uz
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
200
Obunachilar
-324 soatlar
-17 kunlar
-1130 kunlar
Postlar arxiv
🛑 Sanoat zonasi atrofidagi chiqindilar muammosi hal etildi Kitob tumanidagi “Do‘stlik” kichik sanoat zonasi tadbirkorlari bi
+1
🛑 Sanoat zonasi atrofidagi chiqindilar muammosi hal etildi Kitob tumanidagi “Do‘stlik” kichik sanoat zonasi tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri hududdagi jiddiy ekologik muammoni yuzaga chiqardi. O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi I.Ashurov va Xaql deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Nosirov boshchiligidagi o'rganishda sanoat zonasi atrofida noqonuniy chiqindilar to‘planib qolgani aniqlandi. “Toza hudud” korxonasi rahbariyati bilan bevosita bog'lanilib hududni chiqindilardan tozalash va kelgusida qat'iy grafik asosida olib chiqib ketish bo'yicha kelishuvga erishildi. 👉🏻 Telegram

🏥 Nurafshon MFYdagi oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxass
+2
🏥 Nurafshon MFYdagi oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Ergashev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi I.Ashurov Nurafshon MFY hududida joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lishdi. O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi: ✅ Tibbiy xizmat sifati: Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining holati; 💊 Dori-darmon ta'minoti: Imtiyozli dori vositalari va zaruriy tibbiy buyumlarning mavjudligi; 🌡 Sharoitlar: Shifokorlar va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda muassasaning sanitar-gigiyenik holati. Muloqot davomida soha mutaxassislari bilan aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏥 Palandara MFYdagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati deputat e’tiborida 4-Xalqlar Do‘stligi saylov okrugi deputati G‘.Uz
+1
🏥 Palandara MFYdagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati deputat e’tiborida 4-Xalqlar Do‘stligi saylov okrugi deputati G‘.Uzoqov tumandagi 17-sonli oilaviy shifokorlik punkti faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi. 🔎 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: ✅ Tibbiy xizmat sifati: Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar va tibbiy xodimlarning mas’uliyati; 💊 Dori-darmon ta’minoti: Birinchi yordam uchun zarur bo‘lgan dori vositalarining zaxirasi; 🌡 Binoning holati: Shifokorlik punktining sanitar-gigiyenik holati va issiqlik tizimining ishlashi. Deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 👉🏻 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

📚 Kitob tumanida kutubxonalar faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi Xalq deputatlari Kitob tuman K
+9
📚 Kitob tumanida kutubxonalar faoliyati va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Z.Norova ishtirokida tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ Kitob fondi: Yangi adabiyotlar, badiiy va ilmiy kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasi; 🛋 Sharoitlar: Mutolaa zallarining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar va xonalarning issiqlik tizimi; 💻 Raqamlashtirish: Elektron kutubxona xizmatining yo‘lga qo‘yilganligi va internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlari. Muloqot davomida yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kutubxona moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi. 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

💧 Yangiobod va Mustaqillik mahallalariga toza ichimlik suvi kirib bormoqda Kitob tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan t
+2
💧 Yangiobod va Mustaqillik mahallalariga toza ichimlik suvi kirib bormoqda Kitob tumanida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Islom taraqqiyot banki loyihasi doirasida tumandagi “Yangiobod” va “Mustaqillik” MFYlarida yangi ichimlik suvi tarmoqlarini tortish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. 🏗 Loyiha doirasida: Zamonaviy suv quvurlari yotqizilmoqda; Suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu loyihaning hayotga tadbiq etilishi natijasida mazkur mahallalarda istiqomat qiluvchi yuzlab xonadonlarning uzoq yillik muammosi hal etiladi va sifatli ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🔴O'z hududingiz deputati kimligini bilasizmi? ❗️Buni yo'li juda oson! E-kengash - mahalliy hokimiyat vakillik organlari portali orqali ko'plab foydali ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

MAHALLADAGI IJTIMOIY ISLOHOTLAR DEPUTAT NAZORATIDA 📍 10-Palandara saylov okrugi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.I
+3
MAHALLADAGI IJTIMOIY ISLOHOTLAR DEPUTAT NAZORATIDA 📍 10-Palandara saylov okrugi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Inoyatova navbatdagi o‘rganish ishlarini mahalla fuqarolar yig'ini hamda hududdagi tibbiyot maskanida davom ettirdi Hokim yordamchilari va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlarining ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish holati tahlil qilindi. Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati ko‘zdan kechirildi. Davlat tomonidan imtiyozli asosda, bepul beriladigan dori vositalarining zaxirasi deputatning diqqat markazida bo‘ldi. Tibbiyot xodimlari va kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi va ochiqligi o‘rganildi. Deputat o‘rganish davomida faqat hisobotlar bilan cheklanib qolmay, amalga oshirilayotgan ishlarning real natijasiga e’tibor qaratdi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va dori-darmon taqsimotida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha mas'ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berdi. 👉🏻 Telegram

