Mahzunona
Kanalga Telegram’da o‘tish
Манбасиз олаверинг Хамма нарса Аллoхники @by_yozuvchi енг йоқтирган саҳифам Канал егаси:Музаккар( еркак киши) @sahiifala.)
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
858
Obunachilar
+19324 soatlar
+1797 kun
+35230 kun
Postlar arxiv
845
Repost from N/a
Dunyo la'natlangandir. Undagi narsalar ham la'natlangandir. Faqat Allohning zikri va unga oshno bo'lganlar, olim va ta'lim oluvchi bundan mustasno
845
Haqiqiy din faqat masjidda emas, joynamoz ustida ham emas. Haqiqiy din tijorat va mansabdagi omonatdorlikda. Haqiqiy din ota-ona oldidagi kamtarlikda. Haqiqiy din aka-ukalar va opa-singillarga qilinadigan yaxshilikda. Haqiqiy din jufti halolning aziyatiga sabr etish va farzandlarga rahm qilishda. Haqiqiy din qo‘shnilaring bilan qilinadigan muomalada. Haqiqiy din bemorga pul yig‘ilganda baxillik qilmaslikda. Haqiqiy din birov g‘iybat qilinganda g‘iybatchilarga qo‘shilib ketmaslikda. Haqiqiy din odamlarning aybini yashirishda. Haqiqiy din ishonib aytilgan sirni saqlay olishda.
Tavhid, namoz, ro‘za va boshqa ibodatlar Allohning bandalari ustidagi haqqidir. Ular dinning yarmi. Qolgan yarmi esa boshqalar bilan qanday muomala qilishingdadir.
Hayotda ko‘rinmaydigan dindorlik ichi bo‘sh dindorlik. Sizni yumshoq, saxiy va birovga zarari tegmaydigan bo‘lishingizni ta’minlamagan iymon nuqsonli iymondir. To‘g‘ri, kishi agar kufrda vafot etsa, bu axloqlar unga foyda bermaydi. Ammo xulqsiz iymon ham oqsoq iymondir.
“Dinnining barchasi xulqdir. Kim sendan xulqda o‘zib ketgan bo‘lsa, demak, dinda o‘zib ketibdi!”
845
Инсонларда аниқ бир дунёқараш булмас экан улар ўзлари билган ва билмаган
холда муаммолар гирдобига кириб бораверадилар,чунки дунёқараш демак
дунёга қараш ва дунёдаги барча
нарсаларга қараш демакдир. Дунёқараши бор ва тутри бўлмаган
инСон бу хаётда нимага эришиш ва
нимадан қочиш керак хеч англолмайди.
Эхтиёт булинг мана бу энг катта
ютказишдир.
845
Va bir kun aytasiz : men otamning uyida och emasdim, mehrga, e'tiborga, eshitishlariga muhtoj ham emasdim. Ilmimga yo'l, halovatimga vaqt berilgan edi... Lekin endi bulardan uzoq va sening makoningdaman. Menga faqat ishqning o'zi kamlik qiladi. Meni ardoqla, madrasa bo'lishim uchun zamin yarat, nafsim tug'yon qilib "dunyo" deganda yonib turgan yuragimni sovut. Zotan men hammasidan kechib senga keldim, senga suyanmoqni lozim ko'rdim. Uyaltirib qo'yma...
845
Agar u seni orzuying boʻlsa uning qoʻllaridan mahkam tut, shunchalik mahkam tutginki seni orzuyingdan taqdiringa aylansin...
845
"Sevaman" deyilmasdi bizning paytlari,
Odob chegarasin o'tmasdik buzib.
Hadya aylar edik "O'tgan kunlar"ni
Kerakli so'zlarning ostini chizib.
845
... Ишқнинг бир зарраси бутун оламдан афзал ва азиздир, унинг бир зарра дарди барча ошиқлардан қимматли. Ишқ азалдан коинотнинг мағзи-моҳияти бўлиб келган, аммо дардсиз ишқ- комил ишқ эмас. Қудсий фаришталарда ҳам ишқ бор, аммо уларда дард йўқ. Дард фақат одам боласига юклатилган, фақат Одам бунга муносиб, фақат Одам унга чидай олади...
Фаридуддин Аттор қуддиса сирруҳу
845
- Ko‘payib borayotgan orzu-havaslaringni ko‘rganing kabi,
Kamayib borayotgan nafaslaringni ham ko‘r…
— Rumiy
845
Агар биз инсоний нормаларга амал қилиб яшаганимизда эди, бугун фаррошларга эҳтиёжимиз қолмас эди.
• Абдукарим Мирзаев
