Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Kanalga Telegram’da o‘tish
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 757
Obunachilar
+1 78224 soatlar
+1 6637 kun
+3 46630 kun
Postlar arxiv
+5
🟢XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
✅Tadbir doirasida Urganch shahrining 20-sonli “Obi hayot” mahallasi, “Jayhun” ko‘chasida joylashgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishildi. ✅Tashrif davomida xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ularning mehnat qilishi va daromad topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. ✅Shuningdek, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida fikr yuritildi. ✅Uchrashuv davomida partiya safiga qo‘shilish istagini bildirgan faol xotin-qizlarga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.🔵Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirish — barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Telegram | Instagram | Facebook
+6
🟢“YASHIL TEXNIKUM” FAOLIYATI BILAN TANISHUV
Tadbir doirasida Xorazm viloyati, Urganch tumanining “Hojiboylar” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Yashil texnikum” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
✅Tashrif davomida texnikumda yo‘lga qo‘yilgan faoliyat, yoshlarni ekologik yo‘nalishdagi kasb va ko‘nikmalarga jalb etish, ularning amaliy bilimlarini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlar asosida ekologik madaniyatini shakllantirish borasidagi ishlar bilan tanishildi. ✅Shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va bu boradagi faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.🔵“Yashil texnikum” — ekologik bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirish, yoshlarni yashil kelajak bunyodkorlari sifatida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tashabbuslardan biridir. Telegram | Instagram | Facebook
🟢Yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda
🔵Kelgusida ekologik yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish, mazmunli va samarali tadbirlarni tashkil etish hamda yoshlar va xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook
+7
🟢XORAZM VILOYATIDAGI TUMAN VA SHAHAR PARTIYA TASHKILOTLARI RAISLARI BILAN UCHRASHUV
✅O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbir doirasida viloyatdagi tuman va shahar partiya tashkilotlari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. ✅Uchrashuv avvalida ishtirokchilar bilan tanishuv o‘tkazilib, hududiy partiya tashkilotlarining faoliyati, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. ✅Muloqot davomida “Yosh ekologlar” hududiy jamiyati hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faoliyatini yanada jonlantirish, ularning ishini tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalar va samarali tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅Shuningdek, hududlarda ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslarni kengaytirish, yoshlar va xotin-qizlarni partiya faoliyatiga faol jalb etish, ularning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.🔵Uchrashuv ochiq muloqot va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tib, hududiy partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladigan yangi vazifalar belgilab olindi. Telegram | Instagram | Facebook
Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish — barqaror taraqqiyotning muhim omili
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida Respublika xotin-qizlar forumi o‘tkazildi.
Forumning asosiy maqsadi — xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini yanada oshirish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, liderlik salohiyatini yuksaltirish hamda jamiyat hayotidagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadbir davomida kognitiv fikrlash psixologiyasi, kasbiy etika, shaxsiy brend va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy imtiyozlari, sun’iy intellekt davrida ayol liderligi, zamonaviy siyosiy kommunikatsiya, tadbirkorlik va siyosiy partiyada xotin-qizlar faolligi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bugungi raqamlashtirish va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan davrda xotin-qizlarning zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi, jamoatchilik bilan to‘g‘ri va ta’sirchan muloqot qilishi, o‘z salohiyati va shaxsiy brendini namoyon etishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Forum xotin-qizlarning tashabbuskorligi, liderlik qobiliyati va ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish, ularni jamoatchilik va siyosiy jarayonlarda yanada faol ishtirok etishga rag‘batlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Faol ayol — faol jamiyat, faol jamiyat — barqaror va farovon kelajak!
#O‘zbekistonEkologikPartiyasi #XotinQizlarForumi #AyolLiderligi #IjtimoiyFaollik #SiyosiyFaollik #EkologiyaVaSalomatlik #Mustaqillikning35Yilligi
Ustozim🥹
E’tirof uchun, mehr uchun tashakkur🫶🏻
Barchamizga ustozlar ishonchini oqlab yurishlik nasib qilsin🙏🏻
Repost from N/a
+4
🌿XOTIN-QIZLARNING SIYOSIY, IJTIMOIY VA MOLIYAVIY FAOLLIGI — MUHIM MASALA
📅 19-avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi Respublika xotin-qizlar forumi doirasida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi mas’ul xodimi Nasimaxon Abdullayeva tomonidan “Xotin-qizlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash: imkoniyatlar, huquqiy himoya va to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qilindi.
