GULCHIROY XAYDAROVA ATTESTATSIYAGA TAYYORLOV GURUHI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Attestatsiyaga kafolatli tayyorlayman! 📌MTT DIREKTOR MENEJERLIK 📌MTT TARBIYACHI 📌MTT DIREKTOR O‘RINBOSARI 📌MTT PSIXOLOG 📌MTT LOGOPED 📌MTT MUSIQA 👩💻 Murojaat uchun: @Xaydarova_Gulchiroy Tel: 998935787113
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
937
Obunachilar
-624 soatlar
+1327 kunlar
+25430 kunlar
Postlar arxiv
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Bayram uchun juda ajoyib raqs
Biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Bayram uchun juda ajoyib raqs
Biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Bayram uchun juda ajoyib raqs
Biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Bayram uchun juda ajoyib raqs
Biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
+3
Ertalabki qabulda quvnoq salomlashuv uchun 👆👆👆
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Siz uchun juda ajoyib qòl ishi biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Siz uchun juda ajoyib qòl ishi biz bilan Yuksalasiz 🤗❤️
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Siz uchun juda ajoyib qòl ishi
Biz bilan Yuksalasiz 🤗
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
Repost from 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Картина из пластилина 🌸❤️
👉👫𝒀𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒈𝒊𝒛𝒈𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒚𝒖𝒃𝒐𝒓𝒊𝒏𝒈...
https://t.me/ZukkoTarbiyachi
BU MUXIM YANGILIK
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va "Oʻzbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi boʻyicha amaliy tadbirlar rejasi” tasdiqlandi.
👉 Mazkur hujjatda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar oldiga quyidagi 5 ta maqsadni o‘z ichiga olgan qator vazifalar belgilab berilgan:
🔹 1-maqsad: maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash;
🔹 2-maqsad: umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish;
🔹 3-maqsad: umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;
🔹 4-maqsad: pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
🔹 5-maqsad: umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.
👉 Ushbu maqsadlar ichida joriy yilda amalga oshirilishi belgilangan quyidagi vazifalar qayd etilgan:
➖ nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (DXSH va oilaviy)ni oʻquv-metodik qoʻllanmalar va didaktik materiallar bilan taʼminlash;
➖ maktabgacha taʼlim bilan qamrovni aholining demografik oʻsish koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda amaldagi 78 foiz darajasida saqlab qolish;
➖ umumiy oʻrta inklyuziv ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
➖ taʼlim ishtirokchilarini psixologik qoʻllab-quvvatlash sifatini oshirish maqsadida respublika taʼlim tashkilotlaridagi psixologik xizmat xodimlarini ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotlarga asoslangan malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
➖ Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushini oshirish;
➖ umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar sonini 2 ming nafarga yetkazish;
➖ ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarini zamonaviy darslik majmualari bilan taʼminlash;
➖ umumtaʼlim maktablarini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan taʼminlash;
➖ umumtaʼlim maktablariga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
➖ taʼlim tashkilotlaridagi tarbiyachi va oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish;
➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish;
➖ nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari qamrovini kengaytirish;
➖ nodavlat maktablar faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni berdi
+7
Navbatdagi maxorat kuni maqasadli, mazmunli tashkil qilindi. Bilganlarimizni mustaxkamladik, bilmaganimizni o'rgandik😊😊
Kasbiy kompetentsiya
- Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo’lish;
- O’z ustida ishlash;
- Ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o’rnata olish;
- O’quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;
- AKTni bilishi;
- Ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- O’z sohasini mukammal bilishi;
- Xorijiy tillardan birini bilishi
Tarbiyachi kompetensiyasi
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.
Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik–kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
Psixologik kompetentlik–pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
metodik kompetentlik– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
innovatsion kompetentlik–pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;
kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ekstremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘zo‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi. O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
+1
Montessori maktabining oltin qoidalari:
— Bola faol bo‘lishi muhim. Uning ulg‘ayishida kattalar ikkinchi o‘rinda tursin, rahbar emas, ko‘makchi bo‘lsin;
— Erkin harakat va bola tanlovi;
— Katta bolalar o‘zidan kichiklarga bilganini o‘rgatsin. Ayni shu odat boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmasini shakllantiradi;
— Bola qarorni o‘zi chiqarsin;
— Mashg‘ulotlar maxsus hozirlangan muhitda o‘tilishi shart;
— Kattalarning burchi — bolani qiziqtira bilish. Keyin bolaning o‘zi rivojlanib ketaveradi;
— Bola ichidagi iste’dodni to‘liq ko‘rsatishi uchun unga erkin fikrlash, harakat va tuyg‘u imkonini berish kerak, xolos;
— Bolani tabiatdan bezdirish emas, do‘st qilish kifoya;
— Uni tanqid qilmang, qandaydir taqiq, cheklov bilan bo‘g‘mang;
— Xato qilishga har bir bolaning haqqi bor. Uni to‘g‘rilashni ham o‘ziga qo‘yib bering.
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_543
UCH MINGGA YAQIN ANDIJON MAKTAB OʻQUVCHILAR IJROSIDA ANDIJON FARZANDI SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 543 YILLIGIGA EHTIROM
(Videolavhlarda shahrimizdagi 49-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustozlari)
Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
✅Telegram I ✅Facebok I ✅Youtube
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Brifing
#Мактабгача_таълим
✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-fevraldagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan muhim vazifalar tafsilotiga bagʻishlangan brifing tashkil etildi.
➖ Xususan, brifing davomida mavzuga doir quyidagi savollariga atroflicha javob berib oʻtildi:
➖ “Bolalarni maktabga tayyorlovga qamrab olish darajasi 100 foizga yetkazish uchun hozirda qanday ishlar amalga oshirilmoqda, bu koʻrsatkichga qachon yetish koʻzda tutilgan";
➖ “Bu yil 6 yoshli bolalar nolinchi sinfga borarkan, deb eshitdim. Shu toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib oʻtsangiz";
➖ “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oʻziga xosligi nimada? Bu bogʻchalarga qabul jarayonlari qanday tashkil etiladi?”
🌐 BATAFSIL
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
