UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Kanalga Telegram’da o‘tish
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Ko'proq ko'rsatish899
Obunachilar
+2124 soatlar
-427 kun
-38330 kun
Postlar arxiv
+6
✅FARG‘ONADA URUG‘CHILIK SOHASIDAGI O‘ZBEKISTON–XITOY HAMKORLIGI MUHOKAMA QILINDI
▶️ Bugun, 22-iyul kuni “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati filialida Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi huzuridagi Urug‘chilik va donchilik ilmiy-tadqiqot instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌 Tadbirda Markazning Farg‘ona viloyati filiali boshlig‘i Ya. O‘rinbayev, Fermerlar kengashi raisi N. Mahmudov hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi viloyat bo‘limi boshlig‘i R. Ro‘ziboyev ishtirok etdi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+6
✅ 15 KUNLIK: 268 TA XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTDA 294 TA HUQUQBUZARLIK ANIQLANDI
▶️ Joriy yil iyul oyining 15 kunligida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarida 306 ta nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 193 tasi monitoring va 113 tasi tekshirishlarni tashkil etdi.
Bugungi kun holatiga «O‘zbekkosmos» agentligi tomonidan taqdim etilgan 1038 ta holat (83,0 ga) bo‘yicha jami 56,0 gektar yer maydonlarida727 ta holatda (68%) o‘rganishlar o‘tkazildi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ QQSning “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati belgilandiAdliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini (ro‘yxat raqami 3905, 21.07.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. 🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 4-sentabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi. ✅ Shunga ko‘ra, QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxati tasdiqlandi. ⏭️ Ushbu Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mazkur mablag‘lar 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+3
✅ SAMARQAND: 2026-YIL HOSILIDAN URUG‘LIK DON TAYYORLASH ISHLARI NAZORATDA
▶️ Urug‘lik don belgilangan standart talablari asosida tayyorlansa fermer xo‘jaliklari sifatli urug‘lik bilan taʼminlanib, donlarni bir tekis undirib olinishiga hamda kelgusi yilda mo‘l hosil olishga zamin yaratiladi.
Joriy yil Samarqand viloyatining urug‘lik don tayyorlash sexlarida 2026-yil hosilidan 19,6 ming tonna, shundan, 2,1 ming tonna “Original “ (superelita), 15,2 ming tonna “Elita” hamda 1,1 ming tonna r-1 avlodli sara boshoqli don urug‘lari nav va avlodlar bo‘yicha to‘dalarga jamg‘arilgan.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+9
✅ “ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI”GA SAYOHAT TASHKIL ETILDI
▶️ Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi O‘zbekistonda islom tarixiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi markaz hisoblanib, 2026 yil 17 mart kuni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Ramazon hayiti arafasida rasman ochildi. Islom sivilizatsiyasi markazi binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni tashkil etadi.
2026 yil 13 aprelda “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Yil boshidan 57 ta tarmoq va 76 ta hududiy korxona ishlab chiqarishni 11 trillion so‘mga kamaytirgani qayd etildi.
Bosh vazir o‘rinbosariga viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan o‘n kunda “korxonabay” tahlil o‘tkazish topshirildi. Har bir korxonada qanday muammo bo‘lsa, shu joyning o‘zida hal etiladi.
Sanoat kengashiga 133 ta korxonada yo‘qotilgan 11 trillion so‘mlik ishlab chiqarishni qoplash bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, hozir 22 trillion so‘mlik 3 mingta davlat obyekti auksionda turgani aytildi. Hokimlarda davlat mulklarini sotish bo‘yicha tizim yo‘qligi tanqid qilindi.
Yaqinda yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Unga ko‘ra, 100 trillion so‘mlik 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
Davlat aktivini olgan tadbirkor uchun avans to‘lovi 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan summani foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
Kelgusi o‘n yilda energetika infratuzilmasi uchun 8 milliard dollar talab etiladi.
Shu bilan birga, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish orqali daromadni oshirish bo‘yicha yetarli ish olib borilmayapti. Olti oyda elektr energiyasi yo‘qotishi 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil qilgan.
Gaz tarmog‘idagi yo‘qotishlar 7,6 foizga, ya’ni 797 million kub metrga yetgani aytildi. Hududiy gaz tarmoqlari korxonalarida mehnat unumdorligi qo‘shni davlatlarga nisbatan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi.
