uz
Feedback
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi 91-322-21-89 75-542-56-26 https://t.me/kitob_tuman_Kengashi https://youtube.com/@kitobtumankengashi-q1n7z?si=nR_kSY-4gIz2-NLy https://www.facebook.com/share/p/19kgw6S9dG Murojaat uchun - https://t.me/gulomuzoqov

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
200
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
-830 kunlar
Postlar arxiv
🏛 DEPUTATLAR NAZORATI: HAFTALIK REJA 🗓 4-MAY — 8-MAY 🗓 4-MAY | ALAQUYLIQ SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: D. Raxmonova 🔍 Mavzu:
🏛 DEPUTATLAR NAZORATI: HAFTALIK REJA
🗓 4-MAY — 8-MAY
🗓 4-MAY | ALAQUYLIQ SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: D. Raxmonova 🔍 Mavzu: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi. 💼 Mas’ul: O. Nosirov 🗓 5-MAY | XOJI SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: M. Djalilova 🔍 Mavzu: Mahalla va maktablardagi sport inshootlari hamda jihozlar holati. 💼 Mas’ul: J. Ergashev 🗓 6-MAY | PALANDARA SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: D. Inoyatova 🔍 Mavzu: Hokim yordamchilari faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish tahlili. 💼 Mas’ul: O. Nosirov 🗓 7-MAY | XALQLAR DO‘STLIGI SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: G'.Uzoqov 🔍 Mavzu: “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” to‘g‘risidagi Qonun ijrosi. 💼 Mas’ul: J. Ergashev 🗓 8-MAY | 25-JILISUV SAYLOV OKRUGI 👤 Deputat: A. Omonov 🔍 Mavzu: Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi va bandlik masalasi. 💼 Mas’ul: O. Nosirov DEPUTAT_FAOLIYATI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomo
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Razzoqova Dilorom Sattorovna tomonidan joriy yilning 16-aprel kuni 62-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga tuman Sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ Bugungi raqamli dunyoda xavfsizlik nafaqat ko'cha-ko'yda, balki smart
+3
🛡 KIBERXAVFSIZLIK — DAVR TALABI VA HUQUQIY KAFOLATIMIZ
Bugungi raqamli dunyoda xavfsizlik nafaqat ko'cha-ko'yda, balki smartfonimiz va kompyuterimiz ichida ham o'ta muhimdir. Shu sababli, "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash va mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish bugungi kundagi asosiy vazifalarimizdan biridir.
Ushbu Qonun bizga nima beradi?
Shaxsiy ma'lumotlar himoyasi: Sizning raqamli ma'lumotlaringiz qonun himoyasida. ✅Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash: Firibgarlar va xakerlik hujumlariga nisbatan jazo muqarrarligi kuchaytirildi. ✅Muhim infratuzilma xavfsizligi: Bank, energetika va davlat xizmatlari tizimlarining barqaror ishlashi kafolatlanadi. "Kiberxavfsizlik — bu faqat mutaxassislar ishi emas, balki har birimizning raqamli madaniyatimizdir. Parollarni mustahkam qilishdan tortib, shubhali havolalarga kirmaslikkacha bo'lgan oddiy qoidalar bizni katta ko'ngilsizliklardan asraydi." #ish_reja_ijrosi DEPUTAT_FAOLIYATI

Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi «Dori vositalari va farmatsevtika faoli
+3
Farmatsevtika sohasida yangi huquqiy tartiblar: Qonunchilikka o‘zgartishlar kiritildi
«Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu islohotlar dori vositalari bozorini tartibga solish va aholi salomatligini himoya qilishni yangi bosqichga olib chiqadi.
Sifat nazorati: Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish jarayonlari yanada takomillashtirildi.
Narx siyosati: Dori vositalarining ulgurji va chakana savdosida narxlarni asossiz oshirishga qarshi choralar kuchaytirildi.
Litsenziyalash: Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun qo‘yiladigan talablar zamonaviy standartlarga (GMP, GPP) moslashtirildi.
Mas'uliyat: Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasi uchun javobgarlik choralari aniqlashtirildi.
#qonun_ijrosi #ish_reja DEPUTAT_FAOLIYATI

Bir asrlik hikmat va duolar e’zozida Keksalar — xonadonlarimizning nurli chirog‘i, hayotimizning mustahkam tayanchi. Bugun xa
+2
Bir asrlik hikmat va duolar e’zozida
Keksalar — xonadonlarimizning nurli chirog‘i, hayotimizning mustahkam tayanchi. Bugun xalq deputati tuman Kengashi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna "Xo‘jailmkoni" MFYning ikki nafar tabarruk nuroniysi — 94 yoshli Axmedova Maqsuda momo hamda 94 yoshli Ro‘ziyeva Zaynab momolar bilan uchrashdi.
94 yillik hayot yo‘li — bu shunchaki yillar emas, bu sabr, mehnat va ulkan tajriba maktabidir. Onaxonlarning duoga ochilgan qo‘llari, samimiy suhbatlari biz uchun katta ma’naviy kuch bo‘ldi. Zero, keksalarini e’zozlagan xalqning kelajagi hamisha yorug‘ bo‘ladi.
E’tibor — eng katta xazina. #ish_reja DEPUTAT_FAOLIYATI

29-Aprel kuni e'lon qilingan yangiliklar dayjesti: ✔️ MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRI
29-Aprel kuni e'lon qilingan yangiliklar dayjesti: ✔️ MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI. ✔️DEPUTAT SO'ROVI: MUAMMOLAR YECHIMI YO'LIDA. ✔️QO'SHDARYO MAHALLASIDA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH CHORALARI O'RGANILDI.

