Quruvchilarga
Kanalga Telegram’da o‘tish
🏗Kanal quruvchilarga savdosini oshirish uchun yordam beradi 📌 @Islambekov_binox tomonidan yuritiladi
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
413
Obunachilar
-124 soatlar
-37 kun
-630 kun
Postlar arxiv
+3
Foyda bermaydigan reklama?
Shu quruvchilar reklamaga ishlatayotkan barcha pullari havoga uchayotkanini bilishganda edi…
Yuqoridagi kabi reklama postlari juda ko’paygan, quruvchilar bu kabi reklama postlarini juda ko’p marotaba sinovdan o’tkazganman.
Rasmli reklama postlari ishlamaydi, hozir odamlar ko’proq video ko’rmoqda. Videoda siz insonlarni ishonchiga olib boruvchi kompaniyangiz haqidagi ma’lumotlarni berishingiz mumkin.
Rasmda esa insonlar faqatgina taklifni ko’radi va hamma joyga ma’lumot qoldirib yuradigan bekorchi odamlar ma’lumot qoldiradi.
Uyni olaman deb 1 000 ta odam zayavka qoldirgan, lekin ichidan pichoqqa ilinadigan 10 ta chiqmaydi.
Bunaqa sifatsiz mijozlar bilan sotuvchilar gaplashib zerikadi, keyin sifatli uy oladiganlar mijozlar bilan ham yaxshi gaplasholmay qoladi. Chunki ularni ham bekorchi, shunchaki ma’lumot olish uchun zayavka qoldirgan deb o’ylab qoladi.
Marketing jamodan ko’proq video reklamalar yoqishini so’rang. Narxi qimmat bo’lsa ham natijasi shunga yarasha bo’ladi.
@quruvchilarga
Qarzdorliklarni kamaytirish
Kecha bir quruvchi akamiz bilan ko’rishdim. Mijozlarni katta qarzdorligi bor ekan, aniq summasini bilmaydi, hisobotlari ham chalkash.
Oylik tushumni so’rasam juda kam aytyabdilar, 150 dan ortiq uylarini sotib bo’lganlar.
Quruvchilar balkim sizda ham shunday holat bo’layotkandir. Unda diqqat qiling.
Dehqoncha ishlash davri o’tdi, programmalarga o’tish kerak. Programmalar qarzdor mijozlarga, qarzdorligini eslatib avtomat sms habar yuboradi.
Bu narsa qarzdorligingizni 30% gacha kamaytiradi.
Undan keyin programmada siz aniq ko’ra olasiz, qaysi mijoz qancha qarzi bor va qancha vaqtdan beri to’lamayabdi.
Qarzdorlikni har kuni kamayabdimi yoki ko’payabdimi, kecha qancha qarzdorlik bor edi, bugun qancha qoldi kabi ko’rsatkichlarni kunlik ko’rib tura olsangiz, sotuv yoki buxgalteriya bo’limiga aniq topshiriq bera olasiz.
@quruvchilarga
Bank sotuv ofisida bo’lishi kerakmi?
Agar loyihangiz yirik bo’lsa, masalan 1 000 tadan oshiq xonadon bo’ladigan bo’lsa bank kassasini ofisga olib keling.
Agar kassa ofisda bo’lmasa mijoz shartnomani olgandan keyin bankka yana alohida borib pul to’lashi kerak bo’ladi.
Bu mijozga noqulaylik tug’diradi.
Undan tashqari mijoz bankka borib to’lovni amalga oshirgungacha bo’lgan jarayonda boshqa kompaniyadan uy ko’rib qolishi yoki qaysidur tanishi uni bu uyni olishdan aynitib qo’yishi mumkin.
Eng yaxshi payt bu mijoz sotuvni hohlab, qizib turgan vaqtda pulini to’latib olish. Bo’lmasa uni fikridan qaytaruvchi tashqi omillar ko’p.
Pul to’lab bo’lgandan so’ng esa mijoz siz haqizdagi negative fikrlarni qabul qilmaydi. Chunki u tanlov qilib bo’ldi, endi uni kimdur aynitmoqchi bo’lsa u sizni tarafingizni oladi.