“Franklin Templeton” tahlillariga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” bozor qiymatini 2 barobarga oshirish mumkin.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” bozor qiymatini 40 foizga, “O‘zbektelekom”nikini 50 foizga oshirish imkoniyati bor.
Olti oy yakuni bo‘yicha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari ham tanqidiy tahlil qilindi.
Birinchi chorak yakunida sanoat rejasiga chiqmagan 13 ta tuman hokimi va eksportni kamaytirgan 15 ta tuman hokimi jazolangan edi. Ko‘pchilik hokimlar bundan xulosa chiqarib, olti oylik prognozlarni bajardi. Lekin ayrim tuman va shaharlarda sanoat o‘sishi sur’ati pasaygani qayd etildi.
Yangiobod tumanida sanoat o‘sishi prognoz qilingan 5,7 foiz o‘rniga atigi 1,8 foizni tashkil etdi. G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlarida ham o‘sish sur’ati tushib ketgan.
Eksport yo‘nalishida ham qator tuman va shaharlarda o‘zgarish bo‘lmagani ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemirda ishlar susaygani tanqid qilindi.
Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish topshirildi.
To‘qqiz oy yakunida o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimi o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat’iy chora ko‘rilishi belgilandi.
Davlatimiz rahbari odamlar biznes boshlab, eksportga chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Hozir 51 ta vazirlik va idorada 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolati bor. 2024-2026-yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan.
Prezidentimiz jazo qo‘llaydigan tashkilotlar mas’ullarining ongi va dunyoqarashi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi. Ular tadbirkorni jazolashdan oldin unga imkoniyat berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘rganishi kerak.
Tashqi bozorda raqobat kuchayayotgan sharoitda ishlab chiqaruvchi va eksportchilar uchun to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham ko‘tarildi.
Misol sifatida bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikat va deklarant xizmati uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat qilinayotgani aytildi.
Barcha vazir va tarmoq rahbarlariga bir haftada tizimidagi byurokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish, biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish topshirildi.
Yig‘ilishda hudud va tarmoq rahbarlarining olti oylik rejalari ijrosi tanqidiy tahlil qilindi.
Ayrim hududlarda yalpi hududiy mahsulot, qurilish va investitsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha imkoniyatlar to‘liq ishga solinmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlatimiz rahbari hozirgi global tebranishlar sharoitida viloyat, tuman va shaharlarga tadbirkorlik hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun mablag‘lar ko‘paytirib berilayotganini qayd etdi.
Shu bilan birga, har bir vazir va hokimning ishi odamlarning yashash madaniyatida sezilmasa, tadbirkorlarning og‘irini yengil qilmasa, bunday natija faqat “qog‘ozdagi raqam” bo‘lib qolishi ta’kidlandi.
Oylik, choraklik va yillik rejasini bajarmagan birorta vazir, hokim yoki tarmoq rahbari bunday sharoitda xotirjam ishlashga haqli emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.
Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.
Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 40 millionli aholi hayotini yaxshilash uchun 9-10 foizli iqtisodiy o‘sish zarurligini ta’kidladi.
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
+4
✅ O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YERLAR NATIJASIDA YETKAZILGAN ZARAR 4 MLRD.DAN ORTIQ
▶️ "O‘zagroinspeksiya"ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularning ekin muomalasidan chiqishiga sabab bo‘layotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida viloyatning 14 ta tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 250 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida: 113 ta material huquqni muhofaza qilish organlariga; 5 ta material ichki ishlar organlariga (IIB); 132 ta material Kadastr agentligiga yuborildi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
‼️‼️‼️
📌 Qonunchilikdagi yangiliklar
✅ Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi
📃 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–63-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan boshlab tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshirishlarda “Biznes himoya” QR-kodi amaliyotga joriy etiladi.
🔹 Mazkur tartibga ko‘ra:
✅nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni ro‘yxatga olish elektron kitobini taqdim etish talabi bekor qilinadi;
✅tekshirishga oid barcha zarur ma’lumotlar “Biznes himoya” QR-kodi orqali elektron shaklda tasdiqlanadi va tekshiriladi;
✅ bu esa tekshirish jarayonining shaffofligini oshirish, ortiqcha hujjatbozlikni kamaytirish hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