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

🔵 “XALQ BILAN BIRGA” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV TASHKIL ETILDI. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Kitob
+2
🔵 “XALQ BILAN BIRGA” LOYIHASI DOIRASIDA NAVBATDAGI UCHRASHUV TASHKIL ETILDI.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Kitob tumani Kengashi apparat rahbari V.Parmonova hamda partiya faollari ishtirokida “Xalq bilan birga” loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv va yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama markazida bo‘ldi:
Aholini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar;
Kommunal xizmatlar sifati va sohadagi kamchiliklar;
Yoshlar bandligini ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
O‘zLiDeP — farovon hayot va kuchli fuqarolik jamiyati qurish tarafdori!
DEPUTAT_FAOLIYATI

#24_tavsiya_ish_reja 📍 Qo‘shdaryo mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash choralari o‘rganildi. Bugun tuman Kengashi deput
+2
#24_tavsiya_ish_reja 📍 Qo‘shdaryo mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash choralari o‘rganildi.
Bugun tuman Kengashi deputati M.Ismoilov Qo‘shdaryo mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔎 O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari: Deputat mahalla raisi X.Xushvaqtov hamda profilaktika inspektori D.Rajabov ishtirokida mahalladagi vaziyatni tahlil qildi. Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
🔴"Qizil" va "sariq" toifadagi hududlar: Jinoyatchilik salmog‘i yuqori bo‘lgan nuqtalarda nazoratni kuchaytirish va huquqbuzarliklarning sabablarini bartaraf etish;
🤝"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Profilaktika inspektori va mahalla faollarining tungi patrullik hamda uyma-uy yurish tadbirlari samaradorligi;
🛡Profilaktik choralar: Muqaddam sudlangan, ishsiz va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar. DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.
+4
MAKTAB – KELAJAK POYDEVORI: YANGI BINOLAR VA SHAROITLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Egamberdiyev tomonidan “Yakkatut” MFY hududidagi Saparcha qishlog‘ida joylashgan 19-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida deputat maktabning yangi qurilgan o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan sinf xonalari hamda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun barpo etilgan sport zallarining holati bilan yaqindan tanishdi.
Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: ✅ O‘quv xonalarining yorug‘ligi va dars jarayonlari uchun qulayligi; ✅ Sport zalidagi sharoitlar va inventarlarning mavjudligi; ✅ Binoning xavfsizlik va sanitariya talablariga javob berishi.
Ta’lim maskanidagi bunday yangilanishlar chekka qishloqlardagi yoshlarning ham zamonaviy bilim olishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari uchun xizmat qiladi.
Maqsadimiz — farzandlarimizga munosib sharoit yaratish va ularning kamolotiga hissa qo‘shishdir
DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Egamberdiev Baxriddin Boltayevich t
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Egamberdiev Baxriddin Boltayevich tomonidan “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig'ini, Saparcha qishlog'i aholisi hamda 19-maktab jamoasi tomonidan yo'llangan murojaat asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla hududida joylashgan maktabning bugungi kunga qadar yangi qurib bitkazilgan lekin foydalanishga topshirilmagan binolari, sport zali masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat va yosh ijodkorlar: San’atga e’tibor – kelajakka e’tibor 9-Qorabuloq saylov okrugi deputati A.Do‘stov hamda kotibiyat
+2
Deputat va yosh ijodkorlar: San’atga e’tibor – kelajakka e’tibor 9-Qorabuloq saylov okrugi deputati A.Do‘stov hamda kotibiyat mudiri G'.Uzoqov hududdagi Madaniyat markazida bo‘lib, u yerda tasviriy san’at sirlarini o‘rganayotgan yosh ijodkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida deputat yosh rassomlarning ijodiy ishlari bilan tanishdi va ular bilan samimiy suhbat qurdi. San’at inson ma’naviyatini boyitishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda rasm chizish to‘garaklarining o‘rni alohida ekanligi ta’kidlandi. DEPUTAT_FAOLIYATI

Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan
Deputat so‘rovi: Muammolar yechimi yo‘lida
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Uzoqov G'ulom Baxronovich tomonidan “Xalqlar Do'stligi” mahalla fuqarolar yig'ini aholisining murojaati asosida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda mazkur mahalla fuqarolar yig'inida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berish muddati buzilayotganligi masalasi ilgari surilgan.
DEPUTAT_FAOLIYATI

