uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Falsafiy umr 🍃

Falsafiy umr 🍃

Kanalga Telegram’da o‘tish

Hayotda hech narsa tasodif emas. Siz aynan kerakli vaqtda, kerakli joydasiz! 📚 «Falsafiy Umr” - Hayot o‘rgatadi, lekin biz bilan tezroq.! Founder: @Waxnozam

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
2 475
Obunachilar
-1424 soatlar
-1367 kun
-75730 kun
Postlar arxiv
🌿 Hech kimsani oʻzingizdan past sanamang... Bilasizmi o‘sha odam katta bir tarix... ...Siz balki uning bosib o‘tgan, yaxshid
🌿 Hech kimsani oʻzingizdan past sanamang... Bilasizmi o‘sha odam katta bir tarix... ...Siz balki uning bosib o‘tgan, yaxshidek ko‘ringan tarixida xatto bir kun ham yasholmasmiz..?! Ammo u yashadi.. Sizni esa o‘zingizgina biladigan, eslasangiz titroq bosib, yig‘lab yuboradigan yo‘lingiz bor. Undayam birov yashab berolmaydi... Orqaga qarasangiz ...yuragingiz orqaga tortadi, to‘g‘rimi? Qaramang.... Bo‘ldi.... Hamma chiroyli hadyalar oldinda. Aytimku o‘sha qiyin va sizni qiynagan o‘tmishga boshqa qaramang... Haya, agar o‘zingiz yaxshi bo‘lsangiz Alloh atrofingizga o‘zingizdek yaxshilarni jamlab qo‘yadi, ishonavering. Nolimang azizim... nolimang! @falsafiy_umr 🍃
11 Noy, 06:36

🌿 Goʻzal gumon... Bir ayol dedi: “Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi. Dedi: “Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi. Unga dedilar: “Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”. Dedi: “Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi. Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar: “Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”. Dedi: “Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...! Bir kishi dedi: “Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi. 🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi? Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon. Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...! Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling! Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym! Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek: U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...! Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂 @falsafiy_umr 🕊
10 Noy, 23:43

🌿 Kechira olmayotgan insoningizni qanchalik sizga qiyin bo‘lmasin kechirib yuboring.... Husumatchilar Qiyomatda yuzma yuz qi
🌿 Kechira olmayotgan insoningizni qanchalik sizga qiyin bo‘lmasin kechirib yuboring.... Husumatchilar Qiyomatda yuzma yuz qilib qo‘yilar ekan.... Men kechirdim, sababi ba’zi insonlar yuzini Qiyomatda ham ko‘rishni istamayman... @falsafiy_umr 🍃
10 Noy, 11:14

Siz ayolga shoyi ko'ylak olib bermang, Gulimsan - deng! Afsonaviy qasr qurmang, Dilimsan - deng! Sensiz havosi yo'q bo'shliqm
Siz ayolga shoyi ko'ylak olib bermang, Gulimsan - deng! Afsonaviy qasr qurmang, Dilimsan - deng! Sensiz havosi yo'q bo'shliqman deng! Shu so'zlarni chin ko'ngildan ayta olgan kun, Mo'jizaga aylanadi ayol Siz uchun..! @falsafiy_umr 🕊️
10 Noy, 09:13

Siz ayolga shoyi ko'ylak olib bermang, Gulimsan - deng! Afsonaviy qasr qurmang, Dilimsan - deng! Sensiz havosi yo'q bo'shliqm
Siz ayolga shoyi ko'ylak olib bermang, Gulimsan - deng! Afsonaviy qasr qurmang, Dilimsan - deng! Sensiz havosi yo'q bo'shliqman deng! Shu so'zlarni chin ko'ngildan ayta olgan kun, Mo'jizaga aylanadi ayol Siz uchun..! @falsafiy_umr 🕊️
10 Noy, 09:10
10 Noy, ~09:11

🌿 Bir kishi uylandi-yu, ammo ayoli bilan kelisha olmadi. - So‘radilar «Nechun ayoling bilan kelisha olmayapsan?» - U aytdi:
🌿 Bir kishi uylandi-yu, ammo ayoli bilan kelisha olmadi. - So‘radilar «Nechun ayoling bilan kelisha olmayapsan?» - U aytdi: «Nomusim haqida hech kimga churq etmayman!» Ayoli bilan ajrashdi. - Yana so‘radilar: «Nega ajrashding? Uni nima ayblari bor edi?» - U dedi: «Zimmamdan chiqib bo‘lgan ayol haqida so‘zlamayman». @falsafiy_umr 🍃
10 Noy, 07:06

