Ertaga Kech
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
1 189
Obunachilar
+1224 soatlar
+317 kunlar
+18230 kunlar
Postlar arxiv
1 190
+4
Kecha Anthropic kompaniyasi bir nechta yangiliklarni, jumladan, Sonnet 5 taqdimoti va Fable 5 modelining ommaga qaytishini e'lon qildi. Lekin bularning ichida mening e'tiborimni eng ko'p tortgani yangi Science dasturi bo'ldi.
Kechadan beri bu dasturni o'rnatib, sinovdan o'tkazdim va uzoq yillik ilmiy izlanishlar olib borgan, ko'plab maqolalar chop etgan inson sifatida, to'g'risi, ko'zimga yosh keldi. "Qaniydi bu dastur bundan 10 yil oldin bo'lganida, balki yana ham ko'proq kashfiyotlar, ilmiy ixtirolar qilgan bo'larmidim", deb o'ylab qoldim. Dastur shunchaki ajoyib!
Bu dasturni yuklab olib, birinchi marta yoqqaningizda, u birdaniga onlayndagi o'nlab turli xil ilmiy ma'lumotlar omborlariga va ishonchli resurslarga bog'lanadi. Shuningdek, Anthropic kompaniyasi aynan ilmiy izlanishlar uchun taklif qilgan juda ko'plab maxsus ko'nikmalarni (skills) faollashtiradi. Natijada siz shu paytgacha tayyorlab qo'ygan natijalaringiz yoki boshlab qo'ygan ilmiy izlanishlaringizni shu yerning o'zida davom etishingiz mumkin.
Dastur birlamchi tahlillar va adabiyotlar sharhini (literature review) mukammal bajaradi; ya'ni sizning mavzungizga oid barcha maqolalarni o'zi topib kelib, tahlil qilib beradi. Ilmiy izlanish qilishda eng qiyin jarayon ma'lumot to'plash hisoblanadi, dastur esa sizga kerakli ma'lumotlargacha o'zi topib, ularni chiroyli grafiklar, jadvallar va formulalar ko'rinishida taqdim etadi.
Men ham qiziqib ketib, darrov o'zimning besh yil avval Malayziyada qilgan ilmiy izlanishimni yukladim va u bo'yicha savol-javob qildim. Keyin shu besh yil ichida sohada qanday o'zgarishlar bo'lganini ko'rsatishni so'raganimda, barchasini chiroyli grafiklar bilan ko'rsatib, tahlil qilib berdi.
Xullas, agar siz talaba, magistr, doktorant, aspirant, olim yoki professor bo'lsangiz hamda qandaydir ilmiy tadqiqot ustida ishlayotgan bo'lsangiz, bu dastur sizning asosiy sun'iy intellekt vositangizga aylanishi kerak. Uning ichida tayyor benchmarklar va maxsus ko'nikmalar mavjud. Ilgari eng qiyin vazifalardan biri sohadagi tadqiqotlar uchun dasturlar yozish edi, bu yerda esa dastur yozish qismi ham ancha osonlashgan.
Men sezgan yagona kamchilik — dastur limitining juda tez tugab qolishi bo'ldi. Misol uchun, men besh soatlik limitni bir soatning o'zida ishlatib qo'ydim. Sababi ilmiy maqolalar odatda murakkab, formulalar, jadvallar va grafiklarga boy bo'ladi. Tabiiyki, bularning hammasini yuklab olib o'qish sun'iy intellektdan juda ko'p resurs talab qiladi va shuning hisobiga tokenlar tez sarflanib ketadi. Shunga qaramay, barchaga foydalanib ko'rishni qattiq tavsiya qilaman.
Qolgan yangiliklar haqida hafta oxirida hafta dayjestida gaplashamiz.
Kuzatib boring.
@ertagakech
1 190
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Сунъий интеллект ва билим иллюзияси: Нега ёш мутахассислар ўсишдан тўхтаб қолмоқда?
Сунъий интеллект ёш мутахассислар самарадорлигини 35 фоиздан зиёдга оширса-да, у таҳлилий фикрлаш, мулоқот ва масъулият каби муҳим кўникмаларнинг йўқолишига сабаб бўлмоқда.
Ёш мутахассис ҳар гал қийин вазифага дуч келганда мия зўриқиши, ечим излаши ва хато қилиши шарт эди — чунки айнан мана шу ҳақиқий ўсиш нуқтаси ҳисобланади, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев. AI'нинг тайёр жавоблари эса уларни комфорт зонасига жойлаштириб қўймоқда.
