UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Kanalga Telegram’da o‘tish
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Ko'proq ko'rsatish822
Obunachilar
-4824 soatlar
-707 kun
-39230 kun
Postlar arxiv
✅ URUG‘LIK G‘ALLA MAYDONLARINI APROBATSIYA KO‘RIGIGA TAYYORLASH NAZORATDA
▶️ Qishloq xo‘jaligida yuqori hosil olish va mo‘l g‘alla zaxirasini yaratishning asosiy drayveri — bu sifatli hamda konditsiyali urug‘chilikdir. G‘alla hosilini yig‘ishtirib olish oldidan o‘tkaziladigan aprobatsiya (nav tozaligini aniqlash) ko‘rigi esa bu jarayonda eng muhim bosqich hisoblanadi.
Ayni kunlarda «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari tomonidan viloyatning urug‘chilikka ixtisoslashgan hududlarida urug‘lik g‘alla maydonlarini aprobatsiya ko‘rigiga tayyorlash bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.👉BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+6
✅ YOG‘-MOY MAHSULOTLARI BOZORIDA SHAFFOFLIKNI TAʼMINLASH MAQSADIDA NAZORAT TADBIRLARI KUCHAYTIRILMOQDA
Bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash hamda aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mutaxassislar fikricha, paxta texnik chigiti, paxta yog‘i, paxta shroti hamda paxta sheluxasining birja savdolariga chiqarilmasligi ichki bozorda muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, mazkur holat paxta yog‘i taqchilligi yuzaga kelishiga, chorvachilik sub’ektlari uchun muhim ozuqa mahsulotlari narxining oshishiga hamda chorva mahsulotlari bozor bahosining sun’iy ravishda keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi omillardan biri sifatida baholanmoqda.👉BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
✅ G‘ALLA O‘RISH KOMBAYNLARI OPERATORLARINI TAYYORLASH BO‘YICHA AMALIY O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
2026-yil 2-apreldagi “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandislarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning tegishli bandiga muvofiq tasdiqlangan “G‘alla o‘rish kombaynlarining operatorlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv seminari” doirasida bugun Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar “Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti” hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida o‘tkazildi.👉BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (255-son, 18.05.2026-y.) bilan “Yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.🔰 Reglament yer uchastkasining ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 📝 Ariza beruvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi mumkin. 📑 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ▫️ avval rasmiylashtirilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi; ▫️ yer uchastkasining ijarachisi nomidan harakat qilingani bo‘yicha ishonchnoma (agar ijarachining nomidan boshqa shaxs murojaat qilsa). ⌛️ Ijaraga beruvchi tegishli vakolatli organlarning ma’lumotlarini olganidan so‘ng 10 ish kuni ichida: ▪️ yer uchastkasidan muntazam ravishda foydalanilmayotgani to‘g‘risida ma’lumot mavjudligini tekshiradi; ▪️ ariza kelishilgani yoki rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni ariza beruvchiga yuboradi. 💰 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. ⏭️ Yer uchastkasining ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan imzolangandan so‘ng avtomatik tarzda ariza beruvchiga yuboriladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+2
✅ JIZZAX: 5 MING 482 GEKTAR G‘O‘ZA MAYDONLARIDA KAMCHILIKLAR ANIQLANDI
Joriy yilda Jizzax viloyatida 7 ta paxta yetishtiruvchi tumanlarda 12 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari va 1919 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 67 ming 600 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda.
G‘o‘za parvarishi yuzasidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 39 ming 884 gektari (56%) 3-4 chinbarg, 14 ming 872 gektari (22%) 5-6 chinbarg va 12 ming 844 gektari (19%) shonalash fazasida rivojlanganligi aniqlandi.👉BATAFSIL 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#OAV_biz
#TV_video
📺 "Dunyo bo'ylab" telekanali “Agrotur” dasturining bu galgi sonida juda muhim va zamonaviy qulaylik haqida so‘z yuritamiz!
✅ Endi urug‘lik uchun xorijdan keltirilayotgan mahsulotlar haqidagi aniq maʼlumotlarni birgina QR-kod orqali bilish mumkin!
🤔QR-kod orqali qanday maʼlumotlar chiqadi?
🤔Bu tizim qanday ishlaydi?
🤔 U fermer va dehqonlarga qanday yengillik yaratadi?
🎥 Ana shu va boshqa ko‘plab savollarga javob olasiz!
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
"O'zagroinspeksiya" yana bir reytingda yuqori baholandi
📌 “Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, ochiqlik va samaradorlikni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida Vazirlar Mahkamsi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yuqori natija qayd etdi.
📊 Respublika Tashkilotlari ichida reyting yakunlariga ko‘ra: Inspeksiya 80,25 ball bilan 4-o‘rinni qayd etdi hamda “yashil” toifaga kiritildi.✅ Mazkur natija tizimda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish, raqamli boshqaruvni keng joriy etish hamda fuqarolar va tadbirkorlarga qulay xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir. 👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#iqlim
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oliy Majlis senatining 15-yalpi majlisida agrar sohadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga oid qonun muhokama qilindi.