Eng ohirgi variant sotuvchingizni mijoz bilan birga bankka yuboring pul to'latish uchun.@quruvchilarga
30 000$ ni havoga uchishi?
Yaqinda bir quruchini sotuv bo’limini analiz qilib berdim, keling undagi hatolarni ko’raylik.
Oyiga 30 000$ marketinga sarflar ekan va 1 oyda o’rtacha 8-10 ta uy sotishadi.
Loyihasi premium, uyini narxi 1 500$ dan 3 000$ gacha.
Ulardagi asosiy hatolar:
- Marketolog rus, bizni mintalitetni tushunmayabdi
- Foyda bermaydigan reklama kanallari ishlatilyabdi. (Monitor, banner…)
- To’g’ri auditoriyani topib bora olmagan
- Noto’g’ri taklif bilan reklama yoqqan. Investitsion loyihani, yashash uchun afzaliklarini ko’rsatib reklama beryabdi.
Quruvchilar noto’g’ri marketing jamoa bilan ishlash sizga qimmatga tushadi.
Huddi shu toifadagi loyiha, huddi shu narxda biz 2 000$ sarflab 20 ta uy sotgan edik. Shu uchun ishonch bilan ularni hatosi haqida gapira olyabman.@quruvchilarga
Sotuv ofisi qayerda bo’lishi kerak?
Ko’pchilik ofisni loyiha oldida quradi. Bu to’g’rimi?
Xa to’g’ri agar loyihangiz katta yo’l yuzida bo’lsa.
Agar loyihangiz ichkarida, oldidan odamlar kam o’tadigan joyda bo’lsa sotuv ofisini eng yaqin katta yo’l yuziga qurganiz yaxshiroq bo’ladi.
Chunki sotuvlarni 20-30% ni ko’chadan o’tayotkan odamlar tashkil qiladi.
Bundan tashqari katta yo’l yuzida bo’lishi, mijozlarni ofisni topib kelishini ham osonlashtiradi.
Agar mijozlar ofisizni topishga qiynalsa raqobatchingizga kirib ketishi mumkin.
Lekin juda uzoqda bo’lib ketmasligi ham kerak, chunki o’sha yerdan uy olmoqchi bo’lgan odamlar shu atrofni ayalanib uy qidiradi.
Sergelidan uy olmoqchi bo’lgan odam yunusobodan qidirmaydi.
@quruvchiga
Tashqi reklama sizga ko‘proq mijoz olib keladi.
Ko‘chadan shunchaki o‘tib ketayotgan odamlarning ham e’tiborini tortadi va ularni sizning ofisingizga kirishga undaydi.
Raqobatchilaringizga kelgan mijozlar ham sizni ko‘rib, ofisingizga kirib ko‘rishi mumkin.
Natijada, ular marketingga sarflayotgan puldan siz ham foyda olasiz.
Shuningdek, telefon orqali ofisga taklif qilgan mijozlaringiz uchun sizni topish osonlashadi.
Bu esa ularning boshqa ofislarga adashib kirib qolishini oldini oladi.
Biz ishlagan har bir loyihada quyidagi tashqi reklamalarni albatta qo‘llaymiz:
• Bukva — “Sotuv bo‘limi” deb yonib turadigan yozuv
• Banner — ofis oldiga, bino tomiga yoki devoriga joylashtiriladi
• Bayroq — yo‘l yuziga qo‘yiladi, e’tiborni tortadigan dizaynda
• Yo‘naltiruvchi belgilar — agar ofis ichkarida joylashgan bo‘lsa
@quruvchilarga
Konteynerli ofislar
Vaqtida ko’p hizmat qilgan konteynerdan hozir ham ofis qilayotkanlar bor.
Avvallari talab ko’p, taklif kam bo’lgan. Shu sababli servisga, quruvchiga, brandga hech kim e’tibor bermasdan uy olavergan.
