NAMOZ SO'ZİNİNG O'ZBEKCHASİ NİMA? Bilamizki, o'zbek tili religionimlari orasida namoz so'zi faol iste'molda hisoblanadi. Bu s
NAMOZ SO'ZİNİNG O'ZBEKCHASİ NİMA? Bilamizki, o'zbek tili religionimlari orasida namoz so'zi faol iste'molda hisoblanadi. Bu so'zning kelib chiqishi turkiy tillarga taqalmasa-da, madaniy kontakt natijasida o'zlashgan deb qaraladi. Ko'pchilik namoz so'zini arabcha deb o'ylashadi, lekin bu so'zni semit tillariga aloqasi yo'q. Namoz so'zi aslida sanskritcha "namah"(egilmoq, salom bermoq) so'zining o'zgargan shaklidir. Ayni so'zga sanskritcha "te"(senga) so'zi qo'shilib, hind-eron guruhida salomlashish manosida ham qo'llaniladi. Qadimgi manbalarda, xususan, " Oltin yoruğ" dostonida ham ta'zim ma'nosidagi namo so'zini ko'rishimiz mumkin. Ushbu so'zning turkiycha varianti sifatida Mahmud Qoshğariy yukunmak, yukunch so'zlarini beradi.