🌱 Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib bo'lgach, ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi. Stol va televizor ustida
🌱 Bir kishi ayoli bilan nonushta qilib bo'lgach, ish xonasiga kalitlarini olish uchun kirib ketdi. Stol va televizor ustida chang borligini ko'rdi va kalitlarni olmasdan, ayolini chaqirib, undan kalitlarni olib berishini iltimos qildi. Ayoli kalitlarga qo'l uzatarkan, stol ustidagi changda barmoqlar bilan yozilgan «Seni sevaman..» yozuvini ko'rdi. Xonadan chiqayotganda esa, televizor ustidagi changda «Sen mening suyukli rafiqamsan..» yozuvini ko'rdi. Ayol kalitlarni xojasiga uzatarkan, tabassum qildi va, «Vazifa tushunarli bo'ldi, bundan keyin uy ishlariga yanada e'tiborliroq bo'laman. Menga ajoyib shaklda, muhabbat ila tushuntirganingiz uchun sizdan minnatdorman» dedi. Bu aqlli va Allohdan qo'rqqan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan o'rnak olgan bir mo'minning ishidir. @falsafiy_umr 🍃
10 Noy, 05:35

🌿 Dorisiz uxlab, dardsiz uyg‘onsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan i
🌿 Dorisiz uxlab, dardsiz uyg‘onsangiz. Va hech narsa sizni bezovta qilmasa, xohlagan har xil taomlaringizdan yeb, xohlagan ichimliklarni ichsangiz, ishoning, siz dunyodagi eng boy insonlardan ham badavlatliroqsiz. Hamd ayting, shukr qiling! @falsafiy_umr 🕊
10 Noy, 00:45

🌿 Ayoldan so’rashdi: Sizningcha haqiqiy er kim? •Ayol javob berdi: - Jerkiyvermay chiroyli nasihat qiladigan; -Titkilayverma
🌿 Ayoldan so’rashdi: Sizningcha haqiqiy er kim? •Ayol javob berdi: - Jerkiyvermay chiroyli nasihat qiladigan; -Titkilayvermay ishonadigan; -Yig’latavermay kuldiradigan; -Oyoq-osti qilavermay boshiga ko’taradigan; -Itoatni qadrlaydigan; -Ibodatni sevadigan; -Suyansa bo’ladigan; -Xaromdan hazar qiladigan; -Robbisiga bandalikda ahli-ayolini ham ergashtira olgan er haqiqiy erdir! @falsafiy_umr 🍃
09 Noy, 22:34

🌿 Alloh taolo hattoki moʻjizalarni ham sababga, amalga bog‘lab qo‘ygan: Muso alayhissalomga: «Asoing bilan toshni ur», «Asoi
🌿 Alloh taolo hattoki moʻjizalarni ham sababga, amalga bog‘lab qo‘ygan: Muso alayhissalomga: «Asoing bilan toshni ur», «Asoing bilan dengizni ur», «...kema yasa», dedi. Hatto Maryam onamizning to‘lg‘oq paytida ham unga: «Xurmo tanasini silkit...» dedi. Bo‘lmasa, U Zot xurmoni oldiga uzilgan holida keltirib qo‘yolmasmidi! Shunday ekan, sa’y-harakatsiz, sabablarini qilmasdan muvaffaqiyat kutmang! Avvalo sabablarini qiling, qolganini Allohdan kuting! @falsafiy_umr 🍃
09 Noy, 08:27

🌿 Umidingizni yo'qotmang... Yo'qotganlaringizdan esa xafa bo'lmang... Bugun qiynalsangiz, ertaga yengil tortasiz.... Bugun x
🌿 Umidingizni yo'qotmang... Yo'qotganlaringizdan esa xafa bo'lmang... Bugun qiynalsangiz, ertaga yengil tortasiz.... Bugun xafa bo'lsangiz, ertaga baxtli bo'lasiz... Bugun yuzingizga bir eshik yopilgan bo'lsa, ertaga ming bir eshik ochiladi... Sabrli bo'ling! Bir kun kelib, vaqt keladi va Alloh qiyinchilikdan keyin osonchilik ila siylaydi... @falsafiy_umr 🍃
09 Noy, 06:49

🌿 Bir yigit ushbu suratni ijtimoiy tarmoqqa joylab shunday deb yozibdi: ― Men uch yildan beri ishlayman va birinchi olgan ma
🌿 Bir yigit ushbu suratni ijtimoiy tarmoqqa joylab shunday deb yozibdi: ― Men uch yildan beri ishlayman va birinchi olgan maoshimdan boshlab har oy bir qismini onamga beraman, toki menga qilgan yaxshiliklarini oz bo‘lsada qaytarmoqchi bo‘laman. Kuni kecha meni chaqirib, menga bir sumkacha berib, shunday dedi: "Bu, menga bergan pullaring, ol! Undan bir riyol ham ishlatmadim. Uni sening to‘yinga yig‘ib qo‘ydim, ol, 18,000 riyol (salkam 5000$)". 🌺 Chunki bu ona... Bu ishni yana boshqa kim qila oladi...? @falsafiy_umr 🍃
09 Noy, 01:28

🍂 Ba'zan insonning sukuti — aytolmagan gaplari emas, aytishdan charchagan haqiqatlaridir... @falsafiy_umr 🕊
🍂 Ba'zan insonning sukuti — aytolmagan gaplari emas, aytishdan charchagan haqiqatlaridir... @falsafiy_umr 🕊
08 Noy, 21:39