🏢 Tadbir doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
💳 Shuningdek, jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi tushunchasi, bunday holat yuzaga kelganda fuqarolar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar, qarzdorlikni qonuniy tartibda hal etish hamda to‘lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
📚 Bunday tadbirlar aholining, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, moliyaviy muammolarga duch kelganda to‘g‘ri va qonuniy yechimlarni bilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ Moliyaviy savodxonlik — moliyaviy barqarorlik sari muhim qadam!
📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
🟢 BACKSTAGE | Respublika xotin-qizlar forumi
Liderlik — faqat oldinda turib yo‘l ko‘rsatish emas.
Ba’zan liderlik — jamoa bilan birga harakat qilish, mas’uliyatni bo‘lishish va kerakli vaqtda yonma-yon turishdir.
Har bir jarayon ortida o‘z vazifasini biladigan, bir-birini tushunadigan va umumiy maqsad sari birgalikda harakat qiladigan jamoa bor.
Bu kadrlarda esa aynan shu muhit — hamkorlik, o‘zaro ishonch, tashabbus va jamoaviy harakat aks etadi.
Chunki kuchli jamoa bir kishining emas, har bir ishtirokchining hissasi bilan shakllanadi.
Birgalikda ishlash. Bir-birini qo‘llash. Bir maqsad sari harakat qilish.
Mana shu — haqiqiy jamoaviy liderlik.
Telegram | Instagram | Facebook
🟢Kecha forumni muvaffaqiyatli tamomladik.
⭐️ Bugun Forumning to'liq tavsilotlarini Sizlar bilan ulashaman.
Kutyapsizmi ?
+3
🔴#Live
#Ayollar_forumi
Forumda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, hududiy partiya tashkilotlarining mas’ul vakillari, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi vakillari, shuningdek, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassis va ekspertlar ishtirok etmoqda.
🔺Tadbir xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi siyosiy va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
🔴#Live
#Ayollar_forumi
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida respublika xotin-qizlar forumi boshlandi.
+1
🟢 RESPUBLIKA XOTIN-QIZLAR FORUMI MEHMONLARI
✅ Mohira Xo‘jayeva — Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari ✅ Noiba Inoyatova — Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi ✅ Mukarram Nurmatova — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosariFORUM ISHTIROKCHILARI
✅ Sapargul Utemuratova — Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi ✅ Gulchehra Tojibayeva — Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi ✅ Malika Qodirxanova — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
🟢 RESPUBLIKA XOTIN-QIZLAR FORUMI
Xabar berganimizdek ertaga partiya Markaziy Kengashida "Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida respublika xotin-qizlar forumi o‘tkaziladi.
Mazkur tadbir ayollar uchun ilhom, yangi bilim va yangi imkoniyatlar maydoni bo'ladi.
🎙 FORUM SPIKERLARI:
⚫️ Ashurova Gulchehra — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi mas’ul xodimi
⚫️ Abdullayeva Nasima — Adliya vazirligi bosh maslahatchisi
⚫️ Tojiboyeva Nafosat — MPA Global xalqaro agentligi direktori, sotsiologiya fanlari doktori
⚫️ Umida Abdullayeva — psixolog, psixoterapevt, Erikson gipnozi bo‘yicha mutaxassis
⚫️ Abdurahmonova Nilufar — O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri
⚫️ Mahliyo Tojieva — "Ayol uchun" platformasi asoschisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD
⚫️ Ibragimova Shohida — "Ayol" mikromoliya tashkiloti rahbari, "Central Asian" universiteti prorektori🤝Sizni nimalar kutadi? • Kasbiy etika va rivojlanish • Shaxsiy brend va ijtimoiy tarmoqlar rivojlantirish • Ayol liderligi va sun’iy intellekt • Siyosiy kommunikatsiya • Tadbirkorlik va yangi imkoniyatlar
+6
#Fraksiya_yigilishi
Sirdaryo viloyatining ayrim tuman va shaharlarining chegaralari o‘zgarmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Sirdaryo viloyatining Guliston, Shirin, Yangiyer shaharlari, Guliston Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos tymanlari ma’muriy-hududiy chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi.