«Бугунги ёшларда жиддий «билим иллюзияси» ва «когнитив қарз» (ақлий қарз) шаклланмоқда. Бу когнитив қарзлар эса йиғилиб, бора-бора мутахассиснинг пойдеворини бўшатиб қўяди. Илк жиддий, ностандарт ва AI жавоб бера олмайдиган реал муаммо чиққанда эса, бу пойдевор қулайди».👉https://kun.uz/kr/78351853 Kun.uz расмий канали
1 190
Dasturlashni qancha tez boshlasangiz, dasturingiz shuncha sekin bitadi.
Mana shunday loyihalar har doim rejalashdan boshlanadi. Ajoyib g'oya kelganda hech qachon birdan uni yaratishga tushib ketmang. Eng avvalo qo'l ostingizdagi SI chatni oching va g'oyani muhokama qiling. Uni SIga obdon tushuntiring. SI ko'pincha oson va tez yechim qidirishi mumkin, bu har doim arzon va optimal bo'lmaydi. Masalan, meni holatimda eng birinchi muammo bu behayo profildan qoldirilayotgan xabarlar edi va men bunday profillarni aniqlaydigan yechim so'raganimda SI bu uchun Gemini 2.5 Pro modelini taklif qildi. Bu to'g'ri yechim, lekin qimmat. Sababi bu - guruhdagi yuzlab (minglab) izoh mualliflarining rasmlarini SI'ga yuborish degani. Ozgina tahlildan keyin bepul - NudeNet modeli topildi. Bu kichkinagina SI modeli ko'p resurs talab qilmasdan, lokal serverda ishlaydi xolos.
Ikkinchi muammo endi izohlarning o'zini tahlil qilish, bu yerda men avval bitta SPAM xabarlar degan guruh ochdim, va bir necha kun davomida spam xabarlarni yig'ib bordim. Natijada menda SI'ni "o'qitish" uchun dataset yi'gildi. Ko'p emas, lekin Gemini mendagi spamlarning mohiyatini tushunib olishi uchun yetadi. Yig'ilgan dataset yana bir muammo - to'g'ri model tanlashni ham osonlashtirdi. Sababi men dataset asosida Gemining turli modellarini sinab ko'rdim va orasidan eng arzonini tanladim.
Bot hozir sinov tariqasida ishlab turibdi. Natijalari bilan kanalda ulashaman. Kanalni kuzatib borsangiz mana shunday loyihalar qanday yaratilishini ham o'rganamiz.
Obuna bo'ling.
@ertagakech
1 190
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Сунъий интеллект энди шунчаки технология эмас, у стратегик қурол
Бир неча кун олдин Anthropic компанияси (Claude AI) ўзининг энг сўнгги модели – Fabel 5'ни АҚШ ҳукуматининг топшириғи асосида барча чет элликлар учун ёпиб қўйди. Бу – сунъий интеллект пойгаси энди технологик рақобат эмас, балки давлатлар ўртасидаги стратегик курашга айланганини кўрсатяпти.
Яқин келажакда ривожланган давлатлар энг кучли AI моделларини фақат ўзлари учун олиб қолиб, бошқа давлатларга кучсизроқ ва чекланган версияларини бера бошлайди, дейди Kun.uz колумнисти, сунъий интеллект технологиялари мутахассиси Анвар Нарзуллаев.
«Агар биз бу пойгадан ортда қолишни истамасак, ўз миллий сунъий интеллект стратегиямизни амалга оширишда маҳаллий AI маҳсулотларни кўпайтиришга ҳаракат қилишимиз лозим».👉 https://kun.uz/kr/23722689 Kun.uz расмий канали
1 190
Bir uhlab tursam, AQSh hukumati Anthropic 3 kun avval eʼlon qilgan Fable 5 modelini chet el fuqarolari uchun butunlay cheklab qoʻyibdi. Barcha chet el fuqarolari, hatto Anthropicning oʻzining chet ellik hodimlariyu, AQSh ichidagi chet el fuqarolariga ham.
Sabab: Milliy Xavfsizlikka tahdid.
SI modeli uchun bundan ortiq reklama boʻlmasa kerak, tasavvur sizning mahsulotingiz shunchalik kuchliki, hukumat unga taqiq qoʻyapti.