Hozir taklif ko’p, talab ham taklifga munosib. Endi mijozlar ularga ko’rsatilayotkan service, sotuvchilarni muomilasi va ofisga e’tibor berishyabdi.
Matiz haydayadigan odam 1 yildan keyin Gelik olaman desa odam ishonishi bir muncha qiyin bo’ladi.
Sotuv ofisi haroba bo’lgan quruvchi 1 yildan keyin shu joyda bir necha million dollarlik loyiha bo’ladi desa mijozlarni ishonishi qiyin bo’ladi.
Lekin ofisini zo’r qilib qurgan quruvchi, loyihasini ham bitirishiga ishonishadi. Mijozda siz haqingizdagi birinchi ta’surotni uyg’otadigan joy bu sizni ofisingiz, birinchi ta’surot yaxshi bo’lishi kerak.
Konteynerlar davri o’tdi, raqobatda yutib chiqish uchun endi siz ofisga ham e’tibor berishingiz kerak.
Siz qanday fikirdasiz?
@quruvchilarga
Quruvchilar qiladigan birinchi xato?
Hammaga ayon: quruvchilar loyihaning aksariyat qismini mijozlar puliga quradi.
Mijozlar bo'lmasa — qurilish bo'lmaydi. Demak sotuv eng muhim omil.
Sotuvning asosiy omili esa lokatsiyani to'g'ri tanlash va shu lokatsiyaga mos loyiha qilish.
Arzon narxdagi uy olinadigan joyga premium yoki biznes klass loyiha kerak emas — u yerdagi xaridor arzon boshpana qidiradi.
Ko'p kuzatganman: viloyatda yoki chekkароq tumanda loyiha qilinadi, narx atrofdagi raqobatchilardan 30–70% qimmat. Sababini so'rasam — "bizniki premium klass" deyishadi. Keyinchalik o'sha loyihani boshqa quruvchiga zarariga sotib ketishadi.
Bunday katta ishni boshlashdan oldin shoshmasdan bozorni tahlil qiling.
Tahlilni qanday qilishni bilmasangiz — biladigan odamga topshiring. O'zim qilaman desangiz — quyida shablon qoldiraman.
Jiyaningizga berib "raqobatchilarni tahlil qilib chiq" desangiz ham, ancha narsa oydinlashadi.
🔗 Link
@quruvchilarga
Zapusk qilganizdan keyin keladigan katta zararlarni ko’rib chiqaylik
🏗Quruvchilar uchun najot farishtasidek kirib kelgan, lekin ko’plab quruvchilarni ishini orqaga ketkazib yuborgan zapusk haqida ochiqchasiga gaplashamiz.
Zapuskda asosan bosh to’lovsiz uy sotilyabdi. Quruvchilar o’ylayabdi 400 ta uy sotilsa, o’rtacha 1 ta uy 7 mlndan oylik to’lov to’lasa.
💸400*7 mln = 2.8 mlrd so’m oylik tushum bo’ladi, qurilishga yetadi. Aslida ham shunday.
‼️Lekin asosiy muammolar 3-4 oydan keyin boshlanadi:
1. Zapusk payti kamyoblik effektini paydo qilib, ajataj qilib sotiladi, odamlar emotsiyada kelib uy olishadi.
2. Bosh to’lovsiz sotilgani uchun asosan puli yo’q yoki kam daromad qiladigan aholi qatlami oladi.
3. Ular 3-4 oy bir amallab to’laydi, keyin to’lvolarda qiynaladi. Oxiri 60 oy bunaqa qilib qiynalib to’lay olmasligini tushunib yetadi va kelib uy olganlarni 30% otkaz qiladi. Siz ularga birdaniga 3-4 oy to’lagan pulini qaytarib berishingizga to’g’ri keladi.
4. Qolgan 30% qismi esa vaqtida pullarni to’lay olmaydi. Chunki ular amallab zo’rg’a uyga to’laydi topkan pulini, nimadur qo’shimcha harajati chiqib qolsa uyni to’lovi qolib ketadi. Sizda esa to’lov kechikani uchun penya yo’q, to’lovni kechiktirish unga hech qanday zarar bermaydi. Shunday qilib qarzdorlar yig’ilib ketadi.
