uz
Feedback
Zayd Qamar

Zayd Qamar

Kanalga Telegram’da o‘tish

Hozir esa, yagona dardim — oshiq boʻlishdir… Anonim xabar yuborish: t.me/anonaskbot?start=yozuvchi

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
706
Obunachilar
+524 soatlar
+147 kun
+6230 kun
Postlar arxiv
🍵 You have a new anonymous message!
Har bir inson hayotida sinab korishi kerak bolgan kamida 1 ta hobby ayting lekin noodatiy bõlsin
ski diving (osmondan sakrash) yoki scuba diving (dengizga shoʻngʻish))

Inson insonga muhtoj… Eng boshidan buyon. Havvo Odam alayhissalom uchun yaratilganidan buyon…

Inson insonga muhtoj… Eng boshidan buyon. Havvo Odam alayhissalom uchun yaratilganidan buyon…

and suddenly, it’s august again. and you’re not 18 anymore...

look at the moon…
+1
look at the moon…

Ehson joylangan kanalda (@byyakun) kunlik hisobot berib borilyapti. Allohga shukr, birlashib shuncha mablagʻ yigʻdik. Lekin xotirjam boʻlishga haqqimiz yoʻq, doʻstlar. Yigʻilishi kerak boʻlgan mablagʻ kattaroq. Qizaloq umid bilan kutyapti… Hissa qoʻshayotganlardan Alloh rozi boʻlsin, ikki dunyoda aziz qilsin! 💫

Tinmay duo qilib Robbim Allohga, Dastimdan samolar toʻldi-ku ohga. Yoʻl olgan boʻlsangiz madina tomon Sogʻinchim yetkazing Rasulullohga…
• Zayd Qamar

Tinmay duo qilib Robbim Allohga, Dastimdan samolar toʻldi-ku ohga. Yoʻl olgan boʻlsangiz madina tomon Sogʻinchim yetkazing Rasulullohga…
• Zayd Qamar

Modomiki siz bu xabarni oʻqiyotgan ekansiz, demak Allohga shukri, koʻrish bilan bogʻliq muammoyingz yoʻq. Ammo biroz befarq boʻlsak yoki kechiksak, bu qizaloq koʻrish qobiliyatini yoʻqotishi mumkin. Alloh saqlasin, lekin ayni vaziyat oʻzingiz yoki biror yaqiningizda boʻlganida ham unga hozirgidek yondashgan boʻlarmidingiz? Agar javobingiz “ha” boʻlsa, bunday yuqori maqomdagi insoniylik fazilatingiz uchun tashakkur bildiraman! Agarda javobingiz “yoʻq” boʻlsa, demak nimanidir oʻzgartirish va biroz gʻayrat qilish kerak, deyman. Chunki bu qizaloq ham bizning singlimiz, dindosh birodarimiz. Robbim bizlarni gʻaflatda qolishdan asrasin, qizaloqqa va jumla bemorlarga komil shifo bersin, amiyn!

Avval bir daqiqa vaqtingizni ajratib, oʻqib chiqing. Alloh taolo ba’zan kimningdir rizqini kimnidir sababchi qilib beradi. Balki oʻsha sababchi inson sizdirsiz? Har gal ehson ochilarkan, biz shunchaki sabablarini qilamiz. Va qaysidir ma’noda, sizlarga ham ishongan holda dalolat qilamiz. Chunki atrofimizda qadriyatli, xayrli ishlarga tashna insonlar borligini gumon qilamiz. Endi sizga samimiy savol: Yaxshilik yoʻlida hamkorlik qilasizmi?

Repost from Yakun
"Kichik bir ehson — katta bir hayotni, mittigina ko‘zlardagi nurni saqlab qolishi mumkin." Assalamu alaykum va rohmatulloh salomatmisizlar? deyarli ikki oydan beri o’zim ehson ochmayotgan edim, bugun bu holatni o’z ko’zim bilan ko’rib, ochishga majbur bo’ldim. Men bugun sizlarga yurakdagi dardi va o‘tinchi bilan bizdan umid qilib turgan Bir ona nomidan murojaat qilyapman. Qizalog‘lari ko‘zidan og‘ir jarohat olgan. Mittigina yuragi bilan og‘riqqa chidab, menga qarab "Ona, qachon tuzalaman?" deb mo‘ltillab turganida ona bo‘lib chiday olmayapman... deb yig’lab yubordilar. Shifokorlarning aytishicha, uning ko‘rish qobiliyatini saqlab qolish uchun zudlik bikan operatsia o'tkazilishi shart. Operatsiya kuni 7-AVGUSTGACHA belgilangan. Agar ushbu muddatdan o‘tib ketsa, asoratlar kuchayib, operatsiya narxi keskin qimmatlashib ketadi va keyin jarrohlik amaliyotini o'tkazish juda murakkablashib ketar ekan. Oilaning esa hozirda bu summaga mutlaqo imkoniyati yo’q, qo’lidagi bor narsalarini sotib 1500$ pul qilishgan, operatsia uchun 4.000$ zarur.
5614 6814 2352 0646
Uzcard ( ustiga bosilsa nusxa olinadi) 9860 3501 4327 1806 Humo 4916990325154968 Uzum card 4790912216468431 Visa Kartalar Mahmudov M nomida. "Ehsondan mol kamaymas." Keling, befarq bo’lmaylik. Kimdir oz, kimdir ko’p — lekin bor imkoniyati va samimiyati bilan bu xayrli ishga hissa qo’shsin. Xayriyangizning eng kichik miqdori ham, ushbu xabarni o’z sahifalariga, yaqinlariga bitta (ulashishuvi) ham qizalog‘ning kelajagi uchun juda katta najot bo‘lishi mumkin. Sizlarni qiziqtirgan har qanday Qo’shimcha savollar bo’lsa @azxariy_bot ga murojat qilishingiz mumkin.