Qonun bilan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi va “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi qonunlarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nomi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar ham kiritilmoqda.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Bilasizmi
Huquqiy nigilizm nima?
Huquqiy nigilizm (lotincha nihil — hech narsa, hech narsa) – ijtimoiy ongning elementi bo‘lib, eʼtiborsizlik va huquq subyektlarining amaldagi huquq normalarini mensimasligi, ularga nisbatan hurmatsizlik munosabatida bo‘lishi yoki inkor qilishi.
Huquqiy nigilizmga qarshi kurashish uchun nima qilish kerak?
Huquq va qonunga bo‘lgan qarashlarning ijobiy tomonga o‘zgarishi o‘z-o‘zidan huquqiy nigilizmning yo‘qolishiga olib keladi.
Bunga erishish uchun esa birinchi navbatda amaldagi qonunlar ishlashi kerak.
Ikkinchidan, aholining huquqiy bilimi oshirilishi zarur. Bu bilan har bir shaxsda huquqiy ong shakllanadi. O‘z navbatida bu har bir shaxsning atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga huquqiy munosabatini, qarashini, shaxsiy baho berishini paydo qiladi.
Shaxsiy fikrga va huquqiy bilimga ega bo‘lgan shaxs esa nigilistik harakatlarga moyil bo‘lmaydi.
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Kun_hikmati
"Bir joyda qotganingiz haqida yorug‘lik tezligida bahonalar o‘ylab topgandan ko‘ra, toshbaqa tezligida maqsadingiz sari intilganingiz maʼqul"
@ Bodo Shefer
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#iqlim
👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#ovozli_chat
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
⚡️ "Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ 206-sonli qarorda "O'zagroinspeksiya"ga yuklatilgan vazifalar yuzasidan real vaqtda "OVOZLI CHAT" tashkil etilgan edi.
‼️ Mazkur ovozli chat yozuvlari e'lon qilinmoqda
🎙Suhbat spikerlari: Adham Mahmudov, Murod Qurbonboyev, Bobur Rahimov
©Moderator: Xolida Shadiyeva
▶️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web l Facebook l Instagram| Telegram| Youtube| Twitter
Repost from Rasmiy axborot
🌐 O‘zbekistonning London fond birjasida IPO joylashtirishi — iqtisodiy taraqqiyotdagi tarixiy qadam
2026 yil 18 may kuni O‘zbekiston o‘z iqtisodiy tarixida yangi sahifani ochdi. London fond birjasida (London Stock Exchange) O‘zbekiston Milliy investisiya jamg‘armasi (UzNIF) aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
✅ Bu mamlakatning zamonaviy tarixida bunday ko‘lamdagi ilk IPO hisoblanadi. Bu voqea shunchaki moliyaviy bitim emas, balki O‘zbekistonning yangi taraqqiyot modeliga — ochiq, raqobatbardosh va xalqaro standartlarga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tayotganini anglatuvchi tarixiy qadam bo‘ldi.Bu jarayonga jahon bozorining munosabati alohida ahamiyat kasb etdi. UzNIF aksiyalariga bo‘lgan talab joylashtirish hajmidan to‘rt baravardan ortiq bo‘ldi, umumiy buyurtmalar hajmi esa qariyb 3 milliard dollarga yetdi. 👍 Bunday yuqori qiziqish xalqaro institusional investorlar O‘zbekistonni uzoq muddatli o‘sish va ishonchli hamkor sifatida ko‘rayotganini isbotlaydi. Sababi bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimizdagi keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kengaytirish hamda investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir.
UzNIF aksiyalarining London fond birjasida joylashtirilishi mamlakatning investision imijini sezilarli darajada mustahkamlab, uning xalqaro maydondagi tanilishini oshirdi va O‘zbekistonning yangi iqtisodiy brendini shakllantirdi.https://t.me/Rasmiy_axborot_official/15823
Repost from Rasmiy axborot
👍 Endi O‘zbekistonni faqat xaritadan emas, fond birjasidan ham izlashadi
18 may, 2026 yil.
London fond birjasi.
Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi start nuqtasi.
📌 Ilk bor O‘zbekistonning strategik davlat aktivlari global investorlar e’tiboriga chiqmoqda. Energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, transport va bank tizimidagi yirik kompaniyalarni birlashtirgan UzNIF fondi endi jahon kapital bozori bilan yuzma-yuz.
Eng muhimi – bu safar O‘zbekiston investor qidirmayapti. Investorlarning o‘zi O‘zbekistonga qiziqmoqda.✅ BlackRock. Franklin Templeton. Redwheel. Dunyo moliyasining eng yirik nomlari endi O‘zbekiston iqtisodiyotini kuzatuvchi emas, balki uning ishtirokchisiga aylanmoqda. 🟢Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ishtirok etadi. ❗️Bu shunchaki IPO emas. Bu – O‘zbekiston iqtisodiyoti xalqaro kapital bozorlariga yangi bosqichda kirib borayotganining amaliy ifodasi. Bugun London fond birjasida nafaqat aksiyalar savdosi boshlanadi. Bugun Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy imiji, ochiqligi va investision ishonchi xalqaro bahoga chiqadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/15823