5. Sizda qolgan 40% mijozlar esa barcha to’lovlarni vaqtida to’laydi. Lekin yuqoridagi 60% muammoli mijozlar sababli sizni qurilishngiz kechikishni boshlaydi. Agar qurilish sezilarli sekinlashsa, shu qolgan 40% mijozlar ham to’lovlarni to’xtatadi.
6. Natijada sizda sotib pul tushurish uchun yaxshi variantdagi uylaringiz ham qolmaydi, sotilgan uylarni to’lovini unduraman desangiz yuqoridagi muammolar bo’ladi.
🔍Bu narsalarni osmondan olib gapirmayabman, o’zim 10 lab zapusklarni ichida qatnashib shuni ko’rganman. Undan tashqari yana ko’plab zapusk qilgan quruvchilar bilan gaplashganimda ham bu narsalarni tasdiqlashgan.
📌Zapusk qilgan quruvchilarni 95% gullab ketmadi. Siz internetda ko’rayotkan narsalar bu shunchaki uylarni sotish uchun marketingda ishlatilayotkan o’zini boy qilib ko’rsatish instrumenti.
To’g’ri zapuskdan foyda olayotkanlar ham bor, lekin ular 50-100 ta uy sotishyabdi. Bundaylar juda kam, chunki sizga zapusk qilib beradiganlar ko’proq sotishni istaydi.
💰Sababi ular qancha ko’p sotilsa shuncha ko’p pul ishlaydi, ko’proq sotilishi uchun sizni yuqoridagi muammolarga olib boradigan sotuv shartlari asosida uylaringizni sotishni taklif qilishadi.
Quruvchilar hushyor bo’ling, zapuskchilar 1 oyda ishini bitirib katta pulni olib ketadi, javobini siz berasiz.@quruvchilarga
Banner va monitorlarni foydasi bormi?
O’tkan yili bir quruchi bilan gaplashganimda 4 oydan beri har oy 40 000$ dan banner va monitor uchun pul sarflayotkanini lekin 1 ta ham uy sotmaganini aytdi.
Yana bir quruvchi bilan gaplashganimda, monitorga ovoz bilan eshitiladigan video rolig qo'ygan edi.
Hullas quruvchilar, monitor bilan bannerga tikkan pulizni boshqa kanallarga tiksaylar 10 barobar ko’proq natija olasilar.
Brandiylarni tanitish uchun pulilar ko’p bo’lsa foydalansaylar bo’ladi, lekin brandni tanitishni undan ham samarali uslublari bor.
Banner bilan monitorni 4 ta viloyat va shaxarlarda sinab ko’rganman hech birida natija bermagan.
Ofisni atrofini o'raydigan va ofisni topib kelishni osonlashtiruvchi bannerlar bundan mustasno.
@quruvchilarga
Ko'pchilik xato tushunayotkan eskrou tizimi haqida
Rossiyada eskrou tizimi joriy etilgandan keyin ko'plab quruvchilar bozordan chiqib ketdi.
Sababi? Tizimni tushunmagan, tayyorgarliksiz kirgan.
Keling, yaqin kunlarda bizda ham joriy qilinadigan tizim haqida to'g'ridan-to'g'ri gaplashamiz.
Eskrou nima?
Ilgari sxema oddiy edi:
Mijoz puli → Quruvchi → Qurilish
Endi:
Mijoz puli → Bank → Qurilish tugagach → Quruvchi
Ya'ni siz xaridor pulini qurilish davomida ushlab turolmaysiz. Pul bankda "muzlatilgan" turadi. Quruvchi loyiha bitguncha o'z pulini yoki bank kreditini ishlatadi.
Bank sizga kredit beradimi? Bu 5 omilga bog'liq:
1. Kapitalingiz
2. Sotuvlar qanchalik yaxshi ketayotgani
3. Oldingi loyihalaringiz va reputatsiya
4. Lokatsiya va bozordagi talab
5. Hujjatlar
Misol: Kapitalingiz 15%, sotuvlar sust — bank riskni baland deb hisoblaydi. Kredit to'xtatiladi yoki foiz oshiriladi.