Ikkinchi tomondan esa bu biz avvaldan aytib kelayotgan bir fikrni ham tasdiqlaydi – SI bu suverenitet masalasi. Davlatlar endi yadroviy qurollar bilan emas, balki aynan kuchli SI modellar bilan jahon sahnasida oʻz oʻrnini egallaydi.
AQSh va Xitoy buni allaqachon tushunib yetgan, kuchli SI yaratishni davlat siyosati darajasiga olib chiqqan, SI kompaniyalariga barcha imkoniyatlar keng qilib ochib berilgan. Etik cheklovlar ham olib tashlangan.
Xullas, SI poygasi endi yangi bosqichga oʻtmoqda.
Sizning fikringiz qanday, izohlarda qoldiring 👇
@ertagakech
1 190
📊 Analitika (ma'lumotlar tahlili) keskin o'zgarayapti.
Statik (o'zgarmas) grafiklar va dashboardlar endi yakuniy bosqich emas. Aslida bu dashboardlardan maqsad nima edi? Minglab ma'lumotni (1) tizimli va tartibli ko'rish, (2) tahlil qilish, (3) qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish har doim rahbarlar zimmasida bo'lgan — lekin ulargacha ma'lumotni to'g'ri yetkazish uchun data analitiklar kerak edi. Analitiklar qurgan chiroyli, murakkab dashboardlarning yagona vazifasi — ma'lumotni ko'rsatish. Bu descriptive (tavsiflovchi) dashboard deyiladi.
Agar analitik kuchli bo'lsa, ma'lumot asosida prognoz qila oladigan tizim ham qurib beradi. Bu predictive (bashorat qiluvchi) dashboard. Bunda bashorat algoritmlari va hisob-kitoblarni analitik o'zi dasturlaydi.
SI mana shu ikkala bosqichni ham tortib olayapti.
Bugun minglab ma'lumotni SI chatbotlar yordamida bemalol tahlil qila olasiz. Misol uchun, OpenAI yaqinda Codex'ga oltita yangi plugin chiqardi — ulardan biri Data Analytics plugin. U bilan Snowflake, Databricks, Tableau kabi tizimlardagi ma'lumotni so'rab, metrikalar nega o'zgarganini tushuntirib beradigan dashboardlar qurish mumkin — kod yozmasdan.
Yana bir misol — o'zimdan. Bizda qo'ng'iroqlarni tahlil qiladigan maxsus dashboard bor edi, uni o'zim Claude Code yordamida qurganman. Sotuv bo'limi rahbari kundalik qo'ng'iroqlarni eshitib, SI bergan tahlilni o'qib xulosa qilardi. Bugun 20 daqiqa sarflab shu dashboardga MCP qo'shdim va uni Claude.ai'ga uladim. Endi rahbar qo'ng'iroqlarni to'g'ridan-to'g'ri Claude orqali tahlil qiladi, savol ustiga savol berib, ilgari ko'rinmagan insightlar oladi — va eng muhimi, "bu mijoz bilan keyin nima qilish kerak" degan tavsiyani ham oladi.
Facebook MCP'ni ulasangiz, butun jarayonni — mijoz target reklamani ko'rganidan to ariza qoldirib, bizga qo'ng'iroq qilib, kursni sotib olgunigacha — bir joyda nazorat qilib tahlil qilsa bo'ladi. Yoniga to'lov tizimi va Mohirdevdagi ta'lim jarayonini ulasangiz, manzara yana ham to'liqlashadi.
Xullas: avval alohida jamoa va bir necha oy talab qilgan ishni SI bir zumda qilib berayapti. Va bu hali oxiri emas.
Keyingi bosqich — prescriptive (tavsiya beruvchi) tizimlar. Bunda SI nafaqat ma'lumotni tavsiflaydi va tahlil qiladi, balki "endi nima qilish kerak"ligini ham aytadi. Yuqoridagi qo'ng'iroq misolida buni allaqachon ko'rdingiz — bu boshlanishi xolos.
Dasturchilar uchun: mahsulotingizni shunchaki interfeys emas, SI chaqira oladigan xizmat (agent-callable) sifatida loyihalashtiring — MCP aynan shu eshikni ochadi.
Foydalanuvchilar uchun: bitta jarayonni tanlang va uni bugun mavjud vositalar bilan SI'ga uzatib, tahlil qilib ko'ring. Murakkab tizim shart emas, 20 daqiqa yetadi.