Inson qalbi shunday. Bir marta iymon halovatini totganidan keyin, Robbisidan qancha uzoqlashmasin, u qalbda bir ogʻriq turadi. Mana shu ogʻriq uni har safar yana Alloh taoloning huzuriga, Unga qullik vasfiga, ibodat lazzatiga va oʻsha eski iymon halovatiga tortqilayveradi. Qanchalar gunohga botmasin, qanchalar razolatga ketmasin, qalbi hech qachon Allohning huzuridan oʻzga joyda xotirjam boʻla olmaydi. Shayton ming chiranishlar bilan undagan gunoh-ma’siyatlar ham oxir borib bizni tavbaga, munojotga yetaklaydi. Men shunday tushunaman…

Gʻalati odamman. Ba’zan oʻzim tanimagan insonni sogʻinaman. Ba’zan hayotimda bormagan joylarni qoʻmsayman. Ba’zida avval hech his qilmagan tuygʻularni xotirlagandek boʻlaman. Eng qizigʻi, mana shular sabab uzoq vaqt bir nuqtaga tikilib qolishim, kunlab gapirmasligim, yoki qachon tugashini oʻzim ham bilmaydigan mahzunlikka duchor boʻlishim mumkin. Gʻalati…

har tomonlama maroqli, foydali suhbat bo'ldi. o'zim ham fikrlarimni ancha tartiblab oldim. rahmat hammaga)

✉️ You have a new anonymous message!
Kundan kunga iymonim sustlashib ketayotganini xis qlyapman. Instagramda bir reelsdagi ataestlarning musulmonlar bilan gap talashgan kamentlarini boshidan oxirgacha oʻqib chiqqanim buni yanada nish urdirib yubordi. Hamma narsaga shubha bilan qaray boshladim. Toʻgʻri yoʻl koʻrsata olasizmi?
bu kabi suhbatlar iymonga zarba berishi va insonni chalkashtirishi tayin. imkon qadar yetarlicha ilmga ega bo'lmay turib bunday davralarga yaqinlashmagan ma'qul. xayolingizda aylanib yurgan shubhali savollarni esa ustozlardan so'rab, o'zingizni qoniqtiradigan, qalbingizni xotirjam qiladigan javoblarni oling. men hamma savolimga javobni Islomdan topganman va aqlim ham, qalbim ham buni tasdiq etgan.

✉️ You have a new anonymous message!
Assalomu alaykum 🤍 Hayotga bo‘lgan qiziqishni qanday qaytarish va qayerga, qanday harakat qilishni umuman bilmay, bir joyda qotib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Siz nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
va alaykum assalom va rohmatulloh. ana bo'larkan-ku hay) aynan "qotib qolmaslik" borasida yaqinda juda chuqur narsani tushunib yetdim. inson yoshli nigohlarga qaraganda ko'zi yoshlanadi. qarshingda o'zingdan ham ojizroq birini ko'rganingda va unga qandaydir yordam bera olishingni tushunganingda o'zingni yanada kuchli va kerakli his qila olasan inson. nima demoqchi bo'layotganimni yetkazib bera olyapmanmi, bilmadim. aytmoqchi bo'lganimki, hech narsaga qiziqish qolmasdan, bir joyda qotib qolganingizda bu dunyoda sizga va yordamingizga muhtoj insonlar borligini eslang. va ko'proq insonga manfaat bera olish uchun ham o'zingiz ustingizda ko'proq ishlashingiz kerakligini eslating. anglab yetganim shu)

✉️ You have a new anonymous message!
Judayam ajoyib va toʻliq javob beryabsiz. Ilmingiz bundanda ziyoda boʻlsin.
kimning qanday rizqi bo'lsa, Alloh taolo bizni sababchi qilayotgandir, balki. sizlar ko'p maqtab yuborasizlar, Robbim munosib qilsin)

✉️ You have a new anonymous message!
Hayotingizni butunlayga oʻzgartirib yuborgan voqea bormi yoki butunlayga boʻlmasa ham shunga yaqin voqea?
butunlay o'zgartirib yuborgan hodisa yo'q-ku, lekin nimalarnidir tushunib yetishimga sabab bo'lganlari bor. avtohalokatga (juda jiddiy emas) uchraganimda, ibodatlardan to'silib, faqat yotganimda tushunganman sajda qila olish ham bir ne'mat ekanini va namozlarga erinchoqlik qilib naqadar xato qilganimni. yozimga kelgani shu)

✉️ You have a new anonymous message!
Ассаляму алайкум Как вернуть вкус к жизни и не застрять на одном месте, когда совершенно не понимаешь, куда и как двигаться дальше? Что бы вы посоветовали?
va alaykum assalom va rohmatulloh. ruschani juda zo'r bilmayman, meni qiynamangizlar)