Rossiyada kreidt foizi 5% dan 24% gacha — bu to'g'ridan-to'g'ri tannarxga qo'shiladi.
Quruvchilarni kasotga olib boradigan 5 xato:
1. Sotuv bo'limiga e'tibor bermaslik — eskrouda bank aynan tushgan pulga qarab kredit ajratadi. Sotuv yo'q — kredit yo'q.
2. Ko'p loyiha boshlash — birinchi loyiha pulini ikkinchisiga tortib bo'lmaydi. Bank bittasi muammo bo'lsa hammasini xavf ostida deb ko'radi.
3. Kapitalsiz kirish — Rossiya banklari loyiha qiymatining 20–30% ini quruvchi yonidan talab qiladi. Kapital yo'q — kredit yo'q yoki foiz baland.
4. Bosh to'lovsiz yoki kam bosh to'lovga sotish — umumiy summa katta ko'rinadi, lekin tushgan pul kam. Bank buni risk deb baholaydi.
5. Hisob-kitobsiz qurilish — Rossiyada ko'p quruvchilar qog'ozda foydada, realda minusda qoldi.
Nima qilish kerak?
1. Kapital bilan loyihaga kirish
2. Bitta loyihani tugatib keyingisini boshlash
3. Bosh to'lovni maksimal ko'proq undirish
4. Banklar bilan hozirdan munosabat o'rnatish
5. Kuchli sotuv jamoasini yig'ish yoki kuchli jamoaga topshirish — bu eskrouda hal qiluvchi omil
"Bunaqa tizim Rossiyada bo'lgan, bizda bo'lmaydi" deb o'ylamang — Rossiya ham bir paytlar shunday o'ylaganBu bo'yicha batafsil tushuntirilgan video ham olganmiz, ko'rib chiqsangiz to'liq tushunib olasiz. Video uchun: Link @quruvchilarga
Oyiga 150 ta uy sotishning siri nima?
Yaqinda bir yirik quruvchi bilan uchrashib, sotuv bo'limini tahlil qilib berdim.
Raqamlar:
— Oyiga o'rtacha 150 ta uy
— 2025-yilda 1 500 ta uy topshirilgan
— Faqat fevral oyida 200 ga yaqin sotuv
Qanday qilib bunday natija? Mana asosiy sabablar:
1. Uyni bitirib sotadi — mijoz tayyor uyni ko'rib oladi
2. O'rta qatlam uchun quradi — talab eng ko'p bo'lgan segment
3. Tez quradi — 12 qavatli binoni o'rtacha 8 oyda bitiradi
4. Tez qurgani uchun tannarx arzon — 1 m² atigi 3 mln so'm
5. Bank bilan kelishgan — mijozning bosh to'lovini o'zi to'lab beradi
6. Moliyani mukammal boshqaradi — har bir xarajat nazorat ostida
Eng asosiy yutug'i esa qurilish jarayoni va maxsulotlarni optimallashtirib tannarxi arzon qila olganida.
Komfort va ekonom klass uy quradigan quruvchilar kundan kunga qurilishni yangi modellari chiqyabdi, ularni o'rganib tannarxni arzonlashtirish ustida ishlamasak bo'lmaydi.@quruvchilarga
Nechi kvadrat metr uylar tez sotiladi?
Ilgari katta maydonli uylarga talab yuqori edi. Hozir esa katta uylar sotilmay qolyapti.
Sabablari:
• Uylarning ko'pchiligi investitsiya uchun olinyapti
• Katta uyning narxi ham katta
• Odamlar avvalgidek katta oila bo'lib yashamay qo'ydi
Shunga qaramay, hali ham katta maydonli loyiha qilayotganlar bor.