@ertagakech
1 190
Bir varoq qoʻl yozmadan toʻliq interaktiv dashboard qurish.
Descriptive, Predictive va Prescriptive analitika haqida.
@ertagakech
1 190
Cloudflare tarmogʻi kuzatuviga koʻra websaytlarga (SI) botlardan kelgan murojaatlar soni ilk bor odamlarnikidan oshdi.
@ertagakech
1 190
+7
Microsoft SI agentlarni "co-pilot" (yordamchi) rejimidan "autopilot" - mustaqil ishlaydigan agentlar rejimiga o'tishini ta'kidladi. Anthropic esa (claude.ai) buni amalda ko'rsatayapti - claude.ai bugungi kunga kelib o'zini-o'zi dasturlash rejimiga tobora yaqinlashib borayapti. Post shu haqida.
@ertagakech
1 190
🎧 Agentic Engine Optimization va Sun'iy Intellekt Kelajagi
Videoning qisqa mazmuni
Videoda AEO (Agentik qidiruv tizimini optimallashtirish) tushunchasi va sun'iy intellekt agentlarining kelajakdagi o'rni haqida so'z boradi. Google Gemini Spark, Microsoft Scout kabi shaxsiy agentlar va NVIDIA-ning RTX Spark chiplari misolida texnologik rivojlanish jarayonlari tushuntiriladi.
Asosiy fikrlar • Agentic Engine Optimization (AEO) - saytlarni AI agentlari ma'lumot olishi uchun moslashtirish. • Kelajakda internetning asosiy foydalanuvchilari milliardlab sun'iy intellekt agentlari bo'ladi. • Google Gemini Spark va Microsoft Scout agentlari foydalanuvchi nomidan murakkab vazifalarni bajarishga qodir. • AI tizimlari 'Copilot' (yordamchi) bosqichidan 'Autopilot' (avtonom ish bajaruvchi) bosqichiga o'tmoqda. • NVIDIA RTX Spark chiplari superkompyuter quvvatini shaxsiy kompyuter va noutbuklarga olib kelmoqda. • AI modellari (masalan, Google Gemma 4) hajmi kichrayib, samaradorligi va sifati oshib boryapti. Tavsiyalar ☑️ SI agentlarining ishlash prinsiplarini chuqurroq o'rganish. ☑️ Yaqin vaqt ichida chiqadigan Microsoft Scout va Google Gemini Spark yangilanishlarini kuzatish. ☑️ Shaxsiy kasbiy faoliyatda (buxgalteriya, marketing, ta'lim) SI agentlaridan foydalanish strategiyasini ishlab chiqish. ☑️ Kanalda berib boriladigan SI bo'yicha o'quv qo'llanmalarini kuzatib borish.@ertagakech
1 190
+1
Internetdagi keyingi milliard foydalanuvchilar odamlar emas SI agentlar boʻladi.
Demak saytlarni va onlayn xizmatlarni ham agentlar foydalanishi uchun moslab boshlash kerak. Odatda odam bajaradigan vazifalarni endi agentlar uchun qulay qilish lozim. Oddiy misol, hozirda toʻlov tizimlari (uzcard, payme, visa, mastercard) faqat odamlar uchun qilingan, biror mahsulot sotib olishda albatta inson ishtroki kerak (sms kodni kiriting, tasdiqlash tugmasini bosing va hokazo), lekin kelajakda bu vazifalarni SI agentga yuklash imkoni boʻlishi kerak. "Menga taksi chaqirib qoʻy; tushlikka ovqat aytib yubor; uyda mahsulotlar tugabdi, buyurtma ber" kabi buyruqlarni agent bemalol tushunib, erkin harakat qila olishi kerak. Bu uchun hatto yangi termin ham topildi – Agentic Engine Optimization (AEO).
Albatta, bu bosqichga yana biroz vaqt bor, lekin hozirdan qilishingiz mumkin boʻlgan narsa bu mavjud saytingizni SI agentlar uchun oʻqishga qulay qilish. Bu saytingizni kamida ChatGPT, Gemini va shunga oʻxshash chatbotlat orqali topilishiga va barcha maʼlumotlarni toʻgʻri yetkazishiga sabab boʻladi.
Xullas biz ham shu yoʻnalishda birinchi qadamni qoʻyib, mohirdev.uz saytimizni agentlar uchun qulay koʻrinishga olib kela boshladik. Natijani rasmlarda koʻrishingiz mumkin. Bu boshlanishi, sekin asta 100% ga olib chiqamiz.