Murojaat e’tiborda: Muammo joyida o‘rganildi Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash tuman
+5
Murojaat e’tiborda: Muammo joyida o‘rganildi
Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash tuman mutasaddilarining doimiy vazifasiga aylangan.
Jumladan, Beshterak MFYda yashovchi fuqaro Sh.Xidirov tomonidan yo‘llangan murojaat tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi P.Razzoqovlar ishtirokida joyiga borgan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalaning mohiyati va sabablari tahlil qilindi. Fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, muammoni hal etish choralari belgilab olindi.
Inson qadri uchun – xalq manfaatlari har narsadan ustun! DEPUTAT_FAOLIYATI

🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Fa
🏛 Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling. 👉🏻 🌐 Telegram 👉🏻 🌐 Instagram 👉🏻 🌐 Facebook 👉🏻 🌐 YouTube

#24_tavsiya_ish_reja 🛣 MAHALLA YO‘LLARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIMIZDA. Keyingi paytlarda hududimizdagi ichki
+2
#24_tavsiya_ish_reja
🛣 MAHALLA YO‘LLARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI — DIQQAT MARKAZIMIZDA.
Keyingi paytlarda hududimizdagi ichki ko‘chalar holati, tungi yoritish tizimi va yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq murojaatlar soni ortmoqda. Har bir fuqaroning o‘z uyiga xavfsiz va ravon yo‘ldan yetib borishi — asosiy vazifalarimizdan biridir.
💡 1. Tungi yoritish — xavfsizlik garovi Eski yoritish tizimlari bosqichma-bosqich tejamkor LED chiroqlarga almashtirilmoqda.
🛣 2. Ichki yo‘llar ta’miri: "Mening yo‘lim" loyihasi va mahalliy budjet mablag‘lari doirasida eng og‘ir holatdagi ko‘chalarni asfaltlash va shag‘allash ishlari nazoratga olindi.
🚦 3. Tirbandlik va YTHlarning oldini olish choralari: Piyodalar o‘tish joylarini zamonaviy svetoforlar va yorug‘lik qaytaruvchi belgilar bilan jihozlash. Tirbandlik yuqori bo‘lgan chorrahalarda harakatni qayta tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar xulosasini olish bo'yicha tegishli choralar belgilab olindi.
#Deputat #Mahalla #ObodMahalla #HarakatXavfsizligi DEPUTAT_FAOLIYATI

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nosirova Lovar Alixonovna tomonid
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi deputati Nosirova Lovar Alixonovna tomonidan joriy yilning 24-aprel kuni 64-ds-341-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. 📩 Deputatlik so‘roviga tuman Elektr ta'minoti korxonasi tomonidan tegishli tartibda yozma javob taqdim etildi. Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi

⚡️ Deputat so‘rovlariga e’tiborsizlik tanqid ostiga olindi Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo
+3
⚡️ Deputat so‘rovlariga e’tiborsizlik tanqid ostiga olindi
Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar tomonidan mutasaddi tashkilot va korxonalarga yuborilgan so‘rovlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilishda ayrim tashkilot rahbarlari tomonidan deputat so‘rovlariga javob berishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘yilgani hamda murojaatlarga yuzaki yondashish holatlari keskin tanqidiy muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari deputat so‘roviga belgilangan muddatda javob berishlari shart.
Muhokama yakunida mas’uliyati cheklangan va ijro intizomini buzgan rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish hamda kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Deputat so‘rovining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi — hududdagi muammolarning tezkor yechimi demakdir. DEPUTAT_FAOLIYATI

📢 ANONS 📅 27-APREL Varganza saylov okrugi deputat Z. Radjabova tomonidan: Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati 👤 Mas’ul: O
📢 ANONS 📅 27-APREL Varganza saylov okrugi deputat Z. Radjabova tomonidan: Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati 👤 Mas’ul: O. Nosirov – bosh mutaxassisi 📅 28-APREL Xo‘jailmkoni saylov okrugi deputat N. Mirova tomonidan: Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko'rsatilayotgan xizmatlar. 👤 Mas’ul: J. Ergashev – bosh mutaxassisi 📅 29-APREL 📍 Qo‘shdaryo saylov okrugi Viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan: Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo'yicha borilayotgan ishlarni o‘rganish 👤 Mas’ul: O. Nosirov – bosh mutaxassisi 📅 30-APREL 📍 Nurafshon saylov okrugi Viloyat va tuman Kengashi deputatlari tomonidan: “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish 👤 Mas’ul: J. Ergashev – bosh mutaxassisi 📅 1-MAY 📍 23-Makrid saylov okrugi deputat G. Kenjaeva tomonidan: “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida” 👤 Mas’ul: O. Nosirov – bosh mutaxassisi DEPUTAT_FAOLIYATI