️one love, one house
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
769
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+2747 kunlar
+27430 kunlar
Postlar arxiv
Dunyo bevafolarga bo‘lsin.
Men bir insonni tanlab, butun umrimni o‘sha tanlovga sodiq yashashni afzal ko‘raman. Sevgi men uchun har faslda yangi ism izlash emas. U bir ismni qalbga yozib, qolgan barcha eshiklarni ichkaridan berkitishdir. Ba’zilar buni soddalik der. Ba’zilar esa ahmoqlik. Mayli. Lekin men uchun muhabbatning qadrini uning davomiyligi belgilaydi. Bir insonni hamma narsa o‘zgarganidan keyin ham sevishda. Vaqt o‘zgarganda ham, masofa uzoqlashganda ham, hayot og‘irlashganda ham.
Shunday insonlar borki, ular sevganidan keyin qalbida boshqa hech kimga joy qolmaydi. Hatto yillar o‘tsa ham. Hatto taqdir ularni birlashtirmasa ham. Chunki ular muhabbatni tanaga emas, ruhga yozadi. Balki shu sabab ayriliqdan keyin ham boshqasini sevishni uddalay olmaydilar. Bu kibrlari uchun emas. Bu sadoqatni boshqacha tushunganlari uchun.
Menimcha, qalb ham bir marta chin dildan uy bo‘la oladi. Undan keyin u yerga boshqa birovni joylashtirish ba’zan ko‘chib kirish emas, balki avvalgi xotiralarni buzishga o‘xshaydi. Shu sabab dunyo bevafolarga qolsin. Menga esa bir insonni oxirgi nafasimgacha sevishning o‘zi kifoya. Agar buning evaziga yolg‘iz qolish nasib etsa ham. Ba’zi muhabbatlar birga yashash bilan emas, umr bo‘yi sodiq qolish bilan buyuk bo‘ladi.
Salqin havo. Qisqa kunlar. Yomg’ir hidi. Qahfa. Rasmni oziga qarab salqin shabadani xis qiladi odam))
Life is funny.
You come with nothing then you fight for everything and go with NOTHING.
Unga atalgandir, yozilgan sherlar
Kulib eslashingga, mushtoqdir ular
Yillar onlar otsa hamki, bil
Ortimdan qoladi, ushbu satrlar.
*o’zimdan)
Bugungi va kecha kun ovqatlanish tartibim haqida:
Ertalabgi nonushtaga qaynatilgan suv bilan, idishda muzlagan suv, tushlikga esa idishda erigan muzning suvidan dimlama, kechga esa muzdeeek suvli parxez qildim, kun boyi kuchli ovqat yeganim uchun. Shunaqa gaplar))
Kel, dunyoni bo'lamiz tengga,
Hamma narsa, hammasi senga,
Sizgachi deb so'rasang agar,
Dunyo senga, sen esa menga
Kel, dunyoni bo'lamiz tengga,
Barcha shodlik, barcha baxt senga.
O'zingizga yo'qmi desang gar,
Baxt senga-yu, sen esa menga
Kel, dunyoni bo'lamiz tengga,
Bari go'zal narsalar senga.
Meni o'ylab xavotir olma,
Ko'nglim senga, sen esa menga
Kel, dunyoni bo'lamiz tengga,
Hayotimning hammasi senga.
Olayotgan nafasim hamda,
Borim senga, sen esa menga