Agar siz ham oʻz (yoki boshqa) saytingizni SI uchun tayyorligini bilmoqchi boʻlsangiz, ushbu bogʻlama orqali tekshirib koʻrishingiz mumkin.
SI'ni esa haqiqiy mutaxassislardan oʻrganish uchun kanalga obuna boʻling.
@ertagakech
1 190
Codex yangi Sites degan funksiya chiqardi va kelajakni yana bir qadamga yaqinlashtirdi.
@ertagakech
1 190
Open Design - Claude Design dasturining muqobili yohud Gemini API kalitidan unumli foydalanish haqida.
Dasturni yuklab olish uchun link izohda 👇
@ertagakech
1 190
Sun’iy intellekt xushomadgo‘yligini qanday aniqlash va kamaytirish mumkin?
Avvalgi maqolada ushbu muammoni ko‘rib chiqqan edik. Endi esa amaliy tavsiyalarga o'tamiz.
⸻
Xushomadgo'ylik qachon boshlanadi?
Siz o‘z fikringizni bildirishingiz bilan. Model pozitsiyangizni aniqlab oladi va keyingi har bir javobini unga moslashtira boshlaydi. Suhbat qancha uzaygan sari, ahvol shuncha og'irlashadi — model siz eshitishni istagan narsa haqida tasavvur hosil qiladi va buni ifodalashda tobora mohirlashib boradi.
⸻
Buni qanday aniqlash mumkin?
Eng oddiy sinov: bitta savolni ikki marta, bir-biriga qarama-qarshi shaklda bering.
“Erta uyg‘onish samaradorlikni oshiradi, shunday emasmi?”
“Aslida, erta turishning foydasi bo‘rttirib yuborilgan, shunday emasmi?”
Agar model ikkala fikrga ham qo‘shilsa, demak, siz xushomadgo‘y model bilan ishlayapsiz.
Boshqa belgilar:
— Model zaif tomonlarni sanaydi-yu, lekin ularning har birini bartaraf etsa bo‘ladigan qilib ko‘rsatadi.
— Siz yangi dalillar keltirmasdan e’tiroz bildirsangiz ham, model baribir o‘z pozitsiyasini o‘zgartiradi.
— Har bir javob “a’lo savol”, “albatta”, “to‘g‘ri o‘ylabsiz” kabi iboralar bilan boshlanadi.
— Model hech qachon asosiy taxminlaringizni shubha ostiga qo‘ymaydi, faqat ular doirasida ishlaydi.
⸻
Oldini olish
Xushomadgo'ylikning oldini olishda eng muhimi — tizimli yondashuv: model sizning xohishingizni bilib olmasidan oldin suhbatni to'g'ri boshlash va davom etishda.⸻ ① Fikringizni birinchi emas, oxirida bildiring Ko‘pchilik sun’iy intellektga allaqachon bir qarorga kelgan holda, shunchaki tasdiq izlab murojaat qiladi. Bu — xushomadgo‘ylikni keltirib chiqaruvchi asosiy omil. Avval SI tahlilni oling, keyin o‘z fikringizni ayting: “[Mavzu/qaror/g‘oya]ni tahlil qil. Menga uning eng kuchli ijobiy va eng kuchli salbiy tomonlarini keltir. Mening fikrimni so‘rama.” Tahlilni o‘qib chiqqach, agar qo‘shilmasangiz, bahslashing. Shunda siz o‘zingizga qarshi emas, xolis dastlabki nuqtaga qarshi dalil keltirayotgan bo‘lasiz. ⸻ ② So‘rovdan o‘zingizni chetga oling Uchinchi shaxs nomidan yondashish ma’qullash istagini butunlay yo‘qqa chiqaradi. “Bir tadbirkor/o'qituvchi/talaba [aynan sizning vaziyatingiz]ni ko‘rib chiqmoqda. Bunda qanday real xatarlar bor? U eshitishni istamagan qanday haqiqatlarni aytgan bo‘lardingiz?” Model bu siz ekanligingizni bilmaydi. Natijada xushomadgo‘ylik omili ishga tushmaydi. ⸻ ③ Xushomadni boshidanoq bloklang Buni har bir muhim suhbatga qo‘shib qo‘ying: “Javobingni maqtov, “a’lo savol” yoki “albatta” kabi so‘zlar bilan