- Rasmda nega dadangning qo‘llarini chizmading? - Onamni boshqa urolmasinlar dedim, ustoz... 😔 Hayotdan olindi... 🍂 Bilasiz
- Rasmda nega dadangning qo‘llarini chizmading? - Onamni boshqa urolmasinlar dedim, ustoz... 😔 Hayotdan olindi... 🍂 Bilasizmi nima? -Sizning o'sha besh daqiqada kelib-ketar qahringizdan qolgan izlar farzandlaringiz qalbida katta jarohat qoldirishi mumkin.. @falsafiy_umr 🍃
08 Noy, 08:10

🌿 Diqqat, barcha qiz farzandi bor erkaklar! Koʻzingizni bir on yuming va tasavvur qiling: kelajakda sizning farzandingiz siz
🌿 Diqqat, barcha qiz farzandi bor erkaklar! Koʻzingizni bir on yuming va tasavvur qiling: kelajakda sizning farzandingiz sizga oʻxshagan bir erkakka turmushga chiqayapti... - Tabassum qildingizmi...?! - Rozi boʻlasizmi...?! Agar yoʻq boʻlsa, oʻzingizni yaxshi tomonga oʻzgartiring! Islohni hozirdan boshlang! @falsafiy_umr 🍃
08 Noy, 06:24

🌿 Ba'zan inson hech kimdan ranjimaydi, shunchaki avvalgidek ishonmay qo‘yadi. 🌿 Ba'zan gapirishga so‘z topolmaydi emas, ayt
🌿 Ba'zan inson hech kimdan ranjimaydi, shunchaki avvalgidek ishonmay qo‘yadi. 🌿 Ba'zan gapirishga so‘z topolmaydi emas, aytgan so‘zlari hech narsani o‘zgartirmasligini anglaydi. 🌿 Ba'zan uzoqlashish — nafratdan emas, o‘z qadrini anglab yetishdandir. 🌿 Hayot insonga ko‘p narsani o‘rgatadi. Ammo eng og‘ir saboq — kimga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kech anglashdir... @falsafiy_umr 🕊
08 Noy, 05:28

🌿 Umr qisqa, ammo insonning qoldirgan izi uzoq yashaydi. @falsafiy_umr 🕊
🌿 Umr qisqa, ammo insonning qoldirgan izi uzoq yashaydi. @falsafiy_umr 🕊
08 Noy, 01:38

🌿 Uch kunlik dunyoning ikkinchi kunidaman go'yo... Na birinchi kunning havasi, Na uchinchi kunning qo'rquvi bor ichimda... @
🌿 Uch kunlik dunyoning ikkinchi kunidaman go'yo... Na birinchi kunning havasi, Na uchinchi kunning qo'rquvi bor ichimda... @falsafiy_umr 🍃
08 Noy, 01:30

​​Qadr... Taniqli ruhshunos seminar o‘tkazayotib qatnashchilarga 100$ ni ko‘rsatib so‘radi: – Kim uni olishni xohlaydi? Zalda ikki yuzga yaqin odam bor edi. Hamma birdaniga qo‘llarini ko‘tarishdi. – Sizlardan bir kishi bu pulni oladi, lekin men uni bunday qilaman. – Ruhshunos pulni g‘ijimladi va keyin so‘radi: – Kimdir uni olmoqchimi? Yana hamma qo‘lini qo‘tardi. Ruhshunos qog‘oz pulni polga tashlab, oyoq kiyimi bilan polga tepkiladi va ko‘tardi. Kupyura ezg‘ilangan va kir edi. – Xo‘p, endi qaysilarizga bu holdagi pul kerak? Va yana hamma qo‘l ko‘tardi. – Aziz do‘stlar, – dedi ruhshunos. – Hozirgina sizlar ko‘rgazmali dars oldingiz. Bu pul bilan men qilgan barcha amallarga qaramasdan, hammalaringiz uni olmoqchi bo‘ldinglar, nega deganda u o‘z qiymatini yo‘qotmadi, haliyam o‘sha 100$ Hayotda tez-tez shunday bo‘ladiki, biz uloqtirilamiz, yerda oyoq osti bo‘lamiz. Bunday vaziyatlarda o‘zimizni nokerak sezamiz. Lekin ahamiyati yo‘q, nima sodir bo‘ldi yoki bo‘ladi, siz o‘zingizda bor fazilatlaringizni yo‘qotmaysiz. Haqoratlanganmisiz, ezilganmisiz, silliqmisiz asl holingizcha qolasiz. Faqat siz bunga ishonishingiz kerak. Siz doim sizni sevganlarga bebaho bo‘lib qolaverasiz. @falsafiy_umr 🕊️
07 Noy, 22:01

Bir kuni hammasiga erishamiz, ko‘p narsa topamiz (izzat, ikrom, pul, boylik) ammo... biron marta tagiga qalinroq ko‘rpa solib
Bir kuni hammasiga erishamiz, ko‘p narsa topamiz (izzat, ikrom, pul, boylik) ammo... biron marta tagiga qalinroq ko‘rpa solib uxlamagan Onamizni, oyog‘iga qimmat poyafzal kiymagan Dadamizni topolmaymiz..! @falsafiy_umr 🍃
07 Noy, 10:59