Keling ular uchun kichik maydonlarning afzalliklarini tushuntirib beraman:
• Talab ko'p — sotuv tez bo'ladi
• Loyihada xonadon soni ko'payadi, bu esa ko'proq bosh to'lov olish imkonini beradi
• Uyning umumiy narxi arzon bo'ladi — bu kvadrat metr narxini oshirish imkoniyatini beradi
"Bizning xalq katta uy xohlaydi" — degan quruvchilar bor. Biz O'zbekistonning 8 ta viloyati va Tojikistonda uy sotdik. Natija bir xil — har doim kichik maydonli uylar tez sotiladi.
🎯Ideal kvadratura: 1 honali: 25–35 m² 2 honali: 40–55 m² 3 honali: 60–75 m²Siz uylaringizni nechi kvadrat qilgansiz? @quruvchilarga
Qurilish kompaniyalar yangi ochilgan vaqtda nimalar sodir bo'lishi mumkin, shular haqida gaplashamiz.
📊Birinchi
Loyiha sotuvi boshlanganda birinchi 2-3 oy sotuvlar ko'rsatkichi yaxshi bo'ladi.
Buni asosiy sabablari:
- Investorlar pul tikadigan payti bo'ladi
- Narx arzon bo'ladi
- Atrofida oson sotishi mumkin bo'lgan mijozlar bo'ladi
- Xodimlarni energiyasi katta bo'ladi
Undan keyin sotuvlar tushishni boshlaydi, shunda bu narsadan stresga tushmasdan, marketing byudjetni oshirib, sotuvlarni keskin tushib ketishini oldini olish va stabil ushlab turishga harakat qilish kerak.
📉Ikkinchi
Loyihani boshidan, uy olgan mijozlardan qat'iyatli bo'lib oylik to'lovlarni undurish kerak. Agar boshida yengilik berib yoki e'tiborsizlik qilib qo'ysangiz, katta ehtimol bilan keyingi oylarda qarzdorlik ko'payib ketishiga va pullarni yig'ishga qiynalishingizga olib keladi.
💸Uchinchi
Boshida tuzgan KPI tizimingiz bu vaqtga kelib ishlamay qolishi mumkin, shunda xodimlarni energiyasi yo'qolib, motivatsiyasi tushib ketmasligi uchun ularni KPI tizimini qayta ko'rib chiqishingiz kerak.
Tartiblarga bo'ysunmaydigan, vazifalarni qilmaydigan, ko'p tortishadigan yulduz xodimlar paydo bo'lishi mumkin. Ular bilan kelishilinadi yoki hayrlashilinadi
⚙️To'rtinchi
2-3 oydan keyin ishlash tizimingizga o'zgartirishlar kiritishga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Odatda bunday vaqtda xodimlar qarshilik qiladi. Shunda siz hech narsa bo'yicha xodimga bog'lanib qolmagan bo'lishingiz kerak. Bo'lmasam uni ketmasligi uchun tizimni o'zgartira olmaysiz, tizimni o'zgartirmaganingiz uchun raqobatchilardan qolib ketasiz
@quruvchilarga
Assalomu alaykum!
Boshladik.
Ismim Shaxobiddin
O’tkan 5 yil umrimni qurilish kompaniyalarda ishlab o’tkazdim
Oxirgi 2 yilda 10 dan ortiq qurilish kompaniyalar sotuv bo’limini pod klyuch olib savdolarini qilib berdim.
Bularni ichida 8 oydan beri 1 ta ham uy sota olmayotkanlaridan tortib, sotuvlari zo’r bo'lib turgan kompaniyalar ham bor
Faoliyatimiz davomida quruvchi iltimos qilganini hisobga olmasa bosh to’lovsiz bironta ham uy sotmadik.
Sotkan uylarimiz kvadrat narxlari 600$ dan to, 3 000$ gacha bo’ldi
Ishlagan quruvchilarimizni yarmidan ko’pi biz bilan ishlab, hamkorligimizni o'rtacha uchinchi oyida yangi loyiha boshladi.
Bu blogda quruvchilarga savdosini oshirish uchun tajribamdan o'tkan narsalarni ulashib boraman
@quruvchilarga