boshlama. To‘g‘ridan-to‘g‘ri javobga o‘t.” Bu o‘z-o‘zidan yuzaki o‘zgarishdek tuyulishi mumkin, lekin suhbatning qolgan qismida model ohangini o‘zgartiradi. ⸻ ④ Ikkita model, bitta savol Ayni bir so‘rovni Claude va ChatGPT’ga yuboring (yoki gemini, grok va hokazo). Javoblarni solishtiring. Ularning fikri bir chiqqan joylar, ehtimol, ishonchli. Fikrlari farq qilgan joylar esa — aynan siz chuqurroq o‘ylashingiz kerak bo‘lgan nuqtadir. ⸻ ⑤ Muhim suhbatlar uchun meta-prompt Suhbat boshida buni qo‘shib qo‘ying: “Ushbu suhbat davomida: xato qilsam, to‘g‘rila; taxminlarimni shubha ostiga ol va mening ko‘nglimni olishdan ko‘ra aniqlikni birinchi o‘ringa qo‘y. Agar yangi dalil keltirmasdan biror narsaga e’tiroz bildirsam, shunchaki men qo‘shilmaganim uchun o‘z pozitsiyangni o‘zgartirma.” ⸻ So‘nggi so‘z: bularning barchasi bir narsaga — sun’iy intellektdan kutayotgan narsalaringizni o‘zgartirishga borib taqaladi. Model sizning ko‘nglingizni olishga o‘rgatilgan. Siz esa undan qiyinroq narsani qat’iy talab qilishingiz kerak. Ko'proq foydali ma'lumotlar uchun esa kanalga obuna bo'ling. @ertagakech
1 190
Sun’iy intellekt sizga “paxta qo’yish” uchun yolg'on gapirishga ham tayyor ekanini bilasizmi?
Bu “sycophancy” — xushomadgo’ylik deb ataladi.
⸻
Xushomadgo’ylik nima?
Sun’iy intellekt sizga haqiqatni emas, eshitishni istagan narsangizni aytadi. Model aniqlikdan ko’ra sizning ma’qullashingizni ustun qo’yadi. Noto’g’ri g’oyalarni ma’qullaydi, taxminlaringizga e’tiroz bildirishdan qochadi va pozitsiyasini dalillarga emas — sizning xohishingizga qarab o’zgartiradi.
⸻
Nima uchun bunday bo’ladi?
① Modellar shunday "o'qitilgan"
Modellar inson baholari asosida o’rgatiladi. Odamlar yoqimli javoblarni yuqori baholaydi. Model shuni o’rganadi: rozi bo’lish = yaxshi baho, e’tiroz = yomon baho. Millionlab misoldan keyin — model haqiqat uchun emas, sizning ma’qullashingiz uchun ishlaydi.
② Foydalanuvchilar buni o’zlari rag’batlantiradi
Xushomadgo’ylik yomonroq natija bersa ham, foydalanuvchilar shu modelga qaytadi va uni ishonchliroq deb baholaydi. Kompaniyalar uchun xulosa oddiy: xushomadgo’ylikni kamaytirish = mijoz yo’qotish (OpenAI buni rasman hujjatlashtirgan).
⸻
Data bilan gaplashaylik, iltimos!
— SI foydalanuvchi fikrini odamlarga qaraganda 49% ko’proq tasdiqlaydi
— Hissiy qo’llab-quvvatlash: SI 72%, odam 22%
— To’g’ri maslahatdan qochish: SI 66%, odam 21%
— Fikr doirangizga e’tiroz bildirishdan qochish: SI 88%, odam 60%
— Jamiyat “nohaq” degan fikrni SI 51% holatda “haq” dedi
— Mojaroning ikki tomoniga ham “siz haqsiz” deyish — 48% holatda
— Mijozlarning xushomadgo’y modelga qaytish ehtimoli 13% ga yuqori (aytdimku, o'zimiz aybdor deb)
Aytgancha, bunday modellarning ijtimoiy zararlaridan biri, odam nohaq bo'lganda ham o'z fikrida qat'iy turishi va boshqalardan uzr so'ramasligi.
Manba: Sycophantic AI decreases prosocial intentions and promotes dependence, Science, Stanford University, March 2026
⸻
Xushomadgo'ylikning oldini olish haqida keyingi postimizda batafsil. Obuna bo'ling va kuzatib boring.
@ertagakech