#TIBBIY XIZMAT SIFATI VA DORI-DARMON TA'MINOTI DEPUTAT NAZORATIDA 📍 22-Qaynar saylov okrugi Inson qadri va uning salomatligi
+3
#TIBBIY XIZMAT SIFATI VA DORI-DARMON TA'MINOTI DEPUTAT NAZORATIDA 📍 22-Qaynar saylov okrugi Inson qadri va uning salomatligi har doim e'tibor markazida. A.Usmonov tomonidan 16-oilaviy shifokorlik punkti faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:Dori-darmon ta'minoti: Davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalarining zaxirasi, saqlanish sharoiti va ularning haqiqatda o‘z egalariga shaffof tarzda yetkazib berilishi ko‘zdan kechirildi. ✅ Patronaj xizmati: Patronaj hamshiralarning xonadonbay yurish grafigi, aholi salomatligini nazorat qilish darajasi hamda tibbiy kartochkalarning yuritilishi tahlil qilindi. ✅ Sharoitlar: Tibbiyot maskanidagi mavjud shart-sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatning tezkorligi o‘rganildi. Deputat tomonidan aniqlangan ayrim texnik kamchiliklarni bartaraf etish va dori-darmon tarqatishda intizomni kuchaytirish bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi. 👉🏻 Telegram

DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA: MAKRIDDA YANGI PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kenjayeva G
+3
DEPUTAT SO‘ROVI AMALDA: MAKRIDDA YANGI PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Kenjayeva Gullola Jabborovna tomonidan joriy yilning 2-mart kuni "Makrid" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi va o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘llangan deputatlik so‘rovi o‘zining ijobiy natijasini berdi.
Mazkur so‘rov asosida tuman hokimligi tomonidan piyodalar yo‘lagi qurish uchun 20 tonna sement ajratildi. Bugun ushbu xayrli ishga qishloq aholisi ham birdek bel bog‘ladi. Ayni palla "Makrid"liklar hashar yo‘li bilan o‘quvchilar uchun piyodalar yo‘lagini barpo etishmoqda. Bu deputat, hokimlik va xalq o‘rtasidagi hamjihatlikning yorqin namunasidir.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

📌 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 🗳 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tomonidan Bogʻbon mah
📌 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 🗳 17-Bogʻbon saylov okrugi deputati Nosirova Lobar Alixonovna tomonidan Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini binosini toʻliq qayta ta’mirlash uchun deputatlik soʻrovi yuborildi. 🏗 Mazkur tashabbus mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. 👉🏻 Telegram

SAYLOVCHILAR MUROJAATI E’TIBORDA 15-Xo‘jailmokoni saylov okrugi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna tomonidan "Saroy" mahal
+2
SAYLOVCHILAR MUROJAATI E’TIBORDA 15-Xo‘jailmokoni saylov okrugi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna tomonidan "Saroy" mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi faoliyati hamda aholining yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qilgan murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xususan, yo‘llarni ta’mirlash choralarini ko‘rish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur masalaning ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi. #Deputat #Murojaat #Nazorat #SaroyMFY #XalqBilanMuloqot. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏛 Deputat so‘rovi: 21-maktabda qo‘shimcha bino va sport zal qurilishi nazoratga olindi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati t
+1
🏛 Deputat so‘rovi: 21-maktabda qo‘shimcha bino va sport zal qurilishi nazoratga olindi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati tomonidan Bektemir MFY hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabidagi mavjud holat atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida maktab 2009-yilda qurilganiga qaramay, bugungi kunda o‘quvchi o‘rni yetishmasligi sababli darslar ikki smenada tashkil etilayotgani hamda maktabda sport zali mavjud emasligi aniqlandi. ✅ Mazkur muammolarni tizimli hal etish maqsadida, tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda quyidagi masalalar ko‘tarildi: 🧱 Maktab hududida qo‘shimcha o‘quv binolarini qurish; 🏀 Zamonaviy sport zalini barpo etish; 🏗 Ushbu loyihalarni navbatdagi Davlat dasturlariga kiritish choralarini ko‘rish.
📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏛 Deputat maktab hayoti bilan tanishdi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati navbatdagi o‘rganish ishlarini Bektemir MFY hudud
+2
🏛 Deputat maktab hayoti bilan tanishdi 20-Alaquyliq saylov okrugi deputati navbatdagi o‘rganish ishlarini Bektemir MFY hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim maktabida olib bordi. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi: ✅ O‘quv jarayonining borishi va o‘quvchilarning davomati; ✅ Maktab hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari; ✅ Bahorgi mavsumda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va sinf xonalarining holati; ✅ Maktab oshxonasidagi taomlar sifati va sanitariya talablariga rioya etilishi. Suhbat davomida maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar bilan ta’lim sifatini oshirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha fikr almashildi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA YOSHLAR SIYOSATI E’TIBORDA Bugun Xalq deputatlari Kitob tumani Keng
+1
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA YOSHLAR SIYOSATI E’TIBORDA
Bugun Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida Kitob tumani hokimligining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha 2026-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi atroflicha muhokama qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ijtimoiy sohadagi muammolarni tizimli hal etish hamda yoshlar siyosatini amalga oshirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. #Kitob #Deputat #IshReja #Murojaat #IjtimoiySoha #YoshlarSiyosati 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

#ISH REJA ANONSI 30-MART Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, va yoshlar
#ISH REJA ANONSI 30-MART Mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, va yoshlar bandligi holati. 👤 Mas’ul: O. Nosirov – tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi 31-MART Parklar, xiyobonlar, bog'larning holati. Tuman Kengashi deputatining so'roviga javob bermagan yoki muddatni buzgan tashkilotlar faoliyatini o'rganish. 👤 Mas’ul: J.Ergashev – tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi 1-APREL Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag'allikdan chiqarish ishlari. 👤 Mas’ul: O.Nosirov – tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi 2-APREL Chiqindilarni o'z vaqtida olib chiqish holatlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori ijrosi yuzasidan tumandagi 8 ta MFY da amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rganish. 👤 Mas’ul: J.Ergashev– tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi 3-APREL Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati.
👤 Mas’ul: O.Nosirov – tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi

🏠 1783 NAFAR FUQARONING YERGA EGALIK HUQUQI EʼTIROF ETILDI! Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining "Viloyatda oʻ
🏠 1783 NAFAR FUQARONING YERGA EGALIK HUQUQI EʼTIROF ETILDI! Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining "Viloyatda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi VII-23-50-4-0-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
📌 Qarorga muvofiq: 🔹 1783 nafar fuqaroning — yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi — qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi rasman eʼtirof etildi.
✅ Natijada fuqarolarning yerga egalik huquqi qonuniy asosda mustahkamlandi. 🔗 Qaror bilan batafsil tanishish: 👉 Qaror matni bilan tanishish

🛣 Ichki yo‘llar muammosi deputat e’tiborida: Rasmiy so‘rov yuborildi. 21-Yangi Zamon saylov okrugi deputati Rustam Kamilov t
+1
🛣 Ichki yo‘llar muammosi deputat e’tiborida: Rasmiy so‘rov yuborildi. 21-Yangi Zamon saylov okrugi deputati Rustam Kamilov tomonidan “Sharq Yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki yo‘llarning holati atroflicha o‘rganildi. Mazkur o‘rganishga mahalladagi fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarning yaroqsiz holatga kelib qolganligi va bu aholi harakati uchun qiyinchilik tug‘dirayotgani bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asos bo‘ldi. O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi: Mahalla ichki yo‘llarining ma’lum qismi asfalt qoplamasiga muhtojligi; Yog‘ingarchilik mavsumida piyodalar va transport vositalari harakati uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar. Mazkur muammoni tizimli hal etish, yo‘llarni ta’mirlash dasturiga kiritish va zarur mablag‘larni yo‘naltirish maqsadida deputat R.Kamilov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi. 📱Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇🏻👇🏻👇🏻 👉🏻 Telegram 👉🏻 YouTube 👉🏻 Facebook 👉🏻 Instagram

🏀 Sport maydonchalari — yoshlar ixtiyorida: Holat va jihozlar o‘rganildi. Kitob tumanidagi mahallalarda yoshlarning bo‘sh va
+3
🏀 Sport maydonchalari — yoshlar ixtiyorida: Holat va jihozlar o‘rganildi. Kitob tumanidagi mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sportga jalb qilish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘ulom Uzoqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Ergashev va O.Nosirovlar tomonidan “Beshterak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bolalar sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: Sport maydonchasining umumiy texnik holati va xavfsizlik darajasi; Mavjud sport anjomlari va jihozlarining yaroqliligi; Maydonchadan yoshlarning foydalanish darajasi va yaratilgan sharoitlar. O‘rganish natijasida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, eskirgan jihozlarni yangilash va hududni obodonlashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. 👉🏻 